VIZORIUS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VIZORIUS
VIZORIUS
Preparatning savdo nomi: vizorius
Deystvuyuщee veщestvo (MNN): dezloratadin
Dori shakli: sirop 2,5 mg/5 ml
Tarkibi:
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 2,5 mg dezloratadin,
yordamchi moddalar: propilenglikol, gliserin, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati, natriy benzoati, dinatriy edetati, saxaroza, sariq shafaq bo‘yovchisi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: meva hidli, sarg‘ish-to‘q sariq rangli, tiniq siropsimon suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antiallergik vosita.
ATX kodi: R06AX27
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dezloratadin loratadinning birlamchi faol metaboliti bo‘lib hisoblanadi.
Peroral qabul qilinganidan keyin Dezloratadin periferik N1-gistamin reseptorlarini tanlab bloklaydi, bunda gemato-ensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi, sedativ ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Ko‘p sonli tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra Dezloratadin antigistamin faollikdan tashqari yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sirga ega.
Dezloratadin allergik yallig‘lanish rivojlanishi asosida yotgan bir qator turli reaksiyalarni, aynan esa:
- yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni (interleykinlar: IL-4, IL-8, IL-6, IL-13) ishlab chiqarilishini
- yallig‘lanishga qarshi xemokinlarni ajratilishini
- eozinofil granulositlarning xemotaksisi va adgeziyasini
- R-selektin va adgeziyaning boshqa molekulalari ekspressiyasini
- D2 prostaglandini, gistamin va S4 leykotrienining IgE-bog‘liq ajralishini
- Ko‘p shaklli yadroli neytrofil granulositlarning (faollashtirilgan) superoksid anioni hosil bo‘lishini
- eozinofillar adgeziyasi va xemotaksisini
- o‘tkir allergik bronxospazmini so‘ndirishi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Dezloratadinning biokiraolishligi 5 mg dan 20 mg gacha diapazonda dozaga proporsionaldir.
Preparat ichga qabul qilinganidan keyin dezloratadin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) yaxshi so‘riladi va qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach qon plazmasida aniqlanadi. Qon plazmasida dezloratadinning maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) o‘rtacha 3 soat o‘tgach erishiladi, yarim chiqarilish davri (T1/2) o‘rtacha 27 soatni tashkil etadi. To‘planish darajasi qo‘llash tezligi (sutkada 1 marta) va yarim chiqarilish davri (27 soat) bilan o‘zaro bog‘liq. Bir hafta davomida sutkada bir marta 5-20 mg dozada qabul qilinganida klinik jihatdan ahamiyatli to‘planishi aniqlanmagan.
Dezloratadinning biokiraolishligi yuborilgan dozaga (5-20 mg diapazonda) proporsionaldir.
Dezloratadin qon plazmasi oqsillari bilan o‘rtacha (83-87%) bog‘lanadi.
Ovqat yoki greypfrut sharbati bilan bir vaqtda qabul qilish sutkada 1 marta qo‘llanilgan dezloratadinning taqsimlanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Dezloratadin CYP3A4 va SYP2D6 ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi va R-glikoprotein substrati yoki ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi. Dezloratadin organizmda gidroksilizasiya yo‘li bilan biotranformasiyaga uchraydi va so‘ngra organizmdan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- pollinoz, allergik rinitda (aksirish, burundan ajralmalar, burunning qichishishi, shishi va bitishi, shuningdek ko‘zlarda qichishish, ko‘zlarning yoshlanishi va qizarishi, tanglay sohasida qichishish va yo‘talda);
- eshakemida (teri qichishishi, toshma simptomlarini bartaraf etishda) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dezloratadinni ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda allergik rinit (shu jumladan davriy va doimiy allergik rinit) va eshakemi bilan bog‘liq simptomlarni yengillashtirish uchun qabul qilish mumkin.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda: 2,5 ml (1,25 mg) dezloratadin, ichga qabul qilish uchun sirop, kuniga bir marta.
6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda: 5 ml (2,5 mg) dezloratadin, ichga qabul qilish uchun sirop, kuniga bir marta.
Kattalar va o‘smirlarda (12 yosh va undan katta bo‘lgan): 10 ml (5 mg) dezloratadin, ichga qabul qilish uchun sirop, kuniga bir marta.
Qabul qilish davomiyligi kasallikning kechishi va uning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Allergik rinitning vaqti-vaqti bilan zo‘rayuvchi shaklini davolashda Vizorius preparatini qabul qilish simptomlar bartaraf qilinganida to‘xtatiladi va ular takroran paydo bo‘lganida qayta boshlanadi. Doimiy kechuvchi rinitda uzluksiz tartibda (pasientni allergen bilan butun kontakti davrida) davolash buyurilishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari:
- toliqish (1,2%);
- og‘izni qurishi (0,8%);
- bosh og‘rig‘i (0,6%).
Juda kam hollarda (< 1/10000):
- bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor yuqori faollik, paroksizm;
- taxikardiya, yurakning tez urishi;
- qorin sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya;
- jigar fermentlari faolligini, bilirubinni oshishi, gepatit;
- mialgiya;
- o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaksiya, Kvinke shishi, hansirash, qichishish, toshma, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning faol moddasiga yoki biron-bir yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlikda
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda
- homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari
Ketokonazol, eritromisin, azitromisin, fluoksetin, simetidin bilan birga bir necha bor birga qo‘llanilganida dezloratadinning plazmadagi konsentrasiyasida klinik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Dezloratadin metabolizmiga javob beradigan ferment aniqlanmaganligi tufayli, boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirini to‘liq istisno qilish mumkin emas.
Vizorius preparatini spirt bilan bir vaqtda qabul qilinganida, spirtning preparat samarasini yomonlashtiruvchi ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dezloratadin psixomotor faoliyati buzilishini va uyquchanlikni keltirib chiqarmaydi.
Vizorius preparati 14 kun davomida har kuni 20 mg gacha dozada qo‘llanilganida yurak-qon tomir tizimi tomonidan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda Vizorius preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Dezloratadinning samaradorligi va xavfsizligi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun aniqlanmagan.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda allergik rinit tashhisini rinitning boshqa shakllaridan farqlash ayniqsa qiyin. Yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi yoxud tuzilmaviy buzilishlarning mavjud emasligini, shuningdek pasientning anamnezini, tibbiy ko‘rik natijalari va tegishli laboratoriya hamda teri testlarini inobatga olish lozim.
Galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi
Preparat o‘z tarkibida saxaroza saqlaydi. Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki qand-izomaltoza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar Vizorius preparatini qabul qilishdan saqlanishlari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Dezloratadinni homiladorlarda qo‘llanilishi xavfsizligi aniqlanmagan, shu uchun uni homiladorlik davrida buyurish tavsiya etilmaydi.
Dezloratadin ko‘krak sutiga o‘tadi, shu uchun emizikli ayollarga Vizoriusni buyurish mumkin emas.
Dori vositasini transportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xos xususiyatlari
Dezloratadinni avtomobilni boshqarishga yoki murakkab texnik qurilmalar bilan ishlashiga ta‘siri kuzatilmagan. Biroq preparat qabul qilinganidan keyin kam hollarda uyquchanlik kuzatilishini hamda u avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishini inobatga olish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi, toliqish.
Davoldash: Doza oshirib yuborilganida me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash ko‘rsatilgan. Simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Vizorius gemodializda chiqarilmaydi; peritoneal dializda uni chiqarilishi ehtimoli aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
100 ml dan sariq rangdagi flakonlarda.
1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin, muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari