Ташкент
logo
SavatKirish

DISINON 0,25 tabletkalari N100

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Faol modda:Etamzilat
Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d
ATX kodi:B02BX01
Barcha Ditsinon dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DISINON 0,25 tabletkalari N100 o'xshash dorilari

TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10
Retseptli
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Germaniya proizvedeno: Fresenius Kabi Austria GmbH
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

DISINON 0,25 tabletkalari N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

har bir tabletka 250 mg etamzilat saqlaydi:

faol modda: etamzilat;
yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi (Ye 330), makkajo‘hori kraxmali, laktoza monogidrati, povidon, magniy stearati.

Farmakodinamikasi

Etamzilat gemostazning boshlang‘ich bosqichida ta’sir etuvchi (endoteliy va trombotsitlar o‘rtasida o‘zaro ta’sirlashuvi davrida) sintetik qon to‘xtatuvchi va angioprotektor vositadir. Preparat trombotsitlarni adgeziyasini va kapillyarni qarshiligini tiklashi sababli, qon ketish vaqtini va qon yo‘qotish hajmini kamaytiradi. 

Etamzilat qon tomir torayturuvchi samaraga ega emas, fibrinolizga va plazmadagi qon ivishini omillariga ta’sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi Ichga qabul qilinganda etamzilat me’da-ichak yo‘llaridan  sekin va to‘liq so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi aniqlanmagan. Ichga 500 mg qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi 15 mg/ml ga teng bo‘lib unga 4 soatdan keyin erishiladi. 

Taqsimlanishi

Etamzilat to‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi.  Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 95% ni tashkil qiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Ona va kindik  qonida preparatning darajasi bir hil.  Etamzilatni ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum.

Metabolizmi

Etamzilat faqat cheklangan darajada metabolizmga uchraydi. 

Chiqarilishi

Plazmadan yarim chiqarilish davri o‘rtacha 8 soatni tashkil qiladi. Peroral qabul qilingan dozaning taxminan 70-80% o‘zgarishsiz 24 soat davomida chiqariladi. Buyrak va/yoki jigar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasini o‘zgarishi noma’lum.

Yoshi

Bolalar va keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatning farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.


Dori shakli

Тabletkalar

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish tez-tezligi va a’zolar tizimiga ko‘ra, MedDRA Konvensiyasiga muvofiq quyidagicha tasniflanadi:
juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: 
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, diareya, qorin sohasida yoqimsiz hisslar.
Teri va teriosti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: 
Tez-tez: toshma.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joyida buzilishlar:
Tez-tez: asteniya.
Juda kam hollarda: isitma.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: bosh og‘rig‘i.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: tromboemboliya.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: agranulotsitoz, neytropeniya, trombotsitopeniya.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq), belda/umurtqada og‘riqlar.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktik shok.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: o‘tkir porfiriya.
Bu nojo‘ya samaralar davolash kursi to‘xtatilgandan keyin odatda qaytuvchandir.
Teri reaksiyalari yoki haroratni oshish hollarida davolashni to‘xtatish va davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak, chunki, bu o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini belgisi hisoblanishi mumkin. 
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida ko‘rsatib o‘tilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.

Maxsus saqlash sharoitlari

Terapevtik dozalarda qabul qilinayotgan etamzilat kreatininni fermentativ aniqlashni natijalarini kamaytirishi mumkin. Preparatni laborator ko‘rsatkichlariga mumkin bo‘lgan har qanday ta’sirini istisno qilish uchun Ditsinonni birinchi marta qo‘llashdan oldin davolash vaqtida talab qilinadigan boshlang‘ich tahlillarini (masalan, qon tahlili) o‘tkaziladi.
Preparat laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoza so‘rilishini buzilishlari kabi kam uchraydigan nasliy patologiyalari bo‘lgan patsiyentlarga ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas.

Qo'llanilishi

Jarrohlikda 

Hamma murakkab operatsiyalarda yoki qon bilan yaxshi ta’minlagan to‘qimalarda operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi kapillyar qon ketishlarni profilaktika qilish va davolash; otolaringologiyada, ginekologiyada, akusherlikda, urologiyada, stomatologiyada, oftalmologiyada yoki plastik va tiklash jarrohligida qo‘llanadi. 
Terapiyada
Kelib chiqishi va joylashishi bo‘yicha turlicha bo‘lgan kapillyar  qon ketishini: gematuriya, qonli qusiq, melena, burundan qon ketishini, milkdan kon ketishi  profilaktika qilish va davolash uchun qo‘llanadi.
Ginekologiyada
Bachadon ichi homilaga qarshi vositasi chaqirgan, metrorragiya, birlamchi menorragiya yoki menorragiyada organik patologiya bo‘lmaganda qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning ta’sir etuvchi yoki boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda; 

- o‘tkir porfiriyada;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (ushbu chiqarilish shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bugungi kungacha dorilarning o‘zaro ta’siri boshqa preparatlar bilan aniqlanmagan.

Ta'rifi

Оq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq tabletkalar.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Kattalar va o‘smirlar (14 yoshdan katta)
Operatsiyadan oldin: 250 mg Ditsinonni 1-2 tabletkadan (250-500 mg) jarrohlik aralashuvidan 1 soat oldin buyuriladi.
Operatsiyadan keyin: 250 mg Ditsinonni qon ketish xavfi saqlangan butun vaqt davomida 
1-2 tabletkadan har 4-6 soatda buyuriladi.
Terapiyada: 250 mg Ditsinonni odatda ovqat qabul qilish vaqtida oz miqdordagi suyuqlikni ichgan holda 2 tabletkadan (500 mg) sutkada 2-3 marta (1000-1500 mg) buyuriladi.
Ginekologiyada meno-metrorragiya bo‘lganda: 250 mg Ditsinonni ovqat qabul qilish vaqtida oz miqdordagi suyuqlikni ichgan holda 2 tabletkadan (500 mg) sutkada 3 marta (1500 mg) buyuriladi. Davolashni taxmin qilinadigan hayzli qon ketishlardan 5 kun oldin boshlash kerak va 10 kun davomida  qabul qilish lozim.
Bolalar (6-14 yoshda)
Kattalar uchun dozaning yarmi buyuriladi.
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun ushbu patsiyentlarga 250 mg Ditsinon tabletkalarini buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Dori vositasini qabul qilishni o‘tkazib yuborilishi
Agar Siz preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborsangiz, bu haqda eslagan zahoti odatdagi dozani qabul qiling. Agar keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. O‘tkazib yuborilgan dozani kompensatsiya qilish uchun hech qachon dozani ikki barobar oshirmang.
Dozani oshirib yuborilishi

Preparat dozasini oshirib yuborilish hollari qayd qilinmagan. Dozani oshirib yuborilishini davolash uchun standart tibbiy choralar qo‘llash kerak.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Bolalarda preparatni tavsiya qilingan dozada qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homilador ayollarda qo‘llanishi to‘g‘risida klinik ma’lumotlar yetarli emas.

Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlar reproduktiv funksiyasiga ta’sir etuvchi har qanday bevosita yoki bilvosita toksikligi aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida ehtiyotkorlik choralari sifatida preparatni qo‘llamaslik afzalroq.

Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagani tufayli, davolash vaqtida emizish tavsiya qilinmaydi. Agar emizish davom ettirilsa u holda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Buyrak faoliyati buzilganida

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda etamzilat bilan davolashni xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Etamzilatni buyrak orqali to‘liq chikarilishi tufayli buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Ehtiyot choralari

Agar preparat juda ko‘p va/yoki davomli hayzli qon ketishlarni kamaytirish uchun buyurilgan bo‘lsa va bunda kutilgan samaraga erishilmasa, bunday holatni chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa patologiyani istisno qilish kerak.

DISINON 0,25 tabletkalari N100 boshqa chiqarish shakllari

DISINON 0,25 tabletkalari N100 analoglari

ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10
Retseptli
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
GNSLS OZ, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
DIDSIKON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml N10
DIDSIKON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
15 500 so'm dan
Narxi
13 400 so'm dan

DISINON 0,25 tabletkalari N100 savollari

DISINON 0,25 tabletkalari N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil