MagSink
MagSink chiqarilish shakllari
MagSink haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik;
Farmakologik ta'siri
V6 vitamini modda almashinuv jarayonlarida koferment sifatida ishtirok etadi, asab tizimining meʼyorida ishlashini taʼminlaydi, hissiy-ruhiy zoʻriqishlar nazoratini shakllantirishda ishtirok etadi, suyaklar, tishlar, milklar tuzilishi va ishlashini saqlab turishda koʻmaklashadi.
Magniy organizmdagi 300 dan ortiq fermentatsiya reaksiyalarida asosiy rol oʻynaydi, nerv oʻtkazuvchanligi fiziologiyasi, mushak qisqarishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi, suyak toʻqimasi va tishlarning shakllanishi uchun zarur. Magniy organizm normal holatda boʻlganida uning barcha hujayralarida mavjud boʻladigan noorganik element hisoblanadi. Magniy hujayralarning hayoti uchun zarur elementdan iborat boʻlib, modda almashinuvining koʻplab reaksiyalarida ishtirok etadi. Fiziologik nuqtayi nazardan magniy asosan hujayra ichida toʻplangan kation hisoblanadi. Magniy ionlari neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligi kamayishiga koʻmaklashadi, mushaklarda ion muvozanatini saqlab turishda muhim fiziologik rol oʻynaydi, nerv-mushak uzatilishlarini sekinlashtiradi, koʻplab fermentativ reaksiyalarga koʻmaklashadi. Organizm magniyni ovqat bilan birga qabul qiladi.
Organizmda ruxning taʼsiri juda turli-tuman. Koʻplab ferment tizimlari tarkibida modda almashinuvida va hujayra va toʻqimalar metabolizmida faol ishtirok etadi. Mikroelement teri, sochlar va tirnoqlarning normal holatini saqlab turishga koʻmaklashadi, immun tizimining meʼyorida ishlashiga yordam beradi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
MagDiv V6 ovqat vaqtida ichish uchun tayinlanadi. Sutkalik dozani 2-3 qabul qilishga boʻlish kerak (ertalab, kunduzi va kechqurun). Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;
Qabul qilishni qonda magniy darajasi meʼyoriga kelishi bilan darhol toʻxtatish zarur; oʻrtacha qabul qilish davomiyligi - 1 oy.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













