Lorateks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LORATEKS®
LORATEX
Preparatning savdo nomi: Lorateks®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): loratadin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka saqlaydi:
Faol modda: loratadin – 10 mg
Yordamchi moddalar: laktoz monogidrati, makkajo‘xori kraxmali (Amidon), mikrokristallik sellyuloza (Avisel RN = 101), magniy stearati.
Ta‘rifi: oq, dumaloq, chetlari qiya va riskali yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antiallergik vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Antiallergik vositalar N1 reseptorlari orqali gistamin chaqiruvchi aksariyat fiziologik samaralarni kamaytiruvchi yoki oldini oluvchi, N1 gistamin reseptorlarining qaytuvchan raqobatli antagonistidir. Ular gistaminni ajralib chiqishini oldini olmaydi va ajralib chiqib bo‘lgan gistaminni bog‘lab olmaydi. Antigistamin ta‘siri nafas, qon tomir va me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklarining spazmini susaytirish, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytirishni o‘z ichiga oladi, bu esashishni, yallig‘lanish oqibatidagi giperemiya va qichishishni kamayishiga, shuningdek gistamin tomonidan chaqirilgan so‘lak va ko‘z yoshi bezlarining gipersekresiyasini kamayishiga (so‘lak oqishi va ko‘z yoshini oqishini susayishiga) olib keladi. Lorateks® – periferik N1 reseptorlariga tanlab ta‘sir qiluvchi va sedativ ta‘sir ko‘rsatmaydigan, ikkinchi avlod antigistamin preparatidir.
Lorateks® yengil bronxodilatasiyani chaqiradi, shuningdek astmasi bo‘lgan pasientlarda gistamin chaqirgan bronxospazmni bloklaydi. U shuningdek jismoniy zo‘riqish va giperventillyasiya oqibatida chaqirilgan bronxospazmni xam kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Lorateks® me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi konsentrasiyasining cho‘qqisiga taxminan 1 soat o‘tgach erishiladi. Ta‘sir cho‘qqisining vaqti – 4-6 soat. Ovqat qabul qilish loratadinni so‘rilishini 40% ga va uning faol metabolitlarini so‘rilishini 15% ga kuchaytiradi. Loratadin jigarning sitoxrom R-450 tizimida metabolizmga uchraydi va faol metabolitlar hosil bo‘ladi. Asosiy metabolit dekarboetoksiloratadin antigistamn faollikni namoyon etadi. Chiqarilishi – loratadinning yarim chiqarilish davri 3 soatdan 20 soatgachani (o‘rtacha 8,4 soatni) tashkil qiladi, dekarboetoksiloratadinning esa – 8,8 soatdan 92 soatgachani (o‘rtacha 28 soatni) tashkil qiladi. Loratadin plazma oqsillari bilan 98% ga bog‘lanadi; dekarboetoksiloratadin esa, biroz sustroq bog‘lanadi. Loratadinning umumiy dozasini taxminan 80% 10 kundan keyin siydik va ahlat bilan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Umumiy dozaning 27% kon‘yugasiyalangan holda 24 soatdan keyin siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi.
Lorateks® 6 yosh va undan oshgan pasientlarda mavsumiy allergik rinitlarning simptomlarini bartaraf etish va surunkali idiopatik eshakemini davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari.
Kattalar va o‘smirlar uchun odatdagi doza: ichga, 1 tabletkadan kuniga bir marta.
Bolalar uchun odlatdagi doza
12 yosh va undan katta bolalar: ichga, 1 tabletkadan kuniga bir marta.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: ichga, ½ tabletkadan kuniga bir marta.
Keksalar uchun odatdagi doza: ichga, 1 tabletkadan kuniga bir marta.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Bu nojo‘ya ta‘sirlar shifokor diqqatiga muhtojdir: Kam va juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar – qon tomonidan reaksiya (klinik jihatdan tomoqda og‘riq va tana haroratini oshishi, g‘ayri tabiiy qon oqishi yoki qon talashlarni paydo bo‘lishi, g‘ayri tabiiy toliqish yoki holsizlik bilan namoyon bo‘ladi).
Bunday nojo‘ya ta‘sirlar, faqat agar ular uzoq davom etsa yoki bemorlarga katta tashvish tug‘dirgan holdagina shifokor diqqatiga muxtojdir.
Kam va juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar – uyquchanlik, bronxial shilliqni quyilishi, ishtahani kuchayishi yoki vaznni ortishi, ko‘rish xiralashishi yoki ko‘rishni boshqa o‘zgarishlari, aralashib qolishlar, dahshatli tushlar ko‘rish, qo‘zg‘alish, asabiylik, ta‘sirchanlik, siyishni qiyinlashishi yoki og‘riq bilan kechishi, bosh aylanishi, og‘izni, burunni yoki tomoqni qurishi, taxikardiya, paradoksal reaksiyalar, fotosezuvchanlik, quloq shang‘illashi yoki jaranglashi, teri toshmalari, me‘dada diskomfort yoki og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Lorateks® ni bu preparatga yoki ushbu dori shaklining ingredientlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Zamburug‘ga qarshi azol sinfidagi vositalar (flukonazol, itrakonazol, ketokonazol, mikonazol) – loratadin bilan birga qo‘llanganida, uning (shu jumladan metabolitlarning) plazmadagi miqdori oshishi mumkin.
Simetidin – loratadin bilan birga qo‘llanganida loratadinning plazma miqdori sezilarli ravishda oshadi.
Makrolid-antibiotiklar (azitromisin, klaritromisin, eritromisin, troleandomisin) – loratadin bilan birga qo‘llanganida, loratadinning (shu jumladan metabolitlarning) plazmadagi miqdorini oshishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antigistamin dorilaridan birontasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlar, boshqalariga ham o‘ta sezuvchan bo‘lishlari mumkin. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan bemorlarga kichik boshlang‘ich dozani (10 mg dan kunora) berish ko‘zda tutiladi. Keksa pasientlar kattalar uchun odatdagi dozaga sezgirroq bo‘ladilar.
Homiladorlik va emizish
B toifa – homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Lorateks® homilador ayollarda faqat juda zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Emizish
Loratadin va uning metaboliti dekarboetoksiloratadin ko‘krak sutiga o‘tadi va uning sutdagi konsentrasiyasi plazmadagi darajasi bilan bir xil. Ona uchun preparatni qabul qilinishining muhimligini hisobga olib, emizishni to‘xtatish yoki preparatni bekor qilishdan birini tanlash kerak. Emizikli onalarga loratadinni buyurishda shifokor o‘ziga xos ehtiyotkorlikni namoyon etishi lozim.
Quyida sanab o‘tilgan har qanday nojo‘ya samaralari holida shifokorga xabar bering:
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agarda doza oshirib yuborilishining quyidagi simptomlari paydo bo‘lsa, darhol shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling: qovushmaslik va beqarorlik, tirishishlar, og‘ir uyquchanlik, og‘iz, burun va tomoqni qurishi; hushdan ketish; qon quyilishlar yoki yuzni qizarishi; gallyusinasiyalar (ko‘rish, eshitish gallyusinasiyalari yoki ayni shu yerda bo‘lmaslik hissi); qisqa nafas yoki nafas olishni qiyinlashishi, uyquni buzilishi.
Chiqarilish shakli
10 tabletka blisterda; 1, 2 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, taxminan 30oS haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari