Apteka.uz
SavatKirish

GLYUKONOVEKS

GLYUKONOVEKS chiqarilish shakllari

GLYUKONOVEKS tabletkalari 4mg N20
GLYUKONOVEKS tabletkalari 4mg N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Barrett Xodgson Pakistan (Pvt.) Ltd
GLYUKONOVEKS tabletkalari 2mg N20
Retseptli
GLYUKONOVEKS tabletkalari 2mg N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Barrett Hodgson Pakistan (Pvt.) Ltd
GLYUKONOVEKS tabletkalari 3mg N20
Retseptli
GLYUKONOVEKS tabletkalari 3mg N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Barrett Hodgson Pakistan (Pvt.) Ltd
GLYUKONOVEKS tabletkalari 1mg N20
Retseptli
GLYUKONOVEKS tabletkalari 1mg N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Barrett Hodgson Pakistan (Pvt.) Ltd
- GLYUKONOVEKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- GLYUKONOVEKSning tarkibi
- GLYUKONOVEKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- GLYUKONOVEKS narxi Toshkent dorixonalarida

GLYUKONOVEKS haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GlyukoNoveks

GlucoNovex

II tip diabetni peroral davolash uchun

 

Preparatning savdo nomi: GlyukoNoveks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glimepirid

Dori shakli: tabletkalar 1 mg, 2 mg, 3 mg, 4 mg.

Tarkibi:

1 mg li bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg glimepirid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (AQSH F), polivinilpirolidon K-30 (AQSH F), mikrokristall sellyuloza RN102 (AQSH F), natriy kraxmal glikolyati (AQSH F), magniy stearati (AQSH F), temir (III) oksidi (AQSH F), tozalangan suv (AQSH F).

2 mg li bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 2 mg glimepirid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (AQSH F), polivinilpirolidon K-30 (AQSH F), mikrokristall sellyuloza RN102 (AQSH F), natriy kraxmal glikolyati (AQSH F), magniy stearati (AQSH F), temir (II) oksidi (AQSH F), indigokarmin alyumin laki (ta‘minlovchi standarti) tozalangan suv (AQSH F).

3 mg li bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 3 mg glimepirid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (AQSH F), polivinilpirolidon K-30 (AQSH F), mikrokristall sellyuloza RN102 (AQSH F), natriy kraxmal glikolyati (AQSH F), magniy stearati (AQSH F), temir (II) oksidi (AQSH F), tozalangan suv (AQSH F).

4 mg li bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4 mg glimepirid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (AQSH F), polivinilpirolidon K-30 (AQSH F), mikrokristall sellyuloza RN102 (AQSH F), natriy kraxmal glikolyati (AQSH F), magniy stearati (AQSH F), indigokarmin alyumin laki (olib keluvchining standarti) tozalangan suv (AQSH F).

Ta‘rifi:

1 mg li tabletkalar: och-pushtidan to to‘q-pushti rangligacha, oval biplanar shaklli, bir tomonida V/N gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni silliq riskali tabletkalar.

2 mg li tabletkalar: och-yashildan to to‘q-yashil rangligacha, oval biplanar shaklli, bir tomonida V/N gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni silliq riskali tabletkalar.

3 mg li tabletkalar: och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha, oval biplanar shaklli, bir tomonida V/N gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni silliq riskali tabletkalar.

4 mg li tabletkalar: och-ko‘kdan to to‘q-ko‘k rangligacha, oval biplanar shaklli, bir tomonida V/N gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni silliq riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Peroral qabul qilish uchun qand darajasini pasaytiruvchi preparatlar. Sulfonilmochevina hosilalari.

ATX kodi: A10VV12

 

Farmakologik xususiyatlari

III avlod sulfonilmochevina hosilasiga mansub peroral gipoglikemik preparat.

GlyukoNoveks preparatining ta‘siri asosan me‘da osti bezining β-xujayralaridan insulinni ajralib chiqishini rag‘batlantirish orqali namoyon bo‘ladi.

Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari kabi, preparatning samarasi glyukozani fiziologik rag‘batlantirishiga β-xujayralarning javob reaksiyasini kuchayishiga asoslanadi. Bundan tashqari, GlyukoNoveks ehtimol, yaqqol me‘da osti bezidan tashqari ham ta‘sir ko‘rsatadi, sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarida ham ularning mavjudligi taxmin qilinadi.

Insulin sekresiyasi. Sulfonilmochevina hosilalari β-xujayralarning xujayra membranasidagi ATF-sezgir kaliy kanallarini yopilishi hisobiga insulin sekresiyasini boshqaradi. Kaliy kanallarini yopilishi β-xujayralarning depolyarizasiyasini chaqiradi va kalsiy kanallarini ochilishi hisobga xujayra ichiga kalsiyni tushishini kuchayishiga olib keladi. Bu insulinni ekzositoz yo‘li orqali ajralib chiqishiga olib keladi. Glimepirid sulfonilmochevina hosilalarini odatda bog‘lanadigan sohadan farq qiluvchi ATF-sezgir kaliy kanallari bilan bog‘liq β-xujayralarning xujayra membranasi oqsiliga yuqori darajada almashinish bilan birikadi.

Me‘da osti bezidan tashqari faolligi. Me‘da osti bezidan tashqari samaralariga masalan, periferik to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshishi va jigar tomonidan insulinni sarf etilishining pasayishi kiradi.

Periferik mushak va yog‘ to‘qimalari tomonidan qondan tushayotgan glyukozani o‘zlashtirilishi xujayra membranasida joylashgan transport oqsillari hisobiga amalga oshiriladi. Glyukozani bu to‘qimalarga tashilishi glyukozani o‘zlashtirish tezligini cheklovchi bosqich bo‘lib hisoblanadi. Glimepirid glyukozani tutilishini rag‘batlantirib, mushak va yog‘ xujayralarining xujayra membranasida glyukozani tashuvchi-faol molekulalarning sonini juda tez oshiradi.

Glimepirid spesifik glikozil-fosfatidilinozitol-spesifik fosfolipaza S faolligini oshiradi. Ehtimol, bu bilan ajaratib olingan yog‘ va mushak xujayralarida lipogenez va glikogenezni preparat tomonidan induksiya qilinishi tushuntiriladi.

Glimepirid glyukoza-2,6-bifosfatning xujayra ichidagi konsentrasiyasini oshirishi hisobiga jigar tomonidan glyukozani ishlab chiqarilishini susaytiradi, u o‘z navbatida glyukoneogenezni ingibisiya qiladi.

Glimepiridning samarasi dozaga bog‘liq va takrorlanuvchan hisoblanadi.

Jadal jismoniy yuklamaga fiziologik reaksiyasi bo‘lgan insulin sekresiyasini kamayishi GlyukoNoveksni qabul qilish fonida ham saqlanadi.

Dori preparatini ovqatdan 30 minut oldin yoki bevosita ovqatdan oldin qabul qilinganda ta‘sir xarakterida ahamiyatli farqlar yo‘q. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda preparatni sutkada 1 marta qabul qilish 24 soat davomida yaxshi metabolik nazoratni ta‘minlash imkonini beradi.

Glimepiridning gidroksimetaboliti sog‘lom sub‘ektlarda glyukoza darajasini garchi katta bo‘lmasa ham, ishonchli pasayishini chaqirishiga qaramay, umumiy terapevtik samaradagi uning roli ahamiyatsizdir.

Metformin bilan majmuaviy davolash

Metforminni maksimal dozalarda qo‘llanishiga qaramay, giperglikemiya nazorati yetarli bo‘lmagan pasientlardagi bir tadqiqotda glimepiridni yondosh qo‘llaganda, metformin bilan monoterapiyaga nisbatan metabolik nazoratni yaxshilanishi namoyish etilgan.

Insulin bilan majmuaviy davolash

Glimepiridni insulin bilan majmuada davolash haqidagi ma‘lumotlar cheklangan. Glimepiridni maksimal dozada qabul qilayotgan, kasallik yetarli darajada nazorat qilinmagan pasientlarda yondosh insulin bilan davolash boshlanishi mumkin. 2 ta klinik tadqiqotda majmuaviy davolash insulin bilan mototerapiyadagidek metabolik nazoratni yaxshilanishini ta‘minlagan, lekin majmuaviy davolashda insulinning kamroq dozalari talab etilgan.

Bolalar va o‘smirlar

Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan 285 nafar bolalar (8-17 yosh) ishtirokida 24 hafta davomiylikdagi faol nazoratli klinik tadqiqot (glimepirid sutkada 8 mg gacha yoki metformin 2000 mg gacha) o‘tkazilgan.

Glimepiridni qabul qilish va metforminni qabul qilish dastlabki darajaga nisbatan HbA1c ni ahamiyatli pasayishi bilan kechgan, glimepirid – 0,95 (stasionar og‘ish 0,41); metformin – 1,39 (stasionar og‘ish 0,40). Lekin glimepirid guruhida dastlabki darajaga nisbatan HbA1c ning o‘zgarishining o‘rtacha ko‘rsatkichi metformindan kam bo‘lmagan samaradorlik mezonlariga erishilmagan. Davolash natijalari orasidagi farq metformin foydasiga 0,44% ni tashkil qilgan. Ko‘rsatkichlar farqini 95% ishonch intervalining yuqori chegarasi (1,05) kam bo‘lmagan samaradorlik chegarasidan 0,3% ga yuqori bo‘lgan.

Glimepirid bilan davolash fonida bolalarda qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan katta pasientlarda kuzatiladiganlarga nisbatan yangi nojo‘ya reaksiyalar aniqlanmagan. Preparatni pediatrik bemorlarda uzoq vaqt qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga qabul qilingandan keyin glimepiridning biokiraolishligi to‘liq. Ovqat qabul qilish so‘rilishga ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi, faqatgina so‘rilish tezligi biroz pasayadi. Plazmadagi Smax ga ichga qabul qilingandan keyin taxminan 2,5 soat o‘tgach erishiladi (sutkada 4 mg dan ko‘p marta qabul qilinganda o‘rtacha ko‘rsatkich 0,3 mkg/ml). Doza va Smax va AUC ko‘rsatkichlari o‘rtasida proporsional bog‘liqlik mavjud.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi juda yuqori – 99%. Glimepirid taxminan albuminning taqsimlanish intervali bilan bir xil juda past taqsimlanish xajmiga Vd (taxminan 8,8 l) ga ega. Klirensi past (minutiga taxminan 48 ml).

Klinik oldi tadqiqotlarda glimepiridni ko‘krak suti bilan ajralishi kuzatilgan. Glimepirid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ko‘p marta qo‘llanganda zardobdagi konsentrasiyalar uchun ahamiyatli bo‘lgan zardobdan o‘rtacha dominant yarim chiqarilish davri T1/2 taxminan 5-8 soatni tashkil qiladi. Yuqori dozalarda qabul qilingandan keyin T1/2 ni biroz oshishi kuzatilgan.

Radiofaol izotop bilan nishonlangan glimepiridning bir martalik dozasidan keyin radiofaollikning 58% siydikda, 35% – axlatda aniqlangan. Siydikda o‘zgarmagan modda aniqlanmagan. Siydikda va axlatda, ehtimol jigarda metabolizmi oqibatida (asosiy ferment-CYP2C9) hosil bo‘ladigan ikkita metaboliti: gidroksi-hosilasi va karboksi-hosilasi aniqlangan. Glimepirid ichga qabul qilingandan keyin bu metabolitlarning yakuniy T1/2 muvofiq ravishda 3-6 soat va 5-6 soatni tashkil qilgan. Sutkada 1 marta qo‘llash tartibida bir martalik doza va ko‘p martalik qabul qilish bilan solishtirilganda juda past individual o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanuvchi farmakokinetik ko‘rsatkichlarni ahamiyatli farqlari aniqlanmadi. Ahamiyatli to‘planishi kuzatilmagan.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Ayollar va erkaklarda, shuningdek yosh va keksa (65 yoshdan oshgan) pasientlarda farmakokinetikasi o‘xshash bo‘lgan. KK past bo‘lgan bemorlarda, ehtimol oqsillar bilan pastroq darajada bog‘lanishi tufayli, tezroq chiqarilishi oqibatida glimepiridning klirensini oshishi va zardobdagi o‘rtacha konsentrasiyasini pasayishiga moyillik kuzatilgan. Ikkala metabolitlarni buyrak orqali chiqarilishi pasaygan. Umuman olganda, bunday bemorlarda to‘planishning qo‘shimcha xavfi kutilmaydi. Qandli diabeti bo‘lgan besh nafar bemorlarda o‘t chiqarish yo‘llaridagi operasiyadan keyin farmakokinetikasi sog‘lom individlardagidek bo‘lgan. Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan 30 nafar pediatrik pasientlarda (4 bola 10-12 yoshda va 26 bola 12-17 yoshda) 1 mg dozadan keyin glimepiridning farmakokinetikasi, xavfsizligi va o‘zlashtiraolinishi yuzasidan tadqiqotlar avval kattalarda kuzatilgan AUC0-last, Cmax T1/2 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini o‘xshash ekanligini namoyish qilgan.

Qo‘llanilishi

  • qandli diabetning 2 tipini parhez, jismoniy mashqlar va tana vaznini kamaytirish kasallikni yetarli darajada nazorat qilishni ta‘minlamaganda davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qabul qilish uchun buyuriladi.

Qandli diabetni muvaffaqiyatli davolash asosi bo‘lib tegishli parhez, muntazam jismoniy mashqlar, shuningdek qon va siydikning tegishli ko‘rsatkichlarini doimiy tekshirish hisoblanadi. Tabletkalar yoki insulin pasientga tavsiya etilgan parhezga rioya qilish zaruratini bekor qilmaydi. Dozalash qon va siydikda glyukoza darajasining tahlilari natijalariga qarab belgilanadi.

Boshlang‘ich doza sutkada 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Agar bunda nazoratning kerakli darajasiga erishilsa, samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun aynan shu dozani qo‘llash kerak.

Preparatni qo‘llashning turli tartiblari uchun tegishli chiqarilish shakllari mavjud. Nazorat yetarli bo‘lmaganida, glikemik nazorat ko‘rsatkichlariga qarab, bosqichlar orasida 1-2 xaftalik interval bilan dozani sutkada 2, 3 yoki 4 mg glimepiridgacha bosqichma-bosqich oshirish mumkin. Glimepiridning sutkada 4 mg dan ortiq dozasi faqatgina ayrim hollardagina yaxshi natija berishi mumkin.

Metforminning maksimal sutkalik dozalarida yetarli darajada nazorat qilib bo‘lmaydigan kasalligi bo‘lgan pasientlarda glimepirid bilan yondosh davolash buyurilishi mumkin.

Metforminning qo‘llanilayotgan dozasini saqlab qolib, glimepirid bilan davolashni eng past dozadan boshlash, keyinchalik kutilgan metabolik nazorat darajasiga qarab, maksimal sutkalik dozagacha titrlash kerak. Bunday majmuaviy davolashni faqat shifokor sinchkov kuzatuvi ostida boshlash kerak.

GlyukoNoveksni maksimal sutkalik dozada qo‘llaganda nazoratning yetarli darajasiga erishaolmayotgan pasientlarda zarurati bo‘lganida yondosh insulin bilan davolash buyurilishi mumkin. Glimepiridning qo‘llanilayotgan dozasini saqlab qolib, insulin bilan davolashni past dozadan boshlash, keyinchalik kutilgan metabolik nazorat darajasiga qarab oshirish kerak. Bunday majmuaviy davolashni faqat shifokor kuzatuvi ostida boshlash kerak.

Odatda pasient uchun glimepiridning sutkalik dozasi yetarli bo‘ladi. Bu dozani bevosita ovqatdan oldin yoki nonushta vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi, nonushta o‘tkazib yuborilsa, birinchi ovqat qabul qilishdan oldin yoki ovqat qabul qilish vaqtida qo‘llandi.

Agar pasient dozani qabul qilishni unutsa, uni keyingi dozani oshirish yo‘li orqali kompensasiya qilish kerak.

Tabletkalarni butunligicha, suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Agar 1 mg glimepiridni sutkada bir marta qabul qilish fonida gipoglikemik reaksiya rivojlansa, bu ushbu pasientda kasallikni nazorat qilish uchun faqat tegishli parhez yetarli bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Davolash jarayonida insulinga sezgirlikni oshishi bilan kechuvchi qandli diabetni nazorat qilinishi yaxshilangan sari, glimepiridga bo‘lgan ehtiyoj pasayishi mumkin. Shuning uchun gipoglikemiyadan saqlanish uchun bunday hollarda dozani o‘z vaqtida pasaytirish yoki davolashni bekor qilish kerakligini doimo yodda tutish kerak. Tana vazni yoki hayot tarzi o‘zgargan hollarda, shuningdek gipo- yoki giperglikemiya rivojlanishi xavfini oshishiga olib keluvchi boshqa omillar bo‘lganida ham dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

  • Boshqa peroral gipoglikemik vositalardan GlyukoNoveksga o‘tish

Umuman olganda boshqa peroral gipoglikemik vositalardan GlyukoNoveksga o‘tishga yo‘l qo‘yiladi. GlyukoNoveksga o‘tilganda avvalgi dori preparatining dozasi va yarim chiqarilish davrini e‘tiborga olish kerak. Ayrim hollarda, xususan, davomli yarim chiqarilish davriga ega diabetga qarshi vositalar (masalan xlorpropamid) qabul qilinganda gipoglikemik reaksiyalarning additiv samarasi bilan bog‘liq xavfini minimumga yetkazish maqsadida bir necha kun davomida yuvib chiqarish davri tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Reaksiyaga qarab, yuqorida ta‘riflangandek glimepiridning dozasini bosqichma-bosqich oshirish mumkin.

  • Insulindan GlyukoNoveksga o‘tish

Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlar insulin bilan davolanganda ayrim hollarda GlyukoNoveks preparati bilan davolashga o‘tish tayinlanishi mumkin. Bunday o‘tish shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida GlyukoNoveks va sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar doirasida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar ro‘yxati keltiriladi. Tegishli reaksiyalar yuzaga kelish tez-tezligini kamayishi tartibida keltirilgan (juda tez-tez: ≥1/10; tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha; tez-tez emas ≥1/1000 dan <1/100 gacha; kam hollarda ≥1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam hollarda <1/10000; yuzaga kelish tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)).

Kam hollarda

  • Trombositopeniya, leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, eritropeniya, gemolitik anemiya va pansitopeniya, ular odatda qaytuvchandir va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi.
  • Gipoglikemiya; bunday gipoglikemik reaksiyalar asosan tez avj oluvchi xarakterga ega bo‘lib, og‘ir darajada bo‘lishi va har doim ham oson muvofiqlashtirib bo‘lmasligi mumkin. Gipoglikemik davolashning boshqa sxemalaridagi kabi, bunday reaksiyalarni rivojlanishi ovqatlanishning xosligi va doza kabi individual omillarga bog‘liqdir (to‘liqroq ma‘lumotlar “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida keltirilgan).

Juda kam hollarda

  • leykositoklastik vaskulit, o‘ta yuqori sezuvchanlikning yengil reaksiyalari, ular nafas olishni qiyinlashishi, arterial bosimni tushishi, ayrim hollarda esa shok bilan kechuvchi jiddiy reaksiyalarga o‘tishi mumkin
  • ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinni dam bo‘lishi, qorin sohasida diskomfort va og‘riq, ular kam hollarda davolashni bekor qilishga olib keladi
  • jigar funksiyasini buzilishi (masalan xolestazda va sariqlikda), gepatit va jigar yetishmovchiligi
  • qonda natriy darajasini pasayishi

Tez-tezligi noma‘lum

  • sulfonilmochevina hosilalari, sulfanilamidlar yoki shunga yaqin moddalarga kesishgan allergiya rivojlanishi mumkin
  • vaqtincha ko‘rishni buzilishi kuzatilishi mumkin, xususan qonda glyukoza darajasini o‘zgarishi tufayli davolashni boshida kuzatilishi mumkin
  • trombositlar soni 10000/mkl dan kam bo‘lgan og‘ir trombositopeniya va trombositopenik purpura
  • jigar fermentlari darajasini oshishi
  • qichishish, toshma, eshakemi va fotosensibilazasiya bilan namoyon bo‘luvchi terining o‘ta yuqori sezuvchanligi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • glimepiridga, sulfonilmochevinaning boshqa preparatlariga, sulfanilamidlarga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik
  • insulinga qaram qandli diabet
  • diabetik koma
  • ketoasidoz
  • buyrak yoki jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari. Buyrak va jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan holatlarda pasientni insulinga o‘tkazish kerak
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar glimepirid ayrim boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinsa, bu gipoglikemik ta‘sirni noxush kuchayishi yoki susayishi bilan kechishi mumkin. Shuning uchun boshqa dori preparatlarni faqat shifokorga xabar bergandan keyin (yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha) qabul qilish kerak. Glimepirid sitoxrom R450 2S9 (CYP2C9) tomonidan metabolizmga uchraydi. Ma‘lumki, CYP2C9 induktorlari (masalan rifampisin) yoki ingibitorlari (masalan flukonazol) ni yondosh qo‘llash uning metabolizmiga ta‘sir ko‘rsatadi.

In vivo sharoitdagi o‘zaro ta‘siri yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotning chop etilgan natijalari CYP2C9 kuchli ingibitorlaridan biri flukonazolni qo‘llash glimepiridning konsentrasiyani vaqtga bog‘liq egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) ko‘rsatkichini taxminan 2 marta oshishi bilan kechishini namoyish qilgan.

Glimepirid va sulfonilmochevinaning boshqa xosilalarini qo‘llash tajribasini e‘tiborga olib, quyidagi o‘zaro ta‘sirlarni ko‘rsatish muhim.

Qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini kuchayishi va muvofiq ravishda gipoglikemiyani rivojlanishi ayrim hollarda quyidagi dori preparatlaridan birini qo‘llaganda kuzatilishi mumkin:

  • fenilbutazon, azapropazon va oksifenbutazon
  • insulin va metformin kabi peroral diabetga qarshi preparatlar
  • salisil kislotasi tuzlari va paraaminosalisil kislotasi preparatlari
  • anabolik steroidlar va erkaklar jinsiy gormonlari
  • xloramfenikol, uzoq ta‘sirga ega ayrim sulfanilamidlar, tetrasiklinlar, xinolon antibiotiklari va klaritromisin
  • kumarin antikoagulyantlari
  • fenfluramin
  • dizopiramid
  • fibratlar
  • AAF ingibitorlari
  • fluoksetin, MAO ingibitorlari
  • allopurinol, probenesid, sulfinpirazon
  • simpatolitik vositalar
  • siklofosfamid, trofosfamid va ifosfamid
  • mikonazol, flukonazol
  • pentoksifillin (parenteral, yuqori dozalarda)
  • tritokvalin

Quyidagi dori preparatlaridan birini qo‘llaganda qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini susayishi va muvofiq ravishda qonda glyukoza darajasini oshishi kuzatilishi mumkin:

  • estrogenlar va progestagenlar
  • saluretiklar va tiazid diuretiklar
  • tireotrop vositalar, glyukokortikoidlar
  • fenotiazin hosilalari, xlorpromazin
  • adrenalin va simpatomimetiklar
  • nikotin kislotasi (yuqori dozalarda) va nikotin kislotasi hosilalari
  • surgi vositalari (uzoq vaqt qo‘llaganda)
  • fenitoin, diazoksid
  • glyukagon, barbituratlar va rifampisin
  • asetazolamid

N2-reseptorlari antagonistlari, beta-blokatorlar, klonidin va rezerpin qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini kuchayishiga ham, susayishiga ham olib kelishi mumkin.

Beta-blokatorlar, klonidin, guanedin va rezerpin kabi simptomatolitik dori preparatlari ta‘siri ostida gipoglikemiyaga javoban adrenergik kontrregulyasiya belgilari pasaygan bo‘lishi yoki mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Alkogolni iste‘mol qilish glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini oldindan bilib bo‘lmaydigan kuchayishini yoki susayishini chaqirishi mumkin.

Glimepirid kumarin hosilalarining ta‘sirini kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

GlyukoNoveksni bevosita ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Ovqatni muntazam qabul qilinmaganda yoki o‘z vaqtida ovqatlanilmasa, GlyukoNoveks bilan davolash gipoglikemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiyaning kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlariga quyidagilar kiradi: bosh og‘rig‘i, to‘ymaslik bilan kechuvchi ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish, uyquchanlik, uyquni buzilishi, qo‘zg‘algan holat, tajavuzkorlik, diqqatni jamlashni yomonlashishi, diqqatni va reaksiyani susayishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parez, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, ojizlik holati, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi, serebral tirishishlar, uyquchanlik, hushdan ketish, hatto komagacha, yuzaki nafas va bradikardiya. Bundan tashqari, terlash, yopishqoq teri, xavotirlik, taxikardiya, gipertenziya, yurak urib ketishi, stenokardiya va yurak aritmiyasi kabi adrenergik kontrregulyasiya belgilari kuzatilishi mumkin.

Og‘ir gipoglikemiya xurujining klinik manzarasi insult manzarasiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Simptomlarni deyarli har doim uglevodlar (qand) ni darhol qabul qilish yo‘li yordamida bartaraf etish mumkin. Ushbu holatda qand o‘rnini bosuvchilar samarali emas.

Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash tajribasi hatto ko‘rilgan choralarning birlamchi muvaffaqiyatiga qaramay, gipoglikemiya takroran rivojlanishi mumkinligini namoyish etadi.

Faqatgina qandning oddiy miqdorlarini qo‘llash yo‘li orqali nazorat qilinadigan og‘ir yoki davomli gipoglikemiyada shoshilinch tibbiy yordam, ayrim hollarda esa – hatto gospitalizasiya talab etiladi.

Gipoglikemiyani rivojlanishiga olib keluvchi omillarga quyidagilar kiradi:

  • pasientni sog‘liqni saqlash xodimi bilan hamkorlik qilishni istamasligi yoki (ko‘pincha keksa bemorlarda) imkon qilaolmasligi
  • etarli darajada ovqatlanmaslik, ovqatni muntazam qabul qilmaslik, ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish yoki och qolish davrlari
  • parhezni o‘zgarishi
  • jismoniy yuklama va uglevodlarni iste‘mol qilish orasida muvozanatni yo‘qligi
  • alkogolni iste‘mol qilish, ayniqsa ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish bilan birga
  • buyrak funksiyasini buzilishi
  • jigar funksiyasini jiddiy buzilishlari
  • GlyukoNoveks dozasini oshirib yuborish
  • uglevod almashinuvi yoki gipoglikemiya kontrregulyasiyasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi endokrin tizimi tomonidan ayrim kompensasiyalanmagan buzilishlar (masalan qalqonsimon bezining funksiyasini ayrim buzilishlari va adenogipofiz yoki buyrak usti bezi po‘stloq qismi yetishmovchiligida)
  • ayrim dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

GlyukoNoveks bilan davolaganda qonda va siydikda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi. Bundan tashqari, glyukoza molekulasi bilan birikkan gemoglobin darajasini aniqlash kerak. GlyukoNoveks bilan davolash vaqtida jigar va gematologik ko‘rsatkichlarni (xususan leykositlar va trombositlar sonini) muntazam monitoring qilish talab etiladi. Stress holatlarida (masalan jarohatlar, shoshilinch operasiyalar, tana haroratini oshishi bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda va boshqalar) vaqtincha insulinga o‘tish talab etilishi mumkin.

Hozirgi vaqtgacha jigar funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda yoki dializda bo‘lgan pasientlarda GlyukoNoveksni qo‘llash tajribasi to‘planmagan. Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda insulinga o‘tish ko‘rsatilgan.

G6FD (glyukozo-6-fosfat-degidrogenaza) tanqisligi bo‘lgan pasientlarda sulfonilmochevina hosilalari bilan davolash gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glimepirid sulfonilmochevina hosilalari guruhiga mansubligi tufayli, uni G6FD tanqisligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va sulfonilmochevina hosilalariga mansub bo‘lmagan muqobil vositalarni qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish kerak.

GlyukoNoveks preparati laktoza monogidrati saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik

Qandli diabet bilan bog‘liq xavflar

Homiladorlik vaqtida qonda glyukoza darajasining og‘ishlari tug‘ma anomaliyalarni yuzaga kelishi va perinatal o‘lim tez-tezligini oshishi bilan kechadi. Shuning uchun teratogenlik xavfidan saqlanish uchun butun homiladorlik davri davomida qonda glyukoza darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday hollarda insulinni qo‘llash kerak. Homiladorlikni rejalashtirgan pasientlar davolovchi shifokorlarini xabardor qilishlari kerak.

Glimepirid bilan bog‘liq xavflar

Hozirgi vaqtda glimepiridni homilador ayollarda qo‘llash haqida tegishli ma‘lumotlar yo‘q. Klinik oldi tadqiqotlari reproduktiv toksiklikni mavjudligini namoyish qilgan, u ehtimol glimepiridning farmakologik ta‘siri (gipoglikemiya) bilan bog‘liq bo‘lgan.

Shuning uchun homiladorlikning butun davri davomida glimepiridni qabul qilish mumkin emas.

Agar glimepirid bilan davolash vaqtida pasient homilador bo‘lishni rejalashtirsa yoki homiladorlik aniqlansa, uni iloji boricha tezroq insulin bilan davolashga o‘tkazish kerak.

Laktasiya

Emizikli ayollarda preparat ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Klinik oldi tadqiqotlarda glimepirid ko‘krak suti bilan ajralishi aniqlangan. Sulfonilmochevina hosilalari odam ko‘krak suti bilan ajralishi mumkinligi tufayli, shuningdek emizikli chaqaloqlarda gipoglikemiya rivojlanishi xavfini e‘tiborga olib, glimepirid bilan davolash vaqtida bolani emizishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Dori vositasini boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Preparatni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Gipoglikemiya yoki giperglikemiya oqibatida yoki masalan ko‘rishni buzilishlari oqibatida pasientda diqqatni jamlash va reaksiya ko‘rsatish qobiliyati yomonlashishi mumkin. Bu bunday qobiliyat muhim bo‘lgan holatlarda (masalan avtomobilni boshqarganda yoki mexanizmlar bilan ishlaganda) xavf tug‘dirishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish vaqtida gipoglikemiyadan saqlanish uchun ko‘rilishi kerak bo‘lgan ehtiyotkorlik choralari yuzasidan pasientlar tegishli tavsiyalarni olishlari kerak. Bu ayniqsa gipoglikemiyaning darakchi-simptomlaridan xabari yo‘q yoki chala xabari bo‘lgan shaxslar, shuningdek gipoglikemiya epizodlari tez

Farmakodinamikasi

Og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vosita, uchinchi avlod sulfoniluriya hosilasi.

GlucoNovexning ta'siri asosan oshqozon osti bezi β-hujayralaridan insulin ajralishini rag'batlantirish bilan bog'liq.

Boshqa sulfoniluriya hosilalari singari, bu ta'sir β-hujayralarning fiziologik glyukoza stimulyatsiyasiga javobini kuchaytirishga asoslangan. Bundan tashqari, GlucoNovex, ehtimol, boshqa sulfoniluriya hosilalari uchun gumon qilinadigan aniq ekstrapankreatik ta'sirga ega.
Insulin sekretsiyasi. Sulfoniluriya hosilalari hujayra membranasidagi ATPga sezgir kaliy kanallarini yopish orqali insulin sekretsiyasini tartibga soladi. Kaliy kanallarining yopilishi β-hujayra depolyarizatsiyasini keltirib chiqaradi va kaltsiy kanallarini ochish orqali hujayra ichidagi kaltsiy oqimini oshiradi. Bu ekzotsitoz orqali insulin ajralishiga olib keladi. Glimepirid ATPga sezgir kaliy kanallari bilan bog'liq bo'lgan β-hujayra membranasi oqsiliga yuqori almashtirish tezligi bilan bog'lanadi, bu sulfoniluriya hosilalarining odatiy bog'lanish joyidan farq qiladi.
Ekstrapankreatik faollik.Ekstrapankreatik ta'sirlarga, masalan, periferik to'qimalarda insulinga sezgirlikning oshishi va jigar tomonidan insulin qabul qilinishining kamayishi kiradi.
Qondan periferik mushak va yog 'to'qimalariga glyukoza qabul qilinishi hujayra membranalarida joylashgan maxsus transport oqsillari orqali sodir bo'ladi. Glitsepiridning bu to'qimalarga tashishi glyukoza qabul qilish tezligini cheklovchi bosqichdir. Glimepirid mushak va yog 'hujayralari hujayra membranalarida faol glyukoza tashuvchi molekulalar sonini juda tez oshiradi va shu bilan glyukoza qabul qilinishini rag'batlantiradi. Glimepirid o'ziga xos glikosil-fosfatidilinozitolga xos fosfolipaza S ning faolligini oshiradi. Bu, ehtimol, ajratilgan yog 'va mushak hujayralarida preparat tomonidan qo'zg'atilgan lipogenez va glikogenezni tushuntiradi.

Glimepirid glyukoza-2,6-bisfosfatning hujayra ichidagi konsentratsiyasini oshirish orqali jigar ishlab chiqarishni bostiradi, bu esa o'z navbatida glyukoneogenezni inhibe qiladi.

Glimepiridning ta'siri dozaga bog'liq va takrorlanishi mumkin.
GlyukoNoveksni qabul qilish bilan insulin sekretsiyasining pasayishini o'z ichiga olgan intensiv jismoniy faollikka fiziologik javob saqlanib qoladi.
Preparatni ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki darhol qabul qilishda ta'sir qilish shakli bo'yicha sezilarli farqlar yo'q. Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda preparat kuniga bir marta qo'llaniladi. 24 soat davomida yaxshi metabolik nazoratni ta'minlaydi.

Glimepiridning gidroksi metaboliti sog'lom odamlarda glyukoza miqdorining kichik, ammo sezilarli darajada pasayishiga olib kelsa-da, uning umumiy terapevtik ta'sirga qo'shgan hissasi unchalik katta emas.
Metformin bilan kombinatsiyalangan terapiya
Bir tadqiqotda, metforminning maksimal dozalariga qaramay, yetarli darajada nazorat qilinmagan giperglikemiyaga ega bemorlarda, glimepirid bilan bir vaqtda davolash metformin monoterapiyasiga nisbatan metabolik nazoratni yaxshilagan.
Insulin bilan kombinatsiyalangan terapiya
Glimepiridni insulin bilan kombinatsiyalangan terapiya bo'yicha ma'lumotlar cheklangan. Kasallik nazorati yetarli bo'lmagan va maksimal glimepirid dozalarini qabul qiladigan bemorlarda bir vaqtda insulin terapiyasi boshlanishi mumkin. Ikki klinik tadqiqotda kombinatsiyalangan terapiya insulin monoterapiyasi kabi metabolik nazoratda shunga o'xshash yaxshilanishni ta'minladi; ammo, kombinatsiyalangan terapiya bilan insulinning past dozalari talab qilindi. Bolalar va o'smirlar
2-toifa diabet bilan og'rigan 285 bolada (8-17 yosh) 24 haftalik faol nazorat klinik sinovi (glimepirid kuniga 8 mg gacha yoki metformin kuniga 2000 mg gacha) o'tkazildi.
Glimepirid va metformin bilan davolash boshlang'ich ko'rsatkichga nisbatan HbA1c ning sezilarli darajada pasayishiga olib keldi: glimepirid - 0,95 (barqaror holatdagi o'rtacha ko'rsatkich 0,41); metformin -1,39 (barqaror holatdagi o'rtacha ko'rsatkich 0,40). Biroq, glimepirid guruhida boshlang'ich ko'rsatkichga nisbatan HbA1c ning o'rtacha o'zgarishi metformindan kam emaslik mezoniga javob bermadi. Davolash natijalaridagi farq metformin foydasiga 0,44% ni tashkil etdi. O'rtacha qiymatlar farqi uchun 95% ishonch oralig'ining yuqori chegarasi (1,05) 0,3% kam emaslik chegarasidan katta edi. Glimepirid bilan davolangan bolalarda 2-toifa diabetga chalingan kattalardagi bemorlarda kuzatilganlarga nisbatan yangi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilmadi. Pediatriya bemorlarida preparatni uzoq muddatli qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yetarli emas.

Farmakokinetikasi

So'rilish
Glimepirid og'iz orqali qabul qilingandan keyin to'liq biokira oladi. Ovqat so'rilish tezligiga deyarli ta'sir qilmaydi, so'rilish tezligi biroz pasayadi. Plazmadagi Cmax ga og'iz orqali qabul qilingandan keyin taxminan 2,5 soat o'tgach erishiladi (o'rtacha qiymat kuniga 4 mg dan ko'p marta qabul qilinganda 0,3 mkg/ml). Doza va Cmax va AUC o'rtasida chiziqli bog'liqlik mavjud.

Tarqalish
Plazma oqsilining bog'lanishi juda yuqori — 99%. Glimepiridning tarqatish hajmi juda past (Vd) (taxminan 8,8 L), bu albumin tarqalish oralig'iga taxminan bir xil. Klirensi past (taxminan 48 ml/min).
Klinikgacha bo'lgan tadqiqotlarda glimepiridning ona sutidan chiqarilishi kuzatilgan. Glimepirid platsenta to'sig'idan o'tadi va gematoensefalik to'siqqa yomon kiradi. Metabolizm va chiqarilish
Qayta qabul qilingandan keyin sarum konsentratsiyasi uchun muhim bo'lgan o'rtacha dominant sarum yarim umri (T1/2) taxminan 5-8 soatni tashkil qiladi. Yuqori dozalardan keyin T1/2 ning biroz oshishi kuzatildi.
Radioaktiv yorliqlangan glimepiridning bir martalik dozasidan so'ng, radioaktivlikning 58% siydikda va 35% najasda aniqlandi. Siydikda o'zgarmagan modda aniqlanmadi. Siydik va najasda jigar metabolizmi natijasida hosil bo'lgan ikkita metabolit (asosiy ferment CYP2C9) aniqlandi: gidroksi hosilasi va karboksi hosilasi. Glimepiridni og'iz orqali qabul qilgandan so'ng, bu metabolitlarning yarim yemirilish davri mos ravishda 3-6 soat va 5-6 soatni tashkil etdi. Kuniga bir marta qabul qilingan bir martalik va ko'p martalik dozalarni taqqoslaganda, natijalar o'xshash edi. Farmakokinetik parametrlarda sezilarli farqlar kuzatilmadi, bu juda past individual o'zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi. Sezilarli darajada to'planish kuzatilmadi.


Maxsus klinik holatlarda farmakokinetika


Farmakokinetika ayollar va erkaklarda, shuningdek, yosh va keksa bemorlarda (65 yoshdan oshgan) o'xshash edi. Kreatinin klirensi past bo'lgan bemorlarda glimepirid klirensining oshishi va o'rtacha zardob konsentratsiyasining pasayishi tendentsiyasi kuzatildi, bu, ehtimol, oqsil bilan bog'lanishining pastligi tufayli tezroq yo'q qilinishi bilan bog'liq. Ikki metabolitning buyrak orqali chiqarilishi kamaydi. Umuman olganda, bu bemorlarda qo'shimcha to'planish xavfi kutilmaydi. Safro yo'llarida jarrohlik amaliyotini o'tkazgan beshta diabetga chalinmagan bemorda farmakokinetikasi sog'lom odamlardagiga o'xshash edi. 2-toifa diabet bilan og'rigan 30 nafar pediatrik bemorda (10-12 yoshdagi 4 bola va 12-17 yoshdagi 26 bola) glimepiridning farmakokinetikasi, xavfsizligi va bardoshliligi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'rtacha AUC0-oxirgi, Cmax va T ½ kattalarda ilgari kuzatilgan qiymatlarga o'xshash edi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Qandli diabet bilan bog'liq xavflar
Homiladorlik davrida qon glyukoza darajasining g'ayritabiiyligi tug'ma anomaliyalar va perinatal o'lim holatlarining ko'payishi bilan bog'liq. Shuning uchun, teratogenlik xavfini oldini olish uchun homiladorlik davomida qon glyukoza darajasini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Bunday hollarda insulin terapiyasi zarur. Homiladorlikni rejalashtirayotgan bemorlar shifokorlariga xabar berishlari kerak.
Glimepirid bilan bog'liq xavflar
Hozirda homilador ayollarda glimepiridni qo'llash bo'yicha tegishli ma'lumotlar yo'q. Klinikgacha bo'lgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko'rsatdi, bu ehtimol glimepiridning farmakologik ta'siri (gipoglikemiya) bilan bog'liq edi.
Shunga ko'ra, glimepirid homiladorlik paytida ishlatilmasligi kerak.
Agar bemor homilador bo'lishni rejalashtirsa yoki glimepirid bilan davolash paytida homiladorlik tasdiqlansa, uni iloji boricha tezroq insulin terapiyasiga o'tkazish kerak. Laktatsiya
Preparat emizikli ayollarda ona sutiga chiqariladimi yoki yo'qmi noma'lum. Klinikgacha bo'lgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, glimepirid ona sutiga chiqariladi. Boshqa sulfoniluriya hosilalari inson sutiga o'tishi mumkinligi sababli va emizikli chaqaloqlarda gipoglikemiya xavfini hisobga olgan holda, glimepirid bilan davolash paytida emizishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Alomatlar: Haddan tashqari dozani og'iz orqali qabul qilgandan so'ng, gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, bu 12 dan 72 soatgacha davom etadi va dastlabki tiklanishdan keyin qaytalanishi mumkin. Gipoglikemiya alomatlari qabul qilingandan keyin 24 soatgacha bo'lgan vaqt davomida yo'q bo'lishi mumkin. Odatda kasalxonada kuzatuv tavsiya etiladi. Bemorda ko'ngil aynishi, qusish va epigastral og'riq kabi alomatlar bo'lishi mumkin. Gipoglikemiya ko'pincha bir qator nevrologik alomatlar, masalan, qo'zg'alish, titroq, ko'rish buzilishi, koordinatsiya muammolari, uyquchanlik, koma va tutqanoq bilan birga keladi.

Davolash: asosan qusishni qo'zg'atish orqali so'rilishni oldini olish, so'ngra faollashtirilgan ko'mir (adsorbent) va natriy sulfat (ich qotishi) qo'shilgan suv yoki limonad ichishni o'z ichiga oladi. Ko'p miqdorda og'iz orqali qabul qilingan taqdirda, oshqozonni yuvish, so'ngra faollashtirilgan ko'mir va natriy sulfatni yuborish ko'rsatiladi. Og'ir dozani oshirib yuborish holatlarida reanimatsiya bo'limiga yotqizish ko'rsatiladi. Bemorga glyukoza yuborishni iloji boricha tezroq boshlash kerak: agar kerak bo'lsa, 50 ml 50% eritmani vena ichiga bolus in'ektsiya qilish, so'ngra qon glyukoza darajasini diqqat bilan kuzatib borgan holda 10% eritmani infuziya qilish. Keyin simptomatik davolash buyuriladi. Gipoglikemiyani, ayniqsa go'daklar yoki yosh bolalar tomonidan GlucoNovexni tasodifiy qabul qilish natijasida kelib chiqadigan gipoglikemiyani davolashda, xavfli giperglikemiya rivojlanishining oldini olish uchun yuboriladigan glyukoza dozasini diqqat bilan nazorat qilish kerak. Qon glyukoza darajasini doimiy ravishda kuzatib borish zarur.

Maxsus ko‘rsatmalari

GlucoNovexni ovqatdan oldin yoki ovqat paytida darhol qabul qilish kerak. Agar ovqat muntazam ravishda qabul qilinmasa yoki oddiy ovqatlar o'tkazib yuborilsa, GlucoNovex bilan davolash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiyaning mumkin bo'lgan belgilari orasida bosh og'rig'i, to'ymas ochlik, ko'ngil aynishi, qusish, charchoq, uyquchanlik, uyqu buzilishi, qo'zg'alish, tajovuzkorlik, diqqatni jamlashning buzilishi, diqqat va reaksiya vaqtining pasayishi, tushkunlik, chalkashlik, nutq va ko'rish qobiliyatining buzilishi, afaziya, titroq, parez, sezgi buzilishlari, bosh aylanishi, ojizlik, o'zini tuta bilishni yo'qotish, deliryum, miya tutqanoqlari, uyquchanlik, hushdan ketish va hatto koma, yuzaki nafas olish va bradikardiya mavjud. Adrenergik kontrregulyatsiya belgilari, masalan, terlash, terining yopishqoqligi, xavotir, taxikardiya, gipertenziya, yurak urishi, angina va yurak aritmiyalari ham bo'lishi mumkin. Og'ir gipoglikemik xurujning klinik ko'rinishi insultga o'xshashi mumkin.

Simptomlar deyarli har doim uglevodlarni (shakar) o'z vaqtida iste'mol qilish orqali darhol yengillashtirilishi mumkin. Shakar o'rnini bosuvchi vositalar bu holatda samarali emas.

Boshqa sulfoniluriya preparatlari bilan tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'rilgan choralarning dastlabki muvaffaqiyatiga qaramay, takroriy gipoglikemiya mumkin.
Og'ir yoki uzoq davom etadigan gipoglikemiya, faqat normal miqdorda shakar iste'mol qilish bilan vaqtincha nazorat qilinadi, shoshilinch tibbiy yordamni, ba'zi hollarda hatto kasalxonaga yotqizishni talab qiladi. Gipoglikemiya rivojlanishiga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan omillar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- sog'liqni saqlash mutaxassislari bilan muloqot qilishni istamaslik yoki (ko'pincha keksa bemorlarda) mumkin emaslik
- noto'g'ri ovqatlanish, tartibsiz ovqatlanish vaqti, ovqatni o'tkazib yuborish yoki ro'za tutish
- parhezdagi o'zgarishlar
- jismoniy faollik va uglevodlarni iste'mol qilish o'rtasidagi nomutanosiblik
- spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, ayniqsa ovqatni o'tkazib yuborish bilan birga bo'lganda
- buyrak faoliyatining buzilishi
- jigar faoliyatining og'ir buzilishi
- GlucoNovexning dozasini oshirib yuborish
- uglevod almashinuviga yoki gipoglikemiyani kontrregulyatsiyasiga ta'sir qiluvchi ayrim kompensatsiyalanmagan endokrin kasalliklar (masalan, ayrim qalqonsimon bez kasalliklari va gipofiz yoki buyrak usti bezi yetishmovchiligi)
- boshqa ayrim dorilarni bir vaqtda qo'llash ("Dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
GlucoNovex bilan davolash paytida qon va siydik glyukoza darajasini muntazam ravishda kuzatib borish talab etiladi. Bundan tashqari, glikozillangan gemoglobin darajasini aniqlash tavsiya etiladi. GlucoNovex bilan davolash paytida jigar va gematologik parametrlarni (xususan, leykotsitlar va trombotsitlar sonini) muntazam ravishda kuzatib borish talab etiladi. Stressli holatlarda (masalan, baxtsiz hodisalar, shoshilinch jarrohlik, tana harorati ko'tarilgan yuqumli kasalliklar va boshqalar) vaqtincha insulinga o'tish ko'rsatilishi mumkin.

Hozirda jigar faoliyatining og'ir buzilishi bo'lgan yoki dializda bo'lgan bemorlarda GlucoNovexni qo'llash tajribasi yo'q. Buyrak yoki jigar faoliyatining og'ir buzilishi bo'lgan bemorlarda insulinga o'tish ko'rsatiladi.
G6PD (glyukoza-6-fosfat dehidrogenaza) yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda sulfoniluriya preparatlari bilan davolash gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glimepirid sulfoniluriya preparatlari sinfiga tegishli bo'lganligi sababli, uni G6PD yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak va sulfoniluriya preparatlari bo'lmagan muqobil vositani ko'rib chiqish kerak. GlucoNovex tarkibida laktoza monogidrat mavjud. Glaktoza intoleransi, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi kabi noyob tug'ma kasalliklarga chalingan bemorlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Preparatning transport vositasini boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ushbu preparatning transport vositasini boshqarish yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha hech qanday tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Gipoglikemiya yoki giperglikemiya yoki, masalan, ko'rish qobiliyatining buzilishi diqqatni jamlash va reaksiya vaqtini buzishi mumkin. Bu qobiliyatlar ayniqsa muhim bo'lgan holatlarda (masalan, transport vositasini boshqarish yoki mexanizmlarni boshqarish) xavf tug'dirishi mumkin. Bemorlar transport vositasini boshqarish paytida gipoglikemiyadan saqlanish uchun tegishli choralar ko'rishlari kerak. Bu, ayniqsa, gipoglikemiyaning ogohlantiruvchi belgilari haqida xabardorligi cheklangan yoki umuman xabardor bo'lmagan shaxslar, shuningdek, gipoglikemiya tez-tez uchraydigan bemorlar uchun muhimdir. Sinov holatlarida bemorga transport vositasini boshqarish yoki mexanizmlarni boshqarishdan tiyilish haqida ogohlantirish kerak bo'lishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Og'iz orqali qabul qilish uchun.
Qandli diabetni muvaffaqiyatli davolashning asosi to'g'ri ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va tegishli qon va siydik parametrlarini muntazam ravishda kuzatib borishdir. Tabletkalar yoki insulin tavsiya etilgan parhezga rioya qilish zaruratini almashtirmaydi. Doza qon va siydik glyukoza testlari natijalariga qarab belgilanadi.

Boshlang'ich doza kuniga 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Agar yetarli nazoratga erishilsa, bu dozani qo'llab-quvvatlovchi terapiya uchun ishlatish kerak.
Preparat turli rejimlar uchun turli dozalash shakllarida mavjud. Agar nazorat yetarli bo'lmasa, dozani glisemik nazorat ko'rsatkichlariga asoslanib, dozalar orasidagi 1-2 haftalik interval bilan kuniga 2, 3 yoki 4 mg glimepiridgacha asta-sekin oshirish kerak.
Kuniga 4 mg dan ortiq glimepirid dozalari faqat istisno holatlarda yaxshiroq natijalar beradi. Tavsiya etilgan maksimal doza kuniga 6 mg glimepiridni tashkil qiladi.
Metforminning maksimal kunlik dozalari bilan kasalligi yetarli darajada nazorat qilinmagan bemorlarga glimepirid bilan birga terapiya buyurilishi mumkin.
Metforminning hozirgi dozasini saqlab qolgan holda, glimepirid terapiyasi eng past dozadan boshlanishi va keyin metabolik nazoratning kerakli darajasiga qarab maksimal kunlik dozagacha titrlanishi kerak. Ushbu kombinatsiyalangan terapiya faqat yaqin tibbiy nazorat ostida boshlanishi kerak.

GlucoNovexning maksimal kunlik dozasi bilan yetarli darajada nazoratga erishmagan bemorlarga, agar kerak bo'lsa, bir vaqtning o'zida insulin terapiyasi buyurilishi mumkin. Glimepiridning hozirgi dozasini saqlab qolgan holda, insulin terapiyasi past dozadan boshlanishi va keyin metabolik nazoratning kerakli darajasiga qarab titrlanishi kerak. Ushbu kombinatsiyalangan terapiya faqat yaqin tibbiy nazorat ostida boshlanishi kerak.

Odatda, bemorga glimepiridning bir kunlik dozasi beriladi. Ushbu dozani to'liq nonushtadan oldin yoki davomida, yoki agar nonushta o'tkazib yuborilsa, birinchi asosiy ovqatdan oldin yoki darhol qabul qilish tavsiya etiladi.

Agar bemor dozani qabul qilishni unutib qo'ysa, keyingi dozani oshirish bilan uni to'ldirish mumkin emas.

Tabletkalarni suyuqlik bilan butunligicha yutish kerak.
Agar bemor kuniga bir marta 1 mg glimepirid qabul qilganda gipoglikemik reaksiyani boshdan kechirsa, bu kasallikni nazorat qilish uchun faqat to'g'ri ovqatlanishning o'zi yetarli bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. Davolash paytida, diabet nazorati yaxshilanib, insulin sezgirligi oshishi bilan birga, glimepiridga ehtiyoj kamayishi mumkin. Shuning uchun, gipoglikemiyadan saqlanish uchun bunday hollarda dozani darhol kamaytirish yoki terapiyani to'xtatishni yodda tutish muhimdir. Tana vazni yoki turmush tarzi o'zgarganda, shuningdek, gipoglikemiya yoki giperglikemiya xavfini oshiradigan boshqa omillarda dozani sozlash zarur bo'lishi mumkin.

- Boshqa og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalardan GlucoNavexga o'tish
Boshqa og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalardan GlucoNavexga o'tish odatda qabul qilinadi. GlucoNavexga o'tishda avvalgi dori vositasining dozasi va yarim yemirilish davrini hisobga olish kerak. Ba'zi hollarda, ayniqsa, uzoq yarim yemirilish davriga ega antidiabetik vositalarni (masalan, xlorpropamid) qabul qilganda, qo'shimcha gipoglikemik reaksiyalar xavfini minimallashtirish uchun bir necha kunlik yuvish davri tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan boshlang'ich doza kuniga 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Bemorning reaksiyalariga qarab, yuqorida tavsiflanganidek, glimepirid dozasini asta-sekin oshirish zarur bo'lishi mumkin.

- Insulindan GlucoNavexga o'tish
Istisno hollarda, 2-toifa diabet bilan og'rigan bemorlar insulin bilan davolanayotganda, GlucoNavexga o'tish ko'rsatilishi mumkin. Bunday o'tish shifokorning qattiq nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GLYUKONOVEKS preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

GLYUKONOVEKS haqida savollar

GLYUKONOVEKS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil