Apteka.uz
SavatKirish

REVMOKSIKAM

REVMOKSIKAM chiqarilish shakllari

REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
Retseptli
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
24 900 so'm dan
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
Retseptli
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
Retseptli
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
- REVMOKSIKAM qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- REVMOKSIKAMning tarkibi
- REVMOKSIKAM ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- REVMOKSIKAM narxi Toshkent dorixonalarida

REVMOKSIKAM haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REVMOKSIKAM

REUMOXICAM

Preparatning savdo nomi: Revmoksikam

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meloksikam (meloxicam)

Dori shakli: rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 15 mg meloksikam;

yordamchi moddalar: qattiq yog‘.

Ta‘rifi: Yashil tusli och sariq rangli, sigaretsimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning yuzasida qatlamni bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Meloksikam.

ATX kodi: M01AC06.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi vosita. Ta‘sir mexanizmi asosan siklooksigenaza-2 ni ingibisiya qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yallig‘lanish o‘chog‘ida yallig‘lanishga qarshi prostaglandinlarning biosintezini susayishiga olib keladi. Siklooksigenaza-1 bilan yaqinligi past bo‘lganiligi tufayli, preparat terapevtik dozalarda me‘da-ichak yo‘llari va buyraklardagi sitoprotektiv prostaglandinlarning biosinteziga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuningdek trombositlarning funksional faolligini susaytirmaydi. Xondroneytral preparat hisoblanadi, bo‘g‘im tog‘ayidagi xondrositlar tomonidan proteoglikanni sinteziga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Rektal qo‘llanganida meloksikam tizimli qon oqimiga yaxshi so‘riladi, biokiraolishligi 89% ni tashkil qiladi. Qondagi barqaror terapevtik konsentrasiyasiga davolash boshlangandan so‘ng 3-5 kundan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99% dan ortiqni tashkil qiladi. Jigarda asosan oksidlanish yo‘li bilan biotransformasiyaga uchraydi va 4 ta faol bo‘lmagan metabolitlari hosil bo‘ladi. Meloksikamning metabolizmida asosiy rolni CYP2CP i CYP3A4 fermentlari, shuningdek peroksidaza o‘ynaydi. Preparatning taqsimlanish hajmi past – o‘rtacha 11 l, plazma klirensi – minutiga 8 ml ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri taxminan 20 soatni tashkil etadi, bu uni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi. Organizmdan chiqarilishi buyrak va ichak orqali teng proporsiyalarda yuz beradi; sutkalik dozaning 5% o‘zgarmagan holda ichak orqali chiqariladi. Preparat gistogematik to‘siqlar orqali o‘tadi, sinovial suyuqlikka yaxshi kiradi, u yerda uning konsentrasiyasi qon plazmasidagi darajasining 50% ni tashkil etadi.

Keksa yoshdagi shaxslarda preparatning yarim chiqarilish davrini biroz oshishi, shuningdek plazma klirensini pasayishi (ayniqsa ayollarda) kuzatiladi xolos.

Preparat jigar yoki o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20-40 ml) bo‘lgan bemorlarga buyurilganida, meloksikamning farmakokinetikasini jiddiy o‘zgarishi va nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini oshishi aniqlanmagan.

 

Qo‘llanilishi

Quyidagilarni simptomatik davolashda qo‘llanadi:

  • osteoartritlar (artrozlar, bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklari);
  • revmatoid artritlar;
  • ankilozlovchi spondiloartritlar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga

Osteoartritlar: sutkada 15 mg (1 suppozitoriy) buyuriladi.

Revmatoid artritlarda: sutkada 15 mg (1 suppozitoriy) buyuriladi.

Ankilozlovchi spondilitlarda: sutkada 15 mg (1 suppozitoriy) buyuriladi.

Kattalar uchun tavsiya etilgan maksimal sutkalik doza 15 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasi oshirilishi va davolash davomiyligi uzaytirilishi bilan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish havfi oshishi tufayli, eng qisqa davolash vaqti davomida eng kichik samarali sutkalik dozani qo‘llash kerak.

Revmoksikam preparatining turli dori shakllari birga buyurilganida umumiy sutkalik doza 15 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon va limfa tizimlari tomonidan: qon tahlili ko‘rsatkichlari (differensiasiyalangan leykositar formula) ni normadan siljishi, leykopeniya, trombositopeniya, anemiya.

Potensial jihatdan mielotoksik preparat, ayniqsa metotreksatni bir vaqtda qabul qilish sitopeniyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaksiya, anafilaktoid reaksiya va tez avj oluvchi boshqa allergik reaksiyalar.

Ruhiy buzilishlar: ongni chalkashishi, dezorientasiya, kayfiyatni o‘zgarishi.

Nevrologik buzilishlar: bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘rish faoliyatini ko‘rishni noaniqligini o‘z ichiga olgan buzilishi, kon‘yunktivit.

Eshitish va vestibulyar apparati tomonidan buzilishlar: vertigo, quloqlarni shang‘illashi.

Kardial buzilishlar: yurak urishini his etish, shishlar.

Qon tomir buzilishlari: arterial bosimni oshishi, giperemiya, qizib ketish hissi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQV ga allergiyasi bo‘lgan pasientlarda astma.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: me‘da-ichak perforasiyasi, me‘da-ichak yo‘llaridan yashirin yoki makroskopik qon ketishlari, gastroduodenal yaralar, kolit, gastrit, ezofagit, stomatit, qorinda og‘riq, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm, kekirish.

Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, yaralarni paydo bo‘lishi yoki perforasiyasi potensial o‘limga olib kelishi mumkin.

Gepatobiliar tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: gepatit, jigar faoliyatining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini buzilishi (masalan transaminazalar yoki bilirubin darajasini oshishi).

Teri va teri osti yog‘ to‘qimasi tomonidan: toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish, bullyoz dermatit, ko‘p shaklli eritema, teri toshmalari, eshakemi, fotosensibilizasiya, qichishish.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (qon zardobida kreatinin va/yoki mochevinaning konsentrasiyasini oshishi) bo‘lishi mumkin.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llash siyishni buzilishi, shu jumladan siydikni o‘tkir tutilishi bilan kechishi mumkin.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: suppozitoriy kiritilgan joyda o‘zgarishlar, shu jumladan anorektal sohada shish, achishish, qichishish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Meloksikamga va dori vositasining boshqa tarkibiy qismlariga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Revmoksikamni asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq astma simptomlari, burun poliplari bo‘lgan eshakemi yoki angionevrotik shish simptomlari bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas, chunki kesishgan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

Shuningdek quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:

  • ovqat hazm qilish yo‘llaridagi yaralarni faol shakli yoki yaqinda paydo bo‘lgan yaralar/perforasiya;
  • yo‘g‘on ichakning yallig‘lanish kasalligini faol shakli (Kron kasalligi yoki yarali kolit);
  • og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;
  • dializ talab etilmaydigan og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
  • me‘da-ichakdan manifest qon ketishi, yaqinda kuzatilgan serebrovaskulyar qon ketishi yoki qon ivish tizimidagi buzilishlari;
  • nazorat qilib bo‘lmaydigan og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi;
  • anamnezida proktit va rektal qon ketishlari.

Aortokoronar shuntlashda operasiyadan keyingi davri davomida revmoksikam preparatini og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Prostaglandinsintetazaning boshqa ingibitorlari, shu jumladan glyukokortikoidlar va salisilatlar (asetilsalisil kislotasi): prostaglandinsintetazaning ingibitorlarini birga yuborish sinergik ta‘siri tufayli, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va yaralarni paydo bo‘lish havfini oshishiga olib keladi, shuning uchun birga davolash tavsiya etilmaydi. Meloksikamni boshqa nosteroid yalllig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Peroral antikoagulyantlar, antitrombositar vositalar, geparin tizimli yuborilganida, trombolitik vositalar, shuningdek serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: trombositlarning faoliyatini tormozlanishi tufayli, qon ketish xavfi oshadi. Bunday birga davolash zarurati bo‘lganida sinchkov kuzatuvni amalga oshirish tavsiya etiladi.

Litiy: Qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini oshiradigan, NYAQV nisbatan ma‘lumotlar muxim o‘rin tutadi. Davolash boshlanishida, Revmoksikam preparatning dozasini tanlashda va davolash to‘xtatilganida qon plazmasida litiyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Metotreksat: NYAQV metotreksatning tubulyar (buyrak naychalari orqali) sekresiyasini kamaytirib, shu bilan plazmadagi konsentrasiyasini oshirishlari mumkin. Shu sababli, metotreksatning yuqori dozalari bilan (haftasiga 15 mg dan ortiq) davolanayotgan pasientlarga NYAQV birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. NYAQV va metotreksatni o‘zaro ta‘sir qilish havfini metotreksatning kichik dozalari bilan davolanayotgan, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar ham inobatga olishlari kerak. Majmuaviy davolash zarurati bo‘lgan hollarda qon tahlili va buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. NYAQV va metotreksatni qo‘llash uch kun ketma-ket davom etgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki metotreksatning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi va toksikligi kuchayishi mumkin. Garchi metotreksatning farmakokinetikasi meloksikam bilan yondosh davolash ta‘sirida o‘zgarmagan bo‘lsa-da, NYAQV bilan davolashda metotreksatning gematologik toksikligi kuchayishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Kontrasepsiya: NYAQV homilaga qarshi vositalarning samaradorligini pasaytiradilar.

Diuretiklar: suvsizlangan bemorlarni NYAQV bilan davolash o‘tkir buyrak yetishmovchiligini potensial rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Shuning uchun davolashni boshlashdan oldin buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak, keyinchalik esa revmoksikam va diuretiklar bir vaqtda qo‘llanganida bemorlar suyuqliklarni adekvat miqdorda olishlari kerak.

Antigipertenziv preparatlar (beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, vazodilatatorlar, diuretiklar): NYAQV antigipertenziv samarasini kamaytiradilar, bu vazodilatator prostaglandinlarga ingibisiya qiluvchi ta‘siri bilan bog‘liq.

NYAQV va angiotenzin-II reseptorlarining antagonistlari, shuningdek AAF ingibitorlari kalavalar filtrasiyasini kamayishiga nisbatan sinergik ta‘sir ko‘rsatadi. Bu buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Xolestiramin gastrointestinal traktda meloksikamni bog‘lab, uni organizmdan tez chiqarilishiga olib keladi.

Buyrak prostaglandinlariga ta‘sir qilishi tufayli, NYAQV siklosporinning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin, preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida buyraklar faoliyatini nazorat qilish talab etiladi.

Meloksikam jigarda metabolizmga uchrab, deyarli to‘liq parchalanadi, taxminan uchdan ikki qismi sitoxrom (CYP) R450 ishtirokida va uchdan bir qismi peroksidazali oksidlanish orqali yuz beradi.

Metabolizm bosqichida revmoksikam va boshqa preparatlarni CYP2S9 va/yoki CYP3A4 ga ta‘sir qilishi hisobiga ular farmakokinetik o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin.

Revmoksikam antasidlar, simetidin, digoksin va furosemid bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Preparatni peroral antidiabetik vositalar bilan o‘zaro ta‘sirini istisno qilish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa NYAQV qo‘llanganida bo‘lgani kabi, preparat qo‘llanganida me‘da-ichak kasalliklari bo‘lgan, antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlarning holatini yaxshilab kuzatish kerak. Agar pasientda peptik yara yoki me‘da-ichakdan qon ketishlari bo‘lsa, revmoksikamni buyurish ta‘qiqlanadi.

Boshqa NYAQV qo‘llanganida bo‘lgani kabi, me‘da-ichakdan potensial o‘limga olib keluvchi qon ketishlari, me‘da-ichak yaralari yoki perforasiya anamnezida oldindan kuzatilgan simptomlar yoki me‘da-ichak yo‘llarining jiddiy kasalliklari bilan yoki ularsiz, preparat bilan davolanishning istalgan vaqtida rivojlanishi mumkin. Juda ham jiddiy oqibatlar keksa yoshdagi odamlarda kuzatilgan.

NYAQV qo‘llanganida yakka hollarda jiddiy teri reaksiyalari kuzatilgan, ularning ba‘zilari o‘lim bilan tugagan, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kuzatilgan. Bunday reaksiyalarning eng yuqori rivojlanish xavfi davolanishning boshida kuzatilgan, bunda ko‘pchilik hollarda bunday reaksiyalar davolanishning birinchi oyi davomida paydo bo‘lgan. Teri toshmalari, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari ilk bor paydo bo‘lganida Revmoksikamni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy yurak-qon tomir trombotik o‘zgarishlari, miokard infarkti va insultni yuz berish havfni oshirishlari mumkin. Davolash davomiyligi uzayganida bu xavf o‘sishi mumkin. Bu xavf yurak-qon tomir kasalliklari yoki bunday kasalliklarni rivojlanish xavf omillari bo‘lgan pasientlarda oshishi mumkin.

NYAQV buyraklarda qon oqimini tutib turishda muhim rol o‘ynaydigan buyrak prostaglandinlarini sintezini ingibisiya qiladi. Qon hajmi pasaygan va buyraklarda qon oqimi pasaygan pasientlarda NYAQV ni qo‘llash davolash tugaganidan so‘ng qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.

Bunday reaksiyalarning eng yuqori rivojlanish xavfi keksa yoshdagi pasientlarda, degidratasiya, dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, jigar sirrozi, nefrotik sindrom va surunkali renal (buyrak) buzilishlari bo‘lgan bemorlarda, shuningdek diuretiklar, AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda yoki gipovolemiyaga olib kelgan yirik jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatda bo‘lgan pasientlarda kuzatilishi mumkin. Bunday pasientlarda davolashni boshlanishida diurez va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

NYAQV yakka hollarda interstisial nefrit, glomerulonefrit, renal modullyar nekrozlarga yoki nefrotik sindromlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Dializ muolajasini olayotgan, buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlar uchun revmoksikamning dozasi 7,5 mg dan (tabletkalar ko‘rinishida) oshmasligi kerak. Biroz yoki o‘rtacha darajadagi renal yetishmovchiligi (kreatinin klirensining darajasi minutiga 25 ml dan ortiq) bo‘lgan bemorlar uchun preparatning dozasini pasaytirmasa ham bo‘ladi.

Ko‘pchilik NYAQV bilan davolanganda bo‘lgani kabi, yakka hollarda jigar transaminazalari yoki jigar faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlarini oshishi ta‘riflangan. Ko‘pchilik hollarda bu siljishlar biroz darajada va vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lgan. Jigar faoliyatining ko‘rsatkichlari normadan turg‘un va sezilarli darajada siljiganida, revmoksikam bilan davolashni to‘xtatish va nazorat sinamalarini o‘tkazish kerak. Klinik jihatdan barqaror kechayotgan jigar sirrozi bo‘lgan bemorlar uchun revmoksikamning dozasini pasaytirish kerak emas. Holsizlangan bemorlar yanada sinkov kuzatuvga muhtojdirlar. Boshqa NYAQV bilan davolashda bo‘lgani kabi, buyrak, jigar va yurak faoliyatini pasayishi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarga nisbatan ehtiyot bo‘lish kerak.

NYAQV organizmda natriy, kaliy va suvni ushlanib qolishini kuchaytirishi va diuretiklarning natriyuretik samaralariga ta‘sir qilishi mumkin, bu yurak faoliyatini buzilishlari yoki arterial gipertenziyani chaqirishi yoki kuchaytirishi mumkin. Bunday pasientlarda klinik monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi.

Har qanday boshqa NYAQV singari, meloksikam ham infeksion kasalliklarning simptomlarini oshirish mumkin.

Siklooksigenaza/prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qiluvchi boshqa vositalar kabi meloksikamni qo‘llash reproduktiv faoliyatga salbiy ta‘sir etishi mumkin va homilador bo‘lishga harakat qilayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Shuning uchun homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan yoki bepushtlik yuzasidan tekshiruvlardan o‘tayotgan ayollar uchun meloksikam qabul qilishni to‘tatish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi homiladorlikka va/yoki embrion hamda homilani rivojlanishiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarning natijalari, homiladorlikning ilk davrida prostaglandinlar sintezining ingibitorlari qo‘llanganidan so‘ng homilani tashlash va yurak nuqsonlari va gastroxizislarni rivojlanish xavfini oshishini taxmin qilish imkonini beradi. Yurak nuqsonlarini mutloq rivojlanish xavfi kamida 1% dan taxminan 1,5% gacha oshdi. Bu xavf preparatning dozasini oshirilishi va davolash davomiyligini uzaytirilishi bilan ortadi deb hisoblanadi.

Homiladorlikning III uch oyligida prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlari homila uchun xavf tug‘dirishi mumkin:

  • yurak-o‘pkaga nisbatan toksikligi (arterial yo‘lini muddatidan oldin bekilishi va o‘pka gipertenziyasi bilan kechadi);
  • oligogidroamnion bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin bo‘lgan buyrak faoliyatini buzilishi;

homiladorlikning oxirgi muddatlarida ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun bo‘lishi mumkin havflar:

  • hatto juda kichik dozalarda ham qon ketish vaqtini uzayishi, antiagregasion samara rivojlanishi mumkin;
  • bachadon qisqarishlarini susayishi, bu tug‘ruqni kechikishi va uzayishiga olib keladi.

Garchi meloksikamga nisbatan aniq bir ma‘lumotlar bo‘lmasa-da, NYAQV ni ko‘krak sutiga o‘tishi mumkinligi ma‘lumdir. Shuning uchun Revmoksikam preparatini emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

Preparat, yuvenil revmatoid artrit (Still-Shoffar kasalligi) dan tashqari, 12 yoshdan boshlab bolalarni davolash uchun qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga preparatning ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Biroq ko‘rish faoliyatini buzilishi, uyquchanlik yoki markaziy nerv tizimini boshqa buzilishlari kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanganida bunday faoliyatlardan saqlanish tavsiya etilgan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi simptomlari: letargiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, me‘da-ichakdan qon ketishlari bo‘lishi mumkin.

Og‘ir zaharlanish arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi, koma, yurak urishini to‘xtashiga olib kelishi mumkin. “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limida keltirilgan ko‘rinishlar bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, to‘g‘ri ichakni yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi. Spesifik antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

5 suppozitoriydan blisterda. 1 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Meloksikamga yoki dori vositasining boshqa tarkibiy qismlariga, yoki NYQP, aspirin kabi shunga o‘xshash ta’sirga ega faol moddalarga yuqori sezuvchanlik. Meloksikamni aspirini yoki boshqa NYQP qabul qilgandan keyin astma, burun poliplari, angionevrotik shish yoki eshakemi belgilari paydo bo‘lgan pasientlarga tayinlash mumkin emas;
- anamnezda NYQP bilan oldingi davolash bilan bog‘liq bo‘lgan me’da-ichakdan qon ketishi yoki perforatsiya;
- faol yoki qaytalanyvchi peptik yara/anamnezda qon ketish (yara yoki qon ketishining ikki yoki undan ortiq alohida tasdiqlangan holatlari);
- og‘ir jigar yetishmovchiligi;
- dializ qo‘llanmaydigan og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
- me’da-ichakdan qon ketishi, anamnezda serebrovaskulyar qon ketish yoki qon ivishining boshqa buzilishlari;
- og‘ir yurak yetishmovchiligi;
- aortokoronar shuntlashda (AKSh) operatsiyadan keyingi og‘riq.

Farmakokinetikasi

Absorbtsiya. Meloksikam peroral qo'llanilganda me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi, preparatning mutlaq biokiraolishligi 90% ni tashkil qiladi. Meloksikam bir marta qo'llanilgandan so'ng qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 5-6 soat ichida erishiladi.
Ko'p marta dozalanganda barqaror kontsentratsiyalarga 3-5-sutkalarda erishiladi. Sutkada 1 marta dozalash qon plazmasida cho'qqilarning nisbatan kichik tebranishlari bilan o'rtacha kontsentratsiyaga olib keladi: 7,5 mg uchun 0,4-1 mkg/ml va 15 mg uchun 0,8-2 mkg/ml oralig'ida (barqaror holatdagi Cmin va Сmax mos ravishda). Barqaror holatda qon plazmasidagi meloksikamning o'rtacha kontsentratsiyalariga 5-6 soat ichida erishiladi.
Bir vaqtda ovqat iste'mol qilish yoki noorganik antatsidlarni qo'llash preparatning so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi. Meloksikam qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albumin bilan (99%) bog'lanadi. Meloksikam sinovial suyuqlikka kiradi, undagi kontsentratsiya qon plazmasidagining yarmiga teng. Taqsimlanish hajmi past, mushak ichiga yoki vena ichiga qo'llanilgandan so'ng o'rtacha 11 l va 7-20% oralig'ida individual og'ishlarni ko'rsatadi. Meloksikamning ko'p martalik peroral dozalari (7,5 dan 15 mg gacha) qo'llanilgandan so'ng taqsimlanish hajmi 16 l ni tashkil qiladi, og'ish koeffitsienti 11% dan 32% gacha oraliqda.
Biotransformatsiyasi. Meloksikam jigarda ekstensiv biotransformatsiyaga uchraydi.
Siydikda meloksikamning to'rt xil metaboliti aniqlangan bo'lib, ular farmakodinamik jihatdan nofaol. Asosiy metabolit 5’-karboksimeloksikam (dozaning 60% i) oraliq metabolit 5’-gidroksimetilmeloksikamning oksidlanishi orqali hosil bo'ladi, u ham kamroq darajada ajralib chiqadi (dozaning 9% i). In vitro tadqiqotlar shuni taxmin qiladiki, CYP 2C9 metabolizm jarayonida muhim rol o'ynaydi, CYP 3А4 izoenzimlari esa kamroq darajada ta'sir qiladi. Bemorlarda peroksidaza faolligi, ehtimol, dozaning mos ravishda 16% va 4% ini tashkil qiluvchi boshqa ikkita metabolit uchun javobgardir.
Eliminatsiyasi. Meloksikamning chiqarilishi asosan metabolitlar shaklida teng qismlarda siydik va axlat bilan sodir bo'ladi. Sutkalik dozaning 5% dan kamrog'i axlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi, oz miqdori siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri peroral, mushak ichiga va vena ichiga qo'llanilgandan so'ng 13 dan 25 soatgacha o'zgarib turadi. Plazma klirensi bir martalik peroral doza, vena ichiga yoki rektal qo'llanilgandan so'ng taxminan 7-12 ml/daqiqani tashkil qiladi.
Doza chiziqliligi. Meloksikam peroral va mushak ichiga qo'llanilgandan so'ng 7,5 mg dan 15 mg gacha bo'lgan terapevtik doza oralig'ida chiziqli farmakokinetikani namoyon qiladi.
Bemorlarning alohida guruhlari.
Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar. Yengil va o'rtacha darajadagi jigar va buyrak yetishmovchiligi meloksikam farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. O'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda umumiy klirens ancha yuqori bo'lgan. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishining pasayishi terminal buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda kuzatilgan. Terminal buyrak yetishmovchiligida taqsimlanish hajmining oshishi erkin meloksikam kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Sutkalik doza 7,5 mg dan oshirilmasligi kerak ("Dozalash rejimi" bo'limiga qarang).
Keksa yoshdagi bemorlar. Keksa yoshdagi erkak jinsli bemorlarda o'rtacha farmakokinetik parametrlar yosh erkak ko'ngillilardagi shunday parametrlarga o'xshash. Keksa yoshdagi ayol jinsli bemorlarda har ikkala jinsdagi yosh ko'ngillilarga nisbatan AUC qiymatlari yuqori va yarim chiqarilish davri uzoqroq. Keksa yoshdagi bemorlarda muvozanatli holatda plazmaning o'rtacha klirensi yosh ko'ngillilarga qaraganda biroz pastroq bo'lgan.

Farmakologik ta'siri

Revmoksikam – bu enol kislotasi sinfiga mansub nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat (NYQP) bo'lib, u yallig'lanishga qarshi, analgetik va antipiretik samaralarga ega.
Meloksikam barcha standart yallig'lanish modellarida yuqori yallig'lanishga qarshi faollikni namoyon etdi. Boshqa NYQP lar kabi, uning aniq ta'sir mexanizmi noma'lumligicha qolmoqda. Biroq, barcha NYQP lar (shu jumladan meloksikam) uchun umumiy rivojlanish mexanizmi mavjud: yallig'lanish mediatorlari bo'lgan prostaglandinlar biosintezini susaytirish.

Maxsus ko‘rsatmalari

Nojo‘ya reaksiyalarni simptomlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan eng kam samarali dozani eng qisqa davolash muddati davomida qo‘llash orqali minimallashtirish mumkin («Dozalash rejimi» bo‘limi va quyidagi oshqozon-ichak va yurak-qon tomir xavflariga oid ma'lumotlarga qarang).
Tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozani terapevtik samarasi yetarli bo‘lmagan taqdirda oshirish mumkin emas, shuningdek qo‘shimcha NYaQV qo‘llash kerak emas, chunki bu toksiklikni oshirishi mumkin, terapevtik afzalliklari esa isbotlanmagan. Meloksikamni NYaQV, shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Meloksikam o‘tkir og‘riqni qoldirishga muhtoj bemorlarni davolash uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Bir necha kundan keyin yaxshilanish bo‘lmasa, davolashning klinik afzalliklarini qayta baholash kerak.
Meloksikam bilan terapiyani boshlashdan oldin ularni to‘liq davolashni ta'minlash maqsadida anamnezdagi ezofagit, gastrit va/yoki peptik yaraga e'tibor qaratish kerak. Meloksikam bilan davolangan bemorlarda va anamnezida bunday holatlar bo‘lgan bemorlarda qaytalanish ehtimoli yuzasidan muntazam ravishda e'tibor qaratish kerak.
Oshqozon-ichak buzilishlari.
Boshqa NYaQV qo‘llanilganda bo‘lgani kabi, potensial o‘limga olib keluvchi oshqozon-ichakdan qon ketishi, yara yoki perforatsiya davolash jarayonida har qanday vaqtda oldingi simptomlar mavjudligida yoki ularsiz, yoki anamnezda jiddiy oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lganda yuzaga kelishi mumkin.
Anamnezida yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketish yoki perforatsiya bilan asoratlangan bemorlarda («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang) va keksa yoshdagi bemorlarda NYaQV dozasi oshirilganda oshqozon-ichakdan qon ketish, yara yoki perforatsiya xavfi yuqori bo‘ladi. Bunday bemorlarga davolashni eng kam samarali dozadan boshlash kerak. Bunday bemorlar uchun himoya dori vositalari (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari) bilan kombinatsiyalangan terapiyani ko‘rib chiqish kerak, shuningdek aspirinning past dozasini yoki oshqozon-ichak xavflarini oshiruvchi boshqa dori vositalarini birga qo‘llashga muhtoj bo‘lgan bemorlar uchun (quyidagi ma'lumotga va «Dori vositalarining o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang).
Anamnezida oshqozon-ichak toksikligi bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarga, barcha g‘ayrioddiy abdominal simptomlar (ayniqsa oshqozon-ichakdan qon ketishlar) haqida, asosan davolashning boshlang‘ich bosqichlarida xabar berish kerak.
Yara yoki qon ketish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini, xususan geparinni radikal terapiya sifatida yoki geriatrik amaliyotda, varfarin kabi antikoagulyantlarni yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini, shu jumladan yallig‘lanishga qarshi dozalarda (≥ 1 g bir martalik doza yoki ≥ 3 g umumiy sutkalik doza) asetilsalisil kislotasini bir vaqtda qo‘llayotgan bemorlarga nisbatan ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak («Dori vositalarining o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang).
Meloksikam qo‘llayotgan bemorlarda oshqozon-ichakdan qon ketish yoki yara paydo bo‘lganda preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.
NYaQVni anamnezida oshqozon-ichak kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu holatlar zo‘rayishi mumkin («Nojo‘ya ta'siri» bo‘limiga qarang).
Jigar tomonidan buzilishlar.
NYaQV (shu jumladan Revmoksikam) qo‘llayotgan bemorlarning 15 %igacha qismida bitta yoki undan ortiq jigar testlari qiymatlarining oshishi bo‘lishi mumkin. Bunday laboratoriya og‘ishlari kuchayishi mumkin, o‘zgarmasdan qolishi mumkin yoki davolash davom ettirilganda vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. ALT yoki AST ning sezilarli oshishi (normadan taxminan uch va undan ortiq marta yuqori) NYaQV bilan klinik tadqiqotlar vaqtida 1 % bemorlarda kuzatilgan. Qo‘shimcha ravishda kamdan-kam hollarda og‘ir jigar reaksiyasi, shu jumladan sariqlik va yashin tezligidagi o‘limga olib keluvchi gepatit, jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi haqida xabar berilgan, ulardan ba'zilari o‘lim bilan yakunlangan.
Jigar disfunksiyasi simptomlari yoki shubha qilingan bemorlarni, yoki jigar testlarida og‘ishlar kuzatilgan bemorlarni Revmoksikam bilan terapiya vaqtida og‘irroq jigar yetishmovchiligi simptomlari rivojlanishiga baholash zarur. Agar klinik belgilar va simptomlar jigar kasalliklari rivojlanishi bilan mos kelsa yoki tizimli kasallik ko‘rinishlari (masalan eozinofiliya, toshmalar) kuzatilsa, Revmoksikamni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Yurak-qon tomir buzilishlari.
Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki yengildan o‘rtacha darajagacha dimlanishli yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar sinchkovlik bilan kuzatilishi tavsiya etiladi, chunki NYaQV terapiyasida suyuqlik ushlanib qolishi va shish kuzatilgan.
Xavf omillari bo‘lgan bemorlarda terapiya boshida, ayniqsa meloksikam bilan davolash kursi boshida arterial bosimni klinik kuzatish tavsiya etiladi.
Ba'zi NYaQVni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davolashda) qon tomir trombotik hodisalari (masalan miokard infarkti yoki insult) xavfining biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Meloksikam uchun bunday xavfni istisno qilish uchun ma'lumotlar yetarli emas.
Nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, dimlanishli yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi, periferik arterial kasallik va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan bemorlarga meloksikam bilan terapiyani faqat sinchkov tahlildan so‘ng o‘tkazish kerak. Shunga o‘xshash tahlil yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari (arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish kabi) bo‘lgan bemorlarni uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin zarur.
NYaQV jiddiy yurak-qon tomir trombotik asoratlari, miokard infarkti va insult xavfini oshirishi mumkin, ular o‘limga olib kelishi mumkin. Xavfning oshishi qo‘llash davomiyligi bilan bog‘liq. Yurak-qon tomir kasalliklari yoki yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari bo‘lgan bemorlarda xavf yuqori bo‘lishi mumkin.
Teri tomonidan buzilishlar.
NYaQV qo‘llanilganda jiddiy teri reaksiyalari kuzatilgan, ulardan ba'zilari o‘limga olib kelgan, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz («Nojo‘ya ta'siri» bo‘limiga qarang). Bunday reaksiyalar paydo bo‘lishining eng katta xavfi davolash boshida kuzatilgan, bunda ko‘pchilik hollarda bunday reaksiyalar davolashning birinchi oyi davomida paydo bo‘lgan. Teri toshmalari, shilliq qavatlarning shikastlanishi yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari birinchi marta paydo bo‘lganda meloksikamni qo‘llashni to‘xtatish zarur.
Anafilaktik reaksiyalar.
Boshqa NYaQV qo‘llanilganda bo‘lgani kabi, anafilaktik reaksiyalar Revmoksikamga ma'lum reaksiyasi bo‘lmagan bemorlarda kuzatilishi mumkin. Revmoksikamni aspirinli triadasi bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas. Ushbu simptomatik kompleks astmasi bo‘lgan bemorlarda uchraydi, ularda burun poliplari bilan yoki ularsiz rinit haqida xabar berilgan yoki aspirin yoxud boshqa NYaQV qo‘llagandan keyin og‘ir, potensial o‘limga olib keluvchi bronxospazm namoyon bo‘lgan. Anafilaktoid reaksiya aniqlanganda shoshilinch yordam choralarini ko‘rish kerak.
Jigar parametrlari va buyrak funksiyasi.
Ko‘pchilik NYaQV bilan davolashda bo‘lgani kabi, transaminazalar darajasi, qon zardobida bilirubin yoki jigar funksiyasining boshqa parametrlari oshishining yakka holatlari ta'riflangan, qon zardobida kreatinin va qon mochevinasi azoti oshishi va laboratoriya ko‘rsatkichlarining boshqa og‘ishlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bu og‘ishlar ahamiyatsiz bo‘lgan va vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lgan. Bunday og‘ishlar sezilarli yoki doimiy tasdiqlanganda meloksikamni qo‘llashni to‘xtatish va nazorat testlarini o‘tkazish kerak.
Funksional buyrak yetishmovchiligi.
NYaQV buyrak prostaglandinlarining tomir kengaytiruvchi ta'sirini susaytirish orqali kalavalar filtratsiyasining pasayishi oqibatida funksional buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin. Bu nojo‘ya ta'sir dozaga bog‘liq hisoblanadi. Davolash boshida yoki doza oshirilgandan keyin quyidagi xavf omillari bo‘lgan bemorlarda diurez va buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi:
- keksa yosh;
- AAF ingibitorlari, angiotensin II antagonistlari, sartanlar, diuretiklar bilan birga qo‘llash («Dori vositalarining o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang);
- gipovolemiya (har qanday genezli);
- dimlanishli yurak yetishmovchiligi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- nefrotik sindrom;
- lupus-nefropatiya;
- og‘ir darajali jigar disfunksiyasi (zardob albumini ˂ 25 g/l yoki Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha ≥ 10).
Yakka hollarda NYaQV interstitsial nefritlar, glomerulonefritlar, buyrak medullyar nekrozlari yoki nefrotik sindromlarga olib kelishi mumkin.
Dializda bo‘lgan terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun meloksikam dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak. Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga dozani kamaytirmaslik mumkin (kreatinin klirensi darajasi 25 ml/daq dan yuqori).
Natriy, kaliy va suvning ushlanib qolishi.
NYaQV natriy, kaliy va suvning ushlanib qolishini kuchaytirishi va diuretiklarning natriyuretik ta'siriga ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, gipotenziv dori vositalarining antigipertenziv ta'sirining pasayishi kuzatilishi mumkin («Dori vositalarining o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang). Shu sababli natijada sezgir bemorlarda shish, yurak yetishmovchiligi yoki arterial gipertenziya tezlashishi yoki zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun bunday xavflari bo‘lgan bemorlarga klinik monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi («Dozalash rejimi» va «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limlariga qarang).
Giperkaliemiya.
Giperkaliemiyaga qandli diabet yoki kaliemiyani oshiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash yordam berishi mumkin («Dori vositalarining o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang). Bunday hollarda kaliy darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Boshqa ogohlantirishlar va xavfsizlik choralari.
Nojo‘ya reaksiyalarni keksa yoshdagi bemorlar, kuchsiz yoki holsizlangan bemorlar ko‘pincha yomon o‘tkazadilar, ular sinchkov kuzatuvga muhtoj bo‘ladilar. Boshqa NYaQV bilan davolashda bo‘lgani kabi, buyrak, jigar va yurak funksiyasining pasayishi ehtimoli yuqori bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarga nisbatan ehtiyot bo‘lish kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda NYaQVga nojo‘ya reaksiyalar, ayniqsa o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan oshqozon-ichakdan qon ketishlar va perforatsiyalar yuzaga kelishi chastotasi yuqori bo‘ladi («Dozalash rejimi» bo‘limiga qarang).
Meloksikam, har qanday boshqa NYaQV kabi, yuqumli kasalliklar simptomlarini niqoblab qo‘yishi mumkin.
Meloksikamni qo‘llash reproduktiv funksiyaga salbiy ta'sir qilishi mumkin va homilador bo‘lishni xohlaydigan ayollarga tavsiya etilmaydi. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollar uchun meloksikam qabul qilishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak («Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash» bo‘limiga qarang).
Revmoksikam 7,5 mg va 15 mg tabletkalari tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun preparatni kamdan-kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoxud galaktoza so‘rilishining buzilishi bo‘lgan bemorlarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Yallig‘lanish va isitmani niqoblash.
Revmoksikamning isitma va yallig‘lanishni kamaytirish bo‘yicha farmakologik ta'siri shubha qilingan noinfeksion og‘riq holatida diagnostikani qiyinlashtirishi mumkin.
Kortikosteroidlar bilan davolash.
Revmoksikam kortikosteroid yetishmovchiligini davolashda kortikosteroidlarning ehtimoliy o‘rnini bosuvchisi bo‘la olmaydi.
Gematologik ta'sirlar.
Anemiya NYaQV, shu jumladan Revmoksikam olayotgan bemorlarda kuzatilishi mumkin. Bu suyuqlik ushlanib qolishi, noma'lum kelib chiqishga ega oshqozon-ichakdan qon ketishi yoki eritropoezga makroskopik yoki to‘liq ta'riflanmagan ta'sir bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. NYaQV, shu jumladan Revmoksikam bilan uzoq muddat davolanayotgan bemorlarga, agar anemiya simptomlari va belgilari mavjud bo‘lsa, gemoglobin yoki gemokritni nazorat qilish kerak.
NYaQV trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi va ba'zi bemorlarda qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin. Aspirindan farqli o‘laroq, ularning trombotsitlar funksiyasiga ta'siri miqdoriy jihatdan kamroq, qisqa muddatli va qaytuvchan. Revmoksikam qabul qilayotgan va trombotsitlar funksiyasidagi o‘zgarishlar, xususan qon ivishining buzilishi bo‘yicha nojo‘ya ta'sirlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan bemorlarning yoki antikoagulyantlar olayotgan bemorlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Astmasi bo‘lgan bemorlarga qo‘llash.
Astmasi bo‘lgan bemorlarda aspiringa sezgir astma bo‘lishi mumkin. Aspiringa sezgir astmasi bo‘lgan bemorlarda aspirinni qo‘llash o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir bronxospazm bilan bog‘liq. Aspirin va boshqa NYaQV o‘rtasidagi kesishma reaksiyani, shu jumladan bronxospazmni hisobga olib, Revmoksikamni aspiringa sezgir bemorlarga qo‘llash mumkin emas va mavjud astmasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Preparatning avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha maxsus tadqiqotlar yo‘q. Biroq farmakodinamik profil va kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar asosida meloksikam ko‘rsatilgan faoliyatga ta'sir qilmasligi yoki ahamiyatsiz ta'sirga ega bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish mumkin. Biroq ko‘rish funksiyasining buzilishi, shu jumladan ko‘rishning noaniqligi, bosh aylanishi, uyquchanlik, vertigo yoki markaziy asab tizimining boshqa buzilishlari kuzatilgan bemorlarga avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmakodinamik o'zaro ta'sirlar.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQV) va atsetilsalitsil kislotasi ≥ 3 g/dozada. Boshqa NYQV bilan ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), shu jumladan yallig'lanishga qarshi dozalardagi atsetilsalitsil kislotasi (≥ 1 g bir martalik doza yoki ≥ 3 g umumiy sutkalik doza) bilan kombinatsiya tavsiya etilmaydi.
Kortikosteroidlar (masalan glyukokortikoidlar). Kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llash qon ketish yoki me'da-ichak traktida yaralar paydo bo'lishi xavfi ortishi tufayli ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Geriatrik amaliyotda yoki terapevtik dozalarda qo'llaniladigan antikoagulyantlar yoki geparin. Trombotsitlar funksiyasining susayishi va gastroduodenal shilliq qavatning shikastlanishi oqibatida qon ketishlar xavfi sezilarli darajada oshadi. NYQV varfarin kabi antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Geriatrik amaliyotda yoki terapevtik dozalarda NYQV va antikoagulyantlar yoki geparinni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Geparin qo'llaniladigan boshqa hollarda qon ketish xavfi ortishi tufayli ehtiyotkorlik zarur. Agar ushbu kombinatsiyadan qochib bo'lmasligi isbotlangan bo'lsa, XNN (xalqaro normallashtirilgan nisbat)ni diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Trombolitik va antiagregatsion dori vositalari. Trombotsitlar funksiyasining susayishi va gastroduodenal shilliq qavatning shikastlanishi oqibatida qon ketishlar xavfi ortadi.
Serotoninni qayta qamrab olishning selektiv ingibitorlari (SQQSI). Me'da-ichakdan qon ketish xavfi ortadi.
Diuretiklar, APF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari. NYQV diuretiklar va boshqa antigipertenziv dori vositalarining samarasini pasaytirishi mumkin. Buyrak funksiyasi buzilgan ba'zi bemorlarda (masalan, degidratatsiyasi bo'lgan bemorlar yoki buyrak funksiyasi buzilgan keksa bemorlar) APF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlari va siklooksigenazani bostiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qo'llash buyrak funksiyasining yanada yomonlashishiga, shu jumladan ehtimoliy o'tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu odatda qaytuvchan. Shuning uchun kombinatsiyani ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, ayniqsa keksa bemorlarda. Bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak, shuningdek birga terapiya boshlangandan so'ng va keyinchalik vaqti-vaqti bilan buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Boshqa antigipertenziv dori vositalari (masalan beta-adrenoblokatorlar). Beta-blokatorlarning antigipertenziv samarasining pasayishi mumkin (tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega prostaglandinlar bostirilishi oqibatida).
Kalsinevrin ingibitorlari (masalan siklosporin, takrolimus). Kalsinevrin ingibitorlarining nefrotoksikligi buyrak prostaglandinlari samaralarining mediatsiyasi oqibatida NYQV ta'sirida kuchayishi mumkin. Davolash vaqtida buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak. Buyrak funksiyasini diqqat bilan nazorat qilish tavsiya etiladi, ayniqsa keksa bemorlarda.
Bachadon ichi kontrasepsiya vositalari. NYQV bachadon ichi homiladorlikka qarshi vositalar samaradorligini pasaytiradi. Avvalroq NYQV qo'llanilganda bachadon ichi kontrasepsiya vositalari samaradorligining pasayishi haqida xabar berilgan, ammo bu keyinchalik tasdiqlashni talab qiladi.
Farmakokinetik o'zaro ta'sir: meloksikamning boshqa dori vositalari farmakokinetikasiga ta'siri.
Litiy. NYQV litiyning qon plazmasidagi konsentratsiyasi darajasini oshirishi (litiyning buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida) to'g'risida ma'lumotlar mavjud, bu toksik qiymatlarga yetishi mumkin. Litiy va NYQV ni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Agar kombinatsiyalangan terapiya zarur bo'lsa, davolash boshida, doza tanlashda va meloksikam bilan davolash to'xtatilganda qon plazmasidagi litiy miqdorini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Metotreksat. NYQV metotreksatning tubulyar sekretsiyasini kamaytirishi, shu bilan uning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Shu sababli metotreksatning yuqori dozasini (haftasiga 15 mg dan ortiq) qabul qilayotgan bemorlarga NYQV ni birga qo'llash tavsiya etilmaydi ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). NYQV va metotreksat o'zaro ta'siri xavfini metotreksatning past dozasini qabul qilayotgan bemorlarda, xususan buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda ham hisobga olish kerak. Agar kombinatsiyalangan davolash zarur bo'lsa, qon tahlili ko'rsatkichlari va buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak. NYQV va metotreksat qabul qilish ketma-ket 3 kun davom etganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki metotreksatning plazma darajasi oshishi va toksiklikni kuchaytirishi mumkin. Garchi metotreksat (haftasiga 15 mg) farmakokinetikasi meloksikam bilan yo'ldosh davolash ta'siriga uchramagan bo'lsa-da, NYQV bilan davolashda metotreksatning gematologik toksikligi ortishi mumkin deb hisoblash kerak (yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga qarang) ("Nojo'ya ta'sir" bo'limiga qarang).
Farmakokinetik o'zaro ta'sir: boshqa dori vositalarining meloksikam farmakokinetikasiga ta'siri.
Xolestiramin. Xolestiramin jigar ichi sirkulyatsiyasi buzilishi oqibatida meloksikamning chiqarilishini tezlashtiradi, shuning uchun meloksikam klirensi 50% ga oshadi va yarim chiqarilish davri 13±3 soatgacha kamayadi. Bu o'zaro ta'sir klinik ahamiyatga ega.
Antatsidlar, simetidin va digoksin bilan bir vaqtda qabul qilinganda klinik ahamiyatga ega farmakokinetik o'zaro ta'sir aniqlanmagan.
NOMOSLIK:

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Peroral qo'llash uchun.
Dori vositasining umumiy sutkalik miqdorini bir marta, suv yoki boshqa suyuqlik bilan, ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Nojo'ya reaksiyalarni simptomlarni nazorat qilish uchun zarur bo'lgan eng kichik samarali dozani eng qisqa davolash muddati davomida qo'llash orqali minimallashtirish mumkin («Maxsus ko'rsatmalar» bo'limiga qarang). Bemorning simptomatik yengillashishga bo'lgan ehtiyojini va davolashga javobini vaqti-vaqti bilan baholab turish kerak.
Osteoartrit zo'rayishi: 7,5 mg/sut. Agar zarur bo'lsa, dozani 15 mg/sut gacha oshirish mumkin.
Revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit: 15 mg/sutka.
Terapevtik samaraga qarab dozani 7,5 mg/sut gacha kamaytirish mumkin.
15 mg/sutka DOZADAN OSHIRMANG.
Bemorlarning alohida toifalari.
Keksa yoshdagi bemorlar va nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlar.
Keksa yoshdagi bemorlar uchun revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitni uzoq muddatli davolash uchun tavsiya etilgan doza sutkasiga 7,5 mg ni tashkil qiladi.
Nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga sutkasiga 7,5 mg dan boshlash kerak («Maxsus ko'rsatmalar» ga qarang).
Buyrak yetishmovchiligi.
Dializda bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda doza 7,5 mg/sutkadan oshmasligi kerak. Yengil va o'rtacha buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (aynan – kreatinin klirensi 25 ml/daq dan yuqori bo'lgan bemorlarga) dozani kamaytirish talab etilmaydi (dializ qo'llanilmaydigan og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga nisbatan «Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limiga qarang).
Jigar yetishmovchiligi.
Yengil va o'rtacha jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga dozani kamaytirish talab etilmaydi (og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga nisbatan «Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limiga qarang).

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. REVMOKSIKAM preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

REVMOKSIKAM narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
33 600 so'm
Buyurtma berish
Fomeks
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
31 400 so'm

REVMOKSIKAM haqida savollar

REVMOKSIKAM haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil