Ташкент
logo
SavatKirish

Levomekdol

Levomekdol chiqarish shakllari

- Levomekdol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Levomekdolning tarkibi
- Levomekdol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Levomekdol narxi Toshkent dorixonalarida

Levomekdol qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEVOMEKDOL

LEVOMECDOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Levomekdol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Xloramfenikol, metilurasil.

Dori shakli: Surtma

Tarkibi:

Faol moddalar: Levomisetin (Xloramfenikol) – 0,75 g, metilurasil – 4,0 g.

Yordamchi moddalar: polietilenoksid (polietilenglikol).

Ta‘rifi: Oq rangli yoki oq sarg‘ish tusli surtma.

Farmakoterapevtik guruxi: Antibiotik (xloramfeinkol guruhi).

ATX kodi: D06AX02

Farmakologik xususiyatlari

Xloramfenikol (sinonimi Levomisetin) mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mikroblarga qarshi ta‘sir mexanizmi mikroorganizmlarning oqsillarini sintezini buzilishi bilan bog‘liq. Bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammanfiy (stafilokokklar va streptokokklar) va grammusbat (gonokokklar, meningokokklar) kokklarga, ko‘pchilik bakteriyalar (ichak, ko‘k yiring va gemofil tayoqchalari, salmonellalar, shigellalar, klebsiellalar, serrasiyalar, iersiniyalar, proteylar), rikketsiyalar, spiroxetalar, ayrim yirik viruslarga nisbatan faol. Penisillin, streptomisin, sulfanilamidlarga chidamli shtammlarga nisbatan faol. Biologik membranalarni shikastlamasdan to‘qimalarga oson o‘tadi. Yiring va nekrotik to‘qimalar mavjudligida preparatning bakteriyalarga qarshi ta‘siri saqlanadi.

Metilurasil hujayra regenerasiyasi jarayonlarini tezlashtiradi, yallig‘lanishga qarshi va fotoximoyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Polietilenglikol osh tuzining gipertonik eritmasining ta‘siriga qaraganda o‘n marta ko‘p degidratasion ta‘sirga ega.

Qo‘llanilishi

Infeksiyalangan yaralar (shikastlanish jarayonining birinchi yiringli-nekrotik bosqichida), furunkullar va boshqa yiringli teri jarohatlari, uzoq muddat bitmaydigan trofik yaralar, II va III darajadagi kuyishlarni davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Yaraga standart ishlov berilgandan keyin (nekrotik to‘qimalarni mexanik olib tashlash, vodorod peroksidi bilan yuvish) surtma bilan shimdirilgan steril doka salfetkalar bilan yara g‘ovakli to‘ldiriladi. Preparat kateter (drenaj trubka) orqali yiring bo‘shlig‘iga shpris yordamida yuborilishi mumkin. Bunday hollarda surtma oldindan 35-360S gacha isitiladi. Bog‘lovlarni har kuni yara yiringli – nekrotik massalardan toza bo‘lguncha o‘tkaziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teri toshmasi kabi allergik reaksiyalar. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va desensibilizasiyalovchi davolash o‘tkaziladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Chiqarilish shakli

Surtma alyumin tubalarda 25, 30 va 40 g dan. Xar bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Levomekdol barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Levomekdol savollari

Levomekdol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil