ASIKLOVIR BELUPO krem 10g 5%

ASIKLOVIR BELUPO krem 10g 5% o'xshash dorilari



ASIKLOVIR BELUPO krem 10g 5% qo'llanmasi
Ichga qabul qilinganda biologik kira olishligi 15–30% ni tashkil qiladi. Atsiklovir organizmning barcha organlari va to'qimalariga, shu jumladan bosh miya va teriga yaxshi kirib boradi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 9–33% ni tashkil qiladi va uning plazmadagi kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiya uning plazmadagi kontsentratsiyasining taxminan 50% ini tashkil qiladi. Atsiklovir yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak sutida to'planadi. Ichga 200 mg dan sutkada 5 marta tayinlangandan so'ng Cmax — 0,7 mkg/ml, Tmax — 1,5–2 soat.
Jigarda farmakologik faol bo'lmagan birikma — 9-karboksimetoksimetilguanin hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan kattalarda T1/2 2–3 soatni tashkil qiladi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda T1/2 — 20 soat, gemodializda — 5,7 soat (bunda plazmadagi atsiklovir kontsentratsiyasi boshlang'ich qiymatning 60% gacha kamayadi).
Taxminan 84% buyraklar orqali o'zgarmagan holda va 14% — metabolit shaklida ajralib chiqadi. Atsiklovirning buyrak klirensi umumiy plazmatik klirensning 75–80% ini tashkil qiladi. Atsiklovirning 2% dan kamrog'i organizmdan ichak orqali chiqariladi.
Krem. Shikastlanmagan teriga qo'llanilganda: so'rilishi minimal; qon va siydikda aniqlanmaydi; shikastlangan terida: so'rilishi o'rtacha.
Giperemiya, teri qurishi, po'st tashlashi; achishish, shilliq qavatlarga tushganda yallig'lanish. Allergik dermatit rivojlanishi mumkin.
Maksimal terapevtik samaraga erishish uchun preparatni infeksiya boshlangandan so'ng imkon qadar ertaroq (kasallikning birinchi belgilari: achishish, qichishish, sanchish, taranglik hissi va qizarishda) qo'llashni boshlash kerak. Kremni og'iz bo'shlig'i va ko'z shilliq qavatlariga surtish tavsiya etilmaydi, chunki yaqqol mahalliy yallig'lanish rivojlanishi mumkin.
atsiklovirga, gantsiklovirga, famtsiklovirga, valatsiklovirga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
Immunostimulyator bir vaqtda tayinlanganda samara kuchayishi mumkin.
Xususiyatlar ASIKLOVIR BELUPO krem 10g 5%
Atsiklovir boshqa chiqarish shakllari

ASIKLOVIR BELUPO krem 10g 5% analoglari


















