Eritromitsin analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar
Analog dorilar
Narxi
215 000 so'm dan
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Eritromitsin
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Preparatni ichga qabul qilish kam samarali yoki imkoni bo'lmaganda, qonda antibiotikning yuqori kontsentratsiyasini tezda hosil qilish zarur bo'lganda, sezgir mikroflora chaqirgan bakterial infektsiyalarning og'ir shakllarini davolash, sh.j. quyidagi kasalliklarda: —difteriya (sh.j. difteriya tashuvchanlik); —ko'kyo'tal (sh.j. zararlanish xavfi ostida bo'lgan shaxslarda kasallik profilaktikasi); —traxoma; —brutsellyoz; —legionerlar kasalligi; —skarlatina; —amebli dizenteriya; —gonoreya; —chaqaloqlar kon'yunktiviti; —bolalarda Chlamydia trachomatis chaqirgan pnevmoniya; —homiladorlarda Chlamydia trachomatis chaqirgan siydik-tanosil infektsiyalari; —kattalarda asoratlanmagan xlamidiozda (siydik-tanosil yo'llarining quyi bo'limlari va to'g'ri ichak lokalizatsiyasi bilan) tetratsiklinlarni ko'tara olmaslikda yoki samarasizligida; —birlamchi sifilis (penitsillinlarga allergiyasi bor bemorlarda); —LOR-a'zolari infektsiyalari (tonzillit, otit, sinusit); —o't chiqarish yo'llari infektsiyalari (xoletsistit);
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda og'riqlar, xolestatik sariqlik, tenezmlar, diareya, disbakterioz; kamdan-kam hollarda - soxtamembranoz enterokolit, jigar funktsiyasining buzilishi, jigar transaminazalari faolligining oshishi, pankreatit. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, eozinofiliya; kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok. Kimyoterapiya ta'siri bilan bog'liq effektlar: og'iz bo'shlig'i kandidozi, qin kandidozi. Sezgi a'zolari tomonidan: qaytuvchan ototoksiklik - eshitishning pasayishi va/yoki quloqlarda shovqin (yuqori dozalarda qo'llanilganda - sutkasiga 4 g dan ortiq). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - taxikardiya, EKGda QT intervalining uzayishi, bo'lmachalar hilpirashi va/yoki titrashi (EKGda uzaygan QT intervali bo'lgan bemorlarda). Mahalliy reaktsiyalar: v/i yuborilgan joyda flebit.
Retseptli
Mavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
- Eritma
- Granulalar
- Liofilizat
- Maz
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi














