Ташкент
logo
SavatKirish

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
ATX kodi:R03DC53
Barcha ALLERVEY dorilari
6 ta dorixonada bor
Narxi 125 307 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 6 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30 o'xshash dorilari

Narxi
165 000 so'm dan
ZOTONIKS tabletkalari 40mg N30
ZOTONIKS tabletkalari 40mg N30
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Ry.) Limited
•2 ta dorixonada bor
Narxi
36 500 so'm dan
Vitrum Vitality 50+ N30
Vitrum Vitality 50+ N30
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Walmark a.s.»
•12 ta dorixonada bor
Narxi
118 000 so'm dan

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: levosetirizin digidroxloridi 5,00 mg;

montelukast natriy 10,40 mg (montelukastga qayta hisoblanganda 10,00 mg);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza (Avicel PH 101), kroskarmelloza natriy, gipromelloza, quyialmashingan gidroksipropilsellyuloza (HPC LH 11), mikrokristall tsellyuloza (PH 112), magniy stearati.

plyonka qobig'i: oq opadray OY-58900.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg+10 mg.

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Preparat montelukast (leykotrien reseptorlari blokatori) va levosetirizin (N1-gistamin reseptorlari blokatori) majmuasidan iborat.

Montelukast

Montelukast nafas yo'llari epiteliysi, shu jumladan bronxlarning silliq mushaklari xujayralari, makrofaglar va boshqa yallig'lanish xujayralari (shu jumladan eozinofillar va ayrim mieloid o'zak xujayralar) da joylashgan tsisteinil leykotrienlarning CysLT-reseptorlarini selektiv ingibitsiya qiladi. Tsisteinil leykotrienlar (LTC4, LTD4, LTE4) araxidon kislotasidan hosil bo'luvchi eykozanoidlar sinfiga mansub va organizmning turli xujayralarida, shu jumladan semiz xujayralar va eozinofillarda hosil bo'ladigan yallig'lanish mediatorlari bo'lib hisoblanadi.

Tsisteinil leykotrienlar bronxial astma allergik rinit patofiziologiyasi bilan korrelyasiya qiladi. Allergik rinitda allergen ta'siridan keyin allergik reaktsiyaning erta va kechki fazalari vaqtida burun bo'shlig'i shilliq qavatidagi yallig'lanish xujayralaridan tsisteinil leykotrinlarni ajralib chiqishi kuzatiladi, bu allergik rinit simptomlari bilan namoyon bo'ladi. Tsisteinil leykotrienlar bilan intranazal sinamada nazal obstruktsiya simptomlarini oshishi namoyish etilgan. Montelukast CysLT1-reseptorlari bilan yuqori darajada yaqinlik va tanlovchanlik bilan bog'lanadi, periferik qonda va nafas yo'llarida eozinofillar sonini kamaytiradi.

Levosetirizin

Levosetirizin – tsetirizinning R-enantiomeri, N1‑gistamin reseptorlarini bloklovchi gistaminning kuchli va selektiv antagonisti, unga yaqinligi tsetirizinga nisbatan 2 marta yuqori.

Levosetirizin allergik reaktsiyalarning gistaminga bog'liq bosqichiga ta'sir ko'rsatadi, eozinofillar migrasiyasini kamaytiradi, qon-tomirlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish mediatorlari va tsitokinlarni (VCAM-1 va boshqalarni) ajralib chiqishini cheklaydi.

Levosetirizin allergik reaktsiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechishini engillashtiradi, qichishishga qarshi va ekssudasiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samara namoyish qilmaydi.

Bir martalik doza qabul qilingandan keyin ta'siri 50% pasientlarda 12 minutdan keyin, 95% pasientlarda esa – 1 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida davom etadi.

Farmakokinetikasi

Montelukast

So'rilishi

Montelukast ichga qabul qilingandan keyin tez va deyarli to'liq so'riladi. Odatdagi ovqat qabul qilish montelukastning Biokiraolishligi va qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (Cmax) ta'sir ko'rsatmaydi. Kattalarda 10 mg dozada plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka ko'rinishidagi motelukast och qoringa qabul qilinganda Cmax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganda Biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Montelukast qon plazmasidagi oqsillar bilan 99% dan ortiq bog'lanadi. Montelukastning taqsimlanish xajmi o'rtacha 8-11 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalar qo'llanilganda muvozanat holatida plazmadagi montelukast metabolitlarining kontsentrasiyalari kattalar va bolalarda aniqlanmaydi. Montelukastning metabolizmi jarayoniga tsitoxrom R450 izofermentlari (SYR3A4 va SYR2S9) jalb etilganligi taxmin qilinadi, bunda montelukast terapevtik kontsentrasiyalarda tsitoxrom P450 izofermentlari: CYP3A4, SYR2S9, SYR1A2, SYR2A6, SYR2S19 va S R2D6 ni ingibitsiya qilmaydi.

Chiqarilishi

Sog'lom kattalarda montelukastning klirensi o'rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Montelukastni ichga qabul qilganda dozaning 86% 5 kun davomida ichak orqali va 0,2% dan kamrog'i – buyraklar orqali chiqariladi, bu montelukast va uning metabolitlarini deyarli faqat safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi. Sog'lom kattalarda montelukastning yarim chiqarilish davri 2,7 dan 5,5 soatgachani tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganda montelukastning farmakokinetikasi doza 50 mg dan oshirilganda deyarli proportsional xarakterni saqlaydi. Montelukastni ertalabki va kechki soatlarda qabul qilganda farmakokinetikada farqlar kuzatilmaydi. 10 mg montelukast sutkada 1 marta qo'llanilganda plazmada faol moddani o'rtacha (taxminan 14%) to'planishi kuzatiladi.

Pasientlarning alohida guruhlaridagi montelukastning farmakokinetikasi

Jins, irq

Montelukastning farmakokinetikasi pasientlarning jinsi va irqiga bog'liq emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lmagan keksa yoshdagi pasientlar

10 mg montelukast saqlovchi, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni sutkada 1 marta ichga qabul qilganda keksa odamlar va yoshroq pasientlarda farmakokinetik Profil va biokiraolishlik o'xshash.

Jigar etishmovchiligi

Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi va jigar tsirrozining klinik ko'rinishlari bo'lgan pasientlarda montelukastni 10 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydonni (AUC) taxminan 41% ga oshishi bilan kechuvchi montelukastning metabolizmini sekinlashishi kuzatilgan. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda montelukastni yarim chiqarilish davri sog'lom ko'ngillilarga nisbatan biroz oshadi (yarim chiqarilish davrining o'rtacha vaqti – 7,4 soat). Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda montelukastning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 9 balldan yuqori) bo'lgan pasientlarda montelukastning farmakokinetikasi xarakteri haqida ma'lumotlar yo'q.

Buyrak etishmovchiligi

Montelukast va uning metabolitlari siydik bilan chiqarilganligi tufayli, buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda montelukastning farmakokinetikasi baholanmagan.

Levosetirizin

So'rilishi

Levosetirizin ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilish to'liqligiga ta'sir ko'rsatmaydi, ammo uning tezligini pasaytiradi. Biokiraolishlik 100% ga etadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (Tsmax) 0,9 soatni, qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (Cmax) 270 ng/ml ni tashkil qiladi, muvozanat kontsentrasiyasi 2 sutkadan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Levosetirizin qon plazmasidagi oqsillar bilan 90% bog'lanadi. Taqsimlanish xajmi 0,4 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Odamlarda levosetirizin dozasining 14% dan kamrog'i metabolizmga uchraydi, chunki genetik polimorfizm yoki fermentlar ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash oqibatida levositerizinning farmakokinetik profilidagi taxmin qilingan farqlar ahamiyatsiz. Metabolik aylanishlar aromatik halqani oksidlarishi, N - va o-dealkilizasiya va taurin bilan kon'yugasiyasidan iborat. Dealkilizasiya jarayoni asosan CYP3A4 izofermenti yordamida amalga oshadi, ayni vaqtda aromatik halqani oksidlanishi ko'pgina va/yoki aniqlanmagan CYP-izoshakllar yordamida amalga oshadi. Levosetirizin 5 mg dozada ichga qabul qilinganda va/yoki qon plazmasida maksimal kontsentrasiyalari oshganida CYP-izofermentlar 1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2e1, 3A4 ning faolligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Cheklangan metabolizm va metabolik ingibitsiya qiluvchi faollikni yo'qligi tufayli, levosetirizinni metabolizm darajasida boshqa moddalar bilan o'zaro ta'siri ehtimoli kam.

Chiqarilishi

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) 7,9±1,9 soatni, o'rtacha kuzatiladigan umumiy klirens – minutiga 0,63 ml/kg ni tashkil qiladi. 95 soat davomida organizmdan to'liq chiqariladi. Levosetirizinning qabul qilingan dozasining taxminan 85,4% o'zgarmagan ko'rinishda buyraklar orqali, taxminan 12,9% - ichak orqali chiqariladi.

Pasientlarning alohida guruhidagi levosetirizinning farmakokinetikasi

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) <40 ml/minut) bo'lgan pasientlarda levosetirizinning klirensi pasayadi (gemodializda bo'lgan pasientlarda – 80%, bu tegishli dozalash tartibini o'zgartirishni talab etadi); T1/2 – uzayadi. Levosetirizinning 10% dan kamrog'i standart 4-soatlik gemodializ muolajasi jarayonida chiqariladi.

Farmakologik guruhlari

Leykotrien reseptorlari blokatori + N1-gistamin reseptorlari blokatori

Nojo'ya samaralari

Quyida sanab o'tilgan noxush ko'rinishlar quyidagi gradasiyaga muvofiq yuzaga kelish tez-tezligi bo'yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam xollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo'lmaydi).

Montelukast

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – qon ketishlarga moyillikni oshishi, trombositopeniya.

Immun tizim tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – o'ta sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya, juda kam xollarda – jigarni eozinofil infiltrasiyasi.

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tezligi noma'lum – ajitasiya, shu jumladan tajavuzkor hulq yoki dushmanlik, xavotirlik, depressiya, dezorientasiya, patologik tush Ko'rishlar, gallyusinasiya, uyqusizlik, ta'sirchanlik, bezovtalik, somnambulizm, o'z joniga qasd qilish fikrlari va hulqi (o'z joniga qasd qilish), tremor, diqqatni va xotirani buzilishlari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik; juda kam xollarda – tirishishlar; tez-tezligi noma'lum – paresteziya/gipesteziya.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – yurak urishini tezlashishi.

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – burundan qon ketishi; tez-tezligi noma'lum – yuqori nafas yo'llari infektsiyalari, faringit, yo'tal, sinusit, rinoreya, Chardj-Stross sindromi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – jig'ildon qaynashi, kekirish, qorinda og'riq; tez-tezligi noma'lum – diareya, qusish, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qabziyat, pankreatit, og'izni qurishi.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – qon zardobida "jigar" transaminazalari (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza) faolligini oshishi; juda kam xollarda – gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatosellyulyar va jigarni aralash shikastlanishi).

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – teri toshmasi, eshakemi; tez-tezligi noma'lum – angionevrotik shish, ekximozlarni paydo bo'lishi, tugunli eritema, ko'p shaklli eritema, teri qichishishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar

Kam xollarda – artralgiya; tez-tezligi noma'lum – mialgiya, shu jumladan mushaklar spazmi.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – bolalarda enurez.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Kam xollarda – asteniya (xolsizlik)/toliqish; tez-tezligi noma'lum – shishlar, pireksiya, chanqoqlik.

Levosetirizin

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi.

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tez – bosh og'rig'i, uyquchanlik, toliqish; tez-tez emas – asteniya; tez-tezligi noma'lum – xavotirlik, tajavuzkorlik, qo'zg'alish, uyqusizlik, gallyusinasiya, depressiya, o'z joniga qasd qilish fikrlari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – tirishishlar, bosh miya qattiq qobig'i sinuslari trombozi, paresteziya, bosh aylanishi, hushdan ketish, tremor, disgevziya (ta'm bilishni buzilishi).

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – ko'rishni buzilishi, diplopiya, yallig'lanish, ko'rishni noaniqligi.

Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari

Tez-tezligi noma'lum – vertigo.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – taxikardiya, stenokardiya, yurak urishini his qilish.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – bo'yintiriq venasi trombozi.

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – dispnoe, rinit simptomlarini kuchayishi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez – og'izni qurishi; tez-tez emas – qorinda og'riq; tez-tezligi noma'lum – ko'ngil aynishi, diareya, qusish.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – gepatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – angionevrotik shish, barqaror dori eritemasi, toshma, qichishish, eshakemi, gipotrixoz, yoriqlar, fotosensibilizasiya.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – mushaklarda og'riq, artralgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum – dizuriya, siydikni tutilishi, siyishga qistovlar.

Laborator va instrumental ma'lumotlar

Tez-tezligi noma'lum – jigar funktsional sinamalarini o'zgarishi.

Boshqalar

Tez-tezligi noma'lum – kesishgan reaktivlik, periferik shishlar.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya samaralar chuqurlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday nojo'ya samaralar sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.



Maxsus saqlash sharoitlari

Montelukast

Bir qator holatlarda bronxial astmani davolash uchun preparatlarni, shu jumladan montelukastni qabul qiluvchi pasientlarda ayrim holatlarda vaskulit va Chardj-Stross sindromining klinik ko'rinishlari bilan kechuvchi tizimli eozinofiliya yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar odatda, ammo doimo emas, avval buyurilgan peroral glyukokortikosteroidlarning dozani kamaytirish yoki bekor qilish bilan bog'liq. Shifokorlar pasientlarda eozinofiliya, vaskulitli toshma, o'pka tomonidan simptomlarni kuchayishi, yurak tomonidan asoratlar va/yoki neyropatiya yuzaga kelishi ehtimoli haqida xabardor bo'lishlari kerak.

Atsetilsalisil kislotasi va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) ga tasdiqlangan allergiyasi bo'lgan pasientlar montelukast bilan davolash davrida ushbu preparatlarni qabul qilmasliklari kerak, chunki u allergik bronxial astmasi bo'lgan pasientlarda nafas funktsiyasini yaxshilab, shunga qaramasdan NYAQP chaqirgan bronxosonstriktsiyani to'liq oldini olishi mumkin emas.

Montelukast qabul qilgan pasientlarda psixonevrologik buzilishlar ta'riflangan. Ushbu simptomlarni boshqa omillar chaqirgan bo'lishi mumkinligini e'tiborga olib, ular montelukastni qabul qilish bilan bog'liqligi noma'lum. Shifokor pasientlar va/yoki ularning ota-onalari/vasiylari bilan ushbu noxush ko'rinishlarni muhokama qilishlari kerak. Bunday simptomlar paydo bo'lganda davolovchi shifokorga xabar berish kerakligi haqida pasientlar va/yoki ularning ota-onalari/vasiylariga tushuntirish kerak.

Levosetirizin

Preparat bilan davolash vaqtida etanolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llashning xavfsizligi bo'yicha adekvat va qat'iy nazoratlangan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Montelukastni odamda ko'krak suti bilan ajralishi haqida ma'lumotlar yo'q. Levosetirizin ko'krak suti bilan ajraladi. Shuning uchun preparatni emizish davrida buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat, agar ona uchun kutilgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsagina qo'llash mumkin.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatni transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Davolash davrida avtotransportni boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat holsizlik, uyquchanlik va bosh aylanishini chaqirishi mumkin.



Qo'llanilishi

Yil bo'yi davom etuvchi (doimiy davom etuvchi) va mavsumiy (vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi) allergik rinit simptomlarini, shu jumladan yondosh bronxial astmasi bo'lgan pasientlarni davolash uchun qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Montelukastga, levosetirizinga, piperazinning boshqa hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya.

Buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam).

15 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas (xavfsizlik va samaradorlik bo'yicha ma'lumotlarni cheklanganligi tufayli).

Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali buyrak etishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi); keksalar (kalavalar filtrasiyasi yoshga doir pasayganda); orqa miyani shikastlanishi, prostata bezi giperplaziyasi, shuningdek siydikni tutilishiga boshqa moyil omillar bo'lgan pasientlarda, chunki levosetirizin siydikni tutilishi xavfini oshirishi mumkin; alkogol bilan bir vaqtda iste'mol qilinganda.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Montelukast

Montelukastni bronxial astma va/yoki allergik rinitni oldini olish va uzoq vaqt davolash uchun odatda qo'llanadigan boshqa dori vositalari bilan birga buyurish mumkin.

Montelukastni tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qo'llash quyidagi preparatlarning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi: teofillin, prednizon, prednizolon, peroral kontratseptivlar (etinilestradiol / noretisteron 35/1), terfenadin, digoksin va varfarin.

Fenobarbital bilan bir vaqtda qo'llanilganda montelukastning ekspozisiyasi (AUC) taxminan 40% ga pasayadi, ammo bu montelukastning dozalash tartibini o'zgartirishni talab etmaydi.

Montelukast SYR3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraganligi tufayli, montelukastni fenitoin, fenobarbital va rifampisin kabi SUR3A4 izofermentini induktsiya qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ammo montelukastning dozasini o'zgartirish talab etilmaydi.

In vitro sharoitdagi tadqiqotlar montelukast SUR2S8 izofermentining potentsial ingibitori ekanligini namoyish qilgan, ammo montelukast va rosiglitazonning (SUR2S8 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi) o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotda montelukast SUR2S8 izofermentini ingibitsiya qilmasligini namoyish qilgan. Shunday qilib, montelukastni dori preparatlarining (masalan paklitaksel, rosiglitazon, repaglinid) SUR2S8-bog'liq metabolizmiga ta'siri taxmin qilinmaydi.

Gemfibrozil (SUR2S8 va SUR2S9 izofermentlarining ingibitori) montelukastning tizimli ta'sirini 4,4 marta oshiradi. Ammo gemfibrozilni montelukastning tizimli ta'siriga ta'siri, montelukastni ma'qullangan 10 mg dan yuqori dozalarda qo'llanilganda xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlari asosida klinik ahamiyatli deb hisoblanishi mumkin. Shuning uchun gemfibrozil bilan birga qo'llanilganda montelukastning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. SUR3A4 izofermentining kuchli ingibitori itrakonazolni gemfibrozil va montelukast bilan bir vaqtda qo'llash montelukastning tizimli ta'siri samarasini qo'shimcha oshishiga olib kelmagan.

Levosetirizin

Tsetirizin ratsematini fenazon, soxtaefedrin, tsimetidin, ketokonazol, eritromisin, azitromisin, glipizid va diazepam bilan o'zaro ta'sirini o'rganganda klinik ahamiyatli noxush o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.

Teofillin (sutkada 400 mg) levosetirizinning umumiy klirensini 16% ga pasaytiradi, bunda teofillinning kinetikasi o'zgarmaydi.

Tadqiqotda ritonavir (600 mg sutkada 2 marta) va tsetirizinni (kuniga 10 mg) bir vaqtda qo'llaganda tsetirizinning ekspozisiyasi 40% ga oshishini, ritonavirning ekspozisiyasi esa ahamiyatsiz (-11%) pasayishini namoyish qilgan.

Makrolidlar yoki ketokonazol bilan birga qo'llash EKG da ishonchli o'zgarishlarni chaqirmagan.

Bir qator holatlarda, levosetirizinni alkogol yoki Markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llaganda ularning MNT ga ta'siri kuchayishi mumkin, garchi tsetirizinning ratsemati alkogolning samarasini kuchaytirishi isbotlanmagan.



Dozirovkasi

Ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar suv bilan ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar

1 tabletkadan sutkada 1 marta qabul qilinsin.

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda va keksa yoshdagi pasientlarda buyrak etishmovchiligi darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak.

Buyrak funktsiyasini engil darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50-79 ml) bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

O'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 dan 49 ml gacha) bo'lgan pasientlarda levosetirizinning tavsiya etilgan dozasi kunora 5 mg (1 tabletka).

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo'lgan pasientlarda pasientlarda levosetirizinning tavsiya etilgan dozasi 3 kunda 1 marta 5 mg (1 tabletka).

Preparatni qabul qilish davomiyligi

Mavsumiy (vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi) rinitni (simptomlarni xaftada 4 kundan kamroq mavjud bo'lishi yoki ularning umumiy davomiyligi 4 xaftadan kamroq) davolaganda davolash davomiyligi simptomatikaning davomiyligiga bog'liq; simptomlar bartaraf etilganda davolash to'xtatilishi va simptomlar paydo bo'lganda takroran boshlanishi mumkin.

Yil bo'yi davom etuvchi (doimiy davom etuvchi) allergik rinitni (simptomlarni 4 kundan ortiqroq mavjud bo'lishi va ularning umumiy davomiyligi 4 xaftadan ko'proq) davolaganda, davolash allergenlarni butun ta'siri davomida davom ettirilishi mumkin.

Preparatni bir marta qabul qilishni o'tkazib yuborganda o'tkazib yuborilgan dozani o'rnini to'ldirish uchun preparatning qo'shimcha dozasini qabul qilish mumkin emas, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi.



Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar kelib tushmagan. Preparatning alohida komponentlarini dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar mavjud.

Montelukast

Simptomlari: eng tez-tez uchragan noxush ko'rinishlari chanqoqlik hissi, uyquchanlik, qusish, psixomotor qo'zg'alish, bosh og'rig'i va qorinda og'riq bo'lgan.

Davolash: Simptomatik. Montelukast dozasini oshirib yuborilishini spesifik davolash haqida ma'lumotlar mavjud emas. Montelukastni peritoneal dializ va gemodializ yo'li bilan chiqarish haqidagi ma'lumotlar yo'q.

Levosetirizin

Simptomlari: Uyquchanlik (kattalarda), uyquchanlik bilan almashinuvchi qo'zg'alish va bezovtalik (bolalarda).

Davolash: Me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik davolash. Spesifik antidoti yo'q. Gemodializ samarasiz.

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30 boshqa chiqarish shakllari

ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10
ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
Narxi
23 652 so'm dan

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30 analoglari

ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10
ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
Narxi
23 652 so'm dan
L SET tabletkalari 5mg N100
Retseptsiz
L SET tabletkalari 5mg N100
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Narxi
176 400 so'm dan
SETIMED siropi 50 ml 2,5 mg / 5 ml N1
Retseptsiz
SETIMED siropi 50 ml 2,5 mg / 5 ml N1
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Indiya, proizvedeno: NEXT WAVE (INDIA)
Narxi
36 000 so'm dan
SETIMED tabletkalari 5 mg N20
Retseptsiz
SETIMED tabletkalari 5 mg N20
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Next Wave (India)
Narxi
35 000 so'm dan

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30 savollari

ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil