Lozefin
Lozefin chiqarilish shakllari

Lozefin haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Hayot uchun havf tug'diruvchi noturg'un qon aylanish (shok). Gipoksiya – to'qimalarni kislorod bilan yetarli darajada ta'minlanmasligi. Og'ir jigar va buyrak yetishmovchiligi. Dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi. Aminokislotalarni almashinuvi buzilishi. Metabolik atsidoz. Bosh miya jaroxatlarining o'tkir davri.
Diqqat: preparatni koma yoki bosh miya funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarga qo'llash taqiqlanadi, ular komatoz xolatlarni chaqirishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Lozefinni biokiraolishligi 100% tashkil etadi. Plazmada erkin aminokislotalarni kontsentratsiyasi axamiyatli o'zgarishlarga uchraydi, bu ham alohida aminokislotalarga, ham ularning yig'indi kontsentratsiyasiga tegishli. Preparat yuborilgandan keyin aminoksilotalar oqsillarni sintez jarayoniga qo'shiladi. Juda ko'p miqdordagi aminoksilotalar ishga tushmagan protein sintezida va boshqa biomolekullarda to'planmaydi (boshqa yog' kislotalar va glyukozadan qat'iy nazar), ɑ-aminoguruhlar dezaminatsiya yo'lari orqali parchalanadi, u mochevina hosil bo'lib metabolizmga uchraydi. Oxirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Faqat aminokislotalarni (5%) deyarli qismi o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Lozefin – parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuziya uchun eritmasi. Aminokislotalar – bu oqsillarni sintezi uchun zarur komponentlar. Preparat tarkibidagi aminokislotalar – L-shaklida bo'lib, bu ularni oqsillarni biosintezida bevosita qatnashish imkonini ta'minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar energiya tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqliklar bilan bir vaqtda parenteral oziqlanish uchun uni va organizmni xolatini yaxshilash tutib turish yoki tana vaznini yo'qotishni minimizatsiyalashtirish uchun qo'llaniladi. Aminoksilotalarni ekzogen yuborishning iloji bo'lmagan patologik holatlarda qon plazmasida ham alohida aminokislotalar jamlanmasini tipik yaqqol o'zgarishi, ham ularni qon plazmasidagi ularni foizli nisbatini o'zgarishi rivojlanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat dozasini oshirib yuborilishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmani qo'llanilsin. Flakon ochilgandan keyin preparatni darhol qo'llash zarur! Ochilgan flakonni xech qanday holda saqlamang! Preparatni faqat statsionar sharoitda qo'llaniladi. Aminokislotalar saqlovchi eritmalarni mikrobli ifloslanishni yuqori xavfi sababli boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Zardobni yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Jigar va buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibini muvofiqlashtirish talab etiladi. Qonda suv va elektrolit muvozanatini, qonda glyukoza kontsentratsiyasini va ishqoriy-kislota tarkibini nazorat qismi talab etiladi. To'liq parenteral oziqlanishni o'tkazish uchun – energiya tashuvchi, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelement moddalarni bir vaqtda qo'shish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida ko'rsatma bo'yicha qo'llash mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro nomutanosib (bir eritmada aralashtirish mumkin emas).
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












