DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10

DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 o'xshash dorilari


DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 qo'llanmasi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 60-70%. Gistoematik to‘siqlar orqali o‘tadi. Oz miqdorda ko‘krak suti bilan ajraladi.
Jigarda metabolizmga uchraydi.
T 2-3 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Oftalmologiyada mahalliy qo‘llanilganda butun epiteliyga ega shox parda orqali ko‘zning oldingi kamerasi namligiga so‘riladi. Ko‘z to‘qimalari yallig‘lanishi yoki shilliq qavat va shox parda shikastlanishi holatida deksametazonning so‘rilish tezligi ishonchli ravishda ortadi.
GKS. Leykotsitlar va to'qima makrofaglari funktsiyalarini bostiradi. Leykotsitlarning yallig'lanish sohasiga migratsiyasini cheklaydi. Makrofaglarning fagotsitoz qobiliyatini, shuningdek interleykin-1 hosil bo'lishini buzadi. Lizosomal membranalarni barqarorlashtirishga yordam beradi, shu bilan yallig'lanish sohasida proteolitik fermentlar kontsentratsiyasini pasaytiradi. Gistamin ajralishi bilan bog'liq kapillyarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi. Fibroblastlar faolligini va kollagen hosil bo'lishini bostiradi.
Fosfolipaza A faolligini ingibitsiya qiladi, bu prostaglandinlar va leykotrienlar sintezining bostirilishiga olib keladi. COX (asosan COX-2) ajralishini bostiradi, bu ham prostaglandinlar ishlab chiqarilishining kamayishiga yordam beradi.
Aylanib yuruvchi limfotsitlar (T- va B-hujayralar), monotsitlar, eozinofillar va bazofillar sonini ularning tomir o'zanidan limfoid to'qimaga o'tishi oqibatida kamaytiradi; antitelolar hosil bo'lishini bostiradi.
Deksametazon gipofiz tomonidan AKTG va b-lipotropin ajralishini bostiradi, lekin aylanib yuruvchi b-endorfin darajasini pasaytirmaydi. TTG va FSG sekretsiyasini susaytiradi.
Tomirlarga bevosita applikatsiya qilinganda vazokonstriktor samara ko'rsatadi.
Deksametazon uglevodlar, oqsillar va yog'lar metabolizmiga yaqqol dozaga bog'liq ta'sir ko'rsatadi. Glyukoneogenezni rag'batlantiradi, aminokislotalarning jigar va buyraklar tomonidan qamrab olinishiga yordam beradi, glyukoneogenez fermentlari faolligini oshiradi. Jigarda deksametazon glikogen to'planishini kuchaytiradi, glikogensintetaza faolligini va oqsil almashinuvi mahsulotlaridan glyukoza sintezini rag'batlantiradi. Qonda glyukoza miqdorining oshishi insulin ajralishini faollashtiradi.
Deksametazon yog' hujayralari tomonidan glyukoza qamrab olinishini bostiradi, bu esa lipoliz faollashuviga olib keladi. Biroq insulin sekretsiyasining oshishi oqibatida lipogenez stimulyatsiyasi sodir bo'ladi, bu yog' to'planishiga olib keladi.
Limfoid va biriktiruvchi to'qima, mushaklar, yog' to'qimasi, teri, suyak to'qimasida katabolik ta'sir ko'rsatadi. Osteoporoz va Itsenko-Kushing sindromi GKS bilan uzoq muddatli terapiyani cheklovchi asosiy omillardir. Katabolik ta'sir natijasida bolalarda o'sishning to'xtashi mumkin.
Yuqori dozalarda deksametazon miya to'qimalari qo'zg'aluvchanligini oshirishi mumkin va tirishishga tayyorgarlik bo'sag'asining pasayishiga yordam beradi. Oshqozonda xlorid kislotasi va pepsinning ortiqcha ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi, bu peptik yara rivojlanishiga yordam beradi.
Tizimli qo'llanilganda deksametazonning terapevtik faolligi yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, immunodepressiv va antiproliferativ ta'sir bilan belgilanadi.
Sirtqi va mahalliy qo'llanilganda deksametazonning terapevtik faolligi yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va antiekssudativ (vazokonstriktor samara tufayli) ta'sir bilan belgilanadi.
Yallig'lanishga qarshi faolligi bo'yicha gidrokortizondan 30 baravar ustun turadi, mineralokortikoid faollikka ega emas.
Endokrin tizim tomonidan: glyukozaga tolerantlikning pasayishi, steroid qandli diabet yoki latent qandli diabetning namoyon bo‘lishi, buyrak usti bezlari funktsiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (shu jumladan oy simonsimon yuz, gipofizar tipdagi semirish, girsutizm, qon bosimining oshishi, dismenoreya, amenoreya, miasteniya, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kaltsiy ionlarining ko‘p chiqarilishi, gipokaltsiemiya, tana vaznining oshishi, manfiy azot balansi (oqsillarning parchalanishi kuchayishi), ko‘p terlash, gipernatriemiya, gipokaliemiya.
MNS tomonidan: deliriy, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal-depressiv psixoz, depressiya, paranoyya, bosh miya ichki bosimining oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyacha soxta o‘smasi, bosh og‘rig‘i, talvasalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar, bradikardiya (yurak to‘xtashigacha); surunkali yurak yetishmovchiligining rivojlanishi (moyilligi bo‘lgan bemorlarda) yoki kuchayishi, EKGda gipokaliemiyaga xos o‘zgarishlar, qon bosimining oshishi, giperkoagulyatsiya, trombozlar. O‘tkir va o‘tkir osti miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda - nekroz o‘chog‘ining tarqalishi, chandiq to‘qimasi shakllanishining sekinlashishi, bu yurak mushagining yorilishiga olib kelishi mumkin; intrakranial yuborilganda - burun qonashi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning steroid yarasi, eroziv ezofagit, MIY dan qon ketishi va perforatsiyasi, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, meteorizm, hiqichoq; kam hollarda - jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: orqa subkapsulyar katarakta, ko‘rish nervining shikastlanishi bilan ko‘z ichi bosimining oshishi, ko‘zning ikkilamchi bakterial, zamburug‘li yoki virusli infektsiyalari rivojlanishiga moyillik, shox pardaning trofik o‘zgarishlari, ekzoftalm.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: bolalarda o‘sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashishi (o‘sish zonalarining muddatidan oldin yopilishi), osteoporoz (juda kam hollarda - patologik suyak sinishlari, yelka va son suyagi boshchasining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, steroid miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya).
Dermatologik reaksiyalar: yaralarning bitishi sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terining yupqalashishi, giper- yoki gipopigmentatsiya, steroid husnbuzarlar, striyalar, pioderma va kandidozlar rivojlanishiga moyillik.
Allergik reaksiyalar: generalizatsiyalangan (shu jumladan teri toshmasi, teri qichishishi, anafilaktik shok) va mahalliy qo‘llanilganda.
Immunodepressiv ta'sir bilan bog‘liq samaralar: infektsiyalarning rivojlanishi yoki kuchayishi (ushbu nojo‘ya ta'sirning paydo bo‘lishiga birgalikda qo‘llaniladigan immunodepressantlar va emlash yordam beradi).
Mahalliy reaksiyalar: parenteral yuborilganda - to‘qimalar nekrozi.
Sirtga qo‘llanilganda: kam hollarda - qichishish, giperemiya, achishish, quruqlik, follikulit, husnbuzar toshmasi, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar, isitma toshmasi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda yoki terining katta joylariga surtilganda GKSga xos tizimli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin.
Virusli, zamburug‘li yoki bakterial tabiatli parazitar va infeksion kasalliklarda (hozirgi vaqtda yoki yaqinda o‘tkazilgan, shu jumladan bemor bilan yaqinda muloqotda bo‘lgan) - oddiy gerpes, o‘rab oluvchi gerpes (viremik faza), suvchechak, qizamiq, amebiaz, strongiloidoz (aniqlangan yoki shubha qilingan), tizimli mikoz; faol va latent silda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Og‘ir infeksion kasalliklarda qo‘llashga faqat o‘ziga xos terapiya fonida ruxsat beriladi.
Vaksinatsiyadan oldin 8 hafta va keyin 2 hafta davomida, BTsJ emlashdan keyingi limfadenitda, immunitet tanqisligi holatlarida (shu jumladan OITS yoki OIV-infeksiyasi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
M-IT kasalliklarida: me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, o‘tkir yoki latent peptik yara, yaqinda hosil qilingan ichak anastomozi, perforatsiya yoki abstsesslanish xavfi bo‘lgan nospetsifik yarali kolit, divertikulitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, shu jumladan yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin (o‘tkir va o‘tkir osti miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda nekroz o‘chog‘ining tarqalishi, chandiq to‘qimasi shakllanishining sekinlashishi va buning oqibatida yurak mushagining yorilishi mumkin), dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, giperlipidemiyada, endokrin kasalliklarda - qandli diabet (shu jumladan uglevodlarga tolerantlik buzilishi), tireotoksikoz, gipotireoz, Itsenko-Kushing kasalligi, og‘ir surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiazda, gipoalbuminemiya va uning yuzaga kelishiga moyillik tug‘diruvchi holatlarda, tizimli osteoporoz, miasteniya, o‘tkir psixoz, semizlik (III-IV daraja), poliomielitda (bulbar ensefalit shaklidan tashqari), ochiq va yopiq burchakli glaukomada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bo‘g‘im ichiga yuborish zarur bo‘lganda bemorning umumiy og‘ir ahvoli, oldingi 2 ta yuborishning samarasizligi (yoki qisqa muddatli ta'siri)da (qo‘llanilgan GKSning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
GKS terapiyasini o‘tkazishdan oldin va keyin umumiy qon tahlili, glikemiya darajasi va plazmadagi elektrolitlar miqdorini nazorat qilish kerak.
Interkurrent infeksiyalar, septik holatlar va silda bir vaqtda antibiotikoterapiya o‘tkazish zarur.
Deksametazon chaqirgan nisbiy buyrak usti bezi yetishmovchiligi u bekor qilinganidan keyin bir necha oy davomida saqlanib qolishi mumkin. Buni hisobga olib, ko‘rsatilgan davrda yuzaga keladigan stressli vaziyatlarda gormonal terapiyani tuzlar va/yoki mineralokortikoidlarni bir vaqtda tayinlash bilan qayta boshlaydilar.
Shox parda gerpesi bo‘lgan bemorlarda deksametazon qo‘llanilganda uning perforatsiyasi imkoniyatini nazarda tutish kerak. Davolash davomida ko‘z ichki bosimi va shox parda holatini nazorat qilish zarur.
Deksametazon to‘satdan bekor qilinganda, ayniqsa yuqori dozalarda oldindan qo‘llash hollarida, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, tormozlanish, generalizatsiyalangan mushak-skelet og‘riqlari, umumiy holsizlik bilan namoyon bo‘luvchi bekor qilish sindromi (gipokortitsizm bilan bog‘liq emas) yuzaga keladi. Deksametazon bekor qilingandan so‘ng bir necha oy davomida buyrak usti bezi po‘stlog‘ining nisbiy yetishmovchiligi saqlanib qolishi mumkin. Agar bu davrda stressli vaziyatlar yuzaga kelsa, vaqtincha GKS tayinlanadi (ko‘rsatmalar bo‘yicha), zarurat tug‘ilganda mineralokortikoidlar bilan birga.
Davolash davrida QB, suv-elektrolit balansi, periferik qon manzarasi va glikemiya darajasini nazorat qilish, shuningdek okulist kuzatuvi talab etiladi.
Bolalarda uzoq muddatli davolash vaqtida o‘sish va rivojlanish dinamikasini sinchkovlik bilan kuzatish zarur. Davolash davrida qizamiq yoki suvchechak bilan og‘rigan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan bolalarga profilaktika maqsadida o‘ziga xos immunoglobulinlar tayinlanadi.
Hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qisqa muddatli qo'llash uchun - deksametazonga yuqori sezuvchanlik.
Bo'g'im ichiga yuborish va bevosita shikastlanish o'chog'iga yuborish uchun: oldingi artroplastika, patologik qon ketish (endogen yoki antikoagulyantlarni qo'llash natijasida kelib chiqqan), suyakning bo'g'im ichki sinishi, bo'g'imdagi infeksion (septik) yallig'lanish jarayoni va periartikulyar infeksiyalar (shu jumladan anamnezda), shuningdek umumiy infeksion kasallik, yaqqol bo'g'im atrofidagi osteoporoz, bo'g'imda yallig'lanish belgilarining yo'qligi ("quruq" bo'g'im, masalan, sinovitsiz osteoartrozda), yaqqol suyak destruksiyasi va bo'g'im deformatsiyasi (bo'g'im yorig'ining keskin torayishi, ankiloz), artrit oqibati sifatida bo'g'im beqarorligi, bo'g'imni hosil qiluvchi suyaklar epifizlarining aseptik nekrozi.
Tashqi qo'llash uchun: bakterial, virusli, zamburug'li teri kasalliklari, teri sili, sifilisning teri ko'rinishlari, teri o'smalari, vaksinatsiyadan keyingi davr, teri qoplamalari butunligining buzilishi (yaralar, jarohatlar), bolalar yoshi (2 yoshgacha, anus sohasidagi qichishishda - 12 yoshgacha), rozatsea, oddiy husnbuzarlar, perioral dermatit.
Oftalmologiyada qo'llash uchun: ko'zning bakterial, virusli, zamburug'li kasalliklari, ko'zning sil bilan zararlanishi, ko'z epiteliysi butunligining buzilishi, o'ziga xos davolash bo'lmaganda ko'zning o'tkir yiringli infeksiyasi, epiteliy nuqsonlari bilan kechuvchi shox parda kasalliklari, traxoma, glaukoma.
Antipsixotik vositalar, bukarban, azatioprin bilan bir vaqtda qo'llanilganda katarakta rivojlanish xavfi; antixolinergik ta'sir ko'rsatuvchi vositalar bilan - glaukoma rivojlanish xavfi paydo bo'ladi.
Deksametazon bilan bir vaqtda qo'llanilganda insulin va peroral gipoglikemik preparatlarning samaradorligi pasayadi.
Gormonal kontraseptivlar, androgenlar, estrogenlar, anabolik steroidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda girsutizm, husnbuzar toshmasi bo'lishi mumkin.
Diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda kaliyning chiqarilishi kuchayishi mumkin; NYQPV (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi) bilan - eroziv-yarali shikastlanishlar va OIT dan qon ketishlar paydo bo'lish chastotasi oshadi.
Peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda antikoagulyant ta'sir susayishi mumkin.
Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda kaliy tanqisligi tufayli yurak glikozidlarining o'zlashtirilishi yomonlashishi mumkin.
Aminoglutetimid bilan bir vaqtda qo'llanilganda deksametazon ta'siri kamayishi yoki susayishi mumkin; karbamazepin bilan - deksametazon ta'sirining kamayishi mumkin; efedrin bilan - deksametazonning organizmdan chiqarilishini oshishi; imatinib bilan - uning metabolizmi induktsiyasi va organizmdan chiqarilishining oshishi oqibatida qon plazmasida imatinib kontsentratsiyasining kamayishi mumkin.
Itrakonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda deksametazon ta'siri kuchayadi; metotreksat bilan - gepatotoksiklik kuchayishi mumkin; prazikvantel bilan - qonda prazikvantel kontsentratsiyasining kamayishi mumkin.
Rifampitsin, fenitoin, barbituratlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda deksametazonning organizmdan chiqarilishi oshishi oqibatida uning ta'siri susayishi mumkin.
Aniq preparatning qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Dozalashning optimal tartibini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning ishlatiladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalari va dozalash tartibiga qat'iy rioya qilish kerak.
Deksametazon boshqa chiqarish shakllari



DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 analoglari


















