DEPANTOL suppozitorii N10

DEPANTOL suppozitorii N10 qo'llanmasi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
ta’sir etuvchi moddalar: dekspantenol – 100 mg, xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyunatini 20% li eritma ko‘rinishida – 85,2 mg);
yordamchi moddalar: makrogollar aralashmasi (makrogol-400 – 2%, makrogol-1500 – 98%).
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 100 mg+16 mg.
5 suppozitoriy polietilen bilan laminatlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Depantol® - regeneratsiya qiluvchi, antiseptik, metabolik ta’sir ko‘rsatuvchi mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparatdir. Preparatning tarkibiga kiruvchi xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar: Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, Escherichia coli, Staphylococcus sp., Streptococcus spp.; achitqilar, dermatofitlar, sodda hayvonlarga (Trichomonas vaginalis) nisbatan faol. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari kuchsiz sezgir, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari chidamli. Preparatning tarkibiga kiruvchi dekspantenol shilliq qavatlarining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi.
Depantol® laktobatsillalarning funksional faolligini buzmaydi. Qon, yiring bor joyda faolligini (garchi biroz pastroq bo‘lsada) saqlab turadi.
Vaginal suppozitoriylar
Preparat bekor qilinganidan keyin o‘tkinchi allergik reaksiyalar, qichishish, achishish bo‘lishi mumkin. Juda kam xollarda (<0.0001%) xlorgeksidin og‘ir alergik reaksiyalar va anafilaksi kabi yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga olib kelishi mumkin. Qursatmalarga ko‘rsatilgan yon tasirlaridan biri kuchliroq bo‘lganda yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa xar qanday yon tasiri qayd etilsa, darxol shifokorga xabar berilishi kerak.
O‘tkir va surunkali vaginitlarni; endo/ekzotservitsitlarni, shu jumladan bachadon bo‘ynining asoratlangan ektopiyalarini davolash.
Bachadon bo‘ynining spetsifik etiologiyali haqiqiy eroziyalarini davolash (majmuaviy davolash tarkibida).
Akusher va ginekologik infeksion va yaliglanish asoratlarininng oldini olish: ginekologik kasalliklar jarroxlik davolashdan oldin, xomiladorlikning tibbiy uzilishi, intrauterin kontratseptivni o‘rnatishdan avval intrauterin tekshiruvlar (gisteroskopiya, gisterosalpingografiya).
Preparat destruktiv davolash usullaridan (diatermokoagulyatsiyalar, kriodestruksiyalar, lazerodestruksiyalar) keyin, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon bo‘yni va qinni shilliq qavatini regeneratsiyasini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Mumkin ta’sirlari (antogonizm yoki inaktivatsiya) bo‘iycha extiyetkorlik chorasi sifatida intravaginal usulda qo‘llaniladigan boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda foydalanish mumkin emas.
Depantol® anion guruhini saqlovchi detergentlar (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetilsellyuloza) va sovunlar bilan, agar ular qin ichiga kiritiladigan bo‘lsa, nomutanosib.
Yodli dori-darmonlar bilan bir vaqtda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi.
Agar yuqorida yoki boshqa dori vositalaridan foydalansangiz (retsepsiz bo‘lmagan xolda),
Depantol® preparatini ishlatishdan oldin shifokoringiz bilan maslaxatlashing.
Oq yoki kulrang yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli voronkasimon chuqursi bo‘lgan suppozitoriylar. Marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Qin ichiga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin suppozitoriy kontur o‘ramdan chiqarilib olinadi.
1 suppozitoriydan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida kiritiladi. Zarurati tug‘ilganida davolash kursini 20 kungacha uzaytirish mumkin.
Agar davolanishdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa, simptomlar yomonlashib kolsa yoki yangi belgilar paydo bo‘lsa, shifakor bilan maslaxatlashing. Preparatni fakat ko‘rsatmalariga, foydalanish usuliga va foydalanish usiliga vo foydalanishi ko‘rsatmalarida ko‘rsatilgan dozalarga muvofid foydalaning.
Dozani oshirib yuborish xollari noma’lum. Dori dozasini ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarda muvofid preparatni qo‘llash extimolli emas.
Depantol®ni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yon ta’siri bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatib, shifokor bilan maslaxatlashing. Davolash davrida jinsiy aloqada bolishdan saqlanish tavsiya etiladi qo‘llarni ishlatishdan oldin va kein yuvish kerak.
Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarishi qobiliyatiga ta’siri.
Preparatni qo‘llash mexanizmlarni ishlatish, mexanizimlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.



