Ташкент
logo
SavatKirish

Gevkamen

Gevkamen chiqarish shakllari

GEVKAMEN 25,0 maz
GEVKAMEN 25,0 maz
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tulskaya farmasevticheskaya fabrika, OOO
GEVKAMEN maz 40g
GEVKAMEN maz 40g
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
- Gevkamen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gevkamenning tarkibi
- Gevkamen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gevkamen narxi Toshkent dorixonalarida

Gevkamen qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Belarusiya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

ILOVA-VARAQA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

GEVKAMEN

 

Preparatning savdo nomi: Gevkamen.

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

Har bir tuba quyidagilarni saqlaydi: levomentol – 4,5 g; rasemik kamfora – 2,5 g; evkalipt moyi – 2,5g; chinnigul moyi- 0,25g, qattiq neft parafini, oq yumshoq parafin.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos xidli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda sirtga qo‘llash uchun vosita.

ATX kodi: M02AX10.

 

Qo‘llanilishi

Bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda chalg‘ituvchi va og‘riqni qoldiruvchi vosita.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Surtma shikastlangan bo‘g‘im yoki mushak sohasidagi terining og‘riqli joylarga 2-4 g    (2-4 sm uzunlikdagi surtma tasmasiga muvofiq keladi) dan kuniga 2-3 marta qo‘yiladi, surtma qo‘yilgan soha yengil uqalanadi. Davolash kursi kasallikning og‘irligi va kechishi va yo‘ldosh davolashning xarakteriga bog‘liq.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: surtma shikastlangan teriga surtilganda u so‘rilishi mumkin va bosh og‘rig‘i, ataksiya, dezorientasiya – og‘ir hollarda ongni buzilishi, holsizlik bo‘lishi mumkin.

Teri qoplamalari va teri osti-yog‘ kletchatkasi tomonidan: perianal qichishish, terini ta‘sirlanishi, surtma qo‘yilgan joyida ekzema.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: surtma tasodifan ichga qabul qilinganida – qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi, qusish.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: surtma shikastlangan teriga surtilganda u  so‘rilishi mumkin va yurak urishi, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi rivojlanishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: kontakt dermatit, eshakemi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yalpiz, chinnigul daraxti, evkalipt, mirtlar oilasi o‘simliklarining efir moylariga yuqori sezuvchanlik; teri qoplamasining butunligini buzilishi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Teriga ishqalaganida Gevkamen sovuqlik xissi, keyin issiqlik, kuchsiz achishish va sanchilish chaqiradi.

Surtmani ko‘z va shilliq qavatlarga tushishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Surtmani jarohatlangan teriga surtish mumkin emas. Surtma har gal qo‘llaganidan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Terini kuchli ta‘sirlanishida ishqalashni to‘xtatish kerak.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida foyda/xavf nisbatini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Avtotransportni  yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Avtomobil va potensial xavfli texnikani boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Tubalarda 25 g dan. Har bir tuba ilova-varaqasi bilan birga qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Gevkamen barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Gevkamen savollari

Gevkamen fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil