Ташкент
logo
SavatKirish

Levonil

Levonil chiqarish shakllari

Levonil 5ml N5 in'ektsiya eritmasi
Levonil 5ml N5 in'ektsiya eritmasi
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BHARAT PARENTERALS LTD,
•8 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
- Levonil qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Levonilning tarkibi
- Levonil ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Levonil narxi Toshkent dorixonalarida

Levonil qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Shaxsiy o'zlashtirolmaslik, homiladorlik, emizish davrida qo'llash mumkin emas (hozirgi vaqtda preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida qo'llash mumkinligi va uni xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q).

Tarkibi

Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levokarnitin – 1 g;

yordamchi moddalar: xlorid kislotasi – q.s., in'ektsiya uchun suv 5 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Vena ichiga yuborilgandan keyin 3 soatdan so'ng qondan deyarli to'liq chiqariladi. Jigar va miokardga oson o'tadi, skelet mushaklariga esa - sekinroq o'tadi. Buyraklar orqali asosan asil efirlari ko'rinishida chiqariladi (24 soat ichida 80% dan ortig'i chiqariladi).

Farmakologik ta'siri

Levonil – metabolik jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi vosita. L-karnitin (V guruhi vitaminlariga yaqin bo'lgan tabiiy modda) moddalar almashinuvi jarayonlarida, tsitoplazmadan hujayra membranalari orqali mitoxondriyalarga, yog'kislotalarni o'tkazuvchisi sifatida ishtirok etadi, u erda bu kislotalar oksidlanadi (beta-oksidlanish) va katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qiladi. L-karnitin nerv to'qimalarini shikastlovchi omillar (gipoksiya, jarohat, intoksikasiya va boshqalar) ning ta'siriga nisbatan chidamligini oshiradi, ketokislotalarni hosil bo'lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktatasidoz darajasini kamaytiradi. Preparat qonning ishqoriy zahirasini to'ldiradi, tserebral gemodinamikaning autoregulyasiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta'minlanishini yaxshilanshiga yordam beradi, shikastlanish o'chog'ida reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta'sir ko'rsatadi.

Dozirovkasi

Preparatni vena ichiga tomchilab sekin yoki oqim bilan (2-3 minut davomida) yuboriladi.

    

Dozani oshirib yuborilishi

Levokarnitinning dozasini oshirib yuborilishidagi uning toksikligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Preparatning bilan dozasini oshirib yuborilishi tutib turuvchi davolash o'tkazish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni insulin yoki har qanday peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan pasientlarda buyurish glyukoza utilizasiyasini yahshilanishi tufayli, gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Bunday sub'ektlarda gipoglikemik preparatlar bilan davolashni zudlik bilan muvofiqlashtirish talab qilingan bo'lsa, plazmada glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish kerak.

Levokarnitinni peroral qabul qilish xavfsizligi va samaradorligi buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda baholanmagan. Buyrak faoliyatini og'ir buzilishi yoki buyrak etishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlarda, dializda bo'lgan pasientlarda levokarnitinni surunkali peroral yuqori dozalarda qabul qilish odatda siydik bilan chiqariladigan potentsial zaxarli metabolitlar trimetiltriamin (TMA) va trimetilamin-N-oksid (TMAO) to'planishiga olib kelishi mumkin. Bunday holat levokarnitinni vena ichiga yuborilgandan keyin kuzatilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bu dori vositasini sedativ vositalari, trankvilizatorlar, antidepressantlar, neyroleptiklar, barbituratlar va alkogol bilan ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Bunday majmua bir o'zi alohida ishlatilarigan preparatlarning ta'siri tufayli kuchli sedativ samara (uyquchanlik) chaqirishi mumkin. Mao ingibitorlari bilan birga qo'llanmasligi lozim.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparat 5 ml dan qahrabo rangli sindirish chizig'i bo'lgan ampulada.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali plastik kontur uyali o'ramga joylanadi. Bir plastik kontur uyali o'ram qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutili penalga joylanadi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar, mushaklarning zaifligi (uremiyasi bo'lgan pasientlarda) kuzatilishi mumkin. Tez yuborilganida (minutiga 80 tomchi va undan ortiq) vena bo'ylab yuborish tezligi pasaytirilganida o'tib ketuvchi og'riq paydo bo'lishi mumkin.

Qo'llanilishi

Kattalarda va bolalarda birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligini davolash uchun qo'llanadi.

Gemodializda bo'lgan bemorlarda ikkilamchi karnitin tanqisligi.

Uzoq vaqt gemodializda bo'lgan quyidagi holatlari:

1. Og'ir va turg'un mushak spazmlari va/yoki dializ vaqtida gipotenziya holatlari,

2. Hayot sifatiga kuchli salbiy ta'sir chaqiruvchi holdan toyish,

3. Skelet mushaklarni kuchsizlikki va/yoki miopatiya,

4. Kardiomiopatiya,

5. Uremiyada davolab bo'lmaydigan yoki eritropoetinning yuqori dozalarini talab qiluvchi anemiya,

6. To'yib ovqat emaslik oqibatida mushak massasini yo'qotishi bo'lgan pasientlarda gumon qilingan ikkilamchi karnitin tanqisligi qo'llanadi.   

Ta'rifi

tiniq, rangsiz eritma

Levonil narxlari

Levonil barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Levonil savollari

Levonil fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil