logo
SavatKirish

Nalgezin analoglari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Analog dorilar
NAPROFF tabletkalari 550mg N10
Retseptli
NAPROFF tabletkalari 550mg N10
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
•3 ta dorixonada bor
Narxi
31 900 so'm dan
AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10
Retseptli
AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ali Raif Ilac San. A.S.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Nalgezin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • •Tayanch-harakat apparati kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi); podagrik artrit, yumshoq to'qimalarning revmatik shikastlanishi, periferik bo'g'imlar va umurtqa pog'onasi osteoartrozi, shu jumladan radikulyar sindrom bilan, tendovaginit, bursit). •Kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan og'riq sindromi: nevralgiya, ossalgiya, mialgiya, lyumboishialgiya, yallig'lanish bilan kechuvchi posttravmatik og'riq sindromi (cho'zilishlar va lat yeyishlar), operatsiyadan keyingi og'riq (travmatologiya, ortopediya, ginekologiya, jag'-yuz jarrohligida), bosh og'rig'i, migren, algodismenoreya, adneksit, tish og'rig'i. •Yaqqol og'riq sindromi bilan kechuvchi quloq, tomoq, burunning infektsion-yallig'lanish kasalliklarini (faringit, tonzillit, otit) kompleks davolash tarkibida. •«Shamollash» va infektsion kasalliklarda isitma sindromi. Nalgezin forte simptomatik terapiya (og'riqni, yallig'lanishni kamaytirish va yuqori tana haroratini tushirish) uchun qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Nojo'ya ta'sirlar Nalgezin forte yuqori dozalarda qo'llanilganda eng tez-tez uchraydi: - ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, qorinda og'riq, dispepsiya, ko'ngil aynishi, diareya, yarali stomatitlar, oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari va qon ketishlari, «jigar» fermentlari faolligining oshishi, jigar funktsiyasining buzilishi, sariqlik, qonli qusish, melena; -markaziy asab tizimi tomonidan: eshitishning pasayishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, depressiya, uyqu buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik, uyqusizlik, holsizlik, mialgiya va mushak kuchsizligi, reaktsiya tezligining sekinlashishi, aseptik meningit, kognitiv disfunktsiya; -teri qoplamalari tomonidan: qichishish, ekximozlar, ko'p terlash, purpura, alopetsiya, fotodermatozlar; -sezgi a'zolari tomonidan: quloqlarda shovqin, ko'rishning buzilishi, eshitishning buzilishi; -yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shishlar, hansirash, yurak urishi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, vaskulit, -siydik-tanosil tizimi tomonidan: glomerulonefrit, gematuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi, buyrak papillyar nekrozi, hayz tsiklining buzilishi; -qon yaratish organlari tomonidan: eozinofiliya, granulotsitopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, aplastik anemiya; -nafas olish tizimi tomonidan: eozinofil pnevmoniyalar; -allergik reaktsiyalar: teri toshmalari, eshakemi, angionevrotik shish, epidermal nekroz, ko'p shaklli eritema, Stiven-Djonson sindromi; -boshqalar: chanqoqlik, gipertermiya, giperglikemiya, gipoglikemiya, qon ketish vaqtini oshiradi, gemolitik anemiya. Agar Siz shunday hodisalarni sezsangiz, preparat qabul qilishni to'xtating va, imkon qadar, shifokorga murojaat qiling.
Batafsil

Retseptli / Retsepsiz

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Og'riqdan 

Aksen fort

Qo‘llash ko‘rsatmalari

-Og'riqli sindrom bilan kechuvchi holatlar: nevralgiya, ishialgiya, orqa miya churrasi, tishlarni ekstraktsiyasi; og'iz bo'shlig'idagi operatsiyalar, epiziotomiya, tug'ruqdan keyingi og'riqlar, operatsiyadan keyingi og'riqlar; dismenoreya, bachadon ichki spiralini kiritish bilan bog'liq og'riqlar; migrenning o'tkir xurujlarini oldini olish va davolash.
-Revmatik kasalliklar: revmatoid artrit, osteoatrit, ankilozlovchi spondilit, revmatizm.
-Travmatologiya: chiqishlar, mushaklarni uzilishlari va jarohatlari, travmatologik va ortopedik operatsiyalar.
-Podagraning o'tkir xurujlari.
-Urologiya va LOR a'zolardagi yallig'lanish xarakteriga ega og'riqlar.
-Infektsion kasalliklar: spetsifik davolashga qo'shimcha analьgetik, yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo'llanadi.

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Og'riqdan 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil