ELOKOM krem 15g 0,1%

dermatologiyada mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlar
ELOKOM krem 15g 0,1% haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25оС dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retsept boʼyicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1 mg mometazon furoati;
yordamchi moddalar: geksilenglikolь, tozalangan suv, fosfat kislotasi, gidrogenlangan fosfatidilxolin, titan dioksidi, oktenilsuktsinati kraxmalning alyuminli tuzi,oq mum, oq vazelin.
Chiqarilish shakli
Tubalar 15 g dan, № 1 tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmakodinamikasi
Mometazon furoati – yalligʼlanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon-tomirlarni toraytiruvchi taʼsirga ega sintetik kortikosteroid.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qoʼllanadigan kortikosteroidlarning teri orqali oʼtish darajasi koʼpchilik omillarga, shu jumladan dori vositasining tarkibiga va epidermal toʼsiqning butunligiga bogʼliq. Terida kechayotgan yalligʼlanish va boshqa jarayonlar dori vositasini teri orqali oʼtishini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Mometazon furoatning 0,1% li kremini teri orqali soʼrilishi odamlarda radioaktiv nishonlangan 3N-mometazon furoatning 0,1% kremini shikastlanmagan teriga bir marta surtish yoʼli bilan tekshirilgan, terida u 8 soat davomida qolgan. Аxlat va siydik bilan chiqarilgan izotopning miqdori baholangan 5 kunlik tadqiqotlarning maʼlumotlariga koʼra surtilgan dozaning taxminan 0,4 % tizimli soʼrilishiga duchor boʼlgan. Tadqiqot davomida plazmada va eritrotsitlarda radioaktiv moddaning miqdori dastlabki darajasiga qaraganda biroz yuqoriroqligicha qolgan, bu < 0,1 ng/ml ga muvofiq kelgan.
Farmakoterapevtik guruh
dermatologiyada mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlar
Nojo'ya samaralari
Elokom dori vositasi qoʼllanilgandan keyin quyidagi mahalliy nojoʼya reaktsiyalar: paresteziya, qichishish, teri atrofiyasini belgilari, achishish, follikulit, husnbuzarli reaktsiyalar, papulalar, pustulalar va teleangiektaziyalar (tez-tezligi – juda kam hollarda) toʼgʼrisida xabar berilgan.
Boshqa kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidlar qoʼllaganda quyidagi mahalliy nojoʼya reaktsiya qayd etilgan boʼlib, ular Elokom preparati ishlatilganda yuz berishi mumkin: terini taʼsirlanishi, gipertrixoz, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terini matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, striyalar va koʼp terlash (tez-tezligi – kam hollarda).
Krem terining katta yuzalariga uzoq vaqt davomida surtilgan hollarda, ayniqsa okklyuzion bogʼlovlardan foydalanilganda tizimli nojoʼya taʼsirlar paydo boʼlishi mumkin. («Maxsus koʼrsatmalar» boʼlimiga qarang).
Tizimli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidlar buyurilganda roʼyxatga olingan barcha noxush koʼrinishlar, shu jumladan gipotalamo-gipofiz tizimining funktsiyasini susayishi kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidlarni ayniqsa goʼdaklar va bolalarda buyurilganda rivojlanishi mumkin («Pediatriyada qoʼllanishi» boʼlimiga qarang).
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qoʼllanganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan, masalan koʼrishni noaniqligi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Elokom faqat dermatologiyada qoʼllash uchun moʼljallangan va oftalьmologiyada qoʼllash uchun moʼljallanmagan.
Аgar preparat qoʼllanganda taʼsirlanish yoki yuqori sezuvchanlik aniqlangan boʼlsa, davolashni toʼxtatish va muvofiq keladigan davolashni buyurish kerak.
Infektsiyalar rivojlanganida muvofiq keladigan zamburugʼlarga qarshi yoki mikroblarga qarshi vositani qoʼllash kerak. Аgar qisqa vaqt davomida ijobiy samaraga erishishning iloji boʼlmasa, infektsiya belgilari bartaraf qilinguncha preparatni qoʼllashni toʼxtatish kerak.
Glyukokortikosteroidlarning biron-bir nojoʼya samaralari, jumladan buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi, glyukokortikosteroidlarni mahalliy qoʼllaganda ham, ayniqsa kichik yoshli bolalarda aniqlanishi mumkin.
Preparatni tananing katta yuzalariga yoki yuqori dozalarda qoʼllanganda buyrak usti bezi funktsiyasini vaqti-vaqti bilan nazoratini oʼtkazib turish tavsiya qilinadi. Psoriaz bilan ogʼrigan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan qoʼllash lozim, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qoʼllanishi, tolerantlik, rivojlanishi, pustulyozli psoriazni yoyilishi xavfi va terining toʼsiq faoliyatini buzilishi oqibatida mahalliy yoki tizimli zaharliligini rivojlanishi natijasidagi qaytalanishi tufayli kasallik xavfli boʼlishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlarni tizimli soʼrilishi, ular mahalliy qoʼllanganida, agar davolash tananing katta yuzalarida oʼtkazilsa yoki okklyuzion bogʼlamalar ishlatilganida yuqoriroq boʼlishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek dori vositasi uzoq muddat qoʼllanganida, ayniqsa bolalarda ehtiyotkorlik choralari koʼrilishi lozim.
Glyukokortikoidlar asosidagi barcha kuchli taʼsir etuvchi preparatlar bilan boʼlgani kabi, Elokom preparatini uzoq vaqt davomida, terining katta sohalariga, shuningdek yuzga (koʼpi bilan 5 kun) va teri burmalariga (teri osti va chov sohasiga) okklyuzion bogʼlovlar ostida qoʼllamaslik lozim.
Preparatni koʼzga (jumladan qovoq sohasiga), yaralarga va shilliq qavatlarga tushishiga yoʼl qoʼymaslik kerak.
Glyukokortikoidlar ayrim teri kasalliklarini tashqi koʼrinishini oʼzgartirishi mumkin, bu esa tashhis qoʼyishni qiyinlashtiradi.
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan.
Pediatriyada qoʼllanishi
Bolalarda mahalliy kortikosteroidlarning taʼsiri ostida gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimining funktsiyasini susayishi belgilari va Kushing sindromi kattalarga qaraganda koʼproq namoyon boʼladi, bu teri yuzasining maydonini tana vazniga nisbati kattaroqligi tufayli, dori vositasini koʼproq soʼrilishi bilan bogʼliq. Shu boisdan mahalliy kortikosteroidlarni bolalarda qoʼllanishi preparatning minimal samarali miqdori bilan cheklangan boʼlishi lozim. Kortikosteroidlar bilan surunkali davolash bolalarni oʼsishi va rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Elokomni tagliklar yoki hoʼllanmaydigan trusiklar ostidagi teri sohalariga surtish mumkin emas, chunki bunday hollarda preparat okklyuzion bogʼlov ostiga tushadi. Preparatni 2 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun qoʼllash boʼyicha cheklangan maʼlumotlar mavjud. Elokomni 2 yoshdan katta bolalarda qoʼllash 5 kundan oshmasligi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qoʼllash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun bu guruh preparatlarini homiladorlik davrida buyurish faqat ayol uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun boʼlgan hollardagina maʼqul hisoblanadi. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarini katta dozalarda yoki uzoq muddat qoʼllash mumkin emas. Homiladorlarga Elokom buyurilganda glyukokortikoidlar yoʼldosh orqali oʼtishi va homilaga taʼsir qilishi mumkin.
Kortikosteroidlar mahalliy qoʼllanganida tizimli soʼrilishi oqibatida ularni ona sutida paydo boʼlishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni toʼxtatish yoki preparatni bekor qilish toʼgʼrisidagi qarorni preparatni onada qoʼllash zaruratini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Elokom avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Qo'llanilishi
Kortikosteroidlar bilan davolash mumkin boʼlgan teri kasalliklarida, shu jumladan psoriaz va atopik dermatitda yalligʼlanish va qichishish simptomlarini mahalliy davolash uchun qoʼllanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Elokom preparatning biron bir komponentlariga oʼta yuqori sezuvchanligi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas. Shuningdek, boshqa glyukokortikoidlar kabi, Elokom vulьgar husnbuzarlar, rozatsea, perioral dermatit, perianal va genital qichishish, terining bakterial, virusli (gerpes, suvchechak, oʼrab oluvchi temiratki) yoki zamburugʼ etiologiyali infektsiyalari boʼlgan patsientlarda, tuberkulyoz, sifilis, emlashdan keyingi reaktsiyalari boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Oʼzaro taʼsiri aniqlanmagan.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq rangli, yot qoʼshimchalarsiz, yumshoq konsistentsiyali bir xil krem
Dozirovkasi
Elokom terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib, kuniga 1 marta surtiladi. Davolash davomiyligi kasallikning ogʼirligi, kechishi bilan aniqlanadi va individual ravishda belgilanadi.
Mahalliy qoʼllanadigan kortikosteroidlarni bolalar va kattalarda ishlatilishi 5 kundan oshmasligi kerak. Preparatni uzluksiz qoʼllanilishi 2-3 haftadan oshmasligi lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: mahalliy glyukokortikosteroidlarni haddan ziyod yoki uzoq muddat qoʼllash gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining funktsiyasi susayishini chaqirishi mumkin, bu ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini rivojlanishiga sabab boʼlishi mumkin.
Davolash: Muvofiq simptomatik davolashni oʼtkazish kerak. Giperkortitsizmni oʼtkir simptomlari odatda qaytuvchan boʼladi. Zarurati tugʼilganda elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish kerak. Uzoq vaqt qoʼllangan kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Yaroqlilik muddati (oy)
2 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
ELOKOM krem 15g 0,1% o'xshash dorilari



ELOKOM krem 15g 0,1% xususiyatlari
Elokom boshqa chiqarish shakllari

ELOKOM krem 15g 0,1% analoglari








