Melepsin analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar
Analog dorilar

Retseptli
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Opereyshns Poland Sp.z.o.o.

Retseptli
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya Gerot Pharmazeutika GmbH
Narxi
47 000 so'm dan

Retseptli
Hindiston
Vakil:
KusumIshlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Narxi
82 500 so'm dan
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Melepsin
Retseptli
Kategoriya
Antiepileptik vositalariMavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
Finlepsin
Retseptli / Retsepsiz
Kategoriya
Antiepileptik vositalariMavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Tomir tortishidan Karbamazepin
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Epilepsiya (absanslar, mioklonik yoki lanj xurujlardan tashqari) - murakkab va oddiy simptomatikali partsial xurujlar, birlamchi va ikkilamchi tarqalgan tonik-klonik tirishishli xurujlar shakllari, xurujlarning aralash shakllari (monoterapiya yoki boshqa tirishishga qarshi preparatlar bilan birga). Idiopatik uch shoxli nerv nevralgiyasi, tarqoq sklerozdagi uch shoxli nerv nevralgiyasi, idiopatik til-yutqun nevralgiyasi, alkogol abstinent sindromi, affektiv buzilishlarni davolash, qandsiz diabetda polidipsiya va poliuriya, diabetik polineyropatiya. O'tkir maniakal holatlar (monoterapiya va Li+ preparatlari va boshqa antipsixik DVs bilan birga). Fazali kechuvchi affektiv buzilishlar (shu jumladan bipolyar) zo'rayishining oldini olish, zo'rayishdagi klinik ko'rinishlarni susaytirish. Fazali kechuvchi affektiv buzilishlarning (maniakal-depressiv psixoz, shizoaffektiv buzilishlar va h.k.) oldini olish. Shuningdek qo'llash mumkin (ko'rsatmalar klinik... asoslangan)
Nojo'ya ta'sirlar
- Turli nojo'ya reaktsiyalarning uchrash tezligini baholashda quyidagi darajalar qo'llanilgan: juda tez-tez – 10% va undan ko'p; tez-tez – 1%-10%; ba'zida – 0,1% - 1%; kamdan-kam 0,01% - 0,1%; juda kamdan-kam – 0,01% dan kam. Dozaga bog'liq nojo'ya reaktsiyalar odatda o'z-o'zidan yoki preparat dozasi vaqtincha kamaytirilgandan keyin bir necha kun ichida o'tib ketadi. Nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanishi preparatning nisbiy dozasini oshirib yuborish yoki qon plazmasida faol modda kontsentratsiyasining sezilarli tebranishlari natijasi bo'lishi mumkin. Bunday hollarda qon plazmasida faol modda darajasini monitoring qilish tavsiya etiladi. Markaziy asab tizimi tomonidan: juda tez-tez - bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, umumiy holsizlik; tez-tez - bosh og'rig'i, akkomodatsiya falaji; ba'zida - g'ayritabiiy ixtiyorsiz harakatlar (masalan, tremor, "hilpiraydigan" tremor - asterixis, distoniya, tiklar); nistagm; kamdan-kam hollarda - orofatsial diskineziya, ko'zni harakatlantiruvchi buzilishlar, nutq buzilishlari (masalan, dizartriya yoki tushunarsiz nutq), xoreoatetoid buzilishlar, periferik nevrit, paresteziyalar, mushak kuchsizligi va falaj simptomlari. Ruhiy soha tomonidan: kamdan-kam hollarda - gallyutsinatsiyalar (ko'rish yoki eshitish), depressiya, ishtahaning pasayishi, bezovtalik, agressiv xulq-atvor, qo'zg'alish, dezorientatsiya; juda kamdan-kam hollarda - psixoz faollashuvi. Allergik reaktsiyalar: tez-tez - eshakemi; ba'zida – eksfoliativ dermatit, eritrodermiya; kamdan-kam hollarda - bo'richasimon sindrom, qichishish; juda kamdan-kam hollarda - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, fotosuvchanlik, ko'p shaklli va tugunli eritema. Kamdan-kam hollarda - isitma, teri toshmalari, vaskulit, limfadenopatiya, limfomani eslatuvchi belgilar, artralgiya, leykopeniya, eozinofiliya, gepatosplenomegaliya va jigar funktsiyasi ko'rsatkichlarining o'zgarishi bilan kechuvchi ko'p a'zoli kechikkan turdagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (ko'rsatilgan ko'rinishlar turli kombinatsiyalarda uchraydi). Shuningdek, boshqa a'zolar (masalan, o'pka, buyraklar, oshqozon osti bezi, miokard, yo'g'on ichak) ham jalb qilinishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda - mioklonus bilan aseptik meningit, anafilaktik reaktsiya, angionevrotik shish, isitma, hansirash, pnevmonit yoki pnevmoniya bilan tavsiflanadigan o'pka tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Yuqorida ko'rsatilgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelganda preparatni qo'llash to'xtatilishi kerak. Qon yaratish organlari tomonidan: juda tez-tez - leykopeniya; tez-tez - trombotsitopeniya, eozinofiliya; kamdan-kam hollarda - leykotsitoz, limfadenopatiya; juda kamdan-kam hollarda - agranulotsitoz, aplastik anemiya, haqiqiy eritrotsitar aplaziya, megaloblastik anemiya, o'tkir o'zgaruvchan porfiriya, retikulotsitoz, gemolitik anemiya. Ovqat hazm qilish tizimi (keyingi o'rinlarda OHT) tomonidan: juda tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish; tez-tez - og'iz qurishi; ba'zida - diareya yoki qabziyat, qorinda og'riq; juda kamdan-kam hollarda - glossit, stomatit, pankreatit. Jigar tomonidan: juda tez-tez - gamma-glutamiltransferaza faolligining oshishi (jigarda ushbu ferment induktsiyasi oqibatida), bu odatda ahamiyatga ega emas; tez-tez - ishqoriy fosfataza faolligining oshishi; ba'zida - "jigar" transaminazalari faolligining oshishi; kamdan-kam hollarda - xolestatik, parenximatoz (gepatotsellyulyar) yoki aralash turdagi gepatit, sariqlik; juda kamdan-kam hollarda - granulematoz gepatit, jigar yetishmovchiligi. Yurak-qon tomir tizimi (keyingi o'rinlarda YuQTS) tomonidan: kamdan-kam hollarda - yurak ichki o'tkazuvchanligining buzilishi; arterial qon bosimining pasayishi yoki oshishi; juda kamdan-kam hollarda - bradikardiya, aritmiyalar, hushdan ketish bilan atrio-ventrikulyar blokada, kollaps, yurak yetishmovchiligining kuchayishi yoki rivojlanishi, yurak ishemik kasalligining kuchayishi (shu jumladan stenokardiya xurujlarining paydo bo'lishi yoki tezlashishi), tromboflebit, tromboembolik sindrom. Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: - shishlar, suyuqlik tutilishi, tana vaznining oshishi, giponatriemiya (ADG ta'siriga o'xshash effekt oqibatida plazma osmolyarligining pasayishi, bu kamdan-kam hollarda letargiya, qusish, bosh og'rig'i, dezorientatsiya va nevrologik buzilishlar bilan kechuvchi suyultirish giponatriemiyasiga olib keladi); juda kamdan-kam hollarda - prolaktin darajasining oshishi (galaktoreya va ginekomastiya bilan kechishi mumkin); L–tiroksin (erkin T4, T4, T3) darajasining pasayishi va tireotrop gormon (TTG) darajasining oshishi (odatda klinik ko'rinishlar bilan kechmaydi); suyak to'qimasida kaltsiy-fosfor almashinuvining buzilishi (qon plazmasida Ca2+ va 25-OH-xolekaltsiferol kontsentratsiyasining pasayishi): osteomalyatsiya; giperxolesterinemiya (shu jumladan xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZL) va gipertriglitseridemiya. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi, buyrak funktsiyasining buzilishi (masalan, albuminuriya, gematuriya, oliguriya, mochevinaning oshishi/azotemiya), tez-tez siyish, siydik tutilishi, jinsiy funktsiyaning buzilishi/impotentsiya. Tayanch-harakat aparati tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - artralgiya, mialgiya yoki tirishishlar. Sezgi a'zolari tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - ta'm bilishning buzilishi, gavhar xiralashishi, kon'yunktivit; eshitishning buzilishi, shu jumladan quloqlarda shovqin, giperakuziya, gipoakuziya, tovush balandligini idrok etishning o'zgarishi. Boshqalar: teri pigmentatsiyasining buzilishi, purpura, akne, terlash, alopetsiya.
Retseptli
Mavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Tomir tortishidan 












