ANALGIN XININ tabletkalari N20

ANALGIN XININ tabletkalari N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Analgin-Xinin preparatining farmakokinetikasi to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada va qorin sohasida og'riq va noqulaylik, diareya; kam hollarda - OIT shilliq qavatining yaralanishi, OIT dan qon ketish.
MNS va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tez charchash, uyqusizlik, oyoq-qo'llar tremori.
Sezgi a'zolari tomonidan: quloqlarda shovqin va eshitishning susayishi, ko'rishning buzilishi (ko'rishning xiralashishi, skotoma, fotofobiya, diplopiya, ko'rish maydonining qisqarishi, rang ajratishning buzilishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: stenokardiya, yurak urishini his qilish, hushdan ketish.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, agranulotsitoz, gipoprotrombinemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi (shu jumladan oliguriya, anuriya, proteinuriya), suv va elektrolitlar tutilishi.
Allergik reaksiyalar: ba'zida - qichishish, ekzema, enantema, eshakemi, angionevrotik shish; kam hollarda - anafilaktik shok; alohida hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom.
Boshqalar: tana haroratining oshishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat qabul qilish fonida rentgenokontrast moddalar, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillinni qo'llash kerak emas.
Preparat uzoq muddat (7 kundan ortiq) qo'llanilganda periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Preparatni qorindagi o'tkir og'riqlarda (sababi aniqlanguncha) qo'llash kerak emas.
Nojo'ya ta'sirlar (shu jumladan yuqorida ko'rsatilmagan) rivojlanganda bemor preparatni qabul qilishni to'xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Analgin-Xininni antibiotiklar, kimyoterapevtik vositalar va vitaminlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin.
Bronxial astma va pollinozlardan aziyat chekuvchi bemorlarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish davrida avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash bilan shug'ullanish kerak emas, chunki diqqatni jamlash qobiliyati va psixomotor reaksiyalar tezligi pasayishi xavfi mavjud.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— og'ir jigar faoliyati buzilishlari;
— og'ir buyrak faoliyati buzilishlari;
— bronxial astma;
— salitsilatlar yoki boshqa NYQP qabul qilish chaqirgan astma;
— bronxospazm bilan kechuvchi kasalliklar;
— glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi chaqirgan irsiy gemolitik anemiya;
— qon yaratishning susayishi (agranulotsitoz, neytropeniya, leykopeniya);
— og'ir miasteniya;
— o'rta va ichki quloq kasalliklari, eshitishning pasayishi;
— ko'ruv nervi nevriti;
— 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
— preparat komponentlariga, shuningdek boshqa pirazolon hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Boshqa NYQP larga yuqori sezuvchanlikda, oziq-ovqat, dori yoki allergiyaning boshqa shakllarida (shu jumladan pollinoz, bronxial astma), granulotsitopeniyada (gematologik ko'rsatkichlarni nazorat qilish zarur) preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Metamizol natriyning boshqa analgetik-antipiretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilishi toksik samaralarning o'zaro kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlar, peroral kontratseptivlar, allopurinol jigarda metamizol natriy metabolizmini buzadi va uning toksikligini oshiradi.
Barbituratlar va fenilbutazon metamizol natriy ta'sirini susaytiradi.
Sedativ vositalar va trankvilizatorlar metamizol natriyning og'riqsizlantiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Metamizol natriy etanol saqlovchi ichimliklar ta'sirini kuchaytiradi.
Metamizol natriy peroral gipoglikemik preparatlar, bilvosita antikoagulyantlar, GKS va indometatsinni oqsil bilan bog'lanishdan siqib chiqarib, ularning ta'sirini kuchaytiradi.
Xinin nerv-mushak o'tkazuvchanligini bloklovchi vositalar ta'sirini potentsiyalashi mumkin.
Xinin qon plazmasida digoksin konsentratsiyasini oshiradi va uning ta'sirini kuchaytiradi.
Simetidin xinin klirensini kamaytiradi va T1/2 ni oshiradi.
Dozirovkasi
Preparatni qabul qilish davomiyligi (shifokor maslahatisiz) isitmani tushiruvchi vosita sifatida - 3 kundan ko'p emas, og'riq qoldiruvchi vosita sifatida - 5 kundan ko'p emas.
Tabletkalarni chaynamasdan, ovqatdan keyin qabul qilish kerak.
ANALGIN XININ tabletkalari N20 o'xshash dorilari


Analgin boshqa chiqarish shakllari



ANALGIN XININ tabletkalari N20 analoglari
{
"data": {
"id": 32005,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "analgin-khinin-n20-tabl",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ANALGIN XININ tabletkalari N20",
"brand_name": "ANALGIN XININ",
"image": "uploads/iblock/21d/21d608fb04f669d064dc40c2a2f92633.webp",
"atx_code": "N02BB02",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sofarma AO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 488,
"slug": "obezbolivayushchie",
"name": "Og'riq qoldiruvchi",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 6148,
"slug": "analgin",
"name": "Analgin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 24,
"slug": "bolgariya",
"name": "Bolgariya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5896,
"slug": "metamizol-natriya",
"name": "Metamizol natriya"
},
{
"id": 9467,
"slug": "khinin",
"name": "Xinin"
}
],
"tags": []
}
}


















