Magniya sulfat analoglari
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Magniya sulfat
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- magniy yetishmovchiligini (gipomagniemiya) davolash va to'liq parenteral oziqlanishda, kombinatsiyalangan oral kontratseptivlar, tiazid diuretiklar, miorelaksantlar qabul qilinganda, uzoq muddatli ortiqcha diaforezda (terlash) uning oldini olish; - aritmiyalarni davolash (bartaraf etish) (supraventrikulyar aritmiyalar, aritmiyaga qarshi preparatlar, glyukokortikosteroidlar, diuretik vositalar qabul qilish sababli yuzaga kelgan aritmiyalar, torsade de pointes aritmiyalari, digitalis intoksikatsiyasidagi aritmiyalar); - miokard infarktida aritmiyalar profilaktikasi; - gipertonik krizni bartaraf etish (shu jumladan miya shishi ko'rinishlari bilan); - bolalarda tirishish sindromini bartaraf etish (shu jumladan o'tkir glomerulonefritda); - homilaning tushishi, homiladorlikning kechki toksikozlari (gestozlar); - preeklampsiya va eklampsiya; - og'ir metallar tuzlari, mishyak, tetraetilqo'rg'oshin, bariyning eruvchan tuzlari bilan zaharlanish (antidot)
Nojo'ya ta'sirlar
- Nafas olish tez-tezligining sekinlashishi; hansirash; o'tkir qon aylanishi yetishmovchiligi; reflekslarning susayishi; giperemiya; arterial gipotenziya; gipotermiya; mushak tonusining susayishi; bachadon atoniyasi; gipergidroz; xavotirlik; yaqqol sedatsiya; poliuriya; yurak qisqarishlari tez-tezligining sekinlashishi; elektrokardiogrammadagi o'zgarishlar. Preparat nafas markazi qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi, preparatning katta dozalari parenteral yuborilganda osonlikcha nafas markazi falajini keltirib chiqarishi mumkin. Gipermagniemiyaning erta belgilari va simptomlari: bradikardiya, diplopiya, yuzga to'satdan qon oqib kelishi, bosh og'rig'i, AB pasayishi, ko'ngil aynishi, hansirash, tushunarsiz nutq, qusish, umumiy holsizlik. Qon zardobida magniy ionlari kontsentratsiyasi oshishi tartibida joylashtirilgan gipermagniemiya belgilari: chuqur pay reflekslarining pasayishi (2-3,5 mmol/l), elektrokardiogrammada PQ intervalining uzayishi va QRS kompleksining kengayishi (2,5-5 mmol/l), pay reflekslarining pasayishi (4-5 mmol/l), nafas markazining susayishi (5-6,5 mmol/l), yurak o'tkazuvchanligining buzilishi (7,5 mmol/l), yurak to'xtashi (12,5 mmol/l).
Retseptli
Kategoriya
Qon va qon aylanishiMavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
- Kukun
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Yuqori qon bosimidan 











