Apteka.uz
SavatKirish

Askorutin

Askorutin chiqarilish shakllari

ASKORUTIN tabletkalari N100
ASKORUTIN tabletkalari N100
Ishlab chiqaruvchi:
O'zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova
•36 ta dorixonada bor
Narxi
10 395 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari N50
ASKORUTIN tabletkalari N50
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Texnolog, CHAO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari N50
ASKORUTIN tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari N50
ASKORUTIN tabletkalari N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lafz, OOO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari 50mg N50
ASKORUTIN tabletkalari 50mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Marbiofarm, OAO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari N50
ASKORUTIN tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov AO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari 100mg N50
ASKORUTIN tabletkalari 100mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Marbiofarm, OAO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
ASKORUTIN tabletkalari N50
ASKORUTIN tabletkalari N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
7 100 so'm dan
- Askorutin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Askorutinning tarkibi
- Askorutin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Askorutin narxi Toshkent dorixonalarida

Askorutin haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

Preparatning savdo nomi: Askorutin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): askorbin kislotasi (S vitamini). rutozid trigidrati

Dori shakli: tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vosita. Bioflavonoidlar. Rutozid majmualar.

ATX kodi: S05S A51.

Chiqarilish shakli: 10 tabletkadan blisterda; 5 ta blisterdan karton qutida.

Yaroqlilik muddati: 4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi: Reseptsiz.

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Oldini olish va davolash:
— P va C gipo- va avitaminozi;
— bilvosita antikoagulyantlar va salitsilatlar qo'llash bilan bog'liq kapillyarlar shikastlanishi.
Tomirlar o'tkazuvchanligi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarni kompleks davolash:
— gemorragik diatiz;
— ko'z to'r pardasiga qon quyilishi;
— kapillyarotoksikoz;
— nur kasalligi;
— septik endokardit;
— revmatizm;
— glomerulonefrit;
— araxnoidit;
— allergik kasalliklar;
— qizamiq;
— skarlatina;
— toshmali tif;
— trombotsitopenik purpura.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

– Preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik.

– Qon ivishini oshishi, tromboflebitlar, trombozlarga moyillik.

– Podagra, urat toshlarini hosil bo‘lishi bilan kechuvchi siydik-tosh kasalligi, sistinuriya, gipokaliemiya va giperkalsiemiya, oksalaturiya.

– Qandli diabet.

– Og‘ir darajadagi buyrak kasalliklari.

– Sulfanilamidlar yoki aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo‘llash.

– Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

100% moddaga qayta hisoblaganda 50 mg askorbin kislotasi S vitamin saqlaydi;

100% suvsiz moddaga hisoblaganda 50 mg rutozid trigidrati saqlaydi;

yordamchi moddalar: oq qand, kartoshka kraxmali, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, talk.

Farmakodinamikasi

Majmuaviy dori vositasi bo‘lib, ta‘siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning samaralari bilan ifodalanadi.

Rutozid (R vitamini) askorbin kislotasini degidroaskorbin kislotasiga aylanishiga yordam beradi va keyinchalik uni diketogulon kislotasiga transformasiyalanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun rutozidning ko‘pchilik samaralari askorbin kislotasi orqali amalga oshiriladi.

Rutozid askorbin kislotasi bilan birga kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini va mo‘rtligini pasaytiradi, hujayra devorini mustahkamlaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga (shu jumladan, gialuronidazaning faolligini susayishi hisobiga), antioksidant xususiyatlarga ega, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, rutozid qon plazmasining suyuq qismini ekssudasiyasi va qon-tomir devori orqali qon hujayralarining diapedezini kamaytirish kabi samaralar, safro haydovchi va yengil antigipertenziv ta‘sirlar kabi xususiyatlarga ega.

Surunkali venoz yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda rutozid shish va og‘riq sindromini, trofik buzilishlarni kamayishiga, paresteziyalar va tirishishlarni kamayishi yoki yo‘qolishiga olib keladi. Nur terapiyasining nojo‘ya samaralarini yaqqolligini kamayishiga yordam beradi (sistit, enteroproktit, disfagiya, teri eritemasi) va shuningdek diabetik retinopatiyaning zo‘rayishini sekinlashtiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning tarkibiga kiruvchi har bir vitamin o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi. Askorbin kislotasi asosan o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichakda tez so‘riladi. Qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach askorbin kislotasining qondagi miqdori sezilarli oshadi, uni to‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilishi boshlanadi, bunda u avval degidroaskorbin kislotasiga aylanadi, u hujayra membranasi orqali energiya sarf qilmasdan o‘tadi va hujayrada tez tiklanadi. Askorbin kislotasi to‘qimalarda deyarli faqat hujayra ichida bo‘lib, uch shaklda – askorbin, degidroaskorbin kislotalari va askorbigen (bog‘langan askorbin kislotasi shaklda) aniqlanadi. A‘zolar orasida notekis taqsimlanadi. U ko‘proq ichki sekresiya bezlarida, ayniqsa buyrak usti bezlarida, kamroq darajada – bosh miyada, buyraklarda, jigarda, yurak va skelet mushaklarida saqlanadi. Leykositlar va trombositlar tarkibida qon plazmasidagiga nisbatan askorbin kislotasining miqdori yuqoriroq. U metabolizmga uchrab, buyraklar orqali 90% gacha oksalat shaklida, qisman erkin shaklda chiqariladi.

Rutozid ovqat-hazm qilish yo‘llarida so‘rilib, askorbatni tashilishi va to‘planishiga yordam beradi. Asosan safro bilan va kamroq darajada – siydik bilan o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri 10-25 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat. C va P vitamini tanqisligini tiklaydi. Rutin askorbin kislotasi bilan birgalikda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, antioksidant xususiyatlarga ega, oksidlanishning oldini oladi va askorbin kislotasining to'qimalarda to'planishiga yordam beradi. Ikkala komponent qon tomir devorini mustahkamlaydi (hujayralararo modda hosil bo'lishiga yordam beradi va gialuronidaza faolligini pasaytiradi), kapillyarlar o'tkazuvchanligi va sinuvchanligini kamaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, charchoqlik hissi, yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – uyquni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siydikning kislotali muhitini oshishi, sutkada 1 g dan ortiq dozalarda qo‘llanganda xavf guruhidagi pasientlarda giperoksalaturiya; yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – buyraklarning glomerulyar apparatini shikastlanishi, siydik chiqarish yo‘llarida urat va oksalat toshlarini shakllanishi, buyrak yetishmovchiligi. Askobin kislotasini sutkada 600 mg dan ortiq dozasi siydik haydovchi samaraga ega.

Qon tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – trombositoz, gipertrombinemiya, tromb hosil bo‘lishi, eritrositopeniya, neytrofilli leykositoz, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan ayrim shaxslarda gemolitik anemiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: S gipervitaminozi, to‘qimalar trofikasini buzilishi yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida me‘da osti bezining insulyar apparati funksiyasini (giperglikemiya, glyukozuriya) va glikogen sintezini susayishi, organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi, rux va mis almashinuvini buzilishi.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – miokard distrofiyasi, arterial bosimni oshishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi.

Ovqat-hazm qilish yo‘llari tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida ovqat hazm qilish yo‘llari shilliq qavatini ta‘sirlanishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan teri giperemiyasi, teri toshmasi, ekzema, qichishish, Kvinke shishi, eshakemi, anafilaktik shok, nafas tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Dori vositasi 3 yoshdan katta bolalarga buyurilsin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida preparatni faqat shifokor maslahatidan keyin qo‘llash mumkin. Preparatni homiladorlikning I uch oyligida buyurish mumkin emas. Homiladorlikning II-III uch oyligida yoki emizish davrida preparat ona va homila/bolaga foyda/xavfi nisbatini hisobga olgan holda, tavsiya etilgan dozalarga va davolash davomiyligiga qa‘tiy rioya qilgan sharoitlarida buyuriladi.

Homiladorlikda rutin va S vitamini alohida dori shakllarida qo‘llash bo‘yicha mavjud bo‘lgan klinik ma‘lumotlarga ko‘ra homila uchun hech qanday xavf aniqlanmagan. Biroq homiladorlarda S vitamini va rutin saqlovchi majmuaviy preparatlarni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha muvofiq va nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Rutinning embriotoksikligi yoki uni ko‘krak sutiga o‘tishi yuzasidan xabarlar kelib tushmagan.

S vitamini ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, biroq, askorbin kislotasini tavsiya qilingan sutkalik dozadan 10 marta oshirilganda ham, ko‘krak sutida uning konsentrasiyasini sezilarli darajada ortishiga olib kelmagan.

Buyrak faoliyati buzilganida

Og‘ir buyrak kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Dozirovkasi

- 3,0+-0,15 g 50 mg + 50 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qichishish va teri toshmasi, nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, bosh og‘rig‘i, yuqori arterial bosim, tromb hosil bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi askorbin va siydik kislotasini buyrak orqali ekskresiyasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bunda siydikni asetillanishi oksalat konkrementlarini cho‘kma hosil bo‘lish xavfi bo‘ladi.

Katta dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganida me‘da osti bezining insulyar apparatini funksiyasi susayishi, buyrak funksiyasi buzilishi mumkin.

Askorbin kislotasini sutkada 3 g dan ortiq dozada qo‘llash glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan ayrim shaxslarda asidoz va gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, sorbentlarni qo‘llash, simptomatik davolash.

Dori shaklining ta'rifi

dumaloq shaklli, yashil tusli och sariq rangli, ustki va ostki yuzalari tekis, yuzasining chetlari kesilgan bir qavatli tabletkalar. Tabletkaning yuzasida dog‘lari bo‘lishi mumkin. Bo‘lingan tabletka lupa ostida ko‘rilganida nisbatan bir jinsli struktura ko‘rinadi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Ichak diskineziyalari, enterit va axiliyada askorbin kislotasini so‘rilishi buzilishi mumkin.

Askorbin kislotasi temirni so‘rilishini oshirishi sababli, uni katta dozalarda qo‘llash gemoxromatoz, talassemiya, polisitemiya, leykemiya va sideroblast anemiya bilan xastalangan bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Organizmida temirning miqdori yuqori bo‘lgan pasientlarga preparatni minimal dozalarda qo‘llash lozim.

Anamnezida buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarni glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun askorbin kislotasini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Askorbin kislotasi yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida buyrak funksiyasini, arterial bosimni, me‘da osti bezining funksiyasini nazorat qilish lozim.

Siydik tosh kasalligida askorbin kislotasini sutkalik dozasi 1 g dan oshmasligi kerak.

Qon ivishi yuqori bo‘lgan bemorlarga preparatni katta dozalarda buyurish mumkin emas.

Askorbin kislotasi yengil qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatishi sababli, dori vositasini kunning oxirida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dori vositasining tarkibida askorbin kislotasi borligi tufayli, bir qator laborator natijalarni o‘zgartirishi mumkin (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa turlari” bo‘limga qarang).

Preparat qand saqlaydi, shuning uchun qandli diabeti bilan xastalangan bemorlarga buyurganda buni hisobga olish kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati

Askorutinni avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Asetilsalisil kislotasi, peroral kontraseptiv vositalar: preparatni so‘rilishi pasayadi.

Askorbin kislotasini ≥1 g dozada qo‘llash peroral kontraseptivlar (estrogenlar, shu jumladan, etinilestradiol) ning biokiraolishini oshiradi, qondagi salisilatlarning konsentrasiyasini oshirib,ularning nojo‘ya ta‘sirlarini (kristaluriyani rivojlanish xavfi, me‘da shilliq qavatiga ta‘siri) kuchaytiradi.

Asetilsalisil kislota, barbituratlar, tetrasiklinlar: askorbin kislotasini siydik bilan ekskresiyasini oshiradi.

Penisillin (shu jumladan, benzilpenisillin), tetrasiklin, temir preparatlari: askorbin kislotasining yuqori dozalari ularning so‘rilishi va qondagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Desferioksamin (deferoksamin): temirni so‘rilishi, siydik bilan ekskresiyasi oshadi, temirni to‘qimalarga nisbatan zaharliligi oshadi, ayniqsa, kardiotoksiklik oshadi, bu qon aylanish tizimini dekompensasiyaga olib kelishi mumkin. Idiopatik gemoxromatoz va talassemiya bo‘lgan, desferioksamin va askorbin kislotasini yuqori dozalarda (sutkada 500 mg dan yuqori) qabul qilgan pasientlarda yurak funksiyasini buzilishlari (odatda S vitamini bekor qilingandan so‘ng qaytadi) haqida xabarlar berilgan. Bunday toifadagi bemorlarga yuqoridagi majmualarni qo‘llash ehtiyotkorlikni va yurak funksiyasini sinchkov monitoring talab etadi. Askorbin kislotasini desferioksamin in‘eksiyasidan 2 soat dan so‘nggina qabul qilish mumkin.

Geparin, bilvosita antikoagulyantlar, fenotiazin, flufenazin, sulfanilamid preparatlari, aminoglikozid guruhiga mansub antibiotiklar: bu preparatlarning samarasi kamayishi mumkin.

Siklosporin A: ehtimol uning biokiraolishi pasayishi mumkin.

V guruhi vitaminlari: terapevtik o‘zaro ta‘siri kuchayadi. Askorbin kislotasini yuqori dozalari V12 vitamin rezorbsiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi.

Kortekosteroidlar, parasetamol: askorbin kislotasi yuqori dozalarda qo‘llanganida oxirgilarining yarim chiqarilish davri uzayadi (terapevtik dozada qabul qilinganda bunday o‘zaro ta‘sir klinik oqibatlarga ega emas).

Kalsitonin: askorbin kislotasini o‘zlashtirilish tezligi oshadi.

Amfetamin: askorbin kislotasi yuqori dozalarda qo‘llanganda amfetaminni buyrak orqali ekskresiyasi oshadi.

Alyumin saqlovchi antasidlar: askorbin kislotasi alyuminiyni ichakda so‘rilishiga yordam berishi va alyuminiyni siydik bilan eliminasiyasini oshishi mumkinligini hisobga olish kerak. Antasidlar va askorbin kislotasini birga qo‘llash ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar tavsiya etilmaydi.

Uzoq vaqt (4 haftadan ortiq) qo‘llanganida preparatni yurak glikozidlari, antigipertenziv vositalar yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga buyurish mumkin emas, chunki u ularning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Askorbin kislotasi siydik bilan oksalatlarni chiqarilishini kuchaytiradi, shu tariqa siydikda oksalat tuzlarini shakllanish xavfini oshiradi.

Askorbin kislotasini juda yuqori dozalarni amigdalin bilan majmuada (komplementar tibbiyot) qo‘llash sianid bilan zaharlanish xavfini oshirishi mumkin.

Chekish, alkogol: qon plazmasida askorbatning konsentrasiyasini kamaytiradi.

Disulfiramin: askorbin kislotasini yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilish disulfiram-alkogol reaksiyasini tormozlaydi.

Askorbin kislotasini yuqori dozalari (sutkada 2 g dan ortiq) qon va siydik namunalarida kreatinin, siydik kislotasi va glyukozaning darajasini biokimyoviy yo‘l bilan aniqlash natijalariga, noorganik fosfatlar, jigar fermentlari va qondagi bilirubinning darajasini aniqlashga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Axlatdagi yashirin qonni aniqlash skrining testi soxta-manfiy bo‘lishi mumkin. Ishqoriy ichimliklar, yangi uzilgan mevalar yoki sabzavot sharbatlari bilan bir vaqtda iste‘mol qilish askorbin kislotasini so‘rilishini kamaytiradi.

Saqlash sharoitlari

250S yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkalarni butunligicha ozgina suv bilan yutish kerak.

Davolash maqsadida kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi; 3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi. Profilaktik vosita sifatida preparatni quyidagicha: kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 3 yoshdan katta bolalarga – sutkada 1 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi.

Davolash kursining davomiyligi – 3-4 hafta (kasallikning xarakteri va davolashning samaradorligiga qarab) tashkil etadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Askorutin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Askorutin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
7 100 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
7 100 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
7 100 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
7 100 so'm
Bron qilish

Askorutin haqida savollar

Askorutin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil