Etamzilat
Etamzilat chiqarilish shakllari


Etamzilat haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ETAMZILAT
ETAMSYLATE
Preparatning savdo nomi: Etamzilat
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etamzilat
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: etamzilat – 125 mg;
yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye 223), suvsiz natriy sulfiti (Ye 221), dinatriy edetati (Trilon B), in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz och sariq tusli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun gemostatik vositalar. Angioprotektorlar.
ATX kodi: B02BX01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Etamzilat qon ketishini oldini olish va to‘xtatish uchun vositadir. U gemostaz mexanizmining birinchi bosqichiga (endoteliy va trombositlar o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir) ta‘sir qiladi. Etamzilat trombositlarning adgezivligini oshiradi, kapillyarlar devori mustahkamligini normallashtiradi, va shu yo‘l bilan ularning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, trombositlar dezagregasiyasini, vazodilatasiyani va kapillyarlarning oshgan o‘tkazuvchanligini chaqiruvchi prostaglandinlar biosintezini ingibisiya qiladi. Buning natijasida qon ketish vaqti ancha sezilarli kamayadi, qon yo‘qotilishi kamayadi.
Farmakokinetikasi
Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin gemostatik ta‘siri 5-15 minutdan so‘ng aniqlanadi, maksimal ta‘siri esa – 1-2 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Preparat 4-6 soat davomida samarali bo‘lib, shundan so‘nggina samarasi asta-sekin yo‘qoladi. Etamzilat
500 mg dozada vena ichiga yuborilgandan so‘ng qon plazmasidagi uning eng yuqori darajasiga 10 minutdan keyin erishiladi va u 50 mkg/ml ni tashkil etadi.
Yuborilgan dozaning taxminan 72% birinchi 24 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 2 soatni tashkil etadi. Etamzilat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.
Qo‘llanilishi
Yuza joylashgan va ichki kapillyarlardan turli etiologiyali qon quyilishlarini, ayniqsa qon ketishi endoteliyni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi holatlarda oldini olish va nazorat qilishda qo‘llaniladi:
- otorinolaringologiyada, ginekologiyada, akusherlikda, urologiyada, stomatologiyada, oftalmologiyada va plastik jarrohlikda jarrohlik operasiyalari vaqtida va undan keyin qon ketishlarini oldini olish va davolash;
- turli etiologiyali va lokalizasiyaga ega kapillyardan qon ketishlarini:
- gematuriya, metrorragiya, birlamchi gipermenoreya, bachadon ichki homilaga qarshi vositalari bo‘lgan ayollarda gipermenoreya, burundan qon ketishi, milklarda qon ketishini oldini olish va davolash;
- neonatologiya: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda periventrikulyar qon ketishini oldini olish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga (sekin) yoki mushak ichiga yuboriladi. Kattalar uchun optimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 10-20 mg etamzilatni tashkil etadi, uni 3-4 marta qabul qilishda yuboriladi. Bolalar uchun sutkalik doza kattalarning sutkalik dozasini yarmini tashkil etadi.
Operativ aralashuvdan oldin 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Operasiya vaqtida 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yuboriladi; bu dozani takroran yuborish mumkin. Operasiyadan keyin 1-2 ampulaning ichidagi moddani har 6 soatda qon ketish xavfi yo‘qolgunicha yuboriladi.
Neonatologiyada Etamzilat tana vazniga 12,5 mg/kg (0,1 ml = 12,5 mg) dozada vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Davolashni bola tug‘ilganidan keyin ilk 2 soatlar davomida boshlash lozim. Preparatni yuborishni 4 sutka davomida xar 6 soatda yig‘indi doza 200 mg/kg gacha yetgunicha o‘tkazish kerak.
Etamzilatni mahalliy ravishda (teri trasplantati, tish oldirish) preparat shimdirilgan steril doka salfetkani qo‘yish yordamida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuzni qizib ketishi, oyoqlarni paresteziyasi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – tromboemboliya, arterial gipotenziya.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, diareya.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – allergik reaksiyalar, tana haroratini oshishi, terida toshmalar, anafilaktik shok, angionevrotik shishning bir holati ta‘riflangan.
Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm.
Endokrin tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir porfiriya.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – belda og‘riq.
Teri tomonidan: qichishish, eshakemi.
Boshqalar: to‘qimalar perfuziyasini pasayishi, bu biroz vaqtdan keyin o‘z-o‘zidan tiklanadi.
Barcha nojo‘ya samaralar kuchsiz va o‘tkinchidir.
O‘tkir limfatik va mieloid leykemiyada qon ketishini oldini olish uchun etamzilat bilan davolangan bolalarda ko‘pincha og‘ir leykopeniya aniqlangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Etamzilatga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; natriy sulfitiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Bronxial astma, o‘tkir porfiriya, qon ivishini oshishi, antikoagulyant vositalar chaqirgan gemorragiyalar, bolalardagi gemoblastoz (limfatik va mieloid leykemiya, osteosarkoma) da qo‘llash mumkin emas.
Davolashni bachadonning fibroz tuzilmalari borligi istisno qilinganidan keyin boshlash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Etamzilat fiziologik eritma bilan aralashtirilsa, uni darhol qo‘llash lozim.
Reopoliglyukinni yuborishdan oldin qabul qilish, oxirgining antiagregasion ta‘sirini bartaraf etadi, reopoliglyukinni yuborgandan so‘ng qabul qilish gemostatik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Aminokapron kislotasi, vikasol bilan birga qo‘llash mumkin.
Nomutanosiblik.
Ampulaning ichidagi moddani bir shprisda boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.
Etamzilat eritmasi natriy gidrokarbonati eritmasi va natriy laktati kukuni bilan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ilgari trombozlar yoki tromboemboliyalar qayd etilgan pasientlarga, shuningdek antikoagulyant vositalar tomonidan chaqirilgan gemorragiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq gemorragik asoratlarda, spesifik antidotlarni qo‘llash kerak.
Preparat trombositlar soni kamayganda samarasizdir.
Davolashni boshlashdan oldin qon ketishining boshqa sabablarini istisno qilish kerak.
Qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini buzilish bo‘lgan pasientlarni Etamzilat bilan davolashni, qon ivish tizimi omillarining nuqsoni yoki aniqlangan tanqislikni barataraf etuvchi dori vositalarini yuborish bilan to‘ldirish kerak.
In‘eksion eritmaning rangi o‘zgargan hollarda preparatni qo‘llash man etiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrilarida qo‘llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.
Etamzilat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar.
Gemoblastozi (limfatik va mieloid leykemiya, ostesarkomasi) bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati.
Etamzilat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki bosh aylanishi yuz berishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Etamzilatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan bllisterda, 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25oS gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Turli etiologiyali kapillyar qon ketishlarning oldini olish va davolash: - stomatologik, otorinolaringologik, ginekologik, urologik, oftalmologik amaliyotda, akusherlik va plastik jarrohlikda barcha yaxshi vaskulyarizatsiyalangan to'qimalardagi operativ aralashuvlar vaqtida va undan keyin; - gematuriya, metrorragiya, birlamchi menorragiya, bachadon ichi kontratseptivlari bor ayollarda menorragiya, burun qonashlari, milklar qonashi; - diabetik mikroangiopatiya (gemorragik diabetik retinopatiya, to'r pardaga takroriy qon quyilishi, gemoftalm); - yangi tug'ilgan va chala tug'ilgan chaqaloqlarda bosh miya ichiga qon quyilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Trombozlar, tromboemboliyalar, etamzilatga yuqori sezuvchanlik. Etamzilatni bemorda antikoagulyantlar chaqirgan gemorragiyalar mavjud bo‘lganda yagona vosita sifatida qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
- 1 ml etxamsilat 125 mg Yordamchi moddalar: natriy disulfit 4 mg, dinatriy edetat 0.1 mg, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha. 1 ml 1 amp. etxamsilat 125 mg 250 mg Etamzilat 125mg; Yordamchi moddalar: natriy disulfit, natriy sulfit, dinatriy edetat
Farmakodinamikasi
Этамзилат гемостатик, антигеморрагик ва ангиопротектор воситадир, қон томир деворини ўтказувчанлигини нормаллаштиради, микроциркуляцияни яхшилайди. Тромбоцитлар ҳосил бўлишини ва уларни суяк кўмигидан чиқишини рағбатлантиради. Тромбоцитлар адгезиясини оширади, капиллярлар деворларини барқарорлашади, шундай қилиб уларни ўтказувчанлигини камайтириб тромбоцитлар дезагрегациясини, вазодилятациясини ва капиллярлар ўтказувчанлигини оширишини чақирувчи протагландинларни синтезини тормозлайди, бу эса қон кетиш вақтини қисқартиради ва қон кетишини камайтиради. Бирламчи тромбни хосил бўлиш тезлигини оширади ва унинг ретракциясини кучайтиради, қон плазмасида фибриногенни концентациясига ва протромбин вақтига, деярли таъсир қилмайди. Қайта қўлланилганда тромб хосил бўлиши кучаяди. Этамзилат периферик қон таркибига, унинг оқсиллари ва липопротеинларига деярли таъсир қилмайди. Эритроцитлар чўкиш тезлиги бир оз камайиши мумкин. Қон томир оқимидан суюқликни чиқиши ва қон шаклли элементларини диапедезини камайтиради, микроциркуляцияни яхшилайди. Қон томир торайтирувчи таъсир қилмайди. Антигиалуронидаза фаолликка эга бўлиб ва аскорбин кислотасини барқарорлаштириб, капиллярлар деворида катта молекуляр масса билан мукополисахаридларни ҳосил бўлишига ёрдам беради, капиллярларни қаршилигини оширади, уларни “мўртлигини” камайтиради, патологик жараёнларда ўтказувчанликни нормаллаштиради. Бу ангиопротектор таъсири микроциркуляция жараённи бирламчи ва иккиламчи бузилишлари билан боғлиқ тури касалликларини даволашда намоён бўлади.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, pastki oyoq-qo'llar paresteziyalari. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, epigastral sohada og'irlik. Boshqalar: allergik reaktsiyalar, yuz terisi giperemiyasi, sistolik AB pasayishi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ҳомиладорлик даврида она учун даволашни потенциал фойдаси ҳомила учун бўлиши мумкин бўлган хавфдан устун бўлганида препаратни қўллаш мумкин. Зарур бўлганида лактация даврида препаратни буюриш эмизишни тўхтатиш тўғрисида масалани хал қилиш лозим.
Dozirovkasi
- 125 mg/ml 250 mg/2 ml 250mg 250mg/2ml
Dozani oshirib yuborilishi
Препаратни дозани ошириб юборилиш ҳоллари қайд қилинмаган. Дозани ошириб юборилиши симптоматик даволаш.
Dori shaklining ta'rifi
- tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo'yalgan Inyeksiya uchun eritma Tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Анамнезда тромбоэмболияси ёки тромбозлари бўлган беморларга Этамзилатни буюришда эхтиёткорликка риоя қилиш керак (тромб ҳосил бўлишини индукция йўқлигига қарамасдан).
Антикоагулянтларнинг дозаси ошириб юборилиши билан боғлиқгеморрагик асоратларда махсус антидотлар қўллаш тавсия қилинади. Қонни ивиш тизимининг кўрсаткичларини бузилиши бўлган беморларда Этамзилатниг дефектини бартараф қилувчи дори воситаларни қўллаш мумкин. Аммо аниқланган танқислик ёки ивиш тизимининг омилларни танқислигини ёки дефектини дори воситалари қўлланиши билан тўлдириш керак. Даволашни бошлашдан олдин тромбоцитопенияси бўлган пациентларда препарат самарасизлигини хисобга олиш керак. Этамзилат препаратини парентерал юборилиши артериал босими пасайишини чақириши мумкинлиги туфайли ўзгарувчан артериал босим ёки гипотензияси бўлган беморларга юборилганда эхтиёткорликка риоя қилиш талаб қилинади.
Аллергик реакция пайдо бўлган холатда препарат билан даволашни дархол тўхтатиш керак.
Ҳомиладорлик ва лактация даврида қўлланилиши
Ҳомиладорлик даврида она учун даволашни потенциал фойдаси ҳомила учун бўлиши мумкин бўлган хавфдан устун бўлганида препаратни қўллаш мумкин. Зарур бўлганида лактация даврида препаратни буюриш эмизишни тўхтатиш тўғрисида масалани хал қилиш лозим.
Транспорт воситаларини бошқариш ёки механизмлар билан ишлашда реакция тезлигига таъсир қобилияти.
Диққатни жамлашни талаб қилувчи транспорт ва бошқа механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири тўғрисида маълумотлар йўқ.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














