DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%

DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1% o'xshash dorilari



DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1% qo'llanmasi
Mahalliy qo'llanilganda shox parda epiteliysi va kon'yunktivaga yaxshi kirib boradi: ko'zning suvli namligida terapevtik kontsentratsiyalarga erishiladi; shilliq qavat yallig'langanda yoki shikastlanganda penetratsiya tezligi ortadi.
Nojo'ya reaksiyalar quyidagi uchrash tezligi belgilari yordamida sanab o'tilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan
Quyidagi nojo'ya reaksiyalar klinik sinovlar davomida aniqlangan:
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: disgevziya.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez: ko'zlarda noqulaylik. Tez-tez emas: keratit, kon'yunktivit, "quruq" keratokon'yunktivit, shox pardaning bo'yalishi, fotofobiya, ko'rishning xiralashishi, ko'zda qichishish, ko'zlarda yot jisim hissi, ko'z yoshi ajralishining oshishi, ko'zda g'ayrioddiy hislar, qovoq chetlarida qobiq hosil bo'lishi, ko'zlarning ta'sirlanishi, ko'zlar giperemiyasi.
Uchrash tezligi aniqlanmagan nojo'ya reaksiyalar (postmarketing tajribasi):
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: o'ta yuqori sezuvchanlik.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og'rig'i.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: ko'z ichi bosimining oshishi, ko'rish o'tkirligining pasayishi, shox parda eroziyasi, qovoqlar ptozi, ko'zda og'riq, midriaz.
Preparat tarkibida fosfatlar mavjudligi sababli, shox pardaning oldingi sezilarli shikastlanishida kalsifikatsiya rivojlanishining juda kam holatlari haqida xabar berilgan.
Mahalliy qo'llash uchun glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat qo'llash ko'z ichki bosimining oshishiga va/yoki ko'rish nervi shikastlanishi bilan glaukomaga, ko'rish o'tkirligining pasayishiga va ko'rish maydonlari nuqsonlariga, orqa subkapsulyar katarakta hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun glyukokortikosteroidlar saqlovchi preparatlarni uzoq vaqt (10 kundan ortiq) qo'llayotgan bemorlarda ko'z ichki bosimini muntazam o'lchash kerak.
Moyilligi bo'lgan bemorlarda (masalan, diabet bilan) kortikosteroidlarni qabul qilish oqibatida ko'z ichki bosimi oshishi va/yoki katarakta hosil bo'lishi xavfi yuqoriroq.
Ko'z ichki bosimi oshishi xavfi yo'ldosh oftalmogipertenziya va/yoki glaukomasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek oilaviy anamnezida glaukoma bo'lgan bemorlarda ortadi, bunday bemorlarda ko'z ichki bosimini har hafta nazorat qilish zarur.
Herpes simplex chaqirgan chuqur keratitlarni davolashda preparat qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va vaqti-vaqti bilan biomikroskopiya o'tkazish zarur. 7-8 kun ichida yaxshilanish bo'lmaganda terapiya tanlovini qayta ko'rib chiqish kerak.
Glyukokortikosteroidlar bakterial, virusli yoki zamburug'li infektsiyalarga chidamlilikni pasaytirishi va ularning rivojlanishiga yordam berishi, shuningdek infektsiyaning klinik belgilarini niqoblashi mumkin.
Yo'ldosh bakterial infektsiyalarda tegishli antibakterial terapiya tayinlanishi kerak.
Shox pardada bitmaydigan yaralarning paydo bo'lishi zamburug'li invaziya rivojlanishidan dalolat berishi mumkin. Zamburug'li invaziya yuzaga kelganda glyukokortikosteroidlar bilan terapiyani to'xtatish zarur.
Mahalliy qo'llashda glyukokortikosteroidlar shox parda bitish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Ma'lumki, mahalliy qo'llash uchun nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar ham bitishni sekinlashtiradi yoki kechiktiradi. Mahalliy qo'llash uchun nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar va mahalliy qo'llash uchun steroidlarni bir vaqtda qo'llash bitish buzilishlari ehtimolini kuchaytirishi mumkin ("Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Ma'lumki, shox parda yoki skleraning yupqalashishini chaqiruvchi kasalliklarda mahalliy qo'llash uchun glyukokortikosteroidlardan foydalanish natijasida teshilishlar yuzaga kelishi mumkin.
Terapiya davomiyligi 2 haftadan ortiq bo'lganda shox parda holatini nazorat qilish kerak.
Shengren sindromini majmuaviy davolashda deksametazonni qo'llash faqat o'rtacha va og'ir darajadagi keratokon'yunktivitda mumkin, terapiya kursi davomiyligi noxush reaksiyalar rivojlanish ehtimoli tufayli 2 haftadan oshmasligi kerak ("Nojo'ya ta'sir" bo'limiga qarang).
Qo'llanilgandan so'ng burun-ko'z yoshi okklyuziyasini amalga oshirish yoki ko'zni ehtiyotkorlik bilan yumish tavsiya etiladi. Bu mahalliy qo'llashda preparatning tizimli so'rilishini kamaytirishi va shu bilan tizimli noxush reaksiyalar yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishi mumkin.
Preparat benzalkoniy xlorid saqlaydi, u ko'z ta'sirlanishini chaqirishi va yumshoq kontakt linzalarni bo'yashi mumkin. Preparatni yumshoq kontakt linzalar bilan kontaktidan saqlanish kerak. Agar bemorlarga kontakt linzalarni taqishga ruxsat berilgan bo'lsa, ularga preparatni qo'llashdan oldin kontakt linzalarni yechish va preparat tomizilgandan so'ng kamida 15 daqiqadan keyin qayta taqish kerakligi haqida ko'rsatma berish kerak.
Qo'llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.
Flakonni har bir foydalanishdan keyin yopish zarur.
Pipetka uchini biron-bir yuzaga tekkizmaslik kerak.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Ko'rish aniqligining vaqtinchalik pasayishi yoki boshqa ko'rish buzilishlari avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin. Agar bemorda preparat qo'llanilganda so'ng ko'rish aniqligi vaqtincha pasaysa, avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan oldin u ko'rish tiklanishini kutishi kerak.
Anamnezda glyukokortikosteroidlarni qo'llash natijasida kelib chiqqan ko'z ichki bosimining oshishi; ushbu preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; yondosh mikroblarga qarshi terapiyasiz ko'zning o'tkir yiringli kasalliklari; amebli keratit; Herpes simplex chaqirgan keratitlarning yuzaki shakllari, xususan daraxtsimon keratit, vaktsiniya, suvchechak va shox parda va kon'yunktivaning boshqa virusli kasalliklari; ko'zning zamburug'li kasalliklari yoki ilgari davolanmagan parazitar ko'z infektsiyalari; ko'zning mikobakterial infektsiyalari (shu jumladan mikobakterial tuberkulyoz); shox parda epiteliysi butunligining buzilishi, shu jumladan yot jism olib tashlangandan keyin; 18 yoshgacha bo'lganlar (bolalarda preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan).
Homiladorlik va laktatsiya:
Fertillik
Mahalliy qo'llashda deksametazonning inson fertilligiga ta'sirini baholash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash bo'yicha yetarli tajriba yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko'rsatdi.
Agar kutilayotgan davolash samarasi mumkin bo'lgan nojo'ya samaralar rivojlanish xavfidan ustun bo'lsa, davolovchi shifokor tayinlovi bo'yicha homiladorlarni davolash uchun qo'llash mumkin.
Emizish
Tizimli qo'llashda glyukokortikosteroidlar ko'krak sutida emizikli bolaga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan miqdorlarda mavjud bo'lishi mumkin. Instillyatsiya ko'rinishida qo'llanilganda tizimli ekspozitsiya past.
Deksametazon ko'krak sutiga ekskretsiya qilinishi noma'lum. Biroq, emizikli bola uchun xavfni istisno qilib bo'lmaydi; bola uchun emizishning foydasi va ona uchun o'tkazilayotgan terapiyaning foydasini hisobga olgan holda, emizishni to'xtatish yoki Deksametazon preparati bilan terapiyani to'xtatish/to'xtatib turish to'g'risida qaror qabul qilish kerak.
Mahalliy qo'llash uchun steroidlar va mahalliy qo'llash uchun nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalardan bir vaqtda foydalanish shox parda bitishi buzilishlari ehtimolini kuchaytirishi mumkin.
Agar deksametazon antixolinergik vositalar bilan birga ishlatilsa, ko'z ichki bosimi qo'shimcha oshishi xavfini istisno qilib bo'lmaydi, ular ham moyilligi bo'lgan bemorlarda ko'z ichki bosimi oshishini chaqirishi mumkin. Glaukomaga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanilganda oxirgilarining gipotenziv samarasi pasayishi mumkin.
Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan foydalanilgan hollarda ularni qo'llash o'rtasidagi interval kamida 10 daqiqani tashkil etishi kerak.
Ko'z surtmalarini eng oxirida qo'llash kerak.
Oftalmologik operatsiyalar va jarohatlardan keyin yallig'lanish jarayonlari profilaktikasi uchun: operatsiyadan keyingi birinchi 24 soat davomida - kuniga 4 marta 1-2 tomchidan, keyin - 2 hafta davomida kuniga 3 marta.
Boshqa hollarda davolash sxemasi - 2-5 hafta davomida sutkasiga 3-4 marta 1 tomchidan. Davolash davomiyligi to'g'risidagi qaror ob'ektiv ma'lumotlarga, shu jumladan preparat ta'siri samaradorligi, simptomatikaning yaqqolligi, nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lish ehtimoliga asoslanadi.
Preparatni qo'llashning maksimal davomiyligi 14 kundan oshmasligi kerak.
Tomizgich-qopqoqli flakonlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar: preparatni qo'llashdan oldin flakondan alyuminiy qopqoqchani olib tashlash, rezina tiqinni olish va flakonni oldindan o'ramidan chiqarilgan tomizgich-qopqoq bilan yopish kerak. Keyin qopqoqchani tomizgich-qopqoqdan olib tashlash, flakonni to'ntarish, preparatning kerakli miqdordagi tomchilarini tomizish kerak. Qo'llanilgandan so'ng flakonni vertikal holatga qaytarish va qopqoqchani tomizgich-qopqoqqa kiygazish kerak.
Tyubik-tomizgichdan (t/t) foydalanish bo'yicha tavsiyalar: himoya qopqog'ini olib tashlash, qaychi bilan korpus bo'yni membranasini qirqish, burama qismiga zarar yetkazmasdan. Dori preparati bo'lgan t/t korpusini bo'yni bilan pastga qaratib to'ntarish va undan pipetka sifatida foydalanib, t/t korpusini yumshoq harakat bilan bosish kerak. Shifokor tayinlovi bo'yicha tavsiya etilgan yoki dori preparatining qo'llash yo'riqnomasida ko'rsatilgan doza qo'llanilgandan so'ng, t/t korpusini burama qismi bilan yuqoriga qaratib to'ntarish va himoya qopqog'ini burab yopish kerak.Dozani oshirib yuborishKo'zga ortiqcha miqdordagi preparat tushganda ko'zni iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Mahalliy qo'llanilganda yoki bitta flakon tarkibi tasodifan yutib yuborilganda toksik ta'sirlar kutilmaydi. Dozani oshirib yuborish simptomlari mahalliy ko'rinishlar bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilganda davolash simptomatik.
Deksametazon boshqa chiqarish shakllari

DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1% analoglari
















