Laktosorb ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
LAKTOSORB
LAKTOSORBUM
Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): Sorbitol, natriy laktati, natriy xloridi, kalsiy xloridi geksagidrati, kaliy xloridi, magniy xloridi.
Dori shakli: Infuziya uchun eritma.
100 ml preparatning tarkibi:
faol moddalar: sorbitol – 20,0 g, natriy laktati – 1,90 mg, natriy xloridi – 0,60 g, kalsiy xloridi geksagidrati – 0,01 g, kaliy xloridi – 0,03 g, magniy xloridi geksagidrati – 0,02 g
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.
Farmakodinamikasi
Laktosorb shokka qarshi, energetik, dezintoksikasion, ishqorlovchi, diuretik va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sirlarga ega. Preparatning asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol (gipertonik konsentrasiyada) va natriy laktatidir (izotonik konsentrasiyada). Laktosorb jigarda avval fruktozaga aylanadi, so‘ngra u glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Laktosorbning bir qismi shoshilinch enargetik ehtiyojlar uchun, boshqa bir qismi esa glikogen ko‘rinishida zahira sifatida yig‘iladi. Laktosorbning gipertonik eritmasi katta osmotik bosimga va diurezni sezilarli oshirish xususiyatiga ega.
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metobolik asidozni to‘g‘rilanishi, uni modda almashinuviga kirishishiga qarab, sekinroq o‘tadi va bunda rN ni keskin siljishlari ro‘y bermaydi. Natriy laktatining ta‘siri preparat yuborilgandan so‘ng 20-30 min o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Natriy xloridi – plazma o‘rnini bosuvchi vosita bo‘lib, dezintoksikasiyalovchi va regidratasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to‘ldiradi.
Kalsiy xloridi kalsiy ionlarining tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirilishi, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to‘qimasining shakllanishi va qonning ivishi uchun zarurdir. Hujayralar va qon-tomir devorining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalariga chidamliligini oshiradi.
Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – manfiy iono-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazilishi jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarini qisqarishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Laktosorb umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Qon tomirlariga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu esa qonning ishqoriy zahirasini oshiradi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (L izomer) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (D izomer) esa metabolizmga uchramasdan siydik bilan chiqariladi. Natriy xloridi aylanayotgan qon hajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomirlaridan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.
qo‘llanilishi
Eritmaning giperosmolyarligi hisobiga intoksikasiyani kamaytirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash, kislota-ishqor holatini to‘g‘rilash, travmatik, operasion, gemolitik va kuyishdan keyingi shokda gemodinamikani yaxshilash uchun; peritonit va ichak tutilishida (operasiyadan oldingi va operasiyadan keyingi davrda); turli etiologiyali o‘tkir buyrak yetishmovchiligida; sepsisda; jigarning turli kasalliklarida (gepatitda, jigar distrofiyasida, jigar komasida); bosh miya shishi oqibatidagi bosh miya ichki bosimi oshganida qo‘llanadi.
qo‘llash usuli va dozalari
Laktosorb kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurat tug‘ilganda minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin, preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaksiya kuzatilmasa, Laktosorb oqim bilan yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 200-600 ml dan (bemorning tana vazniga 3-10 ml/kg) bir marta va 200-400 ml dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Jigar kasalliklarida kattalarga 200 ml dozada (bemorning tana vazniga 3,5 ml/kg) tomchilab har kuni yoki kunora yuboriladi;
O‘tkir buyrak yetishmovchiligida kattalarga 200-400 ml bir martalik dozada (tana vazniga 2,5 dan 6,5 ml/kg gacha) tomchilab yoki oqim bilan (takroran 8-12 soatdan keyin 200 ml dozada) yuboriladi.
Operasiyadan keyingi ichak parezini oldini olish uchun kattalarga 150-300 ml bir martalik dozada (tana vazniga 2,5-5,0 ml/kg) tomchilab yuboriladi, operativ aralashuvdan keyin birinchi 2-3 sutka davomida xar 12 soatda, preparatni 200 ml dan takroran yuborish mumkin. Operasiyadan keyingi ichak parezlarini davolash uchun 200-400 ml dozada (tana vazniga 3,5-6,5 ml/kg) tomchilab, har 8 soatda ichak motorikasi me‘yorlashguncha yuboriladi.
Miya shishida kattalarga tana vazniga 5-10 mg/kg dozada, avval oqim bilan, keyin esa tomchilab (minutiga 60-80 tomchi tezlikda) yuboriladi.
Og‘ir degidratasiyada Laktosorbning vena ichiga infuziyalarini faqat tomchilab yuborish kerak (sutkada 200 ml dan ortiq yuborilmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.
Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz.
Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishishni his qilish.
Me‘da-ichak buzilishlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi.
Alkaloz yoki degidratasiya ko‘rinishlari (eritmaning giperosmolyarligi tufayli) kollaps, suvsizlanish (diurezni kuchayishi oqibatida) paydo bo‘lishi mumkin.
qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy sezuvchanlik. Laktosorb alkalozda, suvsizlanishda, shuningdek katta hajmda suyuqliklarni quyish mumkin bo‘lmagan xollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, buyrak yetishmovchiligida) qo‘llanmaydi.
Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.
Preparat kislota-ishqor holati va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Preparat qon va siydikning osmolyarligini, shuningdek kislota – ishqor holatini hisobga olgan holda qo‘llanadi. Laktosorbni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga yuborishni qondagi qand miqdorini nazorati ostida amalga oshirish kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Preparat stasionar sharoitida qo‘llanganligi tufayli, bunday ta‘sirlar to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishiga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar.
Bolalarda qo‘llash tajribasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yetarli emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Alkaloz, suvsizlanish ko‘rinishlari yuz beradi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi bilan mustaqil tez o‘tib ketadi. Yuborish tezligi oshrilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi. Degidratasiya paydo bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Infuziya uchun eritma, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan flakonlarda yoki butilkalarda.
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari