Ixtiol
Ixtiol chiqarilish shakllari




Ixtiol haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
ILOVA-VARAQA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
IXTIOL
ICHTHYOLUM
Preparatning savdo nomi: Ixtiol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma 200 mg/g.
Tarkibi:
Bir tuba (25 g surtma) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda ixtiol – 5 g;
yordamchi moddalar: “Tverdыy-2” emulgatori, yumshoq sariq parafin.
Ta‘rifi: to‘q-qo‘ng‘ir rangli, ixtiol hidli, bir turdagi konsistensiyali surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik va dezinfeksiyalovchi vosita.
ATX kodi: D08AX.
Qo‘llanilishi
Saramas yallig‘lanishi, ekzema, terini yiringli shikastlanishlari, furunkulezni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga, shikastlangan sohaga surtma kuniga 1-2 marta surtiladi.
Zarurati bo‘lganida bog‘lovdan foydalaniladi.
Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtma shilliq pardalarga tushmasligi kerak. Surtma surtilganidan keyin ko‘z, burun, og‘izga tushmasligi uchun qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida dori vositasining xavfsizligi va klinik samarasi o‘rganilmagan.
Bolalarda qo‘llanishi
Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati
Transportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilish qobiliyati kuzatilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiyaga rioya qilinganida doza oshirib yuborilishi mumkin emas. Terini qichishishi mumkin. Bunday hollarda terining qo‘zg‘algan yuzasidan surtmani olib tashlash kerak.
Chiqarilish shakli
Alyumin tubalarda 25 g dan. Har bir tuba ilova-varaqasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Ginekologiyada: — endometrit; — salpingooforit. Urologiyada: — surunkali nospetsifik prostatit.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparatga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Tarkibi
- 1 g ixtammol (ixtiol) 200 mg 25 g maz saqlaydi: ta'sir etuvchi modda - ixtiol 5 g; yordamchi moddalar - emulgator T-2 – 0,5 g, vazelin – 19,5 g 100 g ixtammol (ixtiol) 10 g Yordamchi moddalar: vazelin 100 g gacha. 1 suppozitoriyda faol modda sifatida 0,2 g ixtammol saqlanadi. Yordamchi moddalar (suppozitoriy asosi): vitepsol W 35 - 1,17 dan 1,29 g gacha massali suppozitoriy olinguncha yetarli miqdor. ixtammol (ixtiol) 100 mg ixtammol (ixtiol) 200 mg ixtammol (ixtiol) 100 mg ixtiol (ixtammol) 10,0 g ixtiol (ixtammol) 20,0 gg ixtiol 20 g, yordamchi moddalar: T-2 markali emulgator, tibbiy vazelin.
Farmakodinamikasi
Yallig‘lanishga qarshi vosita, mahalliy og‘riqni qoldiruvchi, antiseptik ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siri yallig‘lanish mediatorlarining ajralib chiqishini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq. Rektal yuborilganida Ixtiol preparati to‘g‘ri ichakning shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatadi, buning oqibatida kichik chanoq a'zolarida reflektor qon aylanishi kuchayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi, bu erkaklarda prostata bezida, ayollarda tuxumdonlarda, bachadon naylarida, bachadonda yallig‘lanishni bartaraf qilinishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
So'rilishi past.
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Mahalliy allergik reaktsiyalar, orqa chiqarish teshigi sohasida achishish hissi bo'lishi mumkin
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik paytida va emizish davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Shifakorga murojaat qilish kerak.
Dozirovkasi
- 10 % 20 % 20% 200 mg
Dori shaklining ta'rifi
- maz Sirtga qo'llash uchun maz Sirtga qo'llash uchun 10% li maz Sirtga qo'llash uchun 20% li maz Ixtiol hidli to'q-jigarrang rangli sirtga qo'llash uchun maz ixtiol hidli to'q-qo'ng'ir rangli maz. Rektal suppozitoriylar
Maxsus ko‘rsatmalari
Qo'llanilayotgan dori shaklining qo'llashga ko'rsatmalarga muvofiqligiga rioya qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













