Ostatin analoglari


Guruh analoglari
Ostatin
Akromegaliya - jarrohlik yo'li bilan davolash va nur bilan davolashdan keyin etarli samara bo'lmagan hollarda kasallikning asosiy ko'rinishlarini nazorat qilish va plazmada o'sish gormoni hamda insulinga o'xshash o'sish omili 1 (IO'O-1) darajasini pasaytirish uchun qo'llanadi. Oktreotid shuningdek operasiyadan voz kechgan yoki unga qarshi ko'rsatmalar bo'lgan akromegaliya bo'lgan bemorlarni davolash uchun, shuningdek nur bilan davolash kurslari oralig'ida uning samarasi to'liq rivojlangunicha, qisqa muddatli davolash uchun ham qo'llanadi.
Me'da-ichak yo'llari va me'da osti bezining endokrin o'smalari bilan bog'liq bo'lgan simptomlarini engillashtirish:
-karsinoid sindrom bilan kechuvchi karsinoid o'smalar;
-Vipomalar (vazofaol intestinal peptidni ko'p ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadigan o'smalar);
-glyukagonomalar;
-gastrinomalar/Zollinger-Ellison sindromi โ odatda N2-gistamin reseptorlarining antagonistlari yoki proton nasosi ingibitorlari bilan majmuada;
-insulinomalar (operasiyadan oldingi davrda gipoglikemiyani nazorat qilish, hamda bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun);
-somatoliberinomalar (o'sish gormoni rilizing-omilini juda ko'p ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadigan o'smalar).ย
Oktreotid o'smaga qarshi preparat hisoblanmaydi va uni qo'llash ushbu toifa bemorlarini butunlay tuzalib ketishiga olib kelmaydi.
OITS bo'lgan bemorlarda refrakter diareya.
Me'da osti bezida o'tkazilgan operasiyalardan keyingi asoratlarni oldini olish.
Jigar tsirrozi bo'lgan bemorlarda qizilo'ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishini to'xtatish va qon ketishini qaytalanishini (residiv) oldini olish (spesifik davolash choralari, masalan, endoskopik skleroz chaqiruvchi davolash bilan majmuada) uchun qo'llanadi.
Retseptli
- Eritma
AKTID
Aktid (oktreotid atsetat) noadekvat yoki jarrohlik rezektsiyalarini o'tkazilishi mumkin bo'lmagan, gipofizni nur bilan davolashni va bromokreptin mezilatni maksimal o'zlashtira oladigan dozasini qabul qilolmaydigan patsiyentlarda qonda o'sish gormoni va IFR-1 (somatomedin S) darajasini kamaytirish uchun qo'llanadi. Bundan maqsad kartsinoid o'smalarda o'sish gormoni va IFR-1 ning (somatomedin S) darajasini normallashtirishga erishish hisoblanadi.
Aktid (oktreotid atsetat) kartsinoid o'smalarni metastazi bo'lgan bemorlarni simptomatik davolash uchun buyuriladi, u yerda u kasallik bilan bog'liq kuchli diareya va isitmani bostiradi yoki susaytiradi.
Aktid (oktreotid atsetat) VIP-ishlab chiqaradigan o'smalar bilan bog'liq ko'p suyuqlik yo'qotish bilan kechadigan diareyani davolash uchun buyuriladi.
Retseptli
- Eritma













