Suaron
Suaron chiqarilish shakllari

Suaron haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- nimesulidga yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYAQV ga yuqori sezuvchanlik;
- zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻnikki barmoq ichak yara kasalligi;
- jigar va buyraklar faoliyatining oʻrtacha yoki yaqqol buzilishlari;
-xomiladorlik;
- laktatsiya (emizish).
EXTIYOTKORLIK CHORALARI
Nimesulid qon ivish tizimining kasalliklari boʻlgan bemorlarga va meʼda-ichak yoʻllarining yuqori boʻlimlarining buzilishlari boʻlgan bemorlarga, shuningdek antikoagulyantlar yoki antiagregentlarni (trombotsitlar alergiyasiga toʻsqinlik qiladigan preparatlar) qabul qilayotgan bemorlarga nimesulid extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Nimesulidning buyraklar orqali chiqarilish tufayli, buyraklar faoliyatining buzilishi boʻlgan bemorlarda kalava filtratsiyasining kattaligiga qarab, dozani pasaytirish kerak.
Preparat toʻqimalarda suyuqlikni tutilib qolishini chaqirishi mumkin, shuning uchun yurak
yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda nimesulid maxsus extiyotkorlik bilan qoʻllanishi kerak. NYAQV qabul qilinganida ilgari koʻrishning buzilishi qayd etilgan bemorlar, nimesulid fonida koʻrishning oʻzgarishlari aniqlangan xollarida, davolashni toʻxtatishlari va oftalmologik tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Keksa patsiyentlarg, ayniqsa ularda agarda qarilik xolsizligi kuzatilsa nimesulidni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Nimesulid antikoagulyantlar, diuretiklar, antigipertenziv preparatlar, gipoglikemik preparatlar, digoksin, fenitoin, litiy preparatlari , boshqa NYAKV lar, siklosporin, metotreksat bilan birga buyurilganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Farmakologik ta'siri
Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparat, siklooksigenaza -2 (SOG-2) ning selektiv ingibitori. Preparat SOG-2 ni ingibirlashi xisobiga yalligʻlanishga qarshi, ogʻriq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi, bu yalligʻlanishdagi shish va ogʻriqning shakllanishida ishtirok etuvchi prostaglandinlarning sintezini susayishiga olib keladi. Bundan tashqari, preparat togʻay toʻqimasini parchalovchi fermentlarning (kollagenazalar, stromelizinlar, elastazlar) sintezini tormozlaydi, bu nafaqat togʻay matriksini shikastlanishini kamayishiga , balki togʻay toʻqimasining sintezi jarayonlarini normallashishiga olib keladi.
Nimesulid ichga qabul qilinganidan keyin MIY dan yaxshi soʻriladi. Ovqat qabul qilish soʻrilish darajasiga taʼsir etmay , soʻrilish tezligini pasaytiradi. Nimesulidning qon plazmasidagi S max ga qabul qilinganidan keyin 1,5-2,5 soat oʻtgach erishiladi, taʼsirining davomiyligi – taxminan 6 soat.
Oqsillar bilan bogʻlanishi 99% ni tashkil qiladi. Nimesulid bir necha metabolitlarni xosil boʻlishi bilan jigarda faol metabolizmga uchraydi T ½ 2-4,5 soatni tashkil qiladi. Metabolitlarning 80% siydik bilan, 20% esa axlat bilan chiqariladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida simptomlariga qarab davolash (meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish) tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Nimesulidni faqat katta patsiyentlarni davolash uchun qoʻllash mumkin.
Odatdagi doza 1 tabletka, ertalab va kechqurun, sutkada 2-martani tashkil qiladi. Doza bemorning xolati va davolashning samaradorligiga qarab sutkada 2-marta 200 mg gacha oshirilishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlar uchunn dozani shifokor tanlaydi, u bemorning xolatiga qarab pasaytirilgan dozalarni buyuradi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

























