Ташкент
logo
SavatKirish

Azifloren

Azifloren chiqarish shakllari

AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
Retseptli
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Karbon Pharma Pvt. Ltd.
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Karbon Pharma Pvt. Ltd.
- Azifloren qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Aziflorenning tarkibi
- Azifloren ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Azifloren narxi Toshkent dorixonalarida

Azifloren qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Azitromisinni makrolid antibiotiklar yoki tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas.

Gepatobiliar tizimi azitromisinning chiqarilishi uchun asosiy yo'l hisoblansada, jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarni davolashda uni qo'llamaslik maqsadga muvofiqdir.

Buyrak funktsiyasi yaqqol buzilishlari bo'lgan pasientlarda, homiladorlikda (qo'llash mumkin faqat qachonki, foyda uni qo'llashdagi xavfdan ahamiyatli oshganda) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Preparatni laktasiya davrida qo'llash zarur bo'lganda, emizishni to'xtatish haqidagi masalani hal etish kerak.

6 oylikkacha bo'lgan bolalarga azitromisinni qo'llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu yoshda azitromisinning ishonchliligi va samaradorligi etarli darajada o'rganilmagan.

Preparatni anamnezida QT oralig'ini uzayishini tug'ma sindromi va yurak qorinchalar lipillashiga shubha bo'lgan yoki tasdiqlangan pasientlarga buyurish mumkin emas.


Tarkibi

Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin (digidrati holida) suvsiz azitromisinga ekvivalent - 200 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, gliserin, ksantan kamedi, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propil gidroksibenzoati, natriy tsitrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy saxarini, apelsin aromati, aspartam, propilenglikoli, mentol, suvsiz limon kislotasi, natriy gidroksidi, polisorbat 80, sariq quyosh shafaqi bo'yovchisi, tozalangan suv.

Farmakodinamikasi

Azitromisin lakton halqasiga metilen guruhi bog'langan, azot atomi qo'shilgan eritromisin tuzilishiga ega, makrolid guruhiga mansub, yarimsintetik azalid antibiotikidir. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha azalidlarning kichik guruhi makrolidlarni a'zosidir. Keng mikroblarga qarshi ta'sir doirasiga ega. Ribosomalarning 50S subbirligi bilan bog'lanadi, mikroorganizmlarning oqsillari biosintezini bostiradi.

In vitro sharoitlarida o'tkazilgan tadqiqotlarda azitromisin ko'pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi) va boshqa ko'rinishdagi streptokokklar: Streptococcus aureus, Crynebactetium diphtheria, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Branhamella catarrhalis, Bacteroides fragilis, Escherichia coli, Bordetella pertussis, Bordetella parapertussis, turli Pasturella, Vibrio, Peptococcus, Parastreptococcus va Shigella; Fusobacterium necrophorum, Propionibacterium acnes, Yersinia, Clostridium perfrtngens, Borrelia burgdorferi, Haemofilius ducrei, Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae ga qarshi faollik namoyon qiladi.

Shuningdek azitromisin Legionella pneumophila, Mycoplasma hominis, Mycobacterium avium, Helicobacter ning turli ko'rinishlariga, Ureaplasma urealyticum, Toxoplasma gondii va Treponema pallidum ga nisbatan faol.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida azitromisin miy dan tez so'riladi va a'zolar va to'qimalarga yaxshi kiradi. Natijada to'qima hujayralarida azitromisinning kontsentrasiyasi plazmadagiga qaraganda ahamiyatli darajada yuqori bo'ladi. Preparat 500 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin o'pkalar, bodomsimon bezlar, prostata bezi kabi nishon a'zolarida azitromisinning kontsentrasiyasi ehtimoli mumkin bo'lgan mikroorganizmlar uchun MIC90 (minimal bostiruvchi kontsentrasiya) qiymatidan oshib ketadi.

Plazmadagi cho'qqi darajasiga taxminan 2-3 soatdan keyin erishiladi. Preparatning Biokiraolishligi 37% tashkil qiladi. Azitromisin o't-safro bilan, asosan o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi va bu asosiy chiqarilish yo'li deb hisoblanadi; dozaning taxminan 6% siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 2 kundan 4 kungacha.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Azitromisin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Homiladorlikda faqat ona uchun kutilayoggan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgandagina ko'llash mumkin. Azitromisinni laktasiya davrida ko'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish kerak.

Dozirovkasi

Azitromisinni sutkada 1 marta qo'llash kerak.

Bolalar uchun doza tana vazni va yoshiga qarab hisoblanadi:


Tana vazni

3 kunlik davolash

5 kunlik davolash

15 kg gacha (6 oy – 3 yoshgacha)

Kunlik bir martalik doza

10 mg/kg yoki 2,5 ml (100 mg)

1-chi kuni bir marta 10 mg/kg yoki 2,5 ml (100 mg), so'ngra 4 kun davomida sutkada 1 marta 5 mg/kg dan yoki 1,25 (50 mg)

15-25 kg

(3-7 yosh)

sutkada 1 marta 5 ml (200 mg)


1-chi kuni sutkada 5 ml (200 mg), so'ngra 4 kun davomida sutkada 2,5 ml (100 mg) dan.

26-35 kg

(8-11 yosh)

sutkada 1 marta 7,5 ml (300 mg)


1-chi kuni sutkada 7,5 ml (300 mg), so'ngra 4 kun davomida sutkada 3,75 ml (150 mg) dan.

36-45 kg (12-14 yosh)

sutkada 1 marta 7,5 ml (300 mg)


1-chi kuni sutkada 10 ml (400 mg), so'ngra 4 kun davomida sutkada 5 ml (200 mg) dan.


Suspenziyani tayyorlash:

Tayyorlangan suspenziyani xona haroratida 5 kun davomida saqlash mumkin.

Ovqatdan 1 soat oldin albatta nahorga yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish kerak, chunki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish azitromisinning so'rilishini pasaytiradi.

Qabul qilishdan oldin flakon yaxshilab chayqatiladi!

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: kuchli ko'ngil aynishi, qusish, diareya, eshitishni vaqtinchalik yo'qolishi.

Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.

Maxsus saqlash sharoitlari

Doza qabulini o'tkazib yuborilgan hollarda, o'tkazib yuborilgan dozani tezroq qabul qilish, keyingi dozani esa 24 soat oraliq bilan qabul qilish kerak.

Ba'zi pasientlarda davolashni bekor qilgandan keyin yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi saqlanib qolishi mumkin, bu shifokor nazorati ostida maxsus davolash talab etadi.

Azitromisin QT oralig'ini uzayishi va yurak qorinchalar xilpillashini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparatni ko'rsatilgan holatlari bo'lgan pasientlarga qo'llanilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antasidlar azitromisinning so'rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi. Preparat va antasid qabul qilish orasidagi oraliqni (kamida 1-2 soat) saqlash tavsiya qilinadi.

Preparatni Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilishga e'tibor qaratish kerak, chunki makrolid antibiotiklari tsiklosporinning samarasini kuchaytirishi mumkin.

Makrolid qatori ba'zi antibiotiklar digoksin biotransformasiyasini kamaytiradi. Garchi azitromisin bilan bunday samarasiga nisbatan hech qanday ma'lumotlar bo'lmasa-da, digoksin bilan o'zaro ta'sirini tekshirish kerak.

Makrolidlar guruhining boshqa antibiotiklari kabi azitromisinni shoxkuya hosilalari bilan birga buyurish mumkin emas.

Mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalari, masalan terfenadin toksikligi va plazmadagi kontsentrasiyasini oshiradi va chiqarilishini sekinlashtiradi.

Sotish shartlari

retsept bo'yicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

200 mg/5 ml azitromisin saqlovchi suspenziya (15 ml) buraluvchi qopqoqli flakonda. Flakon, qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakologik guruhlari

antibiotik (makrolidlar guruhi)

Nojo'ya samaralari

Azitromisin, asosan yaxshi o'zlashtiriladi. Azitromisin qabul qilganda nojo'ya reaktsiyalar kam uchraydi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko'ngil aynishi, abdominal og'riqlar, dispepsiya, meteroizm, qusish. Boshqa makrolidlar va penisillinlarni qo'llashdagi kabi, jigar transaminaza fermentlari faolligi qaytuvchan o'rtacha oshishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak tez urishi, aritmiya, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, tirishishlar.

Siydik-jinsiy tizim tomonidan: qin kandidozi, nefrit.

Allergik reaktsiyalar: toshma, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi.

Boshqalar: yuqori charchoqlik, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kandidomikozi.

Har qanday nojo'ya samara rivojlanganida davolovchi shifokorga xabar berish kerak!

Qo'llanilishi

Azitromisin preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo'llanadi:

  • yuqori nafas yo'llarining va LOR-a'zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o'rta otit);

  • quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (bakterial va atipik pnevmoniya, bronxit);

  • teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);

  • urogenital yo'llarning infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki tservisit); shu jumladan Chlamydia trachomatis va Ureaplasma urelyticum chaqirgan jinsiy yo'llarning asoratlanmagan infektsiyalari.

Ta'rifi

to'q sariq rangli yopishqoq suspenziy

Azifloren barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Azifloren savollari

Azifloren fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil