PARESning aptekalardagi narxlari
PARES tabletkalari 100mg+500mg N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
34 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
PARES ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PARES
PARES
Preparatning savdo nomi: Pares
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): asiklofenak va parasetamol
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100 mg aseklofenak, 500 mg parasetamol;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy benzoati, povidon (PVPK-30), kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
qobig‘i: gipromelloza, polietilenglikol 6000, dixlormetan, izopropil spirti, titan dioksidi, talk, temir (II) oksidi.
Ta‘rifi: kapsula shaklidagi, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat
ATX kodi: N02BE51
Farmakologik ta‘siri
Aseklofenak
Aseklofenak yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirlarga ega. Prostaglandinlar (PG) sintezini susaytiradi va shu orqali yallig‘lanish patogenezi, og‘riq va isitmani paydo bo‘lishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Revmatik kasalliklarda aseklofenakning yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘siri og‘riqning, ertalabki tanglikning, bo‘g‘imlar shishining yaqqolligi ahamiyatli kamayishiga olib keladi, bu pasientning funksional holatini yaxshilaydi.
Parasetamol
Farmakologik ta‘siri – isitmani tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
MNT (markaziy nerv tizimi) da PG sintezini susaytiradi, periferik to‘qimalarda og‘riq impulslari generasiyasini bloklaydi, termoregulyasiyaning gipotalamik markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, qon tomirlarni kengayishi va kuchli terlash hisobiga issiqlik ajralib chiqishini oshiradi.
Farmakokinetika
Aseklofenak
Tabletkalar qabul qilingandan keyin aseklofenak MIY dan tez so‘riladi va tizimli qon aylanishiga kiradi. Asiklofenakning biokiraolishligi 100% ga yaqin. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasini 1,5-3 soatdan keyinoq kuzatish mumkin. Ovqatni parallel ravishda qabul qilish asiklofenakning o‘zlashtiraolinishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, lekin so‘rilish jarayonini biroz sekinlashtiradi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori – taxminan 99%. Dori vositasi sinovial suyuqlikka o‘tish qobiliyatiga ega (sinovial suyuqlikdagi konsentrasiyasi – 60%). Dori vositasining taqsimlanish xajmi 30 litr. O‘rtacha T1/2 4-4,3 soatni tashkil etadi. Klirensi soatiga 5 l ni tashkil etadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 2/3 qismi buyraklar orqali, asosan kon‘yugatlangan gidroksimetabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Ichga qabul qilingandan keyin dozaning faqat 1% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Parasetamol
Me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Plazmadagi konsentrasiyasi yarim soatdan bir soatgacha cho‘qqiga erishadi, plazmadagi yarim parchalanish davri bir soatdan uch soatgachani tashkil qiladi va keyinchalik butun organizm bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi yuz beradi. Parasetamol jigar mikrosomal fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi.
Qo‘llanilishi
Og‘riq sindromini bartaraf etish va yallig‘lanishni davolash. Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, revmatoid artrit, podagrik artrit, osteoartroz, ankilozlovchi spondilitda qo‘llanadi.
Seropozitiv revmatoid artrit. Psoriatik va enteropatik artropatiyalar. Podagra. Poliartroz. Ankilozlovchi spondilit. Lyumbago, tish og‘rig‘i, yelka-kurak periartriti, yumshoq to‘qimalarni revmatik shikastlanishi, tendinit, miozit, tendosinovit, cho‘zilishlar, lat yeyish, bo‘g‘imlarni chiqishi, periartrit, lyumbago, qiyshiqbo‘yin. Quloq, tomoq va burunning yallig‘lanish kasalliklari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Pares tabletkalari kattalarda peroral qabul qilish uchun buyuriladi. Paresning tavsiya etilgan dozasi – bir tabletkadan ertalab va kechqurun, kuni ikki tabletkani tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aseklofenak
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, meteorizm, anoreksiya, jigar transaminazalari faolligini oshishi, me‘da-ichakdan qon ketishi, MIY eroziv-yarali shikastlanishi va perforasiyasi, gematemezis, melena, yashin tezligidagi gepatit, qabziyat.
MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, his qilishni buzilishi, paresteziya, xotirani pasayishi, dezorientasiya, ko‘rishni, eshitishni va ta‘m bilishni buzilishi, quloqlarda shovqin, uyquni buzilishi (uyquchanlik yoki uyqusizlik), ta‘sirchanlik, tirishishlar, depressiya, xavotirlik, tremor, aseptik meningit.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi; kam hollarda – eshakemi, ekzema, ko‘p shaklli eritema, eritrodermiya, tizimli anafilaktik reaksiyalar, bronxial astma, ayrim hollarda – vaskulit, pnevmonit, xavfli ekksudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – periferik shish; ayrim hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, interstisial nefrit, nefrotik sindrom.
Qon yaratish tizimi tomonidan: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, plastik anemiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, AB oshishi, surunkali yurak yetishmovchiligi.
Parasetamol
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik ko‘rinishlar, uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanilganda – gepatotoksik ta‘sir.
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Aseklofenak yoki parasetamolga yoki tabletkalarning har qanday boqsha komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ta‘siri shunga o‘xshash bo‘lgan substansiyalar (masalan aspirin yoki boshqa NYAQV) astma xurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit yoki isitma chaqirgan pasientlarda yoki bu dori vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar. O‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki jigar yoki buyrak faoliyatini o‘tkir yomonlashishi va homiladorlikning oxirgi uch oyligi.
Zo‘rayish bosqichidagi MIY eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan yarali kolit, Kron kasalligi). Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki unga gumon qilish. Aortokoronar shuntlash o‘tkazilgandan keyingi davrda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Paresning o‘zaro ta‘siri boshqa NYAQV larning o‘zaro ta‘siri bilan bir xil.
Aseklofenak plazmada litiy, digoksin va metotreksatning konsentrasiyasini oshirishi, antikoagulyantlarning faolligini oshirishi, diuretiklarning faolligini ingibisiya qilishi, siklosporinning toksikligini oshirishi va xinolon qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganda konvulsiyalarni tezlashtirishi mumkin.
Kaliy tejovchi diuretiklar bilan yondosh buyurilganda zardobdagi kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.
Gipo- yoki giperglikemiya asiklofenak va antidiabetik dori vositalarini yondosh qo‘llash tufayli, garchi kam hollarda bo‘lsa ham yuz berishi mumkin. Aseklofenakni boshqa NYAQV yoki kortiksteroidlar bilan yondosh qo‘llash nojo‘ya samaralar tez-tezligini oshishiga olib kelishi mumkin.
Barbuturatlar, karbamazepin, gidantoin, izoniazid, rifampisin va sulfinpirazonni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda parasetamolning potensial gepatotoksikligi kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pares me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari bo‘lgan pasientlarga va peptik yaralar, serebrovaskulyar qon ketishlar, yarali kolit, Kron kasalligi, porfiriya, gemopoezni yoki koagulyasiyani buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan va tibbiy kuzatuv ostida buyurilishi kerak. Buyrak, jigar yoki yurak faoliyatini yengildan o‘rtacha darajagacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek suyuqlikni tutilishiga moyil holatlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Umuman olganda nojo‘ya reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Oqibatlar, masalan me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va/yoki perforasiya ko‘pincha jiddiy bo‘ladi, ogohlantiruvchi simptomlarsiz yoki dastlabki ko‘rinishlarsiz, davolashning har qanday vaqtida paydo bo‘lishi mumkin. Keksa pasientlarda ehtimol buyrak, yurak-qon tomir yoki jigar faoliyatini yomonlashishi kuzatiladi. NYAQV bilan uzoq vaqt davolanayotgan barcha pasientlar oldini oluvchi tekshiruvdan (masalan, buyrak, jigar faoliyati va qon tahlili) o‘tishlari kerak.
Surunkali og‘ir alkogolizmi bo‘lgan pasientlar parasetamolni haddan ziyod qo‘llash oqibatida jigar toksikligi xavfi yuqori bo‘lishi mumkin, garchi bu haqidagi kam hollarda xabar berilgan. Alkogolni ko‘p miqdorda iste‘mol qiladigan pasientlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday pasientlar Paresning maksimal tavsiya etilgan dozalarini oshirmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Dori vositasi homilador ayollarga tavsiya etilmaydi. Dori vositasi emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Odamda aseklofenakning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Simptomlari: bosh og‘rig‘i, psixomtor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilishi mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Jadallashtirilgan diurez, gemodializ yetarli darajada samarali emas.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkalar alyumin va PVX blisterda.
2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomsi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari