DROTAVERIN 0,02/ML eritma 2ml N10

DROTAVERIN 0,02/ML eritma 2ml N10 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng drotaverin MIY dan tez so'riladi. Biokiraolishligi - taxminan 100%. GET orqali o'tmaydi.
Nojo'ya samaralari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, issiqlik hissi; v/i yuborilganda qon bosimining pasayishi (kollapsgacha), AV-blokada rivojlanishi, aritmiyalar paydo bo‘lishi holatlari qayd etilgan.
Nafas olish tizimi tomonidan: v/i yuborilganda nafas olish markazining susayishi holatlari qayd etilgan.
Boshqalar: bosh aylanishi, terlashning kuchayishi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Drotaverin gipertonik krizni bartaraf etish uchun majmuaviy terapiya tarkibida ishlatilishi mumkin.
V/i yuborilganda bemor gorizontal holatda bo'lishi kerak.
Davolash davrida bir soat davomida avtotransportni boshqarish va boshqalardan saqlanish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Laktatsiya davri (emizish). Drotaveringa yuqori sezuvchanlik, bolalar yoshi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tritsiklik antidepressantlar, xinidin, prokainamid bilan bir vaqtda qo'llanilganda tritsiklik antidepressantlar, xinidin va prokainamid chaqirgan AB pasayishi kuchayadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda morfinning spazmogen faolligi kamayadi.
Levodopa bilan bir vaqtda qo'llanilganda levodopaning antiparkinsonik samarasi kamayishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklar (shu jumladan m-xolinoblokatorlar) ta'siri kuchayadi.
Fenobarbital bilan bir vaqtda qo'llanilganda drotaverinning spazmolitik ta'siri namoyon bo'lishi ortadi.
Dozirovkasi
Periferik arteriyalar spazmlarida drotaverinni arteriya ichiga yuborish mumkin.
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ichishga qabul qilinganda bir martalik doza 10-20 mg, 6-12 yoshda - 20 mg ni tashkil qiladi, qo'llash takroriyligi kuniga 1-2 marta.
DROTAVERIN 0,02/ML eritma 2ml N10 o'xshash dorilari



Drotaverin boshqa chiqarish shakllari




DROTAVERIN 0,02/ML eritma 2ml N10 analoglari









