Ташкент
logo
SavatKirish

VALODIP

VALODIP chiqarish shakllari

KO-VALODIP tabletkalari 10 mg/160 mg/25 mg N30
KO-VALODIP tabletkalari 10 mg/160 mg/25 mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto
•99 ta dorixonada bor
Narxi
92 000 so'm dan
KO-VALODIP tabletkalari 10 mg/160 mg/12,5 mg N30
KO-VALODIP tabletkalari 10 mg/160 mg/12,5 mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto
•99 ta dorixonada bor
Narxi
92 000 so'm dan
KO-VALODIP tabletkalari 5 mg/160 mg/25 mg N30
KO-VALODIP tabletkalari 5 mg/160 mg/25 mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto
•60 ta dorixonada bor
Narxi
96 800 so'm dan
KO-VALODIP tabletkalari 5 mg/160 mg/12,5 mg    N30
KO-VALODIP tabletkalari 5 mg/160 mg/12,5 mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto
•60 ta dorixonada bor
Narxi
96 800 so'm dan
VALODIP tabletkalari 10mg/160mg N28
VALODIP tabletkalari 10mg/160mg N28
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA-Rus, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
VALODIP tabletkalari 5mg/160mg N28
VALODIP tabletkalari 5mg/160mg N28
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA-Rus, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
120 000 so'm dan
VALODIP tabletkalari 5mg/80mg N28
VALODIP tabletkalari 5mg/80mg N28
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA-Rus, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
95 100 so'm dan
KO-VALODIP tabletkalari 10 mg/160 mg/25 mg N28
KO-VALODIP tabletkalari 10 mg/160 mg/25 mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto
- VALODIP qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VALODIPning tarkibi
- VALODIP ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VALODIP narxi Toshkent dorixonalarida

VALODIP qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Sloveniya,
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALODIP

VALODIP

 

Preparatning savdo nomi: Valodip.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amlodipin + valsartan

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Ta‘sir etuvchi moddalar:

1 tabletka 5 mg+80 mg: 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 80 mg valsartan.

1 tabletka 5 mg+160 mg: 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan.

1 tabletka 10 mg+160 mg: 10 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, mannitol, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

Plyonka qobiq: opadray II oq, temir II oksidi bo‘yovchisi Ye172.

Ta‘rifi:

5 mg+80 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki yoqlama biroz qavariq, to‘q dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, faskali tabletkalar.

5 mg+160 mg li tabletkalar: oval, ikki yoqlama qavariq, to‘q dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

10 mg+160 mg li tabletkalar: oval, ikki yoqlama qavariq, jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy gipotenziv vosita (“sekin” kalsiy kanallarning blokatori + angiotenzin II reseptorlarining antagonisti).

ATX kodi: S09DB01.

Farmakologik xususiyatlari

Arterial bosimni (AB) nazorat qilish bo‘yicha bir birini to‘ldiruvchi mexanizmga ega ikki faol moddani saqlovchi majmuaviy gipotenziv preparat. Amlodipin, digidropiridinning hosilasi, “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari sinfiga, valsartan – angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari sinfiga kiradi. Bu  komponentlarning majmuasi o‘zaro to‘ldiruvchi gipotenziv ta‘sirga ega, bu ular alohida qo‘llangandagi AB ga  nisbatan, AB ni yaqqolroq pasayishiga olib keladi.

Farmakodinamikasi

Amlodipin/Valsartan

Amlodipin va valsartan majmuasi additiv va terapevtik dozalar diapozonida AB ni dozaga bog‘liq pasaytiradi. Amlodipin/valsartan majmuasining bir dozasi qabul qilinganda gipotenziv samara 24 soat davomida saqlanadi.

Asoratlarsiz yumshoq va o‘rtacha arterial gipertenziyasi (o‘rtacha diastolik AB (DAB)
≥95 mm sim. ust. va <110 mm sim. ust.) bo‘lgan pasientlarda, amlodipin/valsartan majmuasining plaseboga nisbatan klinik samaradorligi isbotlangan.

DAB) ≥110 mm sim. ust. va <120 mm sim. ust. bo‘lgan arterial gipertenziyada “o‘tirgan” holatdagi AB ni pasayishi, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori va tiazid diuretik majmuasini qo‘llangandagi bilan bir hil bo‘lgan.

Gipotenziv samara uzoq muddat saqlanadi. Preparatni qabul qilishni birdan to‘xtatish, AB ni keskin oshishi bilan birga kechmaydi (“bekor qilish” sindromi yo‘q).

