Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Og'riq qoldiruvchi  / BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Sanofi Indiya Limited
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:N02BB02
Barcha Baralgin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 qo'llanmasi

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida, Kvinke shishi, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom, anafilaktik shok.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, kam hollarda immun genezli agranulotsitoz va trombotsitopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, juda kam hollarda o'tkir interstitsial nefrit rivojlanishi, siydikning qizil rangga bo'yalishi (rubazon kislotasi metaboliti ajralishi hisobiga).

Mahalliy reaksiyalar: m/i yuborilganda yuborish joyida infiltratlar bo'lishi mumkin.

Boshqalar: qon bosimining pasayishi, yurak ritmining buzilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Baralgin M ni (ayniqsa uning parenteral shakllarini) arterial gipotensiyasi (sistolik QB 100 mm sim.ust. dan past) bo'lgan bemorlarda; tizimli gemodinamika ko'rsatkichlari beqarorligi bilan xarakterlanadigan vaziyatlarda (o'tkir miokard infarkti, ko'p sonli jarohat, boshlanayotgan shok); anamnezida periferik qon manzarasi buzilishlari (masalan, sitostatik vositalar bilan davolash natijasida) bo'lgan bemorlarda; hayotining birinchi uch oyligidagi yoki tana vazni 5 kg dan kam bo'lgan chaqaloqlarda (buyrak funksiyasi buzilishlari rivojlanishi xavfi yuqoriligi sababli); shuningdek homiladorlik davrida (ayniqsa 1 trimestrda va oxirgi 6 haftada) tayinlash uchun alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish va ko'rsatmalarni qat'iy belgilash kerak. Bronxial astma va/yoki nafas yo'llarining surunkali infeksion-yallig'lanish kasalliklaridan (shu jumladan pichan isitmasi, surunkali eshakemi, kon'yunktivit, polipoz rinosinusit kabi yondosh kasalliklar bilan) aziyat chekuvchi bemorlarda, shuningdek har qanday NYAQV va analgetik-antipiretiklarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda Baralgin M ni qo'llash bronxial astma xuruji va shok rivojlanishi xavfi bilan birga kechadi. Xuddi shu narsa nodori moddalarga (masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, konservantlar, mo'yna, soch bo'yog'i) yuqori sezuvchanlik reaksiyalari anamnezida bo'lgan bemorlarga, shuningdek ilgari oz miqdordagi alkogol qabul qilishga javoban aksirish, ko'z yoshlanishi va yuzning kuchli qizarishi ko'rinishidagi reaksiyalar qayd etilgan bemorlarga ham tegishli. Allergik reaksiyalar rivojlanishi xavfi Baralgin M ichga qabul qilinganidan ko'ra v/i yuborilganda yuqori.

Ma'lum darajada o'zlashtira olmaslik reaksiyalarini chaqirishga qodir preparatlarni (masalan, rentgenokontrast moddalar, plazma o'rnini bosuvchi kolloid eritmalar, penitsillinlar) imkon qadar Baralgin M bilan davolash vaqtida qo'llamaslik kerak.

Anafilaktik shok rivojlanganda adrenalin eritmasini (0,1 mg 10 ml fiziologik eritmada) v/i sekin yuborish ko'rsatilgan. Zarurat tug'ilganda adrenalin yuborishni 15-30 daqiqa vaqt oralig'i bilan takrorlash mumkin. So'ngra glyukokortikoid (masalan, eruvchan urbazon forte 1000 mg gacha v/i), antigistamin vositalar (masalan, avil 2 ml dozada v/i) yuboriladi, qon hajmini to'ldirish, O'IV, yurak massaji o'tkaziladi.

Bemorning umumiy ahvoli kutilmaganda yomonlashganda, harorat ko'tarilishi, og'iz bo'shlig'i, burun va halqum shilliq qavatlarining yallig'lanishi, EChT oshishi bilan namoyon bo'lganda, Baralgin M bilan davolashni darhol to'xtatish kerak, chunki yuqorida nomlangan simptomlar agranulotsitoz rivojlanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Trombotsitopeniya ko'rinishlari qon ketishlarga yuqori moyillik va/yoki teri va shilliq qavatlarda nuqtali qon quyilishlar bo'lishi mumkin.

O'rtacha terapevtik dozalarda qo'llanilganda pirazolon hosilalari ko'krak suti bilan juda oz miqdorda ajraladi.

Baralgin biotransformatsiyasi mahsulotining siydik bilan chiqarilishi siydikning qizil rangga bo'yalishini chaqirishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas va preparat bekor qilingandan so'ng yo'qoladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— jigar porfiriyasi;

— tug'ma glyukoza-6- fosfat degidrogenaza tanqisligi;

— homiladorlikning I va IIl trimestri;

— bronxial astma (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan induktsiyalangan);

— bronxospazm bilan kechuvchi kasalliklar;

— salitsilatlar, paratsetamol, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, naproksenga javoban anafilaktoid reaktsiyalar (eshakemi, rinit, shish) rivojlanishi;

— jigar va buyrak faoliyatining yaqqol buzilishlari;

— qon yaratishning yaqqol buzilishlari (agranulotsitoz, tsitoplastik va infektsion neytropeniya);

— 3 oylikkacha bo'lgan yoki tana vazni 5 kg dan kam bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qarshi ko'rsatilgan;

— metamizolga — faol moddaga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga, yoki boshqa pirazolonlarga (izopropilaminofenazol, propifenazon, fenazon yoki fenilbutazon) yuqori sezuvchanlik

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Baralgin M va siklosporin bir vaqtda tayinlanganda qon plazmasida siklosporin konsentratsiyasi pasayishi kuzatilishi mumkin, bu tegishli nazorat zaruratini keltirib chiqaradi.

Baralgin M bilan davolash vaqtida alkogol iste'mol qilinganda alkogol samarasi kuchayishi mumkinligini nazarda tutish kerak

Dozirovkasi

DozalashKattalar va 15 yosh va undan katta o'smirlar: bir martalik doza sifatida 1-2 ml 50% li (500 mg/1ml) Baralgin M eritmasi (m/o yoki v/i) tavsiya etiladi, sutkalik doza 2-3 qabulga bo'lingan holda 4 ml gacha in'ektsion eritmani (2 g dan ko'p emas) tashkil qilishi mumkin. Maksimal bir martalik doza 1 g (2 ml 50% li eritma) ni tashkil qilishi mumkin.

Bolalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlar: Baralgin M ni 3 oylikkacha bo'lgan yoshdagi yoki tana vazni 5 kg dan kam bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qabul qilish mumkin emas.

Bolalarga Baralgin M 10 kg tana vazniga 50-100 mg dozada (0,1-0,2 ml 50% li eritma) tayinlanadi.

Bir martalik doza sutkasiga 2-3 martagacha tayinlanishi mumkin. Yuborishdan oldin eritmani tana haroratigacha isitish tavsiya etiladi.

3-12 oylik bolalar uchun yuborish faqat m/o amalga oshiriladi (bola tana vazni 5 dan 9 kg gacha).

Preparat juda tez yuborilganda AB ning kritik pasayishi va shok kuzatilishi mumkin. V/i yuborish sekin (yuborish tezligi daqiqasiga 1 ml (500 mg metamizol) dan oshmasligi kerak), yotgan holda, AB, puls va nafas olish chastotasi nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Allergik bo'lmagan genezli AB pasayishi dozaga bog'liq degan xavotir mavjudligi sababli, 2 ml (1 g) dan ortiq Baralgin M eritmasi miqdori alohida ehtiyotkorlik bilan yuborilishi kerak.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 o'xshash dorilari

FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Narxi
31 400 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•114 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
TRAMADOL kapsulalar  50mg N20
TRAMADOL kapsulalar 50mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 xususiyatlari

Baralgin boshqa chiqarish shakllari

BARALGIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml N10
Retseptli
BARALGIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Laxisam Pharmaceuticals, OOO
BARALGIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
BARALGIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Laxisam Pharmaceuticals, OOO
BARALGIN-SIA tabletkalari N100
Retseptli
BARALGIN-SIA tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sia Pharma Pvt. Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 analoglari

BRALGET M inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/ml N5
Retseptli
BRALGET M inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Regain Laboratories, Indiya dlya Karan Healthcare (Pvt) Ltd
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzximfarm, AO
•95 ta dorixonada bor
Narxi
4 200 so'm dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzximfarm, AO
•53 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 haqida savollar

BARALGIN M 0,5/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil