Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Virusga qarshi  / ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20

ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Virusga qarshi
Faol modda:Asiklovir
Ishlab chiqaruvchi:Akrixin, AO
ATX kodi:J05AB01
Barcha Atsiklovir dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda biologik kira olishligi 15-30 % ni tashkil qiladi. Atsiklovir organizmning barcha organlari va to'qimalariga yaxshi kirib boradi; orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiya - uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 50 %. Gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi, ko'krak sutida to'planadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 9-33 %.

Ichga sutkada 5 marta 200 mg qabul qilingandan so'ng qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya (Cmax) - 0,7 mkg/ml. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti - 1,5 - 2 soat.

Jigarda farmakologik faol bo'lmagan metabolit - 9-karboksimetoksimetilguanin hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilinganda yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 2-3 soat. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Т1/2 - 20 soat, gemodializda - 5,7 soat (bunda plazmadagi atsiklovir kontsentratsiyasi boshlang'ich qiymatning 60 % gacha kamayadi).

Buyraklar orqali o'zgarmagan holda (taxminan 84%) va metabolit shaklida (taxminan 14 %) chiqariladi. 2 % dan kamrog'i me'da-ichak trakti orqali chiqariladi; iz miqdorlari nafas bilan chiqariladigan havoda aniqlanadi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riqlar; kam hollarda - bilirubin miqdori va jigar fermentlari faolligining qaytuvchan oshishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda - qonda mochevina va kreatinin miqdorining oshishi; juda kam hollarda - o'tkir buyrak yetishmovchiligi.

Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, holsizlik, bosh aylanishi, yuqori toliqish, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, uyquchanlik, paresteziyalar, tirishishlar, diqqatni jamlashning pasayishi, ajitatsiya.

Allergik reaksiyalar: qichishish, toshma, Layell sindromi, eshakemi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish, anafilaksiya.

Boshqalar: isitma, limfoadenopatiya, periferik shishlar, ko'rishning buzilishi, mialgiya, alopetsiya.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni qabul qilganda buyrak funksiyasini (qondagi mochevina va qon plazmasidagi kreatinin miqdorini) nazorat qilish kerak.

Preparatni qo'llashda yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta'minlash zarur.

Immuniteti pasaygan bemorlarni atsiklovir bilan uzoq muddatli yoki takroriy davolash uning ta'siriga sezgir bo'lmagan virus shtammlari paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Atsiklovirga sezgir bo'lmagan ajratilgan virus shtammlarining ko'pchiligida virusli timidinkinazaning nisbiy yetishmovchiligi aniqlanadi; o'zgargan timidinkinaza yoki o'zgargan DNK-polimeraza bilan shtammlar ajratilgan. In vitro sharoitida atsiklovirning Herpes simplex virusining izolyatsiyalangan shtammlariga ta'siri kamroq sezgir shtammlar paydo bo'lishini chaqirishi mumkin.

Atsiklovir gerpesning jinsiy yo'l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolash davrida, hatto klinik ko'rinishlar bo'lmasa ham jinsiy aloqalardan saqlanish zarur.

Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyot bo'lish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Atsiklovirga, gantsiklovirga, valatsiklovirga yoki preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, laktatsiya davri, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan:

Homiladorlik, keksa yosh, degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi, nevrologik buzilishlar yoki tsitotoksik dori vositalarini qabul qilishga nevrologik reaktsiyalar (shu jumladan anamnezda).

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlik vaqtida qo'llash faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina mumkin.

Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Probenetsid bilan bir vaqtda qo'llanilganda atsiklovirning o'rtacha yarim chiqarilish davri oshadi va klirensi pasayadi.

Nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda buyrak funktsiyalari buzilishlari rivojlanish xavfi oshadi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan so'ng darhol, yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi. Dozalash rejimi kasallikning og'irlik darajasiga qarab individual ravishda belgilanadi.

Herpes simplex 1 va 2 turlari virusi chaqirgan teri va shilliq qavatlar infektsiyalarini davolashda

Kattalarga - 200 mg dan sutkasiga 5 marta (uyg'oq paytda har 4 soatda, tungi uyqudan tashqari) 5 kun davomida, genital gerpesni davolash uchun - 10 kun, zarurat bo'lganda davolash davomiyligi uzaytirilishi mumkin. .

Yaqqol immunitet tanqisligida, shu jumladan OIV-infektsiyasining kengaytirilgan klinik manzarasida (shu jumladan OIV-infektsiyasining erta klinik ko'rinishlari va OITS bosqichi), suyak iligi implantatsiyasidan keyin kompleks terapiya tarkibida 400 mg dan sutkasiga 5 marta tayinlanadi.

Immunitet statusi normal bo'lgan bemorlarda Herpes simplex 1 va 2 turlari virusi chaqirgan infektsiyalar retsidivlari profilaktikasi uchun

Kattalarga - 200 mg dan sutkasiga 4 marta har 6 soatda, kurs davomiyligi 6 dan 12 oygacha.

Immunitet tanqisligi bo'lgan bemorlarda Herpes simplex 1 va 2 turlari virusi chaqirgan infektsiyalar profilaktikasi uchun

Kattalarga - 200 mg dan sutkasiga 4 marta har 6 soatda, maksimal doza - infektsiya og'irligiga qarab sutkasiga 5 marta 400 mg gacha.

O'rab oluvchi temiratkini davolashda - 800 mg dan sutkasiga 5 marta (uyg'oq paytda har 4 soatda, tungi uyqudan tashqari) 7-10 kun davomida.

3 yoshdan katta bolalarga preparat kattalar uchun dozada tayinlanadi. Suvchechakni davolash: kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga - 800 mg dan sutkasiga 4 marta; 3-6 yoshli bolalarga - 400 mg dan sutkasiga 4 marta. Dozani aniqroq qilib 20 mg/kg hisobidan aniqlash mumkin. Davolash kursi - 5 kun.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda kreatinin klirensi kattaligi va infektsiya turiga qarab dozalar va dozalash rejimini to'g'irlash zarur. Herpes simplex chaqirgan infektsiyani davolash uchun kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam bo'lganda preparatning sutkalik dozasini 400 mg gacha kamaytirish kerak, uni 2 qabulga bo'lib (ular orasidagi intervallar kamida 12 soat, ya'ni 200 mg dan sutkasiga 2 marta).

Varicella zoster chaqirgan infektsiyalarni davolashda va yaqqol immunitet tanqisligi bo'lgan bemorlarning ushlab turuvchi terapiyasida - kreatinin klirensi 10-25 ml/daq bo'lgan bemorlarga preparat 800 mg dan sutkasiga 3 marta 8 soatlik interval bilan, kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam bo'lganda - 800 mg dan sutkasiga 2 marta 12 soatlik interval bilan tayinlanadi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ajitatsiya, koma, tirishishlar, letargiya. Agar uning kontsentratsiyasi buyrak naychalaridagi eruvchanligidan oshsa (2,5 mg/ml), buyrak naychalarida atsiklovir pretsipitatsiyasi bo'lishi mumkin.

Davolash: simptomatik.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20 o'xshash dorilari

AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
400 000 so'm dan
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Retseptsiz
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•13 ta dorixonada bor
Narxi
4 600 so'm dan
AVISIKLO tabletkalari 1000mg N10
Retseptli
AVISIKLO tabletkalari 1000mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Origin Formuleyshens Pvt. Ltd.
•23 ta dorixonada bor
Narxi
207 900 so'm dan

Atsiklovir boshqa chiqarish shakllari

ASIKLOVIR liofilizat 0,25g N1
ASIKLOVIR liofilizat 0,25g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
70 000 so'm dan
MR ASIKLOVIR maz 10g 5%
MR ASIKLOVIR maz 10g 5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•21 ta dorixonada bor
Narxi
5 858 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR NGP tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR NGP tabletkalari 200mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Neogalenpharm, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR tabletkalari 400 mg N10
ASIKLOVIR tabletkalari 400 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT, OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10 g 5 %
ASIKLOVIR maz 10 g 5 %
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REMEDY, SP OOO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, OAO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•68 ta dorixonada bor
Narxi
8 857 so'm dan
ASIKLOVIR tabletkalari 400mg N10
ASIKLOVIR tabletkalari 400mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
SAMO, OOO
•47 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR AKOS tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR AKOS tabletkalari 200mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•55 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 2,5%
ASIKLOVIR maz 10g 2,5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
DKP-JFF OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan

ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20 analoglari

ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
ZOVIRAKS poroshok 250mg N5
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaksoSmitKlyain Menyufekchuring S.p.A.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
595 000 so'm dan
ASIKLOVIR AKOS tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR AKOS tabletkalari 200mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•55 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•68 ta dorixonada bor
Narxi
8 857 so'm dan
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•21 ta dorixonada bor
Narxi
5 858 so'm dan
ASIKLOVIR maz 5g 5%
ASIKLOVIR maz 5g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•41 ta dorixonada bor
Narxi
5 800 so'm dan
ASIKLOVIR liofilizat 0,25g N1
ASIKLOVIR liofilizat 0,25g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
70 000 so'm dan
ASIKLOVIR krem 10g 5%
ASIKLOVIR krem 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
•23 ta dorixonada bor
Narxi
3 979 so'm dan
ASIKLOVIR krem 5g 5%
ASIKLOVIR krem 5g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
•1 ta dorixonada bor
Narxi
6 700 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•106 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25
Retseptli
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Export Limited., Velikobritaniya proizvedeno: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
40 600 so'm dan

ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20 haqida savollar

ASIKLOVIR AKRIXIN tabletkalari 200mg N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil