Ташкент
logo
SavatKirish

Nikotinovaya

Nikotinovaya chiqarish shakllari

NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•19 ta dorixonada bor
Narxi
4 900 so'm dan
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
Retseptsiz
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•19 ta dorixonada bor
Narxi
4 900 so'm dan
MR NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
MR NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
3 800 so'm dan
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N5
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Integra DD, OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N5
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Integra DD, OOO
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
- Nikotinovaya qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nikotinovayaning tarkibi
- Nikotinovaya ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nikotinovaya narxi Toshkent dorixonalarida

Nikotinovaya qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Vitamin preparati

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-     nikotin kislotasiga yuqori sezuvchanlik

-       arterial gipertenziya va aterosklerozning og'ir shakllari (vena ichiga in'ektsiya uchun)

-       me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (xuruj davrida)

-       jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari

-       yaqinda o'tkazilgan miokard infarkti

-       dekompensatsiyalangan qandli diabet

-       podagra va giperurekemiya

-       homiladorlik va laktatsiya davri

-       18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Farmakodinamikasi

Nikotin kislotasi tuzilishi bo'yicha nikotinamidga yaqin.

Nikotin kislotasi va uning amidlari organizmning hayot faoliyati uchun muhim rol' o'ynaydi: ular vodorodni tashuvchi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini amalga oshiruvchi fermentlar – kodegidraza I (difosfopiridinnukleotid - NAD) va kodegidraza II (trifosfopiridinnukleotid - NADF) ning prostetik guruhi hisoblanadi. Kodegidraza II shuningdek, fosforni o'tkazilishida ishtirok etadi.

Nikotin kislotasi vitamin RR tanqisligini o'rnini to'ldiradi, qon tomirlarga kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarni nafas olishini, uglevod va yog'lar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, detoksikatsiya qiluvchi va gipoglikemik faollikka ega, xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteidlarning(ayniqsa triglitseridlar)umumiy darajasini pasaytiradi, qon tomirlarni kengaytiradi.

Farmakokinetikasi

Nikotin kislotasini parenteral yuborilganda tez so'riladi. Organizmning a'zo va to'qimalari bo'ylab bir tekis taqsimlanadi. Asosan metil guruhini qo'shilish yo'li bilan va kam darajada kon'yugatsiya yo'li bilan faolsizlanadi. Qisman jigarda biotransformatsiyaga uchrab, N-metilnikotinamid, metilpiridon karboksamid, glyukuronid va glitsin bilan kompleks hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 45 minut. Asosan buyrak orqali o'zgarmagan holda va metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Buyrak klirensi qon plazmasidagi nikotin kislotasining miqdoriga bog'liq va plazmada uning kontsentratsiyasi yuqori bo'lganida pasayishi mumkin.

Dozirovkasi

Nikotin kislotasini kattalarga teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuboriladi.

Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini 0,9% li natriy xloridi eritmasining 10 ml da suyultiriladi, kamida 5 minut davomida (2 mg nikotin kislotasi 1 minutdan kam bo'lmagan vaqtda) yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatning bir martalik dozasini 0,9% li natriy xloridi eritmasining 100-200 ml da suyultiriladi, yuborish tezligi minutiga 30-40 tomchini tashkil etadi.

Preparatni teri ostiga va mushak ichiga yuborilishi og'riqlidir.

Pellagrada vena ichiga va mushak ichiga 1% li 1 ml eritma kuniga 1-2 marta 10-15 kun davomida yuboriladi.

Ishemik insul'tda vena ichiga (asta-sekin) 1% li 1 ml eritma yuboriladi.

Boshqa ko'rsatmalarda  teri ostiga yoki mushak ichiga 10 mg (1 ml) dan kuniga 1 marta  10-15 kun davomida buyuriladi. Infuzion eritmalarga: 10 mg (1 ml) nikotin kislotasi 100-200 ml infuzion eritmasiga qo'shililishi mumkin.

Maksimal dozalar vena ichiga yuborilganda: bir martalik doza – 100 mg (10 ml), sutkalik – 300 mg (30 ml).

Maksimal'nie dozi  pri vnutrivennom vvedenii: razovaya – 100 mg (10 ml), sutochnaya – 300 mg (30 ml).

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlarni kuchayishi – arterial gipotenziya, bosh og'rig'i, xushdan ketishi mumkin, bosh aylanishi, boshga qon oqib kelishini his qilish.

Davolash: preparatni bekor qilish, dezintoksikatsion davolash, simptomatik davolash. Spetsifik antidoti yo'q.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Uzoq vaqt qo'llash jigarning yog'li distrofiyasiga olib kelishi mumkinligi tufayli, uning oldini olish uchun bemorlarning parheziga metioninga boy mahsulotlar kiritiladi yoki metionin, lipoat kislotasi buyuriladi. Davolash jarayonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatga yuqori sezuvchanlik paydo bo'lganida (qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar sifatida qo'llangan hollardan tashqari) nikotinamidga almashtirish mumkin.

Preparat giperatsid gastritda, me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligida (xuruj davridan tashqari) ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Preparatni qo'llash qandli diabeti bo'lgan bemorlarda insulinga ehtiyojni oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda dislipidemiyani muvofiqlashtirish uchun qo'llash maqsadga muvofiq emas.

Glyukozaga tolerantlikni pasayishi tufayli, shuningdek davolashni uzoq muddatga cho'zilishi mumkinligi sababli, qon zardobdagi glyukoza, siydik kislotasining darajasini monitoringini muntazam o'tkazish kerak.

Glaukomada, qon ketishda, arterial gipotenziyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta'sirining o'ziga xosligi

Dori preparatining nojo'ya ta'sirlarini hisobga olib, avtotransportni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Peroral homilaga qarshi vositalar va izoniazid triptofanni nikotin kislotasiga aylanishini pasaytiradi, shunday qilib, nikotin kislotasiga bo'lgan ehtiyojni oshiradi.

Nikotin kislotasi barbituratlar, tuberkulyozga qarshi vositalar, sul'fanilamidlarning samaradorligi va zaharliligini pasaytiradi. Sul'fanilmochevina preparatlari bilan birga qo'llanganda qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Shuningdek, nikotin kislotasi neomitsinning toksikligini pasaytiradi va u tomondan induktsiya qilingan xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning kontsentratsiyasini kamaytiradi.

Antibiotiklar nikotin kislotasi tomonidan chaqirilgan terini qizarishini kuchaytirishi mumkin.

Atsetilsalitsil kislotasi nikotin kislotasining ta'siri ostida paydo bo'ladigan terini qizarish samarasini kamaytiradi.

Tsiprofibratni nikotin kislotasi bilan majmuada qo'llash tavsiya qilinmaydi.

Lovastatin, pravastatin nojo'ya reaktsiyalarini rivojlanishi xavfini oshishini nazarda tutib, nikotin kislotasi bilan majmuada qo'llanishi tavsiya qilinmaydi.

Gipotenziv vositalar (gipotenziv ta'siri kuchayishi mumkin), antikoagulyantlar, atsetilsalitsil kislotasi bilan (gemorragiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib) birga qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat fibrinolitik vositalar, spazmolitiklar va yurak glikozidlarining ta'sirini, alkogolning jigarga zaharli ta'sirini rag'batlantiradi.

Tiamin xloridining eritmasi bilan aralashtirish mumkin emas (tiaminni parchalanishi yuz beradi).

Sotish shartlari

Retsept bo'yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

faol modda: nikotin kislotasi – 10 mg;

yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, in'ektsiya uchun suv- 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

1,0 ml dan tibbiy polietilen yoki polipropilenli ampulalarda yoki shisha ampulalarda 1% in'ektsiya uchun eritma.

Farmakoterapevtik guruh

Vitamin preparati

Dori shakli

1% in'ektsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

-       yuz va tananing yuqori qismini sanchish va achishish bilan kechuvchi giperemiyasi (yuqori sezuvchanligi bo'lgan shaxslarda);

-       eshakemi, qichishish hissi, toshmalar;

-       bosh aylanishi, boshga qon oqib kelish hissi, bosh og'rig'i;

-       ortostatik gipotenziya (vena ichiga tez yuborilganda va yuqori sezuvchanlikda).

Uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llaganda:

-       terini qurishi, eksfoliativ dermatit;

-       anoreksiya, qusish, diareya;

-       jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan jigar distrofiyasi, sariqlik;

-       aritmiyalar;

-       paresteziyalar;

-       giperurikemiya;

-       giperpigmentatsiya, giperkeratoz;

-       glyukozaga tolerantlikni kamayishi;

-       giperglikemiya;

-       aspartataminotransferaza, laktatadegidrogenaza, ishqoriy fosfataza faolligini tranzitor oshishi;

-       me'da-ichak yo'llari shilliq qavatini ta'sirlanishi.

Vena ichiga tez yuborilganda:

-       kollaps;

-       teri ostiga va mushak ichiga in'ektsiya qilingan joylarda og'riq.

Qo'llanilishi

• RR gipovitaminozi, RR avitaminozi (pellagra);

• majmuaviy davolash tarkibida:

 ishemik insul'tda 

 qo'l-oyoqlar qon-tomirlarining obliteratsiyalovchi kasalliklarida (obliteratsiyalovchi endarteriit, Reyno sindromi);

 yuz nervi nevritida;

 Qandli diabetda, shuningdek uning asoratlarida (diabetik polineyropatiya, mikroangiopatiya);

 Xartnup kasalligi (ayrim aminokislotalar, shuningdek triptofanning hazm bo'lishinin buzilishi bilan kechuvchi irsiy kasalliklar).

Ta'rifi

Тиниқ, рангсиз эритма

Nikotinovaya narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Nikotinovaya barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Nikotinovaya savollari

Nikotinovaya fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil