Ташкент
logo
SavatKirish

Intoksol

Intoksol chiqarish shakllari

Intoksol infuziya uchun eritma 250ml
Retseptli
Intoksol infuziya uchun eritma 250ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand-England Eco-Medical
•7 ta dorixonada bor
Narxi
59 800 so'm dan
Intoksol infuziya uchun eritma 100ml
Retseptli
Intoksol infuziya uchun eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand-England Eco-Medical
•4 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
- Intoksol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Intoksolning tarkibi
- Intoksol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Intoksol narxi Toshkent dorixonalarida

Intoksol qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

suv-elektrolit muvozanatiga ta'sir etuvchi eritmalar. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. preparat alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo'lmagan hollarda (bosh miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya, yurakni dekompensasiyalangan nuqsonlari, terminal buyrak etishmovchiligi), suvsizlanish, oliguriyada qo'llash mumkin emas.

Bolalarga qo'llash tavsiya etilmaydi!

Tarkibi

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sorbitol – 60,0 mg, natriy laktati – 19,0 mg (100% moddaga qayta hisoblaganda), natriy xloridi – 6,0 mg, kaltsiy xlorid digidrati – 0,1 mg (kaltsiy xloridiga qayta hisoblaganda), kaliy xloridi – 0,3 mg, magniy xlorid geksagidrati – 0,2 mg (magniy xloridiga qayta hisoblaganda);

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

nazariy osmolyarligi – 891 mosmol/l;

ion tarkibi: 1 l preparat na 3H5O3- – 169,55 mmol saqlaydi.

Farmakodinamikasi

Preparat reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag'batlantiruvchi ta'sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so'ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko'rinishida zahira sifatida to'planadi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregasion ta'sirga ega va shunday qilib, to'qimalarning mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.

Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik asidozni to'g'irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rn ning keskin siljishlarisiz o'tadi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 daqiqa o'tgach namoyon bo'ladi.

Natriy xloridi regidratasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to'ldiradi.

Kaltsiy xloridi kaltsiy ionlari tanqisligini to'ldiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o'tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to'qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori o'tkazuvchanligini kamaytiradi, YalliG'lanish reaktsiyalarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi.

Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono - va batmotrop ta'sir ko'rsatadi, yuqori dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impulslarini o'tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo'limini qo'zg'alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi

Farmakokinetikasi

Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o'zlashtiriladi va glikogen ko'rinishida to'planadi, 5% miya to'qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida to'planadi, 6-12% siydik bilan chiqariladi.

Qon tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, so2 va N2O ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon hajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomirlaridan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi

Dozirovkasi

Preparat kattalarga vena ichiga tomchilab, daqiqasiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Zarurati bo'lganida daqiqasiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinama o'tkazilganidan keyin, preparatni oqim bilan yuborishga yo'l qo'yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to'xtatiladi. 3 daqiqa o'tgach esa, reaktsiya bo'lmaganida, preparat oqim bilan yuboriladi.

Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so'ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg tana vazniga) dan tomchilab yuboriladi. O'tkir qon yo'qotishda kattalarga 1500-1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda preparat infuziyasini shifoxonagacha bo'lgan bosqichda, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o'tkazish tavsiya qilinadi. aralashuvlardan so'ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kun ora yuboriladi, davolash kursi 10 ta infuziyagacha.

Dozani oshirib yuborilishi

Alkaloz ko'rinishlari paydo bo'ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to'xtatilishi sharoitida mustaqil tez o'tib ketadi, ba'zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial qon bosimni oshishi, hansirash, bosh og'rig'i, qorinda og'riq rivojlanishi mumkin. Ko'rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to'xtatilganidan keyin tez yo'qoladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat qonning kislota-ishqor holati va elektrolit ko'rsatkichlarini, shuningdek jigarning funktsional holati hamda arterial bosimni nazorat qilgan holda qo'llaniladi. Kalkulyoz xolesistiti bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.

Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtiraolmaydigan bemorlarda ushbu preparatni qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi:

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llashga qarshi ko'rsatmalar to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Bolalar:

Bolalarda qo'llash tajribasi bo'yicha ma'lumotlar etarli emas.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati:

Preparat stasionar sharoitida qo'llanganligi tufayli, bunday ta'sirlari to'g'risida ma'lumotlar yo'q

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo'llash mumkin emas.

Nomutanosiblik

Preparatni fosfat - va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Sotish shartlari

Shifokor resepti bo'yicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma. 100 ml, 250 ml va 500 ml flakonlarda: integrirlangan rezina prokladkali va ochish uchun ikki halqali payvandlangan qalpoqli polipropilen flakonlarda, flakon tagida ushlagichi bor. Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga, flakonlar karton qutiga joylanishiga yo'l ko'yiladi.

Farmakoterapevtik guruh

suv-elektrolit muvozanatiga ta'sir etuvchi eritmalar. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada

Farmakologik guruhlari

suv-elektrolit muvozanatiga ta'sir etuvchi eritmalar. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada

Nojo'ya samaralari

Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz.

Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o'zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishish xissi.

Me'da-ichak buzilishlari: ko'ngil aynishi, qusish.

Umumiy buzilishlar: yuborish joyida o'zgarishlar, jumladan og'riq va achishish kuzatilishi mumkin.

Qo'llanilishi

kapillyar qon oqimini yaxshilashda, travmatik, jarrohlik, gemolitik, toksik va kuyish shoklarida, o'tkir qon yo'qotishda, kuyish kasalligini oldini olish va davolash maqsadida;

  • intoksikasiya bilan kechadigan yuqumli kasalliklar va surunkali gepatitning kuchayishida;

  • sepsisda;

  • operasiyadan oldingi tayyorgarlik va operasiyadan keyingi davrda;

  • tromboz, tromboflebit, endarteriitning oldini olish maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilashda;

  • Reyno kasalligida.

Intoksol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Intoksol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Intoksol savollari

Intoksol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil