AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML tomchilar dlya priema vnutr 25ml

AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML tomchilar dlya priema vnutr 25ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng butamirat sitrat tez va to'liq so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 94% ni tashkil qiladi. Shuningdek yo'talga qarshi ta'sirga ega bo'lgan 2 ta metabolit hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Metabolitlar asosan (90%) buyraklar orqali va faqat kichik qismi - ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (Т Ug) -6 soat. Gvayfenezin ichga qabul qilinganda me'da-ichak traktidan tez so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi arzimas darajada. Gvayfenezin buyraklar orqali chiqariladigan faol bo'lmagan metabolitlar hosil bo'lishi bilan tezda metabolizmga uchraydi. Т1/2 g - 1 soat.
Nojo'ya samaralari
Tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilinganda, odatda bemorlar preparatni yaxshi o'zlashtiradilar. Ovqat hazm qilishning buzilishi (ko'ngil aynishi, ishtahaning yo'qligi, oshqozon sohasida og'riqlar, qusish, diareya), bosh og'riqlari, bosh aylanishi va uyquchanlik haqida eng ko'p xabar beriladi, ular taxminan 1% bemorlarda uchraydi. Ushbu nojo'ya ta'sirlar odatda dozani kamaytirgandan keyin kamayadi. Shuningdek teri allergik reaksiyalari kuzatilgan.
Quyida keltirilgan nojo'ya reaksiyalarning tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 - 1/1000 - 1/10000 -
Asab tizimi tomonidan: tez-tez - anoreksiya, bosh og'rig'i.
Eshitish va muvozanat a'zosi tomonidan: tez-tez - bosh aylanishi.
Ovqat hazm qilish a'zolari tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, oshqozon sohasida og'riqlar, qusish, diareya.
Teri va teri osti-yog' kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda - toshmalar, eshakemi.
Buyraklar va siydik yo'llari tomonidan: juda kam hollarda - urolitiaz.
Har qanday nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan qo'llash bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilmagan ta'sirlar paydo bo'lganda, iltimos, bu haqda shifokoringizga xabar bering.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Simptomlar saqlanib qolganda yoki ular kuchayganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparat 35,6 hajmiy % etanol saqlaydi, preparatning maksimal bir martalik dozasi (40 tomchi) 0,322 g gacha etanol saqlaydi. Buni jigar kasalliklari, epilepsiyasi bo'lgan bemorlarga, homilador va emizikli ayollar hamda bolalarga preparatni tayinlashda hisobga olish kerak.
Preparatni uzoq muddatli yoki surunkali yo'tal (shu jumladan chekish sababli kelib chiqqan), bronxial astma, surunkali bronxit yoki o'pka emfizemasi bo'lgan bemorlarga produktiv yo'talda tayinlash mumkin emas.
Agar Siz preparat qabul qilishni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, o'tkazib yuborilganini to'ldirish uchun keyingi dozani oshirmang.
Agar Sizda preparatni qabul qilishga doir savollar tug'ilsa, shifokoringizga murojaat qiling. Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyatga (masalan, avtomobilni boshqarish, mexanizmlar bilan ishlash va balandlikdagi ishlar) noxush ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik, 6 oylikkacha bo'lgan bolalar, homiladorlikning birinchi trimestri, miasteniya.
Ehtiyotkorlik bilan
Preparatni dori qaramligi rivojlanishiga moyilligi bo'lgan bemorlarda, jigar kasalligi, alkogolizm, epilepsiya, bosh miya kasalliklari bo'lgan bemorlarda, shuningdek bolalarda va homilador va emizikli ayollarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi Preparatning homilador ayollarga ta'siri bo'yicha nazorat qilingan klinik tadqiqotlar yoki hayvonlarda tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Homiladorlikning birinchi trimestrida gvayfenezinni qabul qilishda neonatal davrda chov churrasi hosil bo'lishining tez-tez uchraydigan holatlari tasvirlangan. Preparatni homiladorlikning birinchi 3 oyida qabul qilmaslik kerak. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida preparatni qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollarda mumkin.
Butamirata va gvayfenezin ona sutiga o'tishi noma'lum. Emizish davrida ushbu dori vositalarini qo'llash haqida ma'lumotlar yetarli emasligi sababli chaqaloqlarda nojo'ya samaralar xavfini bir ma'noda istisno qilib bo'lmaydi.
Emizish davrida preparatni qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda chaqaloq uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollarda mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Gvayfenezin paratsetamol va asetilsalitsil kislotasining analgetik ta'sirini kuchaytiradi; alkogol, sedativ, uxlatuvchi vositalar va umumiy anestetiklarning markaziy asab tizimiga sedativ ta'sirini kuchaytiradi; miorelaksantlar ta'sirini kuchaytiradi. Reagent sifatida nitrosonaftol ishlatilgan holda vanililbodom va 5-gidroksiindolsirka kislotasi konsentratsiyasini aniqlashda soxta yuqori natijalar olinishi mumkin. Shuning uchun gvayfenezin saqlovchi preparatlarni qo'llash ushbu tahlil uchun siydik yig'ishdan 48 soat oldin to'xtatilishi kerak.
Dozirovkasi
Bemorning tana vazniga qarab dozalanadi:
7 kg gacha 8 tomchidan sutkasiga 3-4 marta,
7-12 kg 9 tomchidan sutkasiga 3-4 marta,
12-20 kg 14 tomchidan sutkasiga 3 marta,
20-30 kg 14 tomchidan sutkasiga 3-4 marta,
30-40 kg 16 tomchidan sutkasiga 3-4 marta,
40-50 kg 25 tomchidan sutkasiga 3 marta,
50-70 kg 30 tomchidan sutkasiga 3 marta,
70 kg dan ortiq 40 tomchidan sutkasiga 3 marta.
Holat yomonlashganda yoki 3 kun ichida yaxshilanish bo'lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparatni shifokor tayinlovisiz 7 kundan ortiq qo'llash mumkin emas.
Dozalash uchun shpritsdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma
Preparatni oddiy va aniq dozalash uchun siz dozalash uchun shpritsdan foydalanishingiz mumkin (agar ilova qilingan bo'lsa) (1-rasm).
Shpritsdagi shkala o'lchangan dozadagi tomchilar sonini ko'rsatadi.
1. Flakon qopqog'ini burab oching (soat miliga teskari).
2. Shpritsni flakon bo'ynidagi adapterga vertikal holatda joylashtiring (2-rasm).
3. Unga shprits joylashtirilgan flakonni tubi bilan yuqoriga qaratib to'ntaring. Shpritsni mahkam ushlab turing va pistonni tortib, kerakli miqdordagi preparatni oling (3-rasm).
4. Agar 40 tomchi dozani o'lchash kerak bo'lsa - 10 + 30 tomchi oling.
5. Flakonni yana vertikal holatda to'ntaring.
6. Preparatli shpritsni flakon adapteridan ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling.
7. Preparatning olingan dozasini suv, choy yoki meva sharbatida eriting.
8. Preparatli flakon qopqog'ini burab yoping (soat mili bo'yicha).
Foydalangandan so'ng shpritsni iliq suv bilan yuving.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: Dozani oshirib yuborishda gvayfe-nezinning toksik ta'siri belgilari ustunlik qiladi: uyquchanlik, mushak zaifligi, ko'ngil aynishi va qusish. Urolitiaz rivojlanishi mumkin.
Davolash: Dozani oshirib yuborish holatida shifokorga murojaat qilish kerak. Gvayfenizinning o'ziga xos antidoti yo'q. Oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, yurak-qon tomir, nafas olish va buyrak funktsiyalarini, elektrolitlar muvozanatini ushlab turishga qaratilgan simptomatik terapiya tayinlanadi.
Hajm/og'irlik
AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML tomchilar dlya priema vnutr 25ml o'xshash dorilari



AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML tomchilar dlya priema vnutr 25ml xususiyatlari
Ambrobene boshqa chiqarish shakllari

AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML tomchilar dlya priema vnutr 25ml analoglari

{
"data": {
"id": 26468,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "ambrobene-stoptussin-0-004-0-1-ml-25ml-kapli-d-priema-vnutr",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML tomchilar dlya priema vnutr 25ml",
"brand_name": "AMBROBENE STOPTUSSIN 0,004+0,1/ML",
"image": "uploads/iblock/8e8/8e89665538535875f76f27ae7d2a85f1.webp",
"atx_code": "R05CB06",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Teva Cheshskie Predpriyatiya s.r.o.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 495,
"slug": "preparaty-pri-prostudnykh-zabolevaniyakh-i-grippe",
"name": "Shamollash va gripp",
"external_link_title": "Terapevt maslahati",
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 6734,
"slug": "ambrobene",
"name": "Ambrobene"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 22,
"slug": "chexiya",
"name": "Chexiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5803,
"slug": "butamirat",
"name": "Butamirat"
},
{
"id": 6824,
"slug": "gvayfenezin",
"name": "Gvayfenezin"
}
],
"tags": [
{
"id": 143,
"slug": "ot-kashlya",
"name": "Yo'taldan"
}
]
}
}











