logo
SavatKirish

Monodeks analoglari

Analog dorilar
DEKSAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/5ml N25
Retseptli
DEKSAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/5ml N25
Serbiya
Ishlab chiqaruvchi:
Galenika a.d.
DEKSAMETAZON 0,004/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
Retseptli
DEKSAMETAZON 0,004/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
OFTAN DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
Retseptli
OFTAN DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Santen OY
•4 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1%
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1%
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
32 400 so'm dan
FARMADEKS ko'z tomchilari 10ml 1mg/ml
Retseptli
FARMADEKS ko'z tomchilari 10ml 1mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•61 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Monodeks

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Конъюнктивит (йирингсиз ва аллергик), кератит, кератоконъюнктивит. (эпителийнинг шикастланишисиз), блефарит, склерит, эписклерит, ретинит, ирит, иридоциклит ва турли генезли бошқа увеитлар, блефароконъюнктивит, кўрув нервининг неврити, ретробульбар неврит, шох парданинг турли этиологияли юзаки жароҳатлари (шох парданинг тўлиқ эпителизациясидан кейин), жаррохлик аралашувларидан кейинги яллиғланишни олдини олиш, симптоматик офтальмияда қўлланади.

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tomchilar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ko'z tomchilar 

Deksametazon

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Ichish uchun: Addison-Birmer kasalligi; o'tkir va o'tkir osti tireoidit, gipotireoz, tireotoksikoz bilan bog'liq avj oluvchi oftalmopatiya; bronxial astma; zo'rayish bosqichidagi revmatoid artrit; NYaK; biriktiruvchi to'qima kasalliklari; autoimmun gemolitik anemiyalar, trombotsitopeniya, qon yaratish aplaziyasi va gipoplaziyasi, agranulotsitoz, zardob kasalligi; o'tkir eritrodermiya, pemfigus (oddiy), o'tkir ekzema (davolash boshida); xavfli o'smalar (palliativ terapiya sifatida); tug'ma adrenogenital sindrom; bosh miya shishi (odatda oldindan GKS parenteral qo'llashdan keyin). Parenteral yuborish uchun: turli genezli shok; bosh miya shishi (bosh miya o'smasida, kalla-miya travmasida, neyrojarrohlik aralashuvida, miyaga qon quyilishida, entsefalitda, meningitda, nur shikastlanishida); astmatik status; og'ir allergik reaktsiyalar (Kvinke shishi, bronxospazm, dermatoz, dori preparatlariga o'tkir anafilaktik reaktsiya, zardob quyish...
Nojo'ya ta'sirlar
  • Nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligi va yaqqolligi qo'llash davomiyligi va ishlatiladigan doza miqdoriga bog'liq. Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar: glyukozaga tolerantlikning pasayishi, "steroid" qandli diabet yoki latent qandli diabet manifestatsiyasi, buyrak usti bezi funktsiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (oyusimon yuz, gipofizar turdagi semirish, gipertrixoz, AB oshishi, dismenoreya, amenoreya, miasteniya, "steroid" striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi. Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi, qusish, pankreatit, oshqozon va 12-barmoqli ichakning "steroid" yarasi, eroziv ezofagit, OHTdan qon ketish va perforatsiya, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, meteorizm, hiqichoq, qorinda og'riq, epigastral sohada noqulaylik hissi. Kamdan-kam hollarda - "jigar" transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi. Yurak tomonidan buzilishlar: aritmiyalar, bradikardiya (yurak to'xtashigacha), SYuYe rivojlanishi (moyilligi bo'lgan bemorlarda) yoki og'irligining kuchayishi, EKGda gipokaliemiyaga xos o'zgarishlar. O'tkir va o'tkir osti miokard infarkti bo'lgan bemorlarda - nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qimasi shakllanishining sekinlashishi, bu yurak mushagining yorilishiga olib kelishi mumkin. Tomirlar tomonidan buzilishlar: AB oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar, v/i yuborilganda: yuzga qon "oqib kelishi", vaskulit, kapillyarlar sinuvchanligining oshishi. Ruhiyat tomonidan buzilishlar: deliriy, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, paranoyya, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, hissiy labillik, o'z joniga qasd qilishga moyillik. Asab tizimi tomonidan buzilishlar: bosh miya ichki bosimining oshishi, bosh aylanishi, vertigo, miyacha soxta o'smasi, bosh og'rig'i, tirishishlar. Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: to'satdan ko'rishni yo'qotish (bosh, bo'yin, burun chig'anoqlari, bosh terisi sohasiga parenteral yuborilganda preparat kristallarining ko'z tomirlarida to'planishi mumkin), orqa subkapsulyar katarakta, ko'ruv nervining shikastlanishi mumkin bo'lgan ko'z ichki bosimining oshishi, ko'zning ikkilamchi bakterial, zamburug'li yoki virusli infektsiyalari rivojlanishiga moyillik, shox pardaning trofik o'zgarishlari, ekzoftalm, xemoz, ptoz, midriaz, shox parda perforatsiyasi, markaziy seroz xorioretinopatiya. Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: kaltsiy ajralishining kuchayishi, gipokaltsiemiya, tana vaznining oshishi, manfiy azot balansi (oqsil parchalanishining kuchayishi), ko'p terlash, giperxolesterinemiya, epidural lipomatoz. Mineralokortikoid faollik bilan bog'liq - suyuqlik va natriy tutilishi (periferik shishlar), gipernatriemiya, gipokaliemik sindrom (gipokaliemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushak spazmi, g'ayrioddiy holsizlik va charchoq). Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: bolalarda o'sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashishi (epifizar o'sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kamdan-kam hollarda - suyaklarning patologik sinishi, yelka va son suyagi boshchasining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, "steroid" miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya). Buyrak va siydik yo'llari tomonidan buzilishlar: leykotsituriya. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: yaralarning bitishi sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terining ingichkalashishi, giper- yoki gipopigmentatsiya, "steroid" husnbuzarlar, "steroid" striyalar, piodermiya va kandidozlar rivojlanishiga moyillik. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: generalizatsiyalangan (teri toshmasi, teri qichishishi, anafilaktik shok), mahalliy allergik reaktsiyalar. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: infektsiyalarning rivojlanishi yoki kuchayishi (bu nojo'ya ta'sirning paydo bo'lishiga birga qo'llaniladigan immunodepressantlar va emlash yordam beradi), "bekor qilish" sindromi. Parenteral yuborilganda mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida achishish, uvishish, og'riq, paresteziyalar va infektsiyalar, kamdan-kam hollarda - atrofdagi to'qimalar nekrozi, in'ektsiya joyida chandiqlar hosil bo'lishi; m/o yuborilganda teri va teri osti kletchatkasi atrofiyasi (ayniqsa deltasimon mushakka yuborish xavfli). V/i yuborilganda: aritmiyalar, yuzga qon "oqib kelishi", tirishishlar.
Batafsil

Retseptli / Retsepsiz

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
  • Eritma
  • Tomchilar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Milk uchun,  Ko'z tomchilar 

Oftan-Deksametazon

Qo‘llash ko‘rsatmalari
Ma'lumot topilmadi
Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tomchilar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil