Ташкент
logo
SavatKirish

Mataren

- Mataren qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Matarenning tarkibi
- Mataren ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Mataren narxi Toshkent dorixonalarida

Mataren qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

MATAREN® PLYUS

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

sirtga qo‘llash uchun krem

 

Savdo nomi: Mataren® Plyus

Xalqaro patentlanmagan nomi yoki guruhlashtirilgan nomi:

Meloksikam + qalampir nastoykasi

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: meloksikam ­ 30,0 mg, qalampir nastoykasi ­ 100,0 mg;

yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, koriandr moyi, lavanda moyi, suyuq parafin, propilenglikol, stearin kislotasi 50, distillangan monogliseridlar (Dimodan HP), emulsion mum, gliserol, poloksamer (emuksol-268), karbomer, natriy gidroksidi, imidomochevina (Germall®), suv.

Ta‘rifi:

Och sariqdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan krem. Qizg‘ish-jigarrang tusda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.

ATX kodi: M02AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Mataren® Plyus yallig‘lanishga qarshi, og‘riqsizlantiruvchi, shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi., krem surtilgan sohada qizdiruvchi va chalg‘ituvchi ta‘sir ko‘rsatadi, terining mahalliy giperemiyasi va gipertermiyasini chaqiradi.

Mataren® Plyus bo‘g‘imlarda (shu jumladan, umurtqa bo‘g‘imlarida) va mushaklarda tinch holatda va harakatda og‘riqni kamaytiradi, bo‘g‘imlar harakati hajmini oshishiga yordam beradi (krem surtilgan sohada). Bo‘g‘imlarning tonggi tangligi harakatini va shishini kamaytiradi. Meloksikam siklooksigenaza 2 ni tanlab susaytiradi, araxidon kislotasining metabolizmini buzadi, yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar (og‘riq va yallig‘lanish mediatrlari) miqdorini kamaytiradi.

Qalampir nastoykasi terining sezgir reseptorlariga qo‘zg‘atuvchi ta‘sirga ega bo‘lgan kapsaisin saqlaydi, bu mahalliy og‘riqsizlantiruvchi samaraga, teri va teri osti kletchatkasida qon aylanishini yaxshilashga, shuningdek qizdiruvchi samaraga olib keladi. Mahalliy qon oqimini yaxshilanishi to‘qimalarda qon aylanishini kuchayishi bilan kechadi, bu patologik o‘choqdan yallig‘lanish substratini yo‘q qilishga yordam beradi. Krem komponentlarining optimal mosligi tufayli, ularning og‘riqsizlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarini o‘zaro kuchayishi kuzatiladi. Mataren ® Plyus ning faol komponentlari birgalikda sinergizm hisobiga ushbu komponentlarning individual samarasiga qaraganda yaxshiroq ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Tayanch­harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari.

Yumshoq to‘qimalarning revmatik zararlanishi.

Og‘riq sindromi: bursit, tendinit, lyumbago, ishias, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, radikulit, jarohatdan keyingi og‘riq sindromi (travmatik lat yeyish, suyakni chiqishi, bog‘larni, mushaklarni va paylarni shikastlanishi, teri qoplamalarini butunligini buzilishisiz kechuvchi mushaklarni uzilishi), og‘ir jismoniy harakat chaqirgan mushak va bo‘g‘inlarda og‘riqda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar (12 yoshgacha), teri qoplamining butunligini buzilishi va krem surtilishi mo‘ljallangan joyda terining yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Buyrak va jigar faoliyatini buzilishida, me‘da­ichak yo‘llarining og‘ir patologiyasida (me‘da va 12 barmoq ichakning zo‘rayish bosqichi yara kasalligi), qon tizimining patologiyasida, bolalar (12 dan 18 yoshgacha) da ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Mataren® Plyus kremini boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llashdan oldin, shuningdek preparatni 10 kundan ortiq qo‘llash zarurati tug‘ilganida avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llaniladi. Krem 1 sm dan 5 sm gacha uzunlikda tizimchasi asta­sekin surtiladi, qo‘llashlar soni ­ sutkada 1­3 marta. Kremni miqdori va qo‘llashlar soni, surtish joyining maydoni va kremga pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, o‘zgarishi mumkin. Samarani kuchaytirish uchun quruq isituvchi bog‘lov qo‘yish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yuz berishi mumkin bo‘lgan keluvchi nojo‘ya samaralar shaxsiy sezuvchanlik bilan bog‘liq. Teri tomonidan allergik reaksiyalar (qichishish, teri toshmasi), terini qipiqlanishi, giperemiya bo‘lishi mumkin.

Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishida kremni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Mataren® Plyus preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari ma‘lum emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Xozirda sirtga qo‘llash uchun Mataren® Plyus kremini, boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni terining shikastlangan yuzasiga, ko‘zlarga va shilliq pardalarga tushishidan  saqlanish kerak.

Mataren® Plyus kremini ushbu sohalarga tushgani uni vazelin yoki o‘simlik moyiga botirilgan paxtali tampon yordamida olib tashlash kerak.

Preparatni ishlatgandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Prepart qo‘llanganda transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Chiqarilish shakli

30 mg/g + 100 mg/g sirtga qo‘llash uchun krem.

20, 30, 40, 50 va 100 mg dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lamagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Mataren savollari

Mataren fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil