DIAZOLIN draje 50mg N10

DIAZOLIN draje 50mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ovqat hazm qilish traktidan tez so'riladi. Biokiraolishligi 40 – 60 % oralig'ida o'zgarib turadi. Terapevtik ta'sir 15 – 30 daqiqadan so'ng rivojlanadi, maksimal ta'sir 1 – 2 soatdan keyin kuzatiladi. Ta'sir davomiyligi 2 sutkagacha yetishi mumkin. Preparat gematoensefalik to'siq orqali deyarli o'tmaydi, jigarda metillanish yo'li bilan metabollanadi, jigar fermentlarini induktsiya qiladi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Mebgidrolin antigistamin preparatlarga kiradi, gistamin Hl-retseptorlari blokatori hisoblanadi. Mebgidrolin gistaminning bronxlar, ichak silliq mushaklariga nisbatan spazmogen samarasini, shuningdek uning tomirlar o‘tkazuvchanligiga ta’sirini susaytiradi. Birinchi avlod antigistamin preparatlaridan (dimedrol, suprastin) farqli o‘laroq, kamroq ifodalangan sedativ va uxlatuvchi samaraga ega. Kuchsiz ifodalangan m-xolinoblokada qiluvchi va anesteziya qiluvchi xususiyatlarga ega.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: oshqozon-ichak trakti shilliq qavatlarining ta'sirlanishi, ba'zida dispeptik holatlar (zarda, ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq) sifatida namoyon bo'ladi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, charchoqning kuchayishi, uyquchanlik, ko'rish qobiliyatining noaniqligi, reaksiyalar tezligining sekinlashishi, tremor, xavotirlik (tunda).
Boshqalar: og'iz qurishi, siydik chiqarishning buzilishi, allergik reaksiyalar. Juda kam hollarda granulotsitopeniya va agranulotsitoz paydo bo'lishi mumkin.
Bolalarda ba'zida paradoksal reaksiyalar kuzatiladi: qo'zg'aluvchanlikning oshishi, tremor, uyquning buzilishi, asabiylik.
Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi davrda alohida hollarda quyidagi nojo'ya reaksiyalar qayd etilgan: bosh og'rig'i, qichishish, toshmalar, eshakemi, Kvinke shishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Diazolin® og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi (dozani korreksiya qilish va qabullar orasidagi intervallarni oshirish mumkin). Diazolin® bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish va etanol saqlovchi dorilarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar Sizda ba'zi qandlarni ko'tara olmaslik aniqlangan bo'lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat qo'llanilganda avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Zo'rayish davridagi me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, ovqat hazm qilish traktining yallig'lanish kasalliklari, pilorostenoz, prostata bezi giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Diazolin® uxlatuvchi, sedativ va markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa preparatlar, shuningdek alkogol ta’sirini potensiyalaydi.
Dozirovkasi
Diazolin® ichga, ovqatdan keyin, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 100 – 200 mg dan kuniga 1 – 2 marta buyuriladi. Kattalar uchun maksimal dozalar: bir martalik – 300 mg, sutkalik – 600 mg.
5 – 12 yoshdagi bolalarga 50 mg dan kuniga 1 – 3 marta, 3 – 5 yoshdagi bolalarga – 50 mg dan kuniga 1 – 2 marta buyuriladi. Davolash davomiyligini shifokor kasallik xususiyati, klinik samarasi va preparatning o'zlashtirilishiga qarab belgilaydi.
Hajm/og'irlik
DIAZOLIN draje 50mg N10 o'xshash dorilari


Diazolin boshqa chiqarish shakllari

DIAZOLIN draje 50mg N10 analoglari



















