Apteka.uz
SavatKirish

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:UZXIMFARM, AO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:N02BB02
Barcha Analgin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

MITYda yaxshi va tez so'riladi, bu klinik samarani tez rivojlanishini ta'minlaydi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda ona sutiga o'tadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga ichga qabul qilingandan so'ng 1-1,5 soatdan keyin erishiladi.

Ichak devorida faol metabolit 4-metil-amino-antipirin hosil qilib gidrolizlanadi, u o'z navbatida 4-formil-amino-antipirin va boshqa metabolitlarga metabolizmga uchraydi. Faol metabolitning oqsillar bilan bog'lanish darajasi 50-60% ni tashkil qiladi. Metabolitlar ekskretsiyasi buyraklar orqali o'tadi. Bundan tashqari, metabolitlar ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.

Nojo'ya samaralari

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.

Allergik reaksiyalar: eshakemi (shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida), angionevrotik shish, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom, anafilaktik shok.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Boshqalar: qon bosimining pasayishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Sitostatik dori vositalarini olayotgan bemorlarni davolashda Analgin qabul qilish faqat shifokor nazorati ostida o'tkazilishi kerak.

Atopik bronxial astma va pollinozlari bo'lgan bemorlarda allergik reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqori. Analgin qabul qilish fonida agranulotsitoz rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan asossiz harorat ko'tarilishi, qaltirash, tomoqda og'riq, yutish qiyinlashishi, stomatit aniqlanganda, shuningdek vaginit yoki proktit ko'rinishlari rivojlanganda preparatni darhol bekor qilish zarur. Uzoq muddat qo'llanilganda periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.

Qorindagi o'tkir og'riqlarni qoldirish uchun (sababi aniqlanguncha) ishlatish mumkin emas.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, qon yaratishning susayishi (agranulotsitoz, neytropeniya), jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bilan bog'liq irsiy gemolitik anemiya va anemiyaning boshqa turlari, atsetilsalitsil kislotasini o'zlashtiraolmaslik, atsetilsalitsil kislotasini qabul qilish chaqirgan bronxial astma, burun poliplari, anemiya, leykopeniya, homiladorlik (ayniqsa 1 trimestrda va oxirgi 6 haftada), laktatsiya davri, 8 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).

Ehtiyotkorlik bilan:

Buyrak kasalliklarida (pielonefrit, glomerulonefrit - shu jumladan anamnezda), jigar va buyrakning o'rtacha yaqqollikdagi buzilishlarida, bronxial astmada, arterial gipotenziya rivojlanishiga moyillikda, uzoq vaqt spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilishda.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa nonarkotik analgetiklar, tritsiklik antidepressantlar, kontratseptiv gormonal dori vositalari va allopurinol bilan bir vaqtda tayinlash toksiklikning kuchayishiga olib kelishi mumkin; sedativ va anksiolitik dori vositalari metamizol natriyning og'riqsizlantiruvchi samarasini kuchaytiradi.

Metamizol natriy alkogol samaralarini kuchaytiradi; xlorpromazin yoki fenotiazin bilan bir vaqtda qo'llash yaqqol gipertermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Rentgenokontrast dori vositalari, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillin metamizol natriy bilan davolash vaqtida qo'llanilmasligi kerak.

Siklosporin bir vaqtda tayinlanganda qonda oxirgisining konsentratsiyasi kamayadi. Metamizol natriy peroral gipoglikemik preparatlar, bilvosita antikoagulyantlar, kortikosteroidlar va indometatsinni oqsil bilan bog'lanishdan siqib chiqarib, ularning faolligini oshiradi. Fenilbutazon, barbituratlar va jigar mikrosomal oksidlanishining boshqa induktorlari bir vaqtda tayinlanganda metamizol natriy samaradorligini kamaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatdan keyin, kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga 250-500 mg dan sutkasiga 2-3 marta tayinlanadi, maksimal bir martalik doza - 1000 mg, sutkalik - 3000 mg.

8-14 yoshli bolalarga 250 mg dan (1/2 tabletka) kuniga 2-3 marta tayinlanadi.

Shifokor maslahatisiz qabul qilish davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, gastralgiya, oliguriya, gipotermiya, arterial qon bosimining pasayishi, taxikardiya, hansirash, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, alahsirash, ongning buzilishi, o'tkir agranulotsitoz, gemorragik sindrom, o'tkir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, tirishishlar, nafas olish mushaklarining falaji.

Davolash: oshqozonni yuvish, tuzli surgilar, faollashtirilgan ko'mir, jadallashtirilgan diurez o'tkazish, gemodializ, tirishish sindromi rivojlanganda - diazepam va tez ta'sir qiluvchi barbituratlarni vena ichiga yuborish.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 o'xshash dorilari

FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•114 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
Narxi
31 400 so'm dan

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 xususiyatlari

Analgin boshqa chiqarish shakllari

ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N10
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 1ml 50% N10
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 1ml 50% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N12
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N12
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N5
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N10
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N20
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N40
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 1 ml 500 mg/ml N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
Narxi
54 000 so'm dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2 ml 500 mg/ml N5
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2 ml 500 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 analoglari

BRALGET M inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/ml N5
Retseptli
BRALGET M inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Regain Laboratories, Indiya dlya Karan Healthcare (Pvt) Ltd
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzximfarm, AO
•95 ta dorixonada bor
Narxi
4 200 so'm dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzximfarm, AO
•53 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 haqida savollar

ANALGIN tabletkalari 0,5g N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil