AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3

AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
So'rilishi - yuqori, kislotaga chidamli, lipofil. Bir marta 500 mg qabul qilingandan so'ng biologik kira olishligi - 37 % (jigardan "birinchi o'tish" effekti), peroral 500 mg qabul qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiya (Стах) - 0,4 mg/l, Стах ga erishish vaqti - 2,5-2,9 soat; to'qimalar va hujayralardagi kontsentratsiya qon zardobidagiga qaraganda 10-50 baravar yuqori, taqsimlanish hajmi - 31,1 l/kg. Gistogematik to'siqlar orqali oson o'tadi. Nafas yo'llariga, siydik-tanosil a'zolari va to'qimalariga (shu jumladan, prostata beziga), teri va yumshoq to'qimalarga yaxshi kirib boradi; past pH muhitida, lizosomalarda to'planadi (bu hujayra ichida joylashgan qo'zg'atuvchilarni eradikatsiya qilish uchun ayniqsa muhimdir). Shuningdek fagotsitlar, polimorf yadroli leykotsitlar va makrofaglar tomonidan tashiladi. Hujayra membranalari orqali o'tadi va ularda yuqori kontsentratsiyalarni hosil qiladi. Infektsiya o'choqlaridagi kontsentratsiya sog'lom to'qimalarga qaraganda ishonchli darajada yuqori (24-34% ga) va yallig'lanish shishi darajasi bilan korrelyatsiya qiladi. Yallig'lanish o'chog'ida oxirgi doza qabul qilingandan keyin 5-7 kun davomida samarali kontsentratsiyalarda saqlanib turadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 7-50 % (qondagi kontsentratsiyaga teskari proportsional).
Jigarda demetillanadi, hosil bo'lgan metabolitlar faol emas. Plazma klirensi - 630 ml/daq. Qabul qilingandan keyin 8 va 24 soat oralig'idagi yarim chiqarilish davri (Туг) - 14-20 soat, 24 dan 72 soatgacha bo'lgan oraliqdagi Туг - 41 soat. 50 % safro bilan o'zgarmagan holda, 6 % - buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, diareya, ko'ngil aynishi, qorinda og'riq, disfagiya, qorin dam bo'lishi, meteorizm, kekirish, qusish, melena, gepatit, jigar funktsiyasining buzilishi, jigar yetishmovchiligi (kam hollarda o'lim bilan yakunlanishi mumkin, asosan jigar funktsiyasining og'ir buzilishi fonida), xolestatik sariqlik, jigar nekrozi, fulminant gepatit, «jigar» transaminazalari faolligining oshishi, qabziyat, ishtahaning pasayishi, gastrit, gastroenterit, pankreatit, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, so'lak bezlari sekretsiyasining oshishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati yaralari, til rangining o'zgarishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, ta'mning o'zgarishi, soxtamembranoz kolit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, ko'krak qafasida og'riqlar, qon bosimining pasayishi, elektrokardiogrammada QT oralig'ining uzayishi, «piruet» tipidagi aritmiya, qorinchalar taxikardiyasi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: vertigo, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik; asabiylik, ajitatsiya, xavotirlik, hid bilishning buzilishi, alahsirash, gallyutsinatsiyalar, uyqu buzilishlari, paresteziyalar, gipesteziya, tajovuzkorlik, hushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, ta'm sezgilarining yo'qolishi, hid bilishning yo'qolishi.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: osteoartrit, mialgiya, belda og'riq, bo'yinda og'riq, miasteniya, artralgiya.
Ko'rish a'zosi tomonidan: ko'rishning buzilishi.
Eshitish a'zosi tomonidan: eshitishning buzilishi, shu jumladan karlik va/yoki quloqlarda shovqin; eshitishning buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o'tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit, dizuriya, buyrak sohasida og'riq.
Reproduktiv tizim tomonidan: vaginal kandidoz, metrorragiya, moyaklar funktsiyasining buzilishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: rinit, faringit, respirator kasalliklar, pnevmoniya.
Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan, qon plazmasida: bazofillar, monotsitlar, neytrofillar sonining oshishi, bikarbonatlar kontsentratsiyasining pasayishi yoki oshishi, ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza faolligining oshishi, xlor miqdorining oshishi, glyukoza kontsentratsiyasining oshishi, bilirubin kontsentratsiyasining oshishi, mochevina va kreatinin kontsentratsiyasining oshishi, natriy miqdorining o'zgarishi, kaliy miqdorining o'zgarishi, trombotsitlar sonining oshishi, gematokritning oshishi. Allergik reaksiyalar: toshma, eshakemi, teri qichishishi, angionevrotik shish, toksik epidermal nekroliz, yuz shishi, o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, anafilaktik reaksiya. Didaktik reaksiya, ko'p shaklli eritema.
Boshqalar: asteniya, anoreksiya, fotosensibilizatsiya, trombotsitopeniya, limfopeniya, leykopeniya, eozinofiliya, neytropeniya, gemolitik anemiya, Stivens-Djonson sindromi, burun qonashi, yuzga qon «oqib kelishi», hansirash, dermatit, teri qurishi, terlash, isitma, holsizlik, charchoq hissi, periferik shishlar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Dozani qabul qilish o'tkazib yuborilgan taqdirda, o'tkazib yuborilgan dozani imkon qadar tezroq, keyingilarini esa - 24 soatlik oraliq bilan qabul qilish kerak. Preparatni
antatsid dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak. Bunday bemorlarda fulminant gepatit va og'ir jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkinligi sababli yengil va o'rta darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Jigar funksiyasi buzilishi belgilari (tez kuchayib boruvchi asteniya, sariqlik, siydik rangi to'qlashishi, qon ketishga moyillik, jigar ensefalopatiyasi) mavjud bo'lganda, azitromitsin bilan davolashni
to'xtatish va jigar funksional holatini tekshirish kerak. Buyrak funksiyasining
yengil va o'rta darajadagi buzilishlari (kreatinin klirensi 40 ml/daq dan ortiq) bo'lgan bemorlarda buyrak funksiyasini nazorat qilgan holda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Ergotizm rivojlanishi mumkinligi sababli
azitromitsinni ergotamin va digidroergotamin hosilalari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Preparatni qo'llashda, qabul qilish fonida ham, davolash to'xtatilgandan keyin 2-3 hafta o'tgach ham Clostridium difficile chaqirgan diareya (soxta membranoz kolit) rivojlanishi mumkin. Yengil holatlarda davolashni bekor qilish va ion almashinuvchi qatronlarni (kolestiramin, kolestipol) qo'llash yetarli, og'ir holatlarda suyuqlik, elektrolitlar va oqsil yo'qotilishini to'ldirish, vankomitsin, batsitsratsin yoki metronidazol tayinlash ko'rsatilgan. Ichak peristaltikasini
tormozlovchi dori vositalarini qo'llash mumkin emas.
Preparatni yo'riqnomada ko'rsatilganidan ko'ra uzoqroq kurslar bilan qo'llash mumkin emas, chunki azitromitsinning farmakokinetik xususiyatlari qisqa va oddiy dozalash tartibini
tavsiya etishga imkon beradi.
Boshqa antibakterial preparatlar qo'llanilganda bo'lgani kabi, azitromitsin bilan davolashda bemorlarni ta'sirchan bo'lmagan mikroorganizmlar mavjudligiga va superinfeksiya, shu jumladan zamburug'li infeksiya belgilari rivojlanishiga muntazam tekshirib turish kerak.
Makrolidlar, shu jumladan azitromitsin qabul qilgan bemorlarda QT intervalining uzayishi mumkinligi sababli, azitromitsinni qo'llashda QT intervali uzayishining ma'lum xavf omillari bo'lgan bemorlarda ehtiyot bo'lish kerak: proaritmogen omillar mavjudligi (ayniqsa keksa bemorlarda); shu jumladan tug'ma yoki orttirilgan QT intervali uzayishi sindromi bo'lgan; QT intervalini uzaytirishga qodir dori vositalarini, shu jumladan IA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron, sotalol) sinf antiaritmik dori vositalarini, sizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (sitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksatsin, levofloksatsin)ni bir vaqtda qabul qilayotgan; suv-elektrolit balansi buzilishlari, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya bo'lgan bemorlarda; klinik ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi, og'ir yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda. Azitromitsinni qo'llashda miastenik sindrom rivojlanishi yoki miasteniya zo'rayishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
-buyrak faoliyatining og'ir buzilishi (kreatinin klirensi 40 ml/daq dan kam); jigar faoliyatining og'ir darajadagi buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha S sinfi);
-tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
-ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish;
-azitromitsinga, preparatning boshqa komponentlariga, eritromitsinga, boshqa makrolidlarga, ketolidlarga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak faoliyatining yengil va o'rtacha darajadagi buzilishlari (kreatinin klirensi 40 ml/daq dan ortiq), jigar faoliyatining yengil va o'rtacha darajadagi buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A va B sinflari), proaritmogen omillari mavjud bo'lgan bemorlarda (ayniqsa keksa bemorlarda): tug'ma yoki orttirilgan QT oralig'ining uzayishi bilan, IA (xmiidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron va sotalol) sinf antiaritmik vositalari, tsisaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksatsin va levofloksatsin) bilan terapiya olayotgan bemorlarda, suv-elektrolit muvozanati buzilishlari bilan, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya holatida, klinik ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og'ir yurak yetishmovchiligi bilan; digoksin, varfarin, tsiklosporinni bir vaqtda qo'llash; miasteniya.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlikda preparatni qo'llash faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Sporinya alkaloidlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda ergotizm rivojlanish xavfini istisno qilib bo'lmaydi.
Azitromitsin varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgisining samaralari kuchayishi holatlari ta'riflangan.
Digoksin yoki digitoksin azitromitsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida yurak glikozidlari konsentratsiyasi sezilarli oshishi va glikozidli intoksikatsiya rivojlanish xavfi bo'lishi mumkin.
Dizopiramid bilan bir vaqtda qo'llanilganda qorinchalar fibrillyatsiyasi rivojlanishi holati ta'riflangan.
Lovastatin bilan bir vaqtda qo'llanilganda rabdomioliz rivojlanishi holatlari ta'riflangan.
Rifabutin bilan bir vaqtda qo'llanilganda neytropeniya va leykopeniya rivojlanish xavfi oshadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda siklosporin metabolizmi buziladi, bu esa siklosporin tomonidan chaqiriladigan nojo'ya va toksik reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va tana vazni 45 kg dan ortiq bo'lgan 12 yoshdan katta bolalarga: yuqori nafas yo'llari va LOR-a'zolari infektsiyalarida (sinusit, tonzillit, faringit, o'rta otit) - 3 kun davomida bir qabulda 500 mg/sut (kurs dozasi - 1,5 g); pastki nafas yo'llari infektsiyalarida (o'tkir bronxit, surunkali bronxit zo'rayishi, pnevmoniya, shu jumladan atipik qo'zg'atuvchilar chaqirgan) - 3 kun davomida bir qabulda 500 mg/sut (kurs dozasi - 1,5 g);
-teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalarida (saramas, impetigo,
-ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar)
3 kun davomida bir qabulda 500 mg/sut (kurs dozasi - 1,5 g);
-Chlamydia trachomatis chaqirgan siydik-tanosil yo'llari infektsiyalarida (uretrit, tservitsit) - bir marta 1,0 g; Laym kasalligida (borrelioz) boshlang'ich bosqichda (migratsiyalanuvchi eritema) - birinchi kuni 1,0 g va 2-kundan 5-kungacha har kuni 500 mg dan (kurs dozasi - 3,0 g).
Engil va o'rtacha darajadagi buyrak funktsiyasi buzilishi (KK 40 ml/daq dan ortiq) bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda dozani to'g'irlash talab etilmaydi; engil va o'rtacha darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda, keksa bemorlarda qo'llanilganda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: vaqtincha eshitish yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: simptomatik (maxsus antidot yo'q).
Hajm/og'irlik
AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3 o'xshash dorilari


Azitromitsin boshqa chiqarish shakllari




AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3 analoglari


