Terapevtik samara pasientining yoshiga, jinsiga va tana vazni indeksiga bog‘liq emas.

Amlodipin/valsartan bilan majmuaviy davolash o‘tkazilganda, ilgari amlodipin bilan davolash fonida ABni ilgari erishilgan nazorati va yaqqol periferik shishlari bo‘lgan pasientlarda periferik shishlarni kamroq rivojlanish ehtimoli bilan birga arterial bosimni qiyosiy nazoratiga erishiladi.

Amlodipin

Amlodipin – digidropiridin hosilasi, SKKB, antianginal va gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. Kardiomiositlar va qon tomirlarining silliq mushak xujayralariga kalsiy ionlarinni membranalar orqali kirishini ingibisiya qiladi. Amlodipinning gipotenziv ta‘sir mexanizmi qon tomirlarining silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq, bu periferik qon tomirlar qarshiligi (UPQTQ) va AB ni pasayishiga olib keladi.

Amlodipin terapevtik dozalarda arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda qon tomirlarini kengayishini chaqiradi, bu AB ni pasayishiga olib keladi (“yotgan” va “turgan” xolatlarda). Amlodipin davomli qo‘llangandagi AB ni pasayishi yurak qisqarishlari sonini (YUQS)  va qon plazmasida katexolaminlarning konsentrasiyasini jiddiy o‘zgarishlari bilan kechmaydi.

Qon plazmasidagi amlodipinning konsentrasiyasi yosh pasientlarda ham, keksa yoshli pasientlarda ham, klinik samaraga mos keladi.

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipin terapevtik dozalarda, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamayishiga va kalava filtrasiyasi tezligini oshishiga va filtrasion fraksiyani o‘zgarishisiz yoki proteinuriyasiz samarali buyrak qon oqimiga olib keladi.

Amlodipin, boshqa SKKB kabi, yurakning chap qorinchasi (CHQ) faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda tinch holatda va jismoniy yuklamada (yoki rag‘batlantirishda) yurak faoliyatining gemodinamik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini: CHQ (dP / dt) bosimni oshishini maksimal tezligiga yoki yakuniy diastoik bosimga (CHQ YADB) yoki SQ yakuniy diastolik xajmga (CHQ YADX) axamiyatli ta‘sir qilmay, yurak indeksini ahamiyatsiz oshishini chaqiradi. Amlodipinni terapevtik dozalar doirasida qo‘llash, xatto beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham, manfiy inotrop samara chaqiradi.

Amlodipin intakt xayvonlar va odamlarda sinoatrial tugun faoliyatini yoki atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni o‘zgartirmaydi. Arterial gipertenziyasi yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni beta-adrenoblokatorlar bilan qo‘llash EKG da noxush o‘zgarishlar bilan birga kechmagan.

Stabil zo‘riqish stenokardiyasi, vazospastik stenokardiyasi va koronar arteriyalarning angiografik tasdiqlangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda amlodipinning klinik samaradorligi isbotlangan.

Valsartan

Valsartan ichga qabul qilish uchun, oqsil tabiatga ega bo‘lmagan angiotenzin II reseptorlarning (AT1 tur) selektiv antagonisti xisoblanadi.

Angiotenzin II ning samaralariga javobgar bo‘lgan AT1 kichik tur reseptorilarni tanlab bloklaydi. Valsartan ta‘siri ostidagi AT1 reseptorlarning blokadasi oqibatida angiotenzin II ning konsentrasiyasini oshishi, bloklanmagan AT2 kichik tur reseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin, ular AT1 reseptorlar rag‘batlantirilgandagi samaralarga qarshi ta‘sir qiladi. Valsartan AT1 reseptorlarga nisbatan agonistik faollikka ega emas, Valsartinning AT1 kichik tur reseptorlariga yaqinligi, AT2 kichik tur reseptorlariga nisbatan 20 000 marta yuqoridir.

Valsartan shuningdek kinaza II sifatida ma‘lum bo‘lgan AAF ni ingibisiya qilmaydi, u angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylanishini oldini oladi va bradikininni parchalaydi. AAF ga ta‘siri yo‘qligi tufayli, bradikininning yoki R substansiyasining samaralari potensiyalanmaydi, shuning uchun angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda quruq yo‘tal rivojlanishining ehtimoli kam. Valsartan bilan davolashda quruq yo‘tal rivojlanishining tez-tezligi, AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan solishtirilganda sezilarli darajada pastligi isbotlangan. Valsartan yurak-qon tomir tizimining faoliyatini boshqarilishida ishtirok etuvchi boshqa gormonlarning reseptorlari yoki ionli kanallar bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi va bloklamaydi.

Arterial gipertenziyada valsartan YUQS ga ta‘sir qilmay, AB ni pasaytiradi.

Valsartanning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan keyin gipotenziv samara 2 soat davomida rivojlanadi, AB ni maksimal pasayishiga esa, 4-6 soat davomida erishiladi.

Valsartanning gipotenziv samarasi u qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida saqlanadi. Valsartan takroriy qabul qilinganda AB ni maksimal pasayishiga, dozadan qat‘iy nazar, 2-4 hafta o‘tgach erishiladi va uzoq muddatli davolash davomida erishilgan darajada tutib turiladi. Valsartanni qabul qilishni birdan to‘xtatish AB ni axamiyatli oshishi yoki boshqa noxush ko‘rinishlar (“bekor qilish” sindromi) bilan birga kechmaydi.

Farmakokinetikasi

To‘g‘ri proporsionallik

Amlodipin va valsartanning farmakokinetikasi to‘g‘ri proporsionallik bilan xarakterlanadi.

Amlodipin/Valsartan

Amlodipin/valsartan majmuasi ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi valsartan va amlodipinning maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga muvofiq 3 soat va 6-8 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish tezligi va darajasi, ularning xar biri alohida qabul qilingandagi valsartan va amlodipinning biokiraolishligiga ekvivalentdir.

Amlodipin

So‘rilishi: ichga qabul qilingandan keyin amlodipin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) sekin so‘riladi. Smax ga 6-12 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi. Biokiraolishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas.

Taqsimlanishi: taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi. In vitro ma‘lumotlar bo‘yicha: qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 97,5% ni tashkil qiladi.

Biotransformasiyasi: amlodipin jigarda nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jadal (taxminan 90%) metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi: amlodipin qon plazmasidan yarim chiqrilishining (T1/2) 30 dan 50 soatgacha terminal davri bilan, ikki bosqichda chiqariladi. Qon plazmasidagi muvozanat konsentrasiyasiga ichga davomli qo‘llangandan keyin 7-8 kun davomida erishiladi. 10% o‘zgarmagan amlodipin va 60% amlodipin metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.

Valsartan

So‘rilishi: valsartan ichga qabul qilingandan keyin Smax ga 24 soat o‘tgach erishiladi. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi 23% ni tashkil qiladi. Valsartan ovqat bilan qabul qilinganda biokiraolishini (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon qiymati bo‘yicha (AUC)) taxminan 40% ga, Smax esa – taxminan 50% ga pasayishi aniqlanadi. Ichga qabul qilingandan keyin taxminan 8 soat o‘tgach, valsartanning plazmadagi konsentrasiyalari, ovqat bilan qabul qilgan pasientlar guruxida va och qoringa qabul qilgan guruxda tenglashadi. AUC ni kamayishi klinik ahamiyatli xisoblanmaydi, shuning uchun valsartanni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Taqsimlanishi: vena ichiga yuborilgandan keyin muvozanat holati davridagi valsartanning taqsimlanish hajmi taxminan 17 soatni tashkil qiladi, bu valsartanni to‘qimalarda ekstensiv taqsimlanmasligini ko‘rsatadi. Valsartan qon plazmasi oqsillari sezilarli darajada (94-97%) bilan, asosan zardob albumini bilan bog‘lanadi.

Biotransformasiyasi: valsartan yaqqol metabolizmga uchramaydi. Qabul qilingan dozaning faqatgina 20% qon plazmasida metabolitlari ko‘rinishida aniqlanadi. Gidroksilli metaboliti qon plazmasida past konsentrasiyalarda aniqlanadi (valsartan AUC 10% dan kamroq). Bu metabolit farmakologik faol emas.

Chiqarilishi: valsartan ikki fazada chiqariladi: 1 soatdan kamroq yarim chiqarilish (T1/2a) davri bilan ά-faza va T1/2β) – taxminan 9 soat bilan β-faza. Valsartan asosan o‘zgarmagan holda safro bilan ichak orqali (taxminan 83%) va buyrak orqali (taxminan 13%) chiqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin, valsartanning plazma klirensi taxminan
2 l/soat ni tashkil qiladi va uning buyrak klirensi 0,62 l/soat ni tashkil qiladi (umumiy klirensdan taxminan 30%). Valsartanning T1/2 6 soatni tashkil qiladi.

Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi

Bolalar (18 yoshgacha bo‘lgan)

Bu guruh pasientlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshli (65 yoshdan oshgan) pasientlar

Yosh pasientlar va keksa yoshli pasientlarda qon plazmasida amlodipinning Smax (TSmax) ga erishish vaqti bir xil. Keksa yoshli pasientlarda amlodipinning klirensi pasayish moyilligiga ega, bu AUC va T1/2 ni oshishiga olib keladi.

Keksa yoshli pasientlarda valsartanning tizimli ta‘sirining o‘rtacha qiymati (AUC), yosh pasientlarga nisbatan 70% ga ortiq, shuning uchun dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetik parametrlar o‘zgarmaydi. Valsartanning buyrak klirensi qon plazmasidagi umumiy kliriensining bor-yo‘g‘i taxminan 30% ni tashkil qiladi, shuning uchun buyrak faoliyati va valsartanning tizimli ta‘siri (AUC qiymati bo‘yicha) orasida korrelyasiya aniqlanmagan.

Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishlari (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30-50 ml) bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozani o‘zgartirish talab etilmayli.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar amlodipinning past klirensiga ega bo‘ladilar, bu AUC ni taxminan 40-60% olib keladi. O‘rtacha, jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ball) buzilishi bo‘lgan pasientlarda, muvofiq yosh, jins va tana vazni bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan valsartanning biokiraolish darajasi (AUC qiymati bo‘yicha) ikki marta yuqori bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya (majmuaviy davolash ko‘rsatilgan pasientlarda).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, oz miqdordagi suv bilan birga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Tavsiya etiladigan sutkalik doza – Valodip preparatining 5/80 mg, 5/160 mg yoki 10/160 mg amlodipin/valsartan majmuasini saqlovchi 1 tabletkasini tashkil etadi.

Valodip preparatini qabul qilishni sutkada 1 marta 5/80 mg dozadan boshlash lozim. Dozani davolash boshlangandan keyin 1-2 hafta o‘tgach oshirish mumkin.

Maksimal sutkalik doza – 5/320 mg (valsartanga qayta hisoblaganda) yoki 10/160 mg (amlodipinga qayta hisoblaganda) yoki 10/320 mg.

Alohida guruh pasientlari:

Amlodipin

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Keksa yoshli pasientlar: dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Valsartan

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: buyraklar faoliyatini buzilishi (KK ≥30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: valsartanni og‘ir jigar yetishmovchiligi, biliar sirrozi va xolestazi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligida valsartanning maksimal sutkalik dozasi – 80 mg ni tashkil etadi. 5/160 mg, 10/160 mg va 10/320 mg dozadagi Valodip preparatini qo‘llash mumkin emas.

Keksa yoshli pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi:

juda tez-tez                          ≥1/10

tez-tez                                   ≥1/100 dan <1/10 gacha

tez-tez emas                          ≥1/1000 dan <1/100 gacha

kam  hollarda                        ≥1/10000 dan <1/1000 gacha

juda kam  hollarda               <1/10000 dan boshlab

tez-tezligi noma‘lum       mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas

Valodip preparati

Infeksion va parazitar kasalliklar:

tez-tez: nazofaringit, gripp.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan:

tez-tez: gipokaliemiya.

tez-tez emas: anoreksiya, giperkalsiemiya, giperlipidemiya, giperurikemiya, giponatriemiya.

Ruxiyatni buzilishi:

kam hollarda: xovotirlik.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez: bosh og‘rig‘i.

tez-tez emas: koordinasiyani buzilishi, bosh aylanishi, postural bosh aylanishi, parasteziya, uyquchanlik.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi.

kam hollarda: ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

tez-tez emas: vertigo.

kam hollarda: quloqlarni shang‘illashi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: yurak urishini his qilish, taxikardiya.

kam hollarda: xushdan ketish.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: ortostatik gipotenziya.

kam hollarda: AB ni yaqqol pasayishi.

Nafas tizimi, ko‘krak fafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: yo‘tal, tomoq va xalqumda og‘riq.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: diareya, ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: eritema, teri toshmasi.

Kam hollarda: ekzantema, gipergidroz, terini qichishishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi.

Kam hollarda: mushak spazmlari, butun tanada og‘irlik xissi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: pollakiuriya, poliuriya.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: erektil disfunksiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

tez-tez: asteniya, yuqori charchoqlik, yuzni shishi, yuz terisiga qonni “oqib klishi” xissi, shishlar, periferik shishlar, kekirish.

Qo‘shimcha ma‘lumotlar

Amlodipin/valsartan majmuasini olayotgan pasientlarda periferik shishlar, faqat amlodipin bilan davolangan (9%) pasientlardagiga qaraganda, kamroq (5,8%) uchragan.

Amlodipin

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: leykopeniya, ba‘zida purpura bilan kechuvchi trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: giperglikemiya.

Ruxiyatni  buzilishlari:

tez-tez emas: depressiya, uyqusizlik/uyquni buzilishi, kayfiyatni beqarorligi.

Kam hollarda: ongni chalkashishi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.

tez-tez emas: ta‘mni buzilishi, paresteziya, xushdan ketish, tremor, gipesteziya.

juda kam: mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, neyropatiya.

tez-tezligi noma‘lum: ekstrapiramid buzilishlar.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi, ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

tez-tez: yurak urishini xis qilish.

juda kam hollarda: aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, qorincha taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi) va miokard infarkti.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

tez-tez: yuz terisiga qonni “oqib kelishi” xissi, AB ni yaqqol pasayishi.

juda kam hollarda: vaskulit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: xansirash rinit.

juda kam hollarda: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez: ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.

tez-tez emas: axlatni o‘zgarishi, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, dispepsiya, qusish.

Kam hollarda: gastrit, milklarning giperplaziyasi, pankreatit.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: jigar fermentlari “faolligini” oshishi (ko‘pincha xolestaz ko‘rinishlari bilan), qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi, gepatit, jigar ichki xolestazi, sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: alopesiya, ekzantema, eritema, fotosezuvchanlik reaksiyasi, terini qichishishi, gipergidroz, purpura, teri toshmasi, teri rangini o‘zgarishi.

juda kam hollarda: ko‘pshaklli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

tez-tez: to‘piqlarni shishi.

tez-tez emas: artralgiya, belda og‘riq, mushak spazmlari, mialgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: siyishni buzilishi, nikturiya, pollakiuriya.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: erektil disfunksiya, ginekomastiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

tez-tez: kuchli toliqish, periferik shishlar.

tez-tez emas: asteniya, diskomfort, lohaslik, yurakda nokardiogen og‘riq, og‘riq.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar:

Tez-tez emas: tana vaznini pasayishi/oshishi.

Valsartan

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin va gematokritni pasayishi, leykopeniya, neytropeniya, ba‘zida purpura bilan kechuvchi trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

tez-tez emas: vertigo.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: yo‘tal.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: qorinda noqulaylik hissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: jigar fermentlari “faolligini” oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: terini qichishishi, teri toshmasi, angionevrotik shishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: qon plazmasida kreatinin konsentrasiyasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

tez-tez emas: kuchli toliqish.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar:

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliy miqdorini oshishi.

Preparatning komponentlari xaqida qo‘shimcha ma‘lumotlar

Komponentlardan xar biri qo‘llanganda ilgari xabar berilgan noxush ko‘rinishlar, xatto agar ular klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan bo‘lsada, Valodip preparati qo‘llanganda o‘rin tutishi mumkin.

Amlodipin

tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, yurak urishini xis qilish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, to‘piqlarni shishi;

tez-tez emas: uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi (shu jumladan xavotirlik), depressiya, tremor, ta‘mni buzilishi, xushdan ketish, gipesteziya, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, AB ni yaqqol pasayishi, hansirash, rinit, qusish, dispepsiya, alopesiya, purpura, teri rangini o‘zgarishi, gipergidroz, terini qichishishi, ekzantema, mialgiya, mushaklarni tirishishi, og‘riq, siyishni buzilishi, siyishni tezlashishi, impotensiya, ginekomastiya, ko‘krakda og‘riq, lohaslik, tana vaznini oshishi, tana vaznini kamayishi;

kam hollarda: ongni chalkashishi;

juda kam hollarda: leykopeniya, trombositopeniya, allergik reaksiyalar, giperglikemiya, mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, miokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, yurak qorinchasi taxikardiyasi va bo‘lmachalari fibrillyasiyasi), vaskulit, pankreatit, gastrit, milklarning giperplaziyasi, gepatit, sariqlik, “jigar” fermentlari faolligini oshishi (ko‘proq xolestaz oqibatida), angionevrotik shishi, ko‘p shakilli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik. Ekstrapiramid sindromning aloxida xollari ta‘riflangan.

Valsartan

tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin va gematokritni pasayishi, neytropeniya, trombositopeniya, qon zardobida kaliy miqdorini oshishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi, angionevrotik shish, mialgiya, vaskulit, o‘ta yuqori

VALODIP barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

VALODIP savollari

VALODIP fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil