Apteka.uz
SavatKirish

Deksametazon 0,1% 5ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Faol modda:Deksametazon
Ishlab chiqaruvchi:«Polfarma» AO
Teglar:Ko'z tomchilar
ATX kodi:S01ВA01
Barcha Deksametazon dorilari
9 ta dorixonada bor
Narxi 8 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 9 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Deksametazon 0,1% 5ml qo'llanmasi

Tarkibi

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol maqolalar: deksametazon 1 mg;

moddalar yordamchisi: din dodekahidrat fosfatlar, dihidrofosfat monohidrat natriy, natriy xlorid, edetati din, eritmasi benzalkonium xlorid, polisorbat 80, 96% li etil spirti, natriy gidroksid, tosalgan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

5 ml dan tomchi dozatori va qopqoqchali polietilen flakonda. Flakonga etiketka yopishtiriladi.

1 flakondan qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Deksametazon sintetik glyukokortikosteroid hisoblanadi. Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Yallig'lanish jarayonining barcha bosqichlariga ta'sir ko'rsatadi. Qon tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, leykositlar migrasiyasini, fagositoz, kininlarni ajralib chiqishini va antitelolar sintezini susaytiradi.

Peroral qo'llanilganida deksametazon faolligi prednizolon faolligidan taxminan 6-7 baravar, kortizon faolligidan esa deyarli 30 baravar yuqori bo'ladi. Murakkabning samaradorligi prednizolon radikaliga metil radikali va ftor atomini qo'shilishi yo'li bilan erishilgan.

Farmakokinetikasi

Deksametazon ichga qabul qilinganidan keyin tez so'riladi, yarim chiqarilish davri taxminan 190 minutni tashkil qiladi. Deksametazonni sirtga, teriga qo'llash yoki kon'yunktiva bo'shlig'iga instillyasiya qilinganda, uning tizimli ta'sirni namoyon bo'lishi uchun etarli darajada so'rilishiga olib kelishi mumkin. Deksametazonning plazma oqsillari bilan bog'lanishi boshqa kortikosteroidlarga nisbatan kam hisoblanadi. Kortikosteroidlar diffuziya yo'li bilan to'qimalar suyuqligiga, orqa miya suyuqligiga tushadi, biroq yo'ldosh to'sig'i orqali sezilarli diffuziyasi aniqlanmagan. Kortikosteroidlar jigar va buyrakda biotransformasiyaga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Biotransformasiyasi boshqa kortikosteroidlar bilan o'xshash hisoblanadi. Deksametazon ko'z soqqasining ichiga ahamiyatli darajada o'tadi, shu sababli ko'z oldi segmentining yallig'lanish kasalliklarida samarali hisoblanadi.

Nojo'ya samaralari

Har bir dori preparati kabi, deksametazon 0,1% li ham, garchi u har bir pasientda yuz bermasa-da, nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.

Xavfsizlik darajasini baholash

Klinik tadiqotlarda eng ko'p uchraydigan nojo'ya ta'sirlardan ko'zda diskomfort hissi bo'lgan.

Nojo'ya ta'sirlarni jadvalda keltirilishi

Nojo'ya ta'sirlarning kelib chiqish tez-tezligi quyidagicha aniqlash qabul qilingan:

juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10 000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asoslanib, aniqlashning iloji yo'q). Har bir kategoriyali nojo'ya ta'sirlar kelib chiqish tez-tezligi bo'yicha ularning og'irligini kamayib borish ketma-ketligiga muvofiq ko'rsatilgan.

MedDRA bo'yicha a'zolar va tizimlar tasnifi

Nojo'ya ta'siri

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.

Endokrin buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum: Kushing sindromi, buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi

Nerv tizmi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: ta'mni buzilishi.

Tez-tezligi noma'lum: bosh aylanishi, bosh og'rig'i.

Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ko'zda diskomfort hissi

Tez-tez emas: keratit, kon'yunktivit, quruq keratokon'yunktivit, shox pardaning pigmentasiyasi, yorug'likka qaray olmaslik, noaniq ko'rish, ko'zda yot jism borligi hissi, ko'zni ko'p yoshlanishi, ko'zlarda g'ayri-tabiiy hislar, ko'z burchaklarida po'stloqchalar, ko'zni ta'sirlanishi, ko'zni qizarishi.

Tez-tezligi noma'lum: glaukoma, yazva keratiti, ko'z ichki bosimini oshishi, ko'rish o'tkirligini pasayishi, shox pardaning yaralari, blefaroptoz (ko'z qovoqlarining pastroq tushib qolishi), ko'zlarda og'riq, midriaz (qorachiqlar kengayishi), ko'rishning xiralashishi.

Ayrim nojo'ya ta'sirlarning ta'rifi

  • Oftalmologiyada mahalliy kortikosteroidlarni davomli qo'llanishi ko'rish nervini shikastlanishi, ko'rish o'tkirligini pasayishi, ko'rish maydonini buzilishi va orqa subkapsulyar kataraktani rivojlanishi bilan birga ko'zning ichki bosimini oshishiga olib kelishi mumkin.

  • Tarkibida kortikosteroidlarni saqlaganligi sababli, shox parda yoki sklerani yupqalashishi bilan kechuvchi kasalliklarda qo'llangan hollarda, ayniqsa uzoq muddat davomida davolanganda, perforasiyani yuqori xavfi mavjud.

  • Kortikosteroidlar infektsiyalarga chidamlilikni pasaytirishi mumkin va ularni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

  • Shox pardani biroz shikastlanishi bo'lgan ayrim pasientlarda juda kam hollarda fosfatlarni saqlovchi ko'z tomchilarini qo'llash bilan bog'liq, shox pardani kaltsifikasiyalanish hollari haqida xabar berilgan.

Nojo'ya ta'sirlar haqida xabarlar

Yuqorida keltirilgan yoki ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa noxush holatlar paydo bo'lgan hollarda, ular to'g'risida shifokorga yoki farmasevtga xabar berish lozim.

Nojo'ya reaktsiyalar haqidagi xabarlar yordamida preparatni qo'llash xavfsizligi to'g'risida ko'proq ma'lumotlar yig'ish mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo'llashni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish lozim.

  • Preparat faqat oftalmologiyada mahalliy qo'llash uchun mo'ljallangan.

  • Ko'zni aniqlanmagan qizarishi hollarida mahalliy kortikosteroidlarni qo'llash tavsiya etilmaydi.

  • Oftalmologiyada mahalliy kortikosteroidlarni uzoq muddat qo'llanilishi ko'z ichki bosimini oshishi va (yoki) ko'rish nervini shikastlanishi bilan kechuvchi glaukomaga, ko'rish o'tkirligini pasayishiga, ko'rish maydonini buzilishiga va orqa subkapsulyar kataraktani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy kortikosteroidlar bilan uzoq muddat davomida davolanayotgan pasientlarda, ayniqsa anamnezida glaukoma yoki ushbu kasalligi bo'lgan pasientlarda ko'z ichki bosimini va ko'z gavharining holatini tez-tez va muntazam nazorat qilib turish lozim. Bu ayniqsa bolalar va o'smirlarda juda muhimdir, chunki ularda kortikosteroidlar tomonidan chaqirilgan ko'z ichki bosimini oshishini rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi, ushbu kasallik esa kattalarga nisbatan ertaroq rivojlanishi mumkin. Kortikosteroidlarni qo'llash natijasida ko'z ichki bosimini oshishi va (yoki) glaukomani rivojlanish xavfi moyilligi bo'lgan pasientlarda (masalan, qandli diabeti bo'lgan pasientlarlarda) yuqori bo'ladi.

  • Mahalliy qo'llash uchun kortikosteroidlarni faqat oftalmolog kuzatuvi ostida va qo'z ichki bosimini muntazam nazoratida davolash hollaridan tashqari bir haftadan ortiq qo'llash mumkin emas,.

  • Kortikosteroidlar bakteriyalarga, virusli va zamburug'li infektsiyalarga chidamlilikni kamaytirishi mumkin, ularni rivojlanishiga yordam berib, shuningdek ushbu kasalliklarning klinik simptomlarini niqoblashi ham mumkin. Bunday hollarda antibakterial preparatlarni qo'llash shart.

  • Shox pardaning surunkali yaralari bo'lgan pasientlarda zamburug'li infektsiyalarni yo'qotish lozim. Zamburug'li infektsiyalar rivojlangan hollarda kortikosteroidlar bilan davolashni to'xtatish lozim.

  • Oftalmologiyada mahalliy qo'llanadigan kortikosteroidlar shikastlangan shox parda jarohatini bitish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Shuningdek oftalmologiyada mahalliy qo'llanadigan NYAQP ham shikastlangan shox pardani sog'ayish jarayonini susaytirishi va sekinlashtirishi mumkin. Oftalmologiyada mahalliy qo'llash uchun NYAQP va kortikosteroidlarni bir vaqtda qo'llash shox pardaning sog'ayish jarayonini buzilishini potentsial darajada kuchaytirishi mumkin.

  • Shox parda yoki sklerani yupqalashishi bilan kechuvchi kasalliklarda kortikosteroidlarni mahalliy qo'llash bilan bog'liq bo'lgan perforasiyani yuz berishi aniqlangan.

  • Deksametazonning jadal ravishda yoki uzoq muddat davomida ko'zlarga qo'llanilgandagi tizimli so'rilishi moyilligi bo'lgan pasientlarda, jumladan bolalar va SUR3A4 ingibitorlarini (jumladan, ritonavir va kobitsistat) qabul qilayotgan pasientlarda Kushing sindromi rivojlanishiga va (yoki) buyrak usti bezlari faoliyatining susayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda davolashni bosqichma bosqich to'xtatish kerak.

  • Ko'rishning buzilishi kortikosteroidlarni tizimli va maxalliy qo'llash natijasida paydo bo'lishi mumkin. Agar pasientda ko'rishning xiralashishi kabi simptomlar yoki ko'rishning boshqa buzilishlari paydo bo'lsa, u holda katarakta, glaukoma yoki kortikosteroidlarni tizimli va maxalliy qo'llashda kuzatilgan Markaziy seroz xorioretinopatiya (MSXR) kabi kam uchraydigan kasalliklarni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan sabablar ehtimolini aniqlash uchun oftalmolog maslahati talab etilishi mumkin.

  • Ko'zning yallig'lanish kasalliklarini davolash vaqtida kontakt linzalarni taqish mumkin emas.

Bolalar

Ma'lumotlar soni cheklanganligi tufayli nojo'ya ta'sirlar profili bolalarda va katta yoshdagilarda farq qilmaydi. Biroq umuman bolalar ko'zlari kattalar ko'zlariga nisbatan qichishishni qo'zg'atuvchilarga kuchliroq reaktsiya bildiradi. Qichishish bolalarda davolash jarayoniga ta'sir etishi mumkin. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanish xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Deksametazon 0,1% preparati benzalkoniy xloridi saqlaydi

Preparat benzalkoniy xloridni saqlaydi, u teri reaktsiyalarini va ko'z qichishishini chaqirishi mumkin. Benzalkoniy xlorid yumshoq kontaktli linzalar bilan absorbtsiyalanishi va ularning rangini o'zgartirishi mumkin.

Preparatni yumshoq kontakt linzalarga tegishidan saqlash lozim.

Agar pasientga kontakt linzalarni taqishga ruxsat berilgan bo'lsa, preparatni tomizdan oldin linzalarni echib qo'yish lozim va preparat qo'llanganidan keyin kamida 15 minut o'tgach qayta taqish mumkin.

Qo'llanilishi

Preparat kon'yunktiva, shox parda va steroidlar bilan davolashga ta'sirchan bo'lgan ko'zning oldingi segmentining yallig'lanish kasalliklari, ya'ni ko'zning qon tomir pardasi old segmentini yallig'lanishi, ko'zning Kamalak pardasini yallig'lanishi, kiprik tanasini yallig'lanishi, allergik va bahorgi kon'yunktivit, Herpes zoster chaqirgan keratit, yuzaki nuqtali keratit va nospesifik yuzaki keratitlarni davolash uchun qo'llanadi.

Shuningdek preparat kimyoviy, radiasion yoki termik kuyishlar natijasida yuz bergan shox pardani ta'sirlanishi, shuningdek ko'zga yot modda tushganda davolash uchun qo'llanadi.

Dori yalliglanish jaraenini jarrolik kamaitirish uchun olish, shuningdek shu operasiyalardan key ul ko'chirib olish va Azhralib Ketishini, va kullaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol moddaga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga o'ta yuqori sezuvchanlik.

  • Qoramol chechagi, suv chechak yoki ko'zning shox pardasi va kon'yunktivasining boshqa virusli kasalliklari (Herpes zoster chaqirgan keratit bundan istisno).

  • Herpes simplex chaqirgan keratit.

  • Ko'z tarkiblari zamburug'li kasalliklari yoki davolanmagan ko'z parazitar infektsiyalari.

  • Ko'zning Mycobacteriae tomonidan chaqirilgan infektsiyalari.

  • Ko'zning o'tkir, oxirigacha davolanmagan yiringli infektsiyalarida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirda yoki so'nggi vaqtlarda qo'llanilayotgan barcha preparatlar haqida, shuningdek pasient qabul qilishni rejalashtirayotgan preparatlar to'g'risida shifokorga xabar berish lozim.

O'zaro ta'siriga taaluqli tadqiqotlar o'tkazilmagan.

nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) va oftalmologiyada mahalliy qo'llash uchun kortikosteroidlarni bir vaqtda qo'llash shox parda jarohatini bitish jarayonini buzilishini kuchaytirishi mumkin.

CYP3A ingibitorlari (jumladan ritonavir va kobitsistat) deksametazon klirensini pasaytirishi mumkin, bu esa ta'sirning kuchayishiga va buyrak usti bezlari faoliyatining susayishiga olib kelishi mumkin (Kushing sindromining rivojlanishi). Kortikosteroidlar va CYP3A ingibitorlarini birgalikda qo'llashdan saqlanish kerak, bunda qo'llashdan kutilayotgan foyda kortikosteroidlarning tizimli nojo'ya reaktsiyalari rivojlanish xavfidan ustun bo'lgan holatlar bundan mustasno. Bunday holatlarda pasientlar kortikosteroidlarning tizimli nojo'ya reaktsiyalarini belgilarini aniqlash uchun shifokorning kuzatuvi ostida bo'lishlari kerak.

Boshqa ko'z tomchilari bir vaqtda qo'llangan hollarda, qo'llaniladigan preparatlarning instillyasiyasi orasida 5 minutlik tanaffusga rioya qilish zarur. Ko'z surtmalari doimo so'nggi navbatda qo'llanilishi lozim.

Ta'rifi

oq suspenziya

Dozirovkasi

Preparat kon'yunktiva, shox parda va steroidlar bilan davolashga ta'sirchan bo'lgan ko'zning oldingi segmentining yallig'lanish kasalliklari, ya'ni ko'zning qon tomir pardasi old segmentini yallig'lanishi, ko'zning Kamalak pardasini yallig'lanishi, kiprik tanasini yallig'lanishi, allergik va bahorgi kon'yunktivit, Herpes zoster chaqirgan keratit, yuzaki nuqtali keratit va nospesifik yuzaki keratitlarni davolash uchun qo'llanadi.

Shuningdek preparat kimyoviy, radiasion yoki termik kuyishlar natijasida yuz bergan shox pardani ta'sirlanishi, shuningdek ko'zga yot modda tushganda davolash uchun qo'llanadi.

Dori yalliglanish jaraenini jarrolik kamaitirish uchun olish, shuningdek shu operasiyalardan key ul ko'chirib olish va Azhralib Ketishini, va kullaniladi.

Kattalar, o'smirlar va bolalar (2 yosh va undan katta) Bolalar

2 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatning samarasi yoki xavfsizligi o'rganilmagan.

Qo'llash usuli

Preparat faqat sirtga kon'yunktiva bo'shlig'iga mahalliy qo'llash uchun mo'ljallangan.

Tomchili dozatorning uchiga tegish mumkin emas, chunki bu flakon ichidagi eritmani ifloslanishiga olib kelishi mumkin.

  1. Preparatni tomizishdan oldin qo'llarni yaxshilab yuvish lozim.

  2. Har qo'llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish lozim.

  3. Flakon qopqog'i buraladi.

  4. Boshni orqaga egib, qovoqni pastga shunday tortish kerakki, qovoq va ko'z soqqasi orasida bo'shliq hosil bo'lsin.

  5. Flakonni tubini yuqoriga qilib aylantiring, bosh yoki ko'rsatkich barmoq bilan flakon devoriga biroz bosish va preparatning bir tomchisini ko'zga tomizish kerak. Dozator uchi bilan ko'zga, qovoqga yoki boshqa yuzalarga tegish mumkin emas, chunki tomchini ifloslanishiga olib kelishi mumkin.

  6. Agar tomchi ko'zga tushmasa, keyingisini tomizish lozim.

  7. Preparat tomizilgandan keyin qovoqlar ehtiyotkorlik bilan yopish va taxminan 1 minut davomida biroz bosish lozim. Bu tizimli nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradi.

  8. Agar shifokor preparatni ikkinchi ko'zga ham tomizishni buyurgan bo'lsa, 4-7 bandlarda keltirilgan harakatlarni takrorlash lozim.

  9. Tomchi dozatori bir tomchini aniq dozalash uchun mo'ljallangan, shuning uchun uning teshigini kengaytirish mumkin emas.

  10. Preparatni tomizib bo'lgandan so'ng, flakonni yopish lozim. Biroq, qopqoqni juda zich burab yopish mumkin emas.

Shifokor tomonidan buyurilgan, butun davolash davri davomida preparatni muntazam tomizish zarur.

Deksametazon 0,1% li preparatining qo'llanadigan dozasini o'tkazib yuborish

Preparatning dozasini qo'llashni o'tkazib yuborilgan hollarda, uni iloji boricha tezroq qo'llash zarur. Biroq, agar preparatning navbatdagi dozani tomizish vaqti yaqinlashgan bo'lsa, qoldirilgan dozani o'tkazib yuborish lozim va tavsiya etilgan shifokor sxemasi bo'yicha keyingi dozani qo'llash lozim.

Preparatning o'tkazib yuborilgan dozasini o'rnini to'ldirish maqsadida dozani ikki barobar oshirib qo'llash mumkin emas. Ushbu preparatni qo'llash bilan bog'liq qandaydir shubha tug'ilgan hollarda shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari Preparatni uzoq muddat mahalliy qo'llash uning tizimli ta'sirlarini namoyon qilishini chaqirishi mumkin. Flakon ichidagi preparatni (hajmi 10 ml) qo'llash qandaydir jiddiy nojo'ya ta'sirlarni rivojlanishiga olib kelishining ehtimoli kam. Davolash Kon'yunktiva bo'shlig'iga instillyasiyada preparatning dozasi oshirib yuborilganida, ortiqcha preparatni ko'zdan qaynalgan xona haroratidagi suv bilan yuvib tashlash mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar pasient homilador bo'lsa, bola emizayotgan bo'lsa, homiladorman deb gumon qilsa yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsa, ushbu preparatni qo'llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish lozim. Deksametazon 0,1% preparatini ayolning klinik holati deksametazonni qo'llashni talab etishini shifokor qaror qabul qilgan hollardan tashqari, homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash talab etilmaydi. Bola uchun emizishning foydasi va ona uchun davolashning samarasini hisobga olib, shifokor emizishni to'xtatish yoki preparatni qo'llashni to'xtatish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Deksametazon 0,1% 5ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Deksametazon 0,1% 5ml o'xshash dorilari

Narxi
40 800 so'm dan
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Retseptli
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
Narxi
41 900 so'm dan
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Retseptli
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
•10 ta dorixonada bor
Narxi
68 850 so'm dan

Deksametazon 0,1% 5ml xususiyatlari

Deksametazon boshqa chiqarish shakllari

DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,4% N5
Retseptli
DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,4% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzgermed Pharm, SP, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
DEKSAMETAZON YeT inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N5
Retseptli
DEKSAMETAZON YeT inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N5
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Eastmount Invest L.P., Velikobritaniya proizvedeno: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co., Ltd
DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/ml N5
Retseptli
DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/ml N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
GNSLS,OZ (proizvoditel, otvetstv.za vipusk seriy) Zdorove,FK,OOO (vse stadii proizvodstva,otvetstv.za kontrol kachestva)
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N50
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 0,4% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
DEKSAMETAZON eritma 2 ml 0,4% N5
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 2 ml 0,4% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
DEKSAMETAZON  eritma 2 ml 4 mg/ml N10
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 2 ml 4 mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N20
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM, SP OOO
DEKSAMETAZON  eritma 1 ml 4 mg/ml N40
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM, SP OOO
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N10
Retseptli
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N20
Retseptli
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N40
Retseptli
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N50
Retseptli
MER DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 4mg/1ml N10
Retseptli
MR DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 4mg/1ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
DEKSAMETAZON  eritma 2 ml 0,4% N50
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 2 ml 0,4% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N5
Retseptli
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
4 900 so'm dan
DEKSAMETAZON  tomchilar 5 ml 1 mg/ml
Retseptli
DEKSAMETAZON tomchilar 5 ml 1 mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
•31 ta dorixonada bor
Narxi
3 300 so'm dan

Deksametazon 0,1% 5ml analoglari

DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 10ml 0,1%
Retseptli
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 10ml 0,1%
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
K.O.Romfarm Kompani S.R.L.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
DEKSAMETAZON 0,004/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
Retseptli
DEKSAMETAZON 0,004/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56
DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%
Retseptli
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•9 ta dorixonada bor
Narxi
8 400 so'm dan
DEKSAMETAZON 0,004/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N25
Retseptli
DEKSAMETAZON 0,004/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N25
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
DEKSAMETAZON tomchilar
Retseptli
DEKSAMETAZON tomchilar
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Medana-PolPharma S.A
•1 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1%
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1%
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
32 400 so'm dan
FARMADEKS ko'z tomchilari 10ml 1mg/ml
Retseptli
FARMADEKS ko'z tomchilari 10ml 1mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•61 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
OFTAN DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
Retseptli
OFTAN DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Santen OY
•1 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
MONODEKS ko'z tomchilari 5ml 0,1%
Retseptli
MONODEKS ko'z tomchilari 5ml 0,1%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO

Deksametazon 0,1% 5ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Top-Pharm №16
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 35 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
3 800 so'm
Top-Pharm №14
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 ko'ch., 8A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
3 800 so'm
Top-Pharm №3
Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'ch, 35
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
3 900 so'm
Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
9 000 so'm
Marjon Farm Trade №4
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruz ko'ch., 1 uy, 27 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
9 000 so'm

Deksametazon 0,1% 5ml haqida savollar

Deksametazon 0,1% 5ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil