PLATIFILLIN ko'rsatmalar
Farmakoterapevtik guruh: | - Спазмолитическое средство |
Ishlab chiqaruvchi: | - Здоровье,ФК, ООО |
Ishlab chiqarilish joyi: | - Ukraina |
Kategoriya: | - Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PLATIFILLIN-ZDOROVE
PLATYPHYLLINYe-ZDOROVYE
Preparatning savdo nomi: Platifillin-Zdorove
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): platifillin (platyphylline)
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 2 mg platifillin gidrotartarati;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita.
ATX kodi: A03AX.
Farmakologik xususiyatlari
Platifillinning ta‘sir mexanizmi M-xolinoreseptorlarni blokadasi bilan bog‘liq, buning oqibatida postganglionar xolinergik tolalarning oxirlaridan innervasiya qilinadigan effektor a‘zolarning xujayralariga nerv impulslarini o‘tkazilishi buziladi; silliq mushaklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri relaksasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Vegetativ ganglialarning N-xolinoreseptorlarini ham (ancha kuchsizroq) bloklaydi.
Preparat dozaga bog‘liq antixolinergik samaraga ega: kichik dozalarda so‘lak va bronxial bezlarning sekresiyasini, ter ajralishini, ko‘zlarning akkomodasiyasini ingibisiya qiladi, qorachiqni kengayishini, yurak qisqarishlari sonini oshishi chaqiradi, katta dozalarda – ovqat hazm qilish yo‘llarining (shu jumladan safro chiqarish yo‘llari va o‘t qopi) va siydik chiqarish yo‘llarining qisqaruvchanlik faoliyatini pasaytiradi, me‘da sekresiyasini pasaytiradi.
Xolinobloklovchi ta‘siri ko‘proq darajada parasimpatik nerv tizimining yuqori tonusi yoki M-xolinostimulyatorlarning ta‘siri fonida namoyon bo‘ladi.
Adashgan nervning ta‘sirini kamaytirib, yurakning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, miokardning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, yurakning zarb hajmini oshiradi. Terining mayda qon tomirlarini kengayishini chaqiradi. Katta dozalarda qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazning faoliyatini susaytiradi va simpatik ganglialarni bloklaydi, buning oqibatida qon tomirlar kengayadi va arterial bosim (asosan vena ichiga yuborilganida) pasayadi. Bachadon, qovuq va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashtiradi; spazmolitik ta‘sir qilib, og‘riq sindromini bartaraf qiladi. Bronxlarning silliq mushaklarini adashgan nervning tonusini oshishi yoki xolinostimulyatorlar tomonidan chaqirilgan spazmni bo‘shashtiradi; nafas hajmini oshiradi, bronxial bezlarning sekresiyasini susaytiradi.
Periferik xolinoreaktiv tizimlarga ta‘siri bo‘yicha atropinga yaqin, lekin kam zaharli va yaxshi o‘zlashtiriladi. Periferik M-xolinorespiratorlarga atropinga nisbatan kamroq ta‘sir ko‘rsatadi, kamroq darajada taxikardiya chaqiradi (ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida) va ichki sekresiya bezlarining sekresiyasini kuchsizroq susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Platifillin gistogematik to‘siqlar orqali (shu jumladan gematoensefalik), xujayra va sinaptik membranalar orqali oson o‘tadi. Katta dozalarda yuborilganida markaziy nerv tizimining (MNT) xujayralarida ahamiyatli konsentrasiyalarda to‘planadi. Jigarda metabolizmga uchraydi.
Buyraklar va ichak orqali chiqariladi. To‘g‘ri qo‘llanganida (dozalar, yuborishlar orasidagi interval) to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
Majmuaviy davolash tarkibida: gastroduodenit, funksional dispepsiya, pilorospazm, xolesistit, xolelitiaz, ichak sanchig‘i, buyrak sanchig‘i, o‘t pufak sanchig‘i. Bronxial astma (bronxospazmni oldini olish uchun), bronxoreya. Algodismenoreya. Serebral arteriyalarning spazmi. Angiotrofonevroz.
Qo‘llash usuli va dozalari
Teri ostiga yuboriladi. Kattalar va 15 yoshdan bolalarga spastik og‘riq, bronxial astmaning davomli xuruji, serebral va periferik angiospazmlarni bartaraf qilish uchun 1-2 ml dan sutkada 1-2 marta yuboriladi.
Kursli davolashda teri ostiga 1-2 ml dan sutkada 1-2 marta, 10-15-20 kun davomida yuboriladi.
Bir martalik va sutkalik doza, yuborish tez-tezligi pasientning yoshi va ko‘rsatmalarga qarab shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi. Maksimal bir martalik doza – 10 mg, maksimal sutkalik doza – 30 mg.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ta‘m sezishni buzilishlari, disfagiya, ichak harakatini atoniyagacha kamayishi, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t pufagining tonusini kamayishi.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siyishni qiyinlashishi va siydikni tutilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya (shu jumladan ekstrasistoliya), yuzni qizarishi, qizib ketish hissi, arterial bosimni pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dizartriya, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi, uyqusizlik, xavotirlik, amnestik sindrom.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: midriaz, fotofobiya, akkomedasiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Nafas tizimi tomonidan: bronxlarning tonusi va sekretor faoliyatini kamayishi, bu yo‘talganda qiyin ajraladigan, qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishiga olib keladi.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: teri toshmalari, eshakemi, eksfoliativ dermatit, teri ajralishini kamayishi, terining quruqligi.
Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, mitral stenoz, og‘ir arterial gipertenziya. O‘tkir qon ketishi. Tireotoksikoz. Gipertermik sindrom. Qizilo‘ngachning axalaziyasi, privratnikning stenozi, ichakning atoniyasi. Glaukoma. Jigar va buyrak yetishmovchiligi. Miasteniya. Siydikni tutilishi yoki unga moyillik. Miyani shikastlanishi. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Fenobarbital, pentobarbital, magniy sulfati va etaminal natriyning sedativ va uyqu ta‘sirini, ichga buyuriladigan N2-gistaminblokatorlar, digoksin va riboflavinning samaralarini kuchaytiradi (peristaltikani sekinlashtiradi va so‘rilishini yaxshilaydi), prozerinning samarasini bloklaydi. Adrenomimetiklar va nitratlar ko‘z ichki bosimini oshishini potensiyalaydilar.
Verapamilni qabul qilish oqibatidagi bradikardiyani, morfinni qabul qilish oqibatidagi ko‘ngil aynishi, qusish va bradikardiyani bartaraf qiladi.
M-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol (shizofreniyali bemorlarda antipsixotik samarasi pasayishi mumkin), fenotiazin, monoaminoksidaza ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, benzaktizin, xinidin sulfati, izoniazid, ayrim antigistamin preparatlari, dizopiramid, novokainamid antixolinergik nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradilar. Antixolinesteraz preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin.
Morfin yurak-qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini, MAO ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samarasini, yurak glikozidlari – musbat batmotrop ta‘sirini, xinidin va novokainamid-xolinobloklovchi ta‘sirini kuchaytiradi.
Silliq mushaklarning spazmlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda preparatning ta‘sirini analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar kuchaytiradilar, qon tomirlarning spazmlarida – gipotenziv va sedativ vositalar kuchaytiradilar.
Nomutanosibligi. Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Prostata bezining giperplaziyasi, yoki siydik chiqarish yo‘llarining obstruksiyasi, Daun kasalligi, bolalar serebral falaji bo‘lgan pasientlarga; reflyuks ezofagitda, diafragmaning qizilo‘ngach teshigini reflyuks-ezofagit bilan qo‘shilgan churrasida; nospesifik yarali kolit, megakolonda; 40 yoshdan oshgan bemorlarda tashxis qo‘yilmagan glaukoma bo‘lishi mumkinligini hisobga olib; vegetativ (avtonom) neyropatiyada; keksa yoshli bemorlarda yoki holsizlangan bemorlarda; qiyin ajraladigan, kam ishlab chiqariladigan quyuq balg‘am bilan kechuvchi o‘pkalarning surunkali kasalliklarida yoki orqaga qaytuvchi obstruksiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Kserotomiyasi bo‘lgan pasientlarda uzoq muddat qo‘llash, so‘lak ajralishining yanada pasayishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparat ehtiyotkorlik bilan va faqat ona uchun kutilgan foyda, homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llanadi.
Bolalar. Preparat 15 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.
Davolash vaqtida diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: falajli ichak tutilishi, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan bemorlarda), akkomodasiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoqning shilliq qavatini qurishi; yutishni qiyinlashishi, midriaz (rangdor pardani to‘liq yo‘qolishigacha), tremor, tirishishlar, gipertermiya, keyingi susayishi bilan, MNT ni qo‘zg‘alishi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faoliyatini susayishi.
Davolash: jadallashtirilgan diurez, ichakning falajini susaytiruvchi va taxikardiyani kamaytiruvchi xolinesteraza ingibitorlarini (fizostigmin, galantamin yoki prozerin) yuborish. O‘rtacha qo‘zg‘aluvchanlik va yengil tirishishlarda – magniy sulfatini yuborish, og‘ir hollarda – natriy oksibutirati, oksigenoterapiya, o‘pkalarning sun‘iy ventilyasiyasi. Hayotga xavf soluvchi taxikardiyada – xinidin sulfati, propranolol.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 2 mg/ml 1 ml dan ampulalarda №10 qutida; №5x2, №10 blisterlarda qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.