Ташкент
logo
SavatKirish

Elitseya

Elitseya chiqarish shakllari

ELISEYa tabletkalari 20mg N28
ELISEYa tabletkalari 20mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
ELISEYa tabletkalari 10mg N28
ELISEYa tabletkalari 10mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
ELISEYa tabletkalari 5mg N28
ELISEYa tabletkalari 5mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
- Elitseya qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Elitseyaning tarkibi
- Elitseya ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Elitseya narxi Toshkent dorixonalarida

Elitseya qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Sloveniya
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ELISEYa®

ELICEA®

 

Preparatning savdo nomi: Eliseya® (Elicea®)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): essitalopram

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg, 10 mg va 20 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 6,39 mg/12,78 mg/25,56 mg essitalopram oksalati, bu 5 mg/10 mg/20 mg essitalopramga to‘g‘ri keladi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, krospovidon, povidon K30, mikrokristall sellyuloza, o‘ta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati;

plyonka qobig‘i: oq Opadray 33G28707 (gipromelloza, titan dioksidi, laktoza monogidrati, makrogol, triasetin).

Ta‘rifi:

5 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plenka qobiq bilan qoplangan, chetlari qiya tabletkalar.

10 mg va 20 mg li tabletkalar: oval, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni o‘yiqli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antidepressantlar. Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari

ATX kodi: N06B10

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Preparatning so‘rilishi ovqat qabul qilishga deyarli bog‘liq emas. Ko‘p martalik doza ichga qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax), o‘rtacha, 4 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin rasemik sitalopramning mutlaq biokiraolishi 80% ga yetadi.

Peroral qabul qilinganidan keyin kutilgan taqsimlanish asosiy xajmi 12 dan 26 l/kg gacha bo‘lgan qiymatni tashkil qiladi. Essitalopram va uning asosiy metabolitlarini qon plazmasi proteinlari bilan bog‘lanishi – 80% dan kam.

Essitalopramning biotransformasiyasi, asosan, jigarda, faol demetillangan va didemetillangan metabolitlari hosil bo‘lgunigacha amalga oshiriladi. Yoki azot N-oksid metaboliti xosil bo‘lgunicha oksidlanishi mumkin. Dastlabki modda ham, metabolitlari ham glyukuronidlari ko‘rinishida qisman chiqariladi. Ko‘p marta qo‘llanganidan keyin demetil- va didemetilmetabolitlarining o‘rtacha konsentrasiyasi 28-31% va essitalopramning konsentrasiyasidan muvofiq 5% dan kamroqni tashkil qiladi. Essitalopramni demetillangan metabolitgacha metabolizmga uchrashi asosan sitoxrom R450 izofermentlari: CYP2C19 yordamida yuz beradi. Shuningdek CYP3A4 va CYP2D6 fermentlar ham ishtirok etishi mumkin.

Ko‘p martalik doza qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi, peroral plazma klirensi minutiga 0,6 l/ni tashkil qiladi. Asosiy metabolitlarining yarim chiqarilish davri davomliroq. Essitalopram va uning asosiy metabolitlari jigar (metabolit) va katta qismi – buyraklar orqali chiqariladi. Preparatning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli va dozaga proporsionaldir. Qon plazmasidagi barqaror konsentrasiyasiga 1 xafta o‘tgach erishiladi. 10 mg sutkalik doza qabul qilinganida 50 nmol/l (20 dan 125 nmol/l gacha) o‘rtacha barqaror konsentrasiyaga erishiladi.

Keksa pasientlar (65 yoshdan katta)

Keksa yoshli pasientlarda essitalopram yosh pasientlarga nisbatan sekinroq chiqariladi. Tizimli ta‘siri (AUC) keksa pasientlarda yoshlarga nisbatan taxminan 50% ga yuqori.

Jigar faoliyatini pasayishi

Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (A va V toifali portal gipertenziyasi sindromi bo‘lgan jigar sirrozli bemorlarda)  essitalopramning yarim chiqarilish davri, jigar faoliyati normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan ikki marta davomli, konsentrasiyasi esa 60% ga yuqori bo‘ladi.

Buyrak faoliyatini pasayishi

Buyrak faoliyati past bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davrini uzayishi va rasemik sitalopramning konsentrasiyasini kuchsiz oshishi (CLcr 10-53 ml/min) kuzatilgan. Metabolitlarining qon plazmasidagi konsentrasiyasi o‘rganilmagan, lekin ular oshishi mumkin.

Polimorfizm

Sekin metabolizatorlarda CYP2C19 fermentiga nisbatan, qon plazmasida essitalopramning konsentrasiyasi tez metabolizatorlarga qaraganda, ikki marta yuqoriligi aniqlangan. sekin metabolizatorlarda CYP2D6 fermentiga nisbatan konsentrasiyaning ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmagan.

Farmakodinamikasi

Eliseya® birlamchi bog‘lanish soxalari bilan bog‘lanish xususiyati yuqori bo‘lgan serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitori (5-NT) xisoblanadi. U shuningdek allosterik soxa bilan xam bog‘lanadi, bunda bog‘lanish xususiyati 1000 marta kam bo‘ladi.

Eliseya® qator reseptorlar, shu jumladan: 5-NT           1A-, 5-NT2– serotonin reseptorlar, DA  D1 va D2– dofamin reseptorlar, ά1-, ά2-, β-adrenergik reseptorlar, N1– gistamin reseptorlar, m-xolinoreseptorlar, benzodiazepin va opioid reseptorlari bilan bog‘lanish xususiyatiga ega emas yoki juda kuchsiz bog‘lanish xususiyatiga ega.

5-NT serotoninni qayta qamrab olinishini ingibisiya bo‘lishi essitalopramning farmakologik va klinik ta‘sirini tushuntiruvchi tipik ta‘sir mexanizmi xisoblanadi.

Qo‘llanishi

  • depressiya;
  • agrofobiyali/usiz kuchuvchi sarosimali buzilishlar;
  • ijtimoiy-xovotirli buzilishlar (ijtimoiy fobiya);
  • tarqoq xavotirli buzilishlar;
  • obsessiv-kompulsiv buzilishlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

20 mg dan yuqori sutkalik dozaning xavfsizligi isbotlanmagan.

Eliseya® tabletkalari ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar sutkada bir marta qabul qilinadi.

Depressiya

Odatdagi doza 10 mg tashkil qiladi sutkada bir martani qabul qilinadi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab doza – sutkada 20 mg maksimal dozagacha oshirilishi mumkin.

Antidepressiv samaraga erishish uchun odatda 2 haftadan 4 haftagacha talab etiladi. Simptomlar yo‘qolganidan so‘ng, erishilgan samarani mustaxkamlash uchun davolashni kamida 6 oy davom ettirish kerak.

Agrofobiya bilan birga kechuvchi yoki birga kechmaydigan sarosimali buzilishlar

Agrofobiya bilan/usiz kechuvchi sarosimali buzilishlarda davolashning birinchi xaftasi davomida, sutkada 5 mg doza tavsiya etiladi keyinchalik sutkada 10 mg gacha oshiriladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab doza – sutkada 20 mg maksimal dozagacha oshirilishi mumkin.

Davolash boshlanganidan keyin 3 oy o‘tgach maksimal terapevtik samaraga erishiladi. Davolash bir necha oy davom etadi.

Ijtimoiy-xavotirli buzilishlar

Odatdagi doza sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Kasallikning simptomlarini yengillashtirish uchun odatda 2 haftadan 4 haftagacha talab etiladi. Keyinchalik, pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza 5 mg gacha pasaytirilishi yoki sutkada 20 mg maksimal dozagacha oshirilishi mumkin.

Ijtimoiy-xavotirli buzilishlar – bu surunkali kechuvchi kasallikdir, shuning uchun  samarani mustahkamlash uchun davolashni 12 hafta davomida davom ettirish tavsiya etiladi.

Respondentlarni davomli davolash 6 oy davomida tekshirilgan, qaytalanishni oldini olish uchun davolash shaxsiy ravishda buyurilishi mumkin; davolashning foydaliligini vaqti-vaqti bilan qayta baxolash kerak.

Ijtimoiy-xovotirli buzilish – alohida buzilishning yaxshi aniqlangan diagnostik terminologiyasi bo‘lib, uni ortiqcha uyatchanlik bilan chalkashtirish mumkin emas.

Farmakoterapiya ushbu buzilish kasbiy va ijtimoiy faoliyatga axamiyatli darajada ta‘sir qilganida ko‘rsatilgan.

Bu davolashni o‘rni kognitiv-xulqiy davolashga nisbatan aniqlanmagan.

Farmakoterapiya umumiy davolash strategiyasining bir qismi xisoblanadi.

Tarqoq xavotirli buzilishlar

Boshlang‘ich doza sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza maksimal-sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin.

Respondentlarning davomli davolash, sutkada 20 mg olayotgan pasientlarda kamida 6 oy davomida tekshirilgan.

Davolashdan kutiladigan foyda va dozani vaqti-vaqti bilan qayta baxolash kerak.

Obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB)

Boshlang‘ich doza sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza maksimal-sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin.

OKB surunkali kasallik xisoblanadi, simptomlarni samarali yo‘qotilishi uchun pasientlar yetarlicha vaqt davomida davolanishlari olishlari kerak. Davolashdan kutiladigan foyda va dozani vaqti-vaqti bilan qayta baxolash kerak.

Keksa yoshdagi (65 yoshda katta) pasientlar

Boshlang‘ich doza sutkada 5 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza sutkada 10 mg gacha oshirilishi mumkin.

Keksa odamlarda essitalopramni ijtimoiy-xovotirli buzilishlarni davolash uchun samaradorligini aniqlash bo‘yicha tekshirishlari o‘tkazilmagan.

Buyrak faoliyatini pasayishi

Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozani individual tanlash talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (CLCR (kreatinin klirensi) minutiga 30 ml/dan kam) bo‘lgan pasientlarga buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar faoliyatini pasayishi

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tavsiya etilgan sutkalik doza 5 mg ni tashkil etadi.

Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza sutkada 10 mg gacha oshirilishi mumkin. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Sitoxrom CYP2C19 sekin metabolizatorlari

Sitoxrom CYP2C19 ga nisbatan metabolizm tezligini pastligi bilan xarakterlananadigan pasientlarda, davolashning birinchi ikki xaftasida dastlabki tavsiya etiladigan doza sutkada 5 mg ni tashkil etadi.

Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza sutkada 10 mg gacha oshirilishi mumkin.

 

Davolash to‘xtatilgandagi bekor qilish simptomi

Davolashni keskin to‘htatishdan saqlanish kerak. Essilatopram preparati bilan davolash to‘xtatilganida, to‘xtatish simptomini paydo bo‘lishi xavfidan saqlanish uchun ikki xaftacha vaqt davomida dozani asta-sekin pasaytirish kerak. Doza pasaytirilganidan yoki davolash to‘xtatilganidan keyin, o‘zlashtiraolmaydigan simptomlar paydo bo‘lganida preparatning buyurilgan dozalari bilan davolashni qayta tiklash mumkin. Demak, davolovchi shifokor dozani pasaytirishni davom ettirishi mumkin, lekin pasaytirish darajasi asta-sekin amalga oshirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uchrash-tezligi quydagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam xollarda (≤1/10000), yoki noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

Juda tez-tez

  • ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i

Tez-tez

  • ishtahani pasayishi, ishtahani kuchayishi
  • bezovtalik, qo‘zg‘aluvchan holat, g‘alati tushlar ko‘rish, erkaklar va ayollarda libidoni pasayishi, ayollarda anorgazmiya,
  • uyqusizlik, uyquchanlik, bosh aylanishi, parasteziya, tremor
  • sinusit
  • esnash
  • diareya, qabziyat, qusish, og‘izni qurishi
  • kuchli terlash;
  • artralgiya, mialgiya;
  • erkaklarda: eyakulyasiyani buzilishi, impotensiya
  • toliqish, gipertermiya;
  • vaznni oshishi:

Tez-tez emas

  • bruksizm, ajitasiya, asabiylik, sarosima xurujlari, chalkashlik xolati
  • ta‘m bilishni buzilishi, uyquni buzilishi, sinkope
  • midriaz, ko‘rishni buzilishi
  • quloqlarda shovqin
  • taxikardiya
  • burundan qon ketishi
  • me‘da-ichak qon ketishlar (shu jumladan rektal qon ketishi)
  • eshakemi, sochlarni to‘kilishi, toshma, qichishish
  • ayollarda: bachadondan qon ketishi, menorragiya
  • shish
  • vaznni pasayishi

Kam hollarda

  • anafilaktik reaksiyalar;
  • tajovuzkorlik, shaxsni ikkilanishi, gallyusinasiya
  • serotonin sindromi
  • bradikardiya

Uchrash tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas), preparatni qabul qilish bilan bog‘liqligi:

  • trombositopeniya
  • antidiuretik gormonga noadekvat reaksiya
  • giponatriemiya
  • maniya, suisidal fikrlash, suisidal xarakatlar (Essitalopram bilan davolash vaqtida yoki davolashni bekor qilishni erta bosqichlarida siusidal fikrlash va suisidal

harakatlar holatlari)

  • diskineziya, harakat koordinasiyasini buzilishi, tirishishlar
  • ortostatik gipotenziya
  • gepatit
  • qontalashlar, Kvinke kasalligi
  • siyishni tutilishi
  • galaktoreya
  • erkaklarda: priapizm
  • atipik jigar sinamasi
  • QT intervalini uzayishi, asosan yurak kasalligi mavjud bo‘lgan pasientlarda
  • qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan piruet (torsade de pointes).

Davolash to‘xtatilganida bekor qilish sindromi kuzatiladi.

SQQOSI yoki serotoninni noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va bilan davolashni to‘xtatish (ayniqsa keskin to‘xtatish) odatda bekor qilish sindromi rivojlanishiga olib keladi. Enga ko‘p aniqlangan reaksiyalar bosh aylanishi, sezuvchanlikni buzilishi (shu jumladan paresteziya, elektr tokini urish xissi), uyquni buzilishi (shu jumladan insomniya va taasurotli tush ko‘rishlar), ta‘sirchanlik va ajitasiya, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish, tremor, ongni chalkashishi, terlash, bosh og‘rig‘i, diareya, yurakni tez urishi, emosional beqarorlik, ta‘sirchanlik va ko‘rishni buzilishini o‘z ichiga oladi.

Ko‘pchilik xollarda bu simptomlar yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi xarakterga ega, lekin, ayrim pasientlarda ular jiddiy va/yoki davomli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, endi essitalopram bilan davolash talab qilinmagan xolda, essitalopramni, dozani pasaytirish yo‘li bilan asta-sekin bekor qilish kerak.

50 va undan oshgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar, SQQOSI va trisiklik antidepressantlarni qabul qilayotgan pasientlarda suyaklarni sinish xavfi yuqoriligini ko‘rsatdi. Bu xavfni paydo bo‘lish mexanizmi aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • faol moddalarga yoki yordamchi moddalardan birortasiga yuqori sezuvchanlik
  • ajitasiya, tremor, gipertermiya va x.k. bilan kechuvchi serotonin sindromini paydo bo‘lish xavfi borligi sababli, tanlanmagan noreversiv monooksidaza ingibitorlari (MAO ingibitorlari) bilan bir vaqtda qabul qilish
  • serotonin sindromini paydo bo‘lish xavfi borligi sababli, MAO ning noreversiv ingibitorlari (masalan, moklobemid) yoki MAO ning tanlanmagan ingibitori linezolid bilan birga qo‘llash;
  • xomiladorlik va laktasiya davri 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • anamnezdagi QT intervalini uzayishi, jumladan QT intervali tug‘ma uzayishi sindromi
  • QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar:

Monoaminooksidazaning tanlanmagan noreversiv ingibitorlari (MAO ingibitorlari)

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) tanlamaydigan noreversiv monoaminooksidaza ingibitorlari bilan birga olgan pasientlarda, shuningdek SQQOSI bilan davolash bekor qilingan zahoti keyin darxol MAO ingibitorlari bilan davolash olishni boshlagan pasientlarda, jiddiy reaksiyalar xollari aniqlangan. Ayrim xollarda pasientlarda serotonin sindromi rivojlangan.

Essitalopramni tanlamaydigan noreversiv MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas. Essitalopram bilan daolashni  noreversiv MAO ingibitorlari bilan davolash bekor qilinganidan so‘ng 14 kundan keyin va MAO riversiv ingibitorlari, (RIMA)  moklobemid bilan davolash bekor qilinganidan keyin minimum bir kun o‘tgach boshlash mumkin. Essitalopram bilan davolash bekor qilingandan so‘ng tanlamaydigan noreversiv MAO ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan oldin kamida 7 kun o‘tishi kerak.

MAO-A riversiv tanlaydigan ingibitorlari

Serotonin sindrom paydo bo‘lishi xavfi borligi tufayli essitalopramni moklobamid kabi MAO-A ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Bunday majmuani buyurish zarurati bo‘lganida, davolashni minimal tavsiya etilgan dozalardan boshlash kerak, bunda klinik kuzatuvni kuchaytirish lozim.

MAO reversiv tanlamaydigan ingibitorlari(linezolid)

Linezolid antibiotik MAO ning reversiv tanlamaydigan ingibitori xisoblanadi, shuning uchun uni essitalopram bilan davolash olayotgan pasientlarga buyurish mumkin emas. Bunday majmuani buyurish zarurati bo‘lganida, preparatni minimal dozalarda va qat‘iy klinik kuzatuv ostida buyurish kerak.

MAO-V noreversiv tanlamaydigan ingibitorlari (seleginin)

Essitalopram seleginin (MAO-V noreversiv ingibitori) bilan bir vaqtda qabul qilinganida, serotonin sindromini rivojlanishi xavfi borligi tufayli extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Selegininni sutkada 10 mg gacha dozada rasemik sitalopram bilan bir vaqtda xavfsiz qo‘llash mumkin.

QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari

Essitalopramni QT intervalini uzaytiruvchi boshqa dori preparatlari bilan majmuada farmakokinetik va farmakodinamik tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Essitalopram va bu dori preparatlarni additiv samarasini istisno qilish msmkin emas. Demak, essitalopram va IA va III sinfi antiaritik preparatlar, neyroleptiklar (masalan, fenotiazin xosilalari, pimozid, galoperidol) trisiklik antidepressantlar, ayrim mikroblarga qarshi preparatlar (masalan, sparfloksasin, moksifloksasin, vena ichiga yuborish uchun ritromisin, pentamidin, bezgakni davolash uchun preparatlar, xususan, galofantrin), ayrim antigistamin preparatlarni (astemizol, mizolastin) kabi QT intervalini uzaytiruvchi dori prepartlari,bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Ishlatishda extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiluvchi majmualar

Serotoninergik dori vositalari

Essitalopramni serotoninergik dori vositalari (tramadol, sumatriptan va boshqa triptanlar kabi) bilan bir vaqtda qabul qilish, serotonin sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori vositalari

QQOSI tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishlari mumkin. Essitalopram va tirishish bo‘sag‘asini pasaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan dori preparatlari (antidepressanlar (trisiklik antidepressantlar, QQOSI), neyroleptik vositalari (fenotiazinlar, tioksantinlar va buterofenonlar), mefloksin, bupropinon va tramadol kabi bilan) bir vaqtda qabul qilinganida tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishlari mumkin.

Litiy, triptofan

QQOSI va litiy yoki triptofan birga buyurilganida ta‘sirni kuchayish xollari qayd etilganligi tufayli, bu preparatlar bir vaqtda buyurilganida extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Teshik dalachoy

QQOSI ni tarkibida teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish, nojo‘ya samaralar sonini oshirishi mumkin.

Peroral antikoagulyantlar

Essitalopram peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida, qon ivishini buzilishi rivojlanishi mumkin. Bunday xollarda essitalopram bilan davolashni boshida va tugaganidan keyin qon ivishini sinchiklab monitoring qilish kerak.

Alkogol

Alkogol bir vaqtda qabul qilinganida essitalopram farmakodinamik yoki

farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlarga kirishmaydi. Lekin, boshqa psixotrop vositalar bilan  bo‘lgani kabi, essitalopram va alkogolni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Gipokaliemiya/gipomagniemiya chaqiruvchi dori vositalari

Essitalopram gipokaliemiya/gipomagniemiyani chaqiruvchi dori vositalari bir vaqtda qo‘llanganida extiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi, chunki bunday xolatlarda xavfli aritmiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.

Essitalopramni CYP2C19 izofermenti ingibitorlari (masalan, omeprazol, fluoksetin, fluoksamin, lansoprazol, tiklopedin) yoki simetidin bilan bir vaqtda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klinik baxolash asosida essitalopram va yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, essitalopramning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Essitalopramni boshqa dori preparatlarining farmakokinetikasiga ta‘siri

Essitalopram CYP2D6 izofermentining ingibitori xisoblanadi.

Essitalopram va bu izoferment yordamida metabolizmga uchraydigan va kichik terapevtik indeksga, ega bo‘lgan dori preparatlari masalan, flekainid, propafenon va metopropalol (yurak yetishmovchiligida qo‘llangan xolda) yoki  asosan CYP2D6 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan va markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiladigan preparatlar, masalan antidepressantlar: dezipramin, klomipramin, nortriptillin yoki antipsixotik preparatlar:  risperidon, tioridazin, galoperidol bilan bir vaqtda qo‘llanganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Quyida serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) terapevtik sinfiga taalluqli bo‘lgan maxsus ko‘rsatmalar va extiyotkorlik choralari keltirilgan.

Paradoksal bezovtalik

Sarosimali buzilishlari bo‘lgan ayrim pasientlarda antidepressantlar bilan davolashni boshida xovotirlikni kuchayishi kuzatilishi mumkin. Bunday paradoksal reaksiya odatda uzuluksiz ravishda ikki xafta davolash davomida yo‘qoladi. Anksiogen samarani paydo bo‘lish extimolini pasaytirish uchun, preparatni past boshlang‘ich dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.

Tirishish xurujlari

Pasientda tirishish xurujlari rivojlanganida bu tibbiy preparatni bekor qilish kerak. Nostabil tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) qo‘llash tavsiya etilmaydi; nazoratli xurujlarda sinchiklab kuzatish kerak. Tirishish xurujlarini rivojlanishi-tezligi oshganida, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini, shu jumladan essitalopramni, bekor qilish kerak.

Maniya

Anamnezida maniya/gipomaniyaga ko‘rsatmasi bo‘lgan pasientlarda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Maniakal xolat rivojlanganida serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini bekor qilish kerak.

Diabet

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarni serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini bilan davolashda qondagi glyukozaning darajasi o‘zgarishi mumkin (gipoglikemiya yoki giperglikemiya).Shuning uchun insulin va/yoki peroral gipoglikemik preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Suisid/Suisidal fikrlar

Depressiya suiqasdlik fikrlar, suiqasdlik xarakatlari va suiqasdlik (suisidal ko‘rinishlar) paydo bo‘lishining yuqori xavfi bilan assosiasiyalanadi. Bu xavf xolatni axamiyatli darajada yaxshilangunicha saqlanishi mumkin. Yaxshilanish davolashning birinchi xaftalarida yuz berishi mumkinligi tufayli, yaxshilanish yuz bergunicha, antidepressantlar bilan davolanayotgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Yaxshilanishning erta bosqichlarida suiqasdlik xavfi oshishi mumkin, bu umumiy klinik amaliyot xisoblanadi. Bu extiyotkorlikka boshqa ruxiy buzilishlarni davolashda xam  rioya qilinishi kerak, suisidal ko‘rinishlarning xavfini yuqori rivojlanish extimoli yuqori bo‘lganligi tufayli, ularni davolash uchun essitalopramni qo‘llash ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, bu xolatlar klinik depressiya bilan birga kechishi mumkin. Shuning uchun, klinik depressiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda xam va boshqa psixiatrik buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolashda xam bu extiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak

Anamnezida suisidal xarakat ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlar yoki davolashni boshlashdan oldin suisidal fikrlash nomoyon bo‘lgan pasientlar, suisidal fikrlar paydo bo‘lishini yoki o‘z joniga qasd qilishga urinish xavfi yuqoridir, va shuning uchun davolash vaqtida ularni sinchiklab kuzatish kerak. Psixiatrik buzilishlari bo‘lgan katta yoshdan pasientlarni antidepressantlar bilan davolash plasebo bilan o‘tkazilgan nazoratli klinik sinovlarni meta-taxlili, antidepressntlar bilan davolashda 25 yoshdan kichik pasientlardagi plaseboga nisbatan, suisidal xarakatlarni paydo bo‘lishi xavfi yuqoriligini ko‘rsatdi. Pasientlarni davolashni (ayniqsa, suisidal xarakatni paydo bo‘lishi xavfi katta bo‘lgan pasientlarni), ayniqsa davolashning erta bosqichlarida va dozasi o‘zgartirilganidan keyin qat‘iy kuzatuv ostida o‘tkazish kerak.

Pasientlar (va parvarish yoki davolashni amalga oshirayotgan shaxslar) klinik xolatini xar qanday yomonlashish ko‘rinishlari, suisidal xarakatlarni va xulqini odatda kuzatilmaydigan o‘zgarishlari paydo bo‘lganligi xaqida va ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida kechiktirmasdan yordamga murojaat qilishlari kerakligi xaqida ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Akatiziya/bemorni xarakatlarga doimiy intilishi bilan qo‘nimsizlik

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) norepinefrinni qayta qamrab olinishini ingibitorlarini qo‘llash, akatiziya va ko‘pincha bemorni qo‘nimsizligi bilan birga kechuvchi xarakatlarga intilishni rivojlanishi bilan assosiasiyalanadi. Bu asosan davolashni birinchi xaftalari davomida nomoyon bo‘lishi mumkin. Bunday sindromlar nomoyon bo‘layotgan pasientlarga, dozani oshirish ziyon yetkazishi mumkin.

Giponatriemiya

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini qabul qilish fonida, ADG sekresiyasini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan giponatriemiya kam xollarda paydo bo‘ladi va davolash bekor qilinganida yo‘qoladi. Giponatriemiya rivojlanishi xavfi guruxiga kiruvchi: keksalar, jigar sirrozi bo‘lgan bemorlar va giponatriemiya chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarga essitalopram va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Qon quyilishi

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) qabul qilishda teriga qon quyilishlar (ekximozlar va purpura) rivojlanish xollari aniqlangan. Qon quyilishiga moyilligi bo‘lgan, shuningdek peroral antikoagulyantlar va qon ivishiga ta‘sir qiluvchi dorilar (atipik psixotik vositalar va fenotiazinlar, ko‘pchilik trisiklik antidepressantlar, asetilsalisil kislota va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), tiklopidin va dipiridamol) olayotgan bemorlar va qon ketishlarga moyilligi bo‘lgan pasientlarda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Elektrotirishish davolash (ETD)

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) elektrotirishish davolash (ETD) bilan birga qo‘llashni klinik tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday xolda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Serotonin sindromi

Sumitriptan va boshqa triptanlar, tramadol va triptofan kabi serotoninergik t

Elitseya barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Elitseya savollari

Elitseya fikr-mulohazalari

Reyting 4.0, 7 ta sharh asosida
Бахор
18.07.2021 12:30
1
Я пробовал Ципралекс заменить на Элицея. Но мне этот препарат не подошел. От приема этих таблеток меня ужасно клонит в сон. А жаль. Экономия была бы существенная для кошелька.
Болтабой
28.05.2020 20:19
3
Принимала Элицея по назначению невролога. Причина типична: не покидающее чувство тревоги. Пила строго по инструкции. Эффект был, но не значительный. Хотелось бы более мощного результата. Стала бы я принимать Элицея повторно? Думаю, нет. Для меня этот препарат недостаточно эффективен. Может потому что случай у меня уже запущенный был. Не знаю. Да и на вкус таблетки не очень то приятные. А их нужно рассасывать. Смысла себя мучить не вижу.
Нуриза
16.04.2020 23:31
5
Мне препарат Элицея помог справиться с затяжной депрессией. Вот уж не думала, что когда-нибудь прибегну к помощи подобных препаратов. Но сейчас не об этом. Таблетки работают и это факт. Первое время от приема меня сильно клонило в сон, но потом все нормализовалось. Больше никаких побочных реакций на себе не ощутила. Цена вполне доступная. Я брала себе большую упаковку из 56 таблеток. В сравнении с аналогами это очень даже неплохая цена.
Розияхон
18.08.2019 02:03
4
Препаратом Элицея лечу свою депрессию вот уже почти полгода. Эффект от приема несомненно есть. У меня повысилось настроение, я смотрю на мир уже более оптимистично. Ушло чувство тревоги. Но есть и обратная сторона медали. От приема этих таблеток у меня повысился аппетит. За 6 месяцев лечения я поправилась больше, чем на 10 кг!!! Для молодой девушки это катастрофа! Курс лечения через пару недель я заканчиваю. Надеюсь, с отменой препарата мое депрессивное состояние не вернется. А там уже и за фигуру возьмусь.
Хурзода
30.09.2019 03:02
5
Я не понаслышке знаю, что такое депрессия. Причем у меня она была не совсем явная. Мне казалось, что у меня просто нет настроения. И все. Но проблема была куда серьезнее. Я обратилась за помощью к врачу. Доктор назначил мне принимать Элицея. Курс – 6 месяцев. Не быстро. Но оно того стоит. Сейчас я пропила препарат уже 5 месяцев. Результат есть. У меня ушло чувство тревоги и постоянное нервное напряжение. Нормализовался сон. Мысли плохие больше в голову не лезут. Оборачиваюсь назад, и волосы дыбом встают от того, что мне приходило в голову несколько месяцев назад. В общем, кто бы что не говорил, а Элицея действительно работает. Причем делает это очень деликатно. За все время приема у меня не было ни одной побочной реакции. По стоимости лечение выходит не очень то дорогим. Есть препараты, которые стоят гораздо дороже, чем Элицея. Я довольна всем. И очень благодарна этому препарату.
Эргашой
30.04.2020 14:19
5
Элицея – лучший из всех антидепрессантов, что я пробовала. Недорого и эффективно. Препарат может вызывать сонливость, но это быстро проходит. Поэтому не критично. Рекомендую.
Ойимгул
26.10.2019 20:59
5
Принимаю Элицея не так давно. Раньше пила более дорогостоящий аналог. Разницы в эффективности никакой не вижу. Результат одинаковый, а экономия по деньгам существенная. С моими паническими атаками Элицея справляется прекрасно. Я довольна.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil