Anaprilin analoglari
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Anaprilin
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Arterial gipertenziya; zo'riqish stenokardiyasi, nostabil stenokardiya; sinusli taxikardiya (sh.j. gipertireozda), qorincha usti taxikardiyasi, bo'lmachalar hilpillashining taxistolik shakli, qorincha usti va qorincha ekstrasistoliyasi, essentsial tremor, migren profilaktikasi, alkogol abstinentsiyasi (ajitatsiya va qaltirash), xavotirlilik, feoxromotsitoma (yordamchi davolash), diffuz-toksik buqoq va tireotoksik kriz (yordamchi vosita sifatida, sh.j. tireostatik preparatlarni ko'tara olmaslikda), dientsefal sindrom fonida simpatoadrenal krizlar.
Nojo'ya ta'sirlar
- Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: sinusli bradikardiya, atriovetrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, yurak urishi, miokard o'tkazuvchanligining buzilishi, aritmiyalar, AB pasayishi, ortostatik gipotenziya, ko'krakda og'riq, periferik arteriyalar spazmi, oyoq-qo'llarning sovushi. Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, epigastral sohada og'riqlar, jigar funktsiyasining buzilishi, ta'm o'zgarishi. Asab tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - bosh og'rig'i, uyqusizlik, "dahshatli" tushlar, astenik sindrom, tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalari qobiliyatining pasayishi, qo'zg'alish, depressiya, paresteziyalar, tez charchash, holsizlik, bosh aylanishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi yoki xotiraning qisqa muddatli yo'qolishi, gallyutsinatsiyalar, tremor. Nafas olish tizimi tomonidan: rinit, burun bitishi, hansirash, bronxospazm, laringospazm. Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (I turdagi qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda), giperglikemiya (II turdagi qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda). Sezgi a'zolari tomonidan: ko'z shilliq qavatining qurishi (ko'z yoshi suyuqligi sekretsiyasining kamayishi), ko'rish o'tkirligining buzilishi, keratokon'yunktivit. Reproduktiv tizim tomonidan: libido pasayishi, potentsiya pasayishi. Teri qoplamalari tomonidan: alopetsiya, psoriaz kechishining kuchayishi, terlashning kuchayishi, teri giperemiyasi, ekzantema, psoriazsimon teri reaktsiyalari. Endokrin tizimi tomonidan: qalqonsimon bez funktsiyasining pasayishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish. Laboratoriya ko'rsatkichlari: agranulotsitoz, «jigar» transaminazalari faolligi va bilirubin darajasining oshishi. Homilaga ta'siri: homila o'sishining bachadon ichi kechikishi, gipoglikemiya, bradikardiya. Boshqalar: mushak kuchsizligi, bel yoki bo'g'imlarda og'riq, ko'krak qafasida og'riq, leykopeniya, trombotsitopeniya va "bekor qilish" sindromi
Retseptli
Kategoriya
Yurak-qon tomirMavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Aritmiyadan 











