Ташкент
logo
SavatKirish

Ksarelto

Ksarelto chiqarish shakllari

KSARELTO tabletkalari 15mg N28
Retseptli
KSARELTO tabletkalari 15mg N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer AG
•10 ta dorixonada bor
Narxi
230 000 so'm dan
KSARELTO tabletkalari 20mg N28
Retseptli
KSARELTO tabletkalari 20mg N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer AG
•8 ta dorixonada bor
Narxi
243 900 so'm dan
- Ksarelto qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ksareltoning tarkibi
- Ksarelto ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ksarelto narxi Toshkent dorixonalarida

Ksarelto qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KSARELTO®

XARELTO®

 

Preparatning savdo nomi: Ksarelto®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rivaroksaban

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 15 mg va 20 mg mikronizasiya qilingan rivaroksabon,

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, gipromelloza 5 sR (gidroksipropilmetilsellyuloza 2910), laktoza monogidrati, magniy stearati, natriy laurilsulfati,

qobiq tarkibi: temir (III) oksidi (Ye 172), gipromelloza 5 sR (gidroksipropilmetil-sellyuloza 2910), makrogol 3350 (polietilenglikol (3350)), titan dioksidi (Ye 171).

Ta‘rifi: dumaloq ikki yoqlama qavariq yuzali, to‘q-pushti rangli (15 mg doza uchun), qizil-jigarrang rangli (20 mg doza uchun) plenka qobiq bilan qoplangan, “15” gravirovkali (15 mg doza uchun), “20” gravirovkali (20 mg doza uchun) va bir tomonida uchburchak, boshqa tomonida – bayer firmasining xoji bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antikoagulyantlar. Xa omilining bevosita ingibitorlari. Rivaroksaban.

ATX kodi: V01AF01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ksarelto® – ichga qabul qilinganida biokiraolishlikka ega bo‘lgan qonning Xa omilini yuqoriselektiv sintetik bevosita ingibitoridir.

Ichki va tashqi yo‘llar orqali Xa omilini hosil bo‘lishi bilan qonning X omilini faollashishi, koagulyasion kaskadda markaziy rol o‘ynaydi. Qonning Xa omili protrombinni bevosita protrombinaza kompleksi orqali trombinga aylantiradi va bu reaksiya, oxir oqibatda, fibrin laxtasini hosil bo‘lishiga va trombin tomonidan trombositlarni faollashishiga olib keladi. Koagulyasion kaskadning ampilifisirlovchi tabiati tufali Xa omilining bir molekulasi 1000 dan ortiq trombin molekulasini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, protrombinaza bilan bog‘liq Xa omili orqali reaksiya tezligi, erkin Xa omili orqali reaksiya tezligi bilan solishtirganda 300 000 marta oshadi, va trombinni kuchli “portlashsimon” hosil bo‘lishiga olib keladi. Xa ning selektiv ingibitorlari trombinning bunday hosil bo‘lishini to‘xtatish qabiliyatiga egalar. Natijada, Ksarelto® qon ivishiga qator spesifik va umumiy sinamalarning natijalarini o‘zgartiradi.

Xa omili faolligini bostirilishi dozaga bog‘liq. Ksarelto® protrombin vaqtiga dozaga bog‘liq ta‘sir ko‘rsatadi va agar tahlil uchun “Neoplastin”® to‘plami ishlatilsa, plazmadagi konsentrasiyalari bilan yaqin korreksiya qiladi (r=0,98). Boshqa reaktivlar ishlatilganida natijalar farq qiladi. Asbobning ko‘rsatmalarini sekundlarda olish kerak, chunki XNN (xalqaro normallashgan nisbat) faqat kumarinlar uchun kalibrlangan va validasiyalangan va boshqa antikoagulyantlar uchun qo‘llash mumkin emas.

Chuqur venalar trombozi (CHVT) va o‘pka arteriyasining trombolemboliyasini (O‘ATE) davolash uchun, shuningdek takroriy CHVT va O‘ATE oldini olish uchun Ksarelto® qabul qilayotgan pasientlarda, “Neoplastin” to‘plami yordamida aniqlanadigan 5/95 foizli protrombin vaqti, muvofiq kuniga ikki marta 15 mg doza uchun 17 sekunddan 32 sekundgacha, va kuniga bir marta 20 mg doza uchun 15 sekunddan 30 sekundgacha o‘zgaradi.

Klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi (BF) bo‘lgan pasientlarda, ular insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish uchun preparat qabul qiladilar, tabletka qabul qilinganidan keyin 1-4 soat o‘tgach (ya‘ni maksimal samaraga erishilgan vaqtda), “Neoplastin” reagenti ishlatilganida 5/95 foizli protrombin vaqti, kuniga bir marta 20 mg doza qabul qilinganida 14 sekunddan 40 sekundgacha va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuniga bir marta 15 mg doza qabul qilish fonida 10 sekunddan 50 sekundgacha o‘zgaradi.

Shuningdek Ksarleto® dozaga bog‘liq faollangan qisman tromboplastin vaqtini (FQTV) va HepTest® natijalarini oshiradi; lekin bu ko‘rsatkichlarni Ksarelto®ning farmakodinamik samaralarini baholash uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. Ksarelto® shuningdek qonning Xa anti-omili faolligiga ta‘sir qilmaydi, lekin kalibrlash uchun standartlar yo‘q.

Ksarelto® bilan davolash davrida qon ivishining ko‘rsatkichlari monitoringini o‘tkazishni zarurati yo‘q.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va biokiraolishligi

Rivaroksaban tez so‘riladi; maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) tabletka qabul qilinganidan keyin 2-4 soat o‘tgach erishiladi.

Ichga qabul qilinganidan keyin rivaroksabanning so‘rilishi deyarli to‘liq va 10 mg doza qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi yuqori va 80-100% ni tashkil qiladi.  Ovqat qabul qilish 10 mg rivaroksabanning AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chiziq ostidagi maydoni) yoki Cmax  ga (maksimal konsentrasiya) ta‘sir qilmaydi.

Och qoringa 20 mg tabletka qabul qilinganidan keyin, so‘rilish darajasini pasayishi oqibatida rivaroksabanning biokiraolishligi 66% ni tashkil qiladi.

Ksarelto® 20 mg ovqat bilan birga qabul qilinganida AUC ni o‘rtacha ko‘rsatgichi, och qoringa qabul qilganda aniqlangan ko‘rsatgich bilan solishtirganda 39% ga oshishi kuzatiladi, bu deyarli to‘liq biokiraolishligini va ichga qabul qilinganida yuqori biokiraolishini ko‘rsatadi. Ksarelto® 15 mg va 20 mg ni ovqat qabul qilish bilan birga qabul qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Ovqat qabul qilish sharoitlarida Ksarelto® 10 mg, 15 mg va 20 mg dozalarning proporsionalligi bilan xarakterlanadi.

Rivaroksabanning farmakokinetikasi o‘rtacha o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi; shaxsiy o‘zgaruvchanlik (variosion koeffisient) 30% dan 40% gachani tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Odam organizmida rivaroksabanning katta qismi (92-95%) plazma oqsillari bilan bog‘langan, bunda asosiy bog‘lovchi komponent zardob albuminidir. Taqsimlanish hajmi – o‘rtacha, VSS taxminan 50 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Rivaroksaban asosan metabolitlari shaklida (buyurilgan dozasini taxminan 2/3) siydik va ahlat bilan teng nisbatlarda chiqariladi. Dozaning uchdan bir qismi o‘zgarmagan holda bevosita buyrak ekskresiyasi orqali, asosan faol buyrak sekresiyasi bilan chiqariladi. Rivaroksabanning metabolizmi CYP 3A4, CYP 2J2 izofermentlari, shuningdek sitoxrom R450 tizimiga bog‘liq bo‘lmagan fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Biotransformasiyasining asosiy joyi, oksidlanishli degradasiyaga duchor bo‘luvchi morfolin guruhi va gidrolizga uchrovchi amid guruhlari hisoblanadi.

In vitro sharoitda olingan ma‘lumotlar bo‘yicha, rivaroksaban P-gp (R-glikoproteini) olib o‘tuvchi-oqsillar va Bcrp (sut bezining rakiga chidamli oqsil) uchun substrat hisoblanadi.

O‘zgarmagan rivaroksaban odam plazmasidagi juda muhim birikma hisoblanadi, ahamiyatli yoki faol aylanib yuruvchi metabolitlari plazmada aniqlanmagan. Tizimli klirensi taxminan soatiga 10 l ni tashkil qiluvchi rivaroksaban, klirensi past dori vositalariga kiritilishi mumkin. Rivaroksabanni plazmadan chiqarilishida yarim chiqarilishining terminal davri yosh pasientlarda 5 soatdan 9 soatgachani va keksa pasientlarda – 11 soatdan 13 soatgachani tashkil qiladi.

Jins

Erkaklar va ayollarda farmakokinetikasining klinik ahamiyatli farqlari aniqlanmagan.

Keksalar

Keksa pasientlarda plazmadagi rivaroksabanning konsentrasiyasi yosh pasientlardagiga qaraganda yuqori,  AUC ni o‘rtacha qiymati yosh pasientlardagi shu qiymatdan, asosan pasaygan umumiy va buyrak klirensi oqibatida, taxminan 1,5 marta yuqori.

Turli vazn toifalari

O‘ta kichik yoki katta tana vazni (50 kg dan kam va 120 kg dan ko‘p) plazmadagi rivaroksabanning konsentrasiyasiga faqat ahamiyatsiz ta‘sir qiladi (farqi 25% dan kamroqni tashkil qiladi). Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Bolalar

Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Irqlararo farqlar

Yevropoid, afro-amerika, lotin amerikasi, yapon yoki xitoy irqiga mansub bo‘lgan pasientlardagi farmakokinetikasi va farmakodinamikasida klinik ahamiyatli farqlar kuzatilmagan.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar sirrozi va yengil darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu bo‘yicha A sinfi) rivaroksabanning farmakokinetikasi nazorat guruhi sog‘lom sinaluvchilarning muvofiq ko‘rsatgichlaridan faqat ahamiyatsiz farqlangan (rivaroksabanning AUC ni o‘rtacha 1,2 marta oshishi aniqlangan).

Jigar sirrozi va og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu bo‘yicha V sinfi) rivaroksabanning o‘rtacha, sog‘lom ko‘ngilliklar bilan solishtirganda ahamiyatli (2,3 marta) yuqori bo‘lgan. AUC bilan bog‘liq bo‘lmagan oshish 2,6 marta bo‘lgan. Bu pasientlarda shuningdek rivaroksabanning buyrak ekskresiyasini, buyraklar faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientalardagi bilan o‘xshash pasayishi bo‘lgan.

Xa omilining faolligini bostirilishi, sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan kuchliroq ifodalangan (2,6 marta). Protrombin vaqti xam sog‘lom ko‘ngillilardagi ko‘rsatgichlardan 2,1 marta yuqori bo‘lgan. O‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar rivaroksabanga sezuvchanroq bo‘lganlar, bu ayniqsa rivaroksabanning plazmadagi konsentrasiyasi va protrombin vaqti orasidagi yaqinroq farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro bog‘liqlik bilan ifodalanadi.

Ksarelto®ni klinik ahamiyatli qon ketishi xavfini belgilovchi, shu jumladan Chayld-Pyu bo‘yicha V va S sinfi pasientlarda, koagulopatiya bilan kechuvchi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rivaroksabanning kreatinin klirensi bo‘yicha aniqlanadigan buyrak faoliyatini pasayishiga teskari praporsional o‘zaro ta‘siri darajasini oshishi kuzatiladi.

Yengil (kreatinin klirensi minutiga 80-50 ml), o‘rtacha og‘ir (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml), yoki og‘ir (kreatinin klirensi minutiga 15-29 ml) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, plazmada rivaroksabanning konsentrasiyasini (AUC) muvofiq 1,4-, 1,5- va 1,6 marta oshishi kuzatilgan.

Farmakodinamik samaralarining muvofiq oshishi yaqqolroq bo‘lgan.

Yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qonda Xa omili faolligini umumiy bostirilishi sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda, protrombin vaqtining muvofiq 1,3, 2,2 va 2,4 marta oshishida 1,5, 1,9 va 2 marta oshgan.

Kreatinin klirensi ≤15 ml/min bo‘lgan pasientlarda Ksarelto®ni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni bu guruh pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan jadal bog‘lanishini hisobga olib, dializ o‘tkazilganida rivaroksabinning chiqarilmasligi kutiladi.

Kreatinin klirensi minutiga 30-15ml bo‘lgan pasientlarda,  Ksarelto® qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Asosiy kasallik tufayli og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qon ketishi va tromboz xavfi yuqori bo‘ladi.

Klinik samaradorligi

Klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan  pasientlarda insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish.

Ksarelto®ning klinik tadqiqotlarining dasturi klapanga bog‘liq bo‘lgan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi (BF) bo‘lgan pasientlarda insult va tizimli tromboemboliyani oldini olishda Ksarelto®ning samaradorligini baholash maqsadida ishlab chiqilgan.

Klapanga bog‘liq bo‘lmagan BF li pasientlar insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish uchun o‘rtacha 19 oy davomida Ksarelto® qabul qilganlar, davolashning umumiy davomiyligi 41 oyni tashkil qilgan. Ksarelto® bilan davolash insultlar va MNT tashqari tizimli tromboemboliyaning umumiy tez-tezligini statistik ahamiyatli pasaytirgan. Shuningdek insult, MNT tashqari tizimli tromboemboliya va yurak-qon tomir o‘limini o‘z ichiga oluvchi yig‘indi ko‘rsatgich, shuningdek insult, MNT tashqari tizimli tromboemboliya, miokard infarkti va yurak-qon tomir patologiyasi oqibatidagi o‘limni o‘z ichiga oluvchi yig‘indi ko‘rsatgich pasaygan.

Massiv va klinik ahamiyatli og‘ir bo‘lmagan qon ketishlar yiliga 14,9% hollarda kuzatilgan, bu qiyosiy preparat bilan davolashdan klinik ahamiyatli farq qilmagan.

Bosh miya ichki qon quyilishlari, hayotiy zarur a‘zolarga qon ketishlar, gemoglobin darajasini pasaayishi tez-tezligini statistik ahamiyatli pasayishi kuzatilgan.

Klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasida insultni oldini olish: Kardioversiya

Prospektiv, randomizasiya qilingan, ochiq, ko‘p markazli ko‘rsatgichlarni yashirin baholash bilan izlanuvchi tekshirishlar (X-VERT), kardiovaskulyar hodisalarni oldini olishda AVK tanlangan dozasi bilan rivaroksabanni qiyoslash uchun (randomizasiya 2:1), kardioversiya o‘tkazishgan rejalashtirilgan, klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan 1 504 pasientlarda (ilgari oral antikoagulyantlarni qabul qilmagan va ular bilan davolangan) o‘tkazilgan. Qizilo‘ngach orqali exokardiografiya (QO-xo-KG) (boshlang‘ich davolashni 1-5 kunlari) yoki an‘anaviy kardioversiya (boshlang‘ich davolashni 3 haftasidan kam bo‘lmagan) natijalari bo‘yicha kardioversiya strategiyasi qo‘llangan. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatgichi (insult, tranzitor ishemik ataka, MNT chegaralaridan tashqaridagi tizimli tromboemboliya, miokard infarkti va kardiovaskulyar o‘lim) rivaroksaban guruhida 5 (0,5%) pasientlarda va AVK guruhida 5 (0,5%) pasientlarda kuzatilgan (n=492; nisbiy xavf 0,50; 95% II 0,15-1,73; modifikasiyalangan ITT-populyasiya). Xavfsizlikning asosiy ko‘rsatgichi (massiv qon ketishi) 6 (0,6%) rivaroksaban guruhida (n=988) va 4 (0,8%) AVK guruhi pasientlarida (n=499) kuzatilgan (OR 0,76; 95% II 0,21-2,67; xavfsizlikni baholash populyasiyasi). Kardioversiyani o‘tkazishda bu tekshirish rivaroksaban va AVK guruhida o‘xshash samaradorlik va xavfsizlikni namoyish qilgan112.

Chuqur venalarning o‘tkir trombozi (CHVT) va o‘pka arteriyasining tromboemboliyasini (O‘ATE) davolash.

Klinik dastur o‘tkir CHVT va O‘ATE ni dastlabki va davomli davolashda Ksarelto®ning samaradorligini baholash, shuningdek takroriy CHVT va O‘ATE oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

CHVT va O‘ATE ni davolash, shuningdek takroriy CHVT va O‘ATE ni oldini olish uchun Ksarelto® 12 oygacha davrda qo‘llangan. Ksarelto®ni klinik ko‘rsatgichlari bilan takroriy CHVT va o‘pka arteriyasining fatal/nofatal tromboemboliyaning yig‘indi tez-tezligi, shuningdek takroriy CHVT, o‘pka arteriyasining nofatal tromboemboliya va barcha sabablardan o‘limning yig‘indi tez-tezligiga nisbatan samaradorligini ko‘rsatgan.

CHVT va o‘pka arteriyasining tromboemboliyasining qaytalanishini oldini olish uchun Ksarelto®ni qo‘llash davom ettirilganida, 12 oygacha bo‘lgan qo‘shimcha/keyingi davr davomida Ksarelto®ni klinik ko‘rinishlar bilan takroriy CHVT va o‘pka arteriyasining fatal/nofatal tromboemboliyaning yig‘indi tez-tezligi, shuningdek takroriy CHVT, o‘pka arteriyasining nofatal tromboemboliyasi va barcha sabablardan o‘limning yig‘indi tez-tezligiga samaradorligi aniqlangan.

Qo‘llanilishi

  • dimlangan yurak yetishmovchiligi, gipertenziya, >75 yosh, qandli diabet, insult yoki anamnezdagi tranzitor ishemik ataka kabi bir yoki bir necha xavf omillari bo‘lgan, klapanga bog‘liq bo‘lmagan fibrillyasiyasi bo‘lgan pasientlarda insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish.
  • chuqur venalar trombozi va o‘pka arteriyasining tromboemboliyasini davolash.
  • katta pasientlarda takroriy chuqur venalar trombozi va o‘pka arteriyasining troboemboliyasini oldini olishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Ksarelto® 15 mg va 20 mg ni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

Agar pasient tabletkani butunligicha yutish qobiliyatiga ega bo‘lmasa, tabletkani maydalash va bevosita qabul qilish oldidan suv yoki yumshoq konsistensiyali ovqat, masalan, olma pyuresi bilan aralashtirib iste‘mol qilish, shundan keyin ovqat qabul qilish kerak.

Katta bo‘lmagan miqdordagi suvda suyultirilgan Ksarelto®ning maydalangan tabletkasini me‘da zondi orqali berish mumkin, bunda tabletkani qabul qilish oldidan, zondni xaqiqatda me‘dadaligiga ishonch hosil qilish kerak. Maydalangan tabletka zond orqali yuborilganidan keyin, oldin zondni suv bilan yuvish, so‘ngra esa enteral ovqatni yuborish kerak.

Klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan pasientlarda insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish

Tavsiya etiladigan doza xar kuni, sutkada  bir marta 20 mg (1 tabletka) ni tashkil qiladi.

O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <50-30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda preparatning tavsiya etiladigan dozasi xar kuni, sutkada bir marta 15 mg ni tashkil qiladi.

Davolashni insult va tizimli tromboemboliyaning xavf omillari saqlangan vaqtgacha davom ettirish kerak.

Doza o‘tkazib yuborilgandagi harakat

Agar navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, pasient Ksarelto®ni darhol qabul qilishi va keyingi kuni tavsiya etilgan tartibga muvofiq preparatni muntazam qabul qilishni davom ettirish kerak. Ilgari o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas.

Maksimal sutkalik doza

Preparatning tavsiya etilgan maksimal dozasi sutkada 20 mg ni tashkil qiladi.

Chuqur venalar trombozi (CHVT) va o‘pka arteriyasining tromboemboliyasini (O‘ATE) davolash, takroriy CHVT va O‘ATE ni oldini olish

O‘tkir CHVT va O‘ATE ni davolash uchun preparatning dastlabki tavsiya etiladigan dozasi, takroriy CHVT va O‘ATE ni davomli davolash va oldini olish uchun kuniga bir marta 20 mg Ksarelto®ni keyingi qabul qilish bilan, birinchi 3 hafta davomida kuniga ikki marta 15 mg ni tashkil qiladi.

Davolashni venoz tromboemboliyaning xavf omillari saqlangan vaqtgacha davom ettirish kerak.

Doza oshirib yuborilgandagi harakat

Preparatni muntazam qabul qilish tartibiga amal qilish tavsiya etiladi.

Agar kuniga ikki marta 15 mg dozani qabul qilishda navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, pasient 30 mg sutkalik dozani tushishini ta‘minlash uchun, Ksarelto®ni darxol qabul qilish kerak. Buning uchun 15 mg dozadagi Ksarelto®ning 2 tabletkasini bir vaqtda qabul qilish mumkin. Keyingi kuni tavsiya etilgan tartibga muvofiq preparatni kuniga bir marta 20 mg dozada muntazam qabul qilishni davom ettirish kerak.

Maksimal sutkalik doza

Preparatning tavsiya etiladigan maksimal sutkalik dozasi davolashning birinchi 3 haftasi davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.

Davolashning keyingi fazasida preparatning tavsiya etiladigan dozasi 20 mg ni tashkil qiladi.

Pasientlarning alohida populyasiyalari bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Koagulopatiya bilan birga kechuvchi jigar kaslliklari bo‘lgan pasientlarda Ksarelto®ni qo‘llash mumkin emas, ular qon ketishini klinik ahamiyatli xavfini belgilaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Jigarning boshqa kasalliklari bo‘lgan bemorlarda dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi (“Farmakologik xususiyatlari/Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang).

O‘rtacha og‘irlikdagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu bo‘yicha V sinfi) bo‘lgan pasientlarda olingan, mavjud cheklangan klinik ma‘lumotlar, preparatning farmakologik faolligini ahamiyatli kuchayishini ko‘rsatadi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu bo‘yicha S sinfi) uchun klinik ma‘lumotlar yo‘q (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan pasientlarda insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish

Yengil buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ≤80-50 ml/min) bo‘lgan bemorlarga Ksarelto® buyurilganida, dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi  (kreatinin klirensi <50-30 ml/min) bo‘lgan pasientlar uchun, tavsiya etiladigan doza kuniga bir marta 15 mg ni tashkil qiladi.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30-15 ml/min) bo‘lgan pasientlarda olingan, mavjud bo‘lgan cheklangan klinik ma‘lumotlar, bu bemorlarda rivaroksabanning konsentrasiyasini ahamiyatli oshishini namoyish qiladi. Pasientlarning bu guruhini davolash uchun Ksarelto® 15 mg ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Kreatinin klirensi <15 ml/min bo‘lgan pasientlarda Ksarelto®ni ishlatish tavsiya etilmaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”, “Farmakologik xususiyatlari/Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).

Pasientlarda CHVT va O‘ATE ni davolash, shuningdek takroriy CHVT va O‘ATE ni oldini olish maqsadida

Yengil buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ≤80-50 ml/min) yoki o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi  (kreatinin klirensi <50-30 ml/min) bo‘lgan bemorlarga Ksarelto buyurilganida, dozani to‘g‘irlash talab etilmaydi.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30-15 ml/min) bo‘lgan pasientlarda olingan, mavjud bo‘lgan cheklangan klinik ma‘lumotlar, bu bemorlarda rivaroksabanning konsentrasiyasini ahamiyatli oshishini namoyish qiladi. Pasientlarning bu guruhini davolash uchun Ksarelto® ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Kreatinin klirensi <15 ml/min bo‘lgan pasientlarda Ksarelto®ni ishlatish tavsiya etilmaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”, “Farmakologik xususiyatlari/Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).

Klapenga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan pasientlarda insult va tizimli tromboemboliyani oldini olishda K vitaminining antagonistlaridan (AVK) dan Ksarelto®ga o‘tish

AVK bilan davolashni to‘xtatish va XNN <3,0 ga yetganida Ksarelto® bilan davolashni boshlash kerak. Pasientlar AVK dan Ksarelto®ga o‘tishlarida, Ksarelto® qabul qilinganidan keyin XNN qiymatlari soxta oshgan bo‘ladi. XNN Ksarelto®ning antikoagulyant faolligini aniqlash uchun to‘g‘ri kelmaydi, va shuning uchun bu maqsadda ishlatilmasligi kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga” qarang).

CHVT va O‘ATE ni davolash, shuningdek takroriy CHVT va O‘ATE ni oldini olish maqsadida pasientlarda K vitamini antagonistlaridan (AVK) Ksarelto®ga o‘tish

AVK bilan davolashni to‘xtatish va XNN ≤2,5 ga yetganida Ksarelto® bilan davolashni boshlash kerak. Pasientlar AVK dan Ksarelto®ga o‘tishlarida, Ksarelto qabul qilinganidan keyin XNN qiymatlari soxta oshgan bo‘ladi. XNN Ksarelto®ning antikoagulyant faolligini aniqlash uchun to‘g‘ri kelmaydi, va shuning uchun bu maqsadda ishlatilmasligi kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga” qarang).

Ksarelto®dan K vitamini antagonistlariga (AVK) o‘tish

Ksarelto®dan AVK ga o‘tishda antikoagulyant samaraning yetishmovchiligini paydo bo‘lish imkoniyati mavjud. Shuning uchun bunday o‘tish vaqtida muqobil antikoagulyantlar yordamida uzluksiz yetarli antikoagulyant samarani ta‘minlash kerak. Ksarelto®ni XNN oshishiga yordam berishi mumkinligini ta‘kidlash kerak.

Ksarelto®dan AVK ga o‘tishda, XNN ≥2,0 ko‘rsatgichga erishgunicha, bir vaqtda AVK ni qabul qilish kerak. O‘tish davrining birinchi ikki kunlari davomida, XNN ko‘rsatgichlarini aniqlash natijalariga qarab, keyingi AVK dozasini buyurish bilan AVK ning standart dozasini qo‘llash kerak. Ksarelto® va AVK ni qabul qilish vaqtida, XNN ko‘rsatgichini oldingi doza qabul qilinganidan keyin 24 soat o‘tgach, undan oldin emas, lekin Ksarelto®ning navbatdagi dozasini qabul qilishgacha aniqlash kerak. XNN ishonchli aniqlashni Ksarelto®ni qo‘llash to‘xtatilganidan va preparatning oxirgi dozasi qabul qilinganidan keyin 24 soat o‘tgach o‘tkazish mumkin.

Parenteral antikoagulyantlardan Ksarelto®ga o‘tish

Parenteral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlar uchun, Ksarelto®ni qo‘llashni preparatni (masalan, quyimolekulyar geparin) navbatdagi rejali parenteral yuborish vaqtidan 0 – 2 soat oldin yoki preparatni (masalan, fraksiyalanmagan geparinni vena ichiga yuborish) uzluksiz parenteral yuborish to‘xtatilgan vaqtda boshlash kerak.

Ksarelto®dan parenteral antikoagulyantlarga o‘tish

Ksarelto®ni bekor qilish va Ksarelto®ning navbatdagi dozasini qabul qilish kerak bo‘lgan vaqtda, parenteral antikoagulyantning birinchi dozasini yuborish kerak.

Insult va tizimli tromboemboliyani oldini olishda kardioversiya

Kardioversiya talab qilinishi mumkin bo‘lgan pasientlarda Ksarelto® preparati bilan davolash boshlanishi yoki davom ettirilishi mumkin. Ilgari antikoagulyant davolashni olgan pasientlardagi qizilo‘ngach orqali exokardiografiya (QOExo-KG) nazorati ostidagi kardioversiyada, adekvat antikoagulyasiyani ta‘minlash uchun Ksarelto®, davolash kardioversiyadan 4 soat oldin buyurilishi kerak.

Bolalar

Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Keksa pasientlar, jinsi, tana vazni yoki etnik taalluqligiga bog‘liq pasientlar

Bu guruh bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ksarelto®ning xavfsizligi II tadqiqotlarning III fazasi vaqtida 32625 pasientlarda baxolangan. Bunda Ksarelto®ning xavfsizligi 10 mg dozada 39 kungacha davomiylikdagi qabulda, tizza yoki chanoqson bo‘g‘imida rejali tiklash jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazgan 6097 pasientlarda baxolangan. CHVT va O‘ATE ni davolash va ularning qaytalanishini oldini olishdagi Ksarelto®ning xavfsizligi  kuniga ikki marta 15 mg dozada 3 hafta davomida, keyingi kuniga bir marta 20 mg dozada 21 oygacha davr davomida qabul qilish bilan 4556 pasientlarda baholangan. Insult va tizimli tromboemboliyani oldini olishda Ksarelto®ning xavfsizligi klapanga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi, Ksarelto® 20 mg kuniga bir marta 41 oygacha davr davomida qabul qilgan, 7750 pasientlarda, shuningdek o‘tkir koronar sindromi (O‘KS) bo‘lgan kamida bir doza yoki 2,5 mg Ksarelto® (kuniga ikki marta) yoki 5 mg Ksarelto® (kuniga ikki marta) qabul qilgan, qo‘shimcha asetilsalisil kislotasi yoki asetilsalisil kislotasini klopidogrel yoki tiklopedin bilan majmuasini 31 oygacha davrda qabul qilgan 10225 pasientlarda baholangan.

Ksarelto®ni ishlatishda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi haqidagi umumlashtirilgan ma‘lumotlar, quyida keltirilgan:

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • anemiya (shu jumladan muvofiq laboratoriya ko‘rsatkichlari)
  • ko‘zlarga qon quyilishi (shu jumladan kon‘yunktivaga qon quyilishi)
  • milklarning qonashi, me‘da-ichak yo‘llari soxasida og‘riq, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qabziyat*, diareya, qusish*, me‘da-ichak qon ketishlari (shu jumladan rektal qon ketishi)
  • isitma*, periferik shishlar, umumiy o‘zini xis qilishni yomonlashishi (shu jumladan kuchsizlik va asteniya)
  • o‘tkazilgan muolajalardan keyingi qon quyilishi (shu jumladan anemiya va jarohatdan qon ketishi), qontalash
  • transaminazalar darajasini oshishi
  • oyoq-qo‘llarda og‘riq*
  • bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i
  • urogenital

Ksarelto narxlari

Ksarelto barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Ksarelto savollari

Ksarelto fikr-mulohazalari

Reyting 4.3, 8 ta sharh asosida
Мирсобит
15.10.2020 12:26
3
Достоинства: Отдал за упаковку 4200р.Употреблял как и написано по 1 таб. в день. После 18 шт. Началась аритмия, пульс неустойчив, то нормально, то усиливается, повышается давление. Обратился в поликлинику. Сделал ЭКГ. Сказали что ничего страшного нет, надо пропить таблетки все полностью. Выбрасил их все. Пью успокаительные настойки пустырник, валерьянку, пион уклоняющийся, баярышник всё это смешал и по столовой ложки 3 раза в день. Здоровье улучшелось.
Татьяна
01.11.2020 13:41
5
Как мне сказал мой лечащий врач, пить Ксарелто нужно во время еды, в любое время. Это очень здорово и удобно, нет привязанности к будильнику (был опыт, когда приходилось ставить, чтоб принять лекарство). Одна таблетка в сутки. Я ставлю твёрдую пятёрку препарату, он оказался единственным препаратом, который действительно без операции удалил бляшку из вены. Вклад в свое здоровье это важно, но только вам решать купить препарат или нет. Думаю далеко не у каждого будет такая возможность.
Неъматулла
15.11.2019 01:27
4
Если я еще думал купить таблетки Ксарелто сразу, то после похода в аптеку я передумал их покупать, т.к. цена мне показалось слишком дорогой. Через 3 месяца мне пришлось сделать ЦДС, исследование показало тромбоз наружных вен на стадии регенерации. Поехал к сосудистому хирургу отдал заключение и он мне прописал Ксарелто (в очередной раз мне прописали этот препарат, только если в первый раз мне рекомендовали принимать его 2 недели, то сейчас курс лечения - 3-4 месяца.). Помимо этого был рекомендован и назначен еще один препарат для желудка, чтоб не сорвать его и не лечить его потом параллельно. В общем скупой платит дважды, так и произошло в моей ситуации. Зато эффект от лечения превзошел все ожидания. Сделал для себя один вывод – надо сразу принимать меры и не пускать свое здоровье на самотек.
Сафиноза
11.02.2021 10:30
5
Я длительное время не могла решится на лазерную операцию на венах, но супруг настоял и всячески меня поддерживал.После мне сказали купить и принимать препарат Ксарелто. Нужен он для того, чтобы тромбы, которые могли быть в венах случайно не начали двигаться, а разрушились. Врач сказал, что препарат редкий и указал аптеку. В нее я и направилась. Цена конечно высоченная, но что делать,здоровье мне важно. Препарат принимала каждый день, согласно предписанию врача. Побочных эффектов особых не было, как и написано в инструкции. В итоге, после приема я стал чувствовать себя лучше, энергии добавилось, больше ничего не болит, не беспокоит. Препарат действительно очень хороший.
Гулбарг
25.12.2019 19:12
3
Таблетки Ксарелто мне помогли хорошо от тромбоза, но сделали вред желудку. Как говорится - одно лечим другое калечим. Купить я думаю что можно и нужно, только параллельно нужно что то пить для желудка. Думаю, тут больше должен врач рассказать, главное попасть в руки квалифицированного. Цена высокая на препарат,поэтому я думала что никакой подлянки ждать от него не придется, а вышло все по другому. Купить или нет решать только вам.
Айгуль
15.04.2020 18:52
5
Мой отец не первый год как гипертоник, а на последнем обследовании еще прибавилась и оказалась - мерцательная аритмия. Обычно при заболеваниях сердечно-сосудистой системы назначают средства, препятствующие тромбообразованию или разжижающие кровь. Было назначено несколько препаратов и ни с одним мы не подружились, отцу они категорически не помогали. Когда он попал в больницу, наконецто нам попался толковый врач, который назначил препарат Ксарелто и сказал купить незамедлительно. Цена меня волновала меньше всего. Вот от этого лекарства у папы никаких побочных эффектов не наблюдалось. Сами таблетки небольшие, глотать их удобно. Назначают одну таблетку в день. На упаковке нанесены дни недели, чтобы больной не забыл принять таблетку. Очень удобно.
Матрасул
11.11.2020 03:25
5
Несколько лет назад ничего не предвещало беды, пока я не попала в больницу и мне не был поставлен диагноз - тромбоз. Я так понимаю, что предпосылкой к заболеванию послужило обезвоживание организма, т.к. я на работе не то что забываю попить и поесть, а и в туалет сходить+регулярно сижу, практически не двигаюсь. Диагноз не из приятных и меня он подверг в настоящий шок. Я сразу себе в голове представила сколько надо денег на лечение или операцию. Все мои секундные обмозгования остановил врач, сказав что стоит сначала начать с консервативного лечения. Суть его заключалось в приеме импортного препарата для разжижения крови ксарелто. Препарат не из дешевых, цена настолько высокая, что позволить я думаю себе его смогут лишь единицы. И стала я пить очень много воды (как по мне). Купить я препарат решила немедля, т.к. чем больше тянуть, тем ближе к операции, мне хотелось ее избежать и мне это удалось!
Нафосат
05.05.2020 08:46
4
Цена на Ксарелто высокая, но она полностью соответствует качеству. Когда мне пришлось купить препарат, я не задумывалась даже. Лучше не допустить проблем, чем потом от них избавляться

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil