logo
SavatKirish

Elokom

Elokom chiqarilish shakllari

ELOKOM krem 15g 0,1%
ELOKOM krem 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
•94 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
ELOKOM maz 15g 0,1%
ELOKOM maz 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
66 000 so'm dan
ELOKOM maz 15g 0,1%
ELOKOM maz 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
66 000 so'm dan
ELOKOM krem 15g 0,1%
ELOKOM krem 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.
•94 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
- Elokom qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Elokomning tarkibi
- Elokom ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Elokom narxi Toshkent dorixonalarida

Elokom qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Belgiya,
Kanada,
Shveytsariya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — teri qoplamlarining sochli sohalari shikastlanishi bilan kechuvchi, GKS-terapiyaga beriladigan dermatozlarda (sh.j. psoriaz) yallig'lanish ko'rinishlari va qichishish. (Terining boshqa sohalarini davolash uchun Elokom malham va Elokom krem qo'llanilishi mumkin.)
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — bolalar yoshi (12 yoshgacha); — mometazon furoatga, salitsil kislotasiga yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; — terining bakterial, virusli (oddiy gerpes, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki) yoki zamburug‘li infeksiyalari, pushti husnbuzarlar yoki perioral dermatit, emlashdan keyingi reaksiyalar, tuberkulyoz, zaxm (sifilis). — okklyuzion bog‘lamlar, shu jumladan tagliklar va plastik ishtonchalar bilan ishlatish tavsiya etilmaydi. — yuzga yoki chov va qo‘ltiq osti sohasiga surtilmasin. Elokom-S mazini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin quyidagi kasalliklar mavjud bo‘lganda: qandli diabet, periferik tomirlarning yallig‘lanishi, terining ta’sirlanishi yoki infeksion shikastlanishi, shuningdek homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashdan kutilayotgan xavf va samarani baholash kerak.
Tarkibi
  • 1 g Mometazon furoati 1 mg Yordamchi moddalar: izopropanol 40%, propilenglikol, gidroksipropiltsellyuloza, natriy digidrofosfati digidrati, fosfor kislotasi yoki natriy gidroksidi (pH 3.5-5.5 o‘rnatish uchun), tozalangan suv. 1 g Mometazon furoati 1 mg Salitsil kislotasi 50 mg Yordamchi moddalar: geksilelnglikol, tozalangan suv, propilenglikol stearati, oq asalari mumi, oq vazelin. mometazon furoati 1 mg Yordamchi moddalar: izopropanol 40%, propilenglikol, gidroksipropiltsellyuloza, natriy digidrofosfati digidrati, fosfor kislotasi yoki natriy gidroksidi (pH 3.5-5.5 o‘rnatish uchun), tozalangan suv. Mometazon furoati 1 mg Salitsil kislotasi 50 mg Yordamchi moddalar: geksilelnglikol, tozalangan suv, propilenglikol stearati, oq asalari mumi, oq vazelin. mometazon furoati 1 mg salitsil kislotasi 50 mg Yordamchi moddalar: geksilelnglikol, tozalangan suv, propilenglikol stearati, oq asalari mumi, oq vazelin
Farmakokinetikasi
Krem va malhamning absorbtsiyasi arzimas darajada. Shikastlanmagan teriga (okklyuzion bog‘lovsiz) surtilgandan so‘ng 8 soat o‘tgach tizimli qon oqimida krem ishlatilganda 0,4% mometazon va malham ishlatilganda 0,7% mometazon aniqlanadi.
Farmakologik ta'siri
Mometazon furoat — GKS (glyukokortikosteroid). Yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarga ega. Umuman olganda, mahalliy qo'llaniladigan GKS ning yallig'lanishga qarshi ta'sir mexanizmi noaniq. GKS fosfolipaza A2 ni ingibitsiya qiluvchi va umumiy nom bilan lipokortinlar deb ataluvchi oqsillar ajralib chiqishini induktsiya qiladi deb hisoblanadi. Ushbu oqsillar PG (prostaglandinlar) va LT (leykotrienlar) kabi kuchli ta'sir etuvchi yallig'lanish mediatorlari biosintezini ularning umumiy o'tmishdoshi — araxidon kislotasi ajralib chiqishini tormozlash orqali nazorat qiladi deb hisoblanadi. Araxidon kislotasi fosfolipaza A2 ta'sirida membrana fosfolipidlaridan ajralib chiqadi. In vitro tajribalarda ko'rsatilishicha, mometazon furoat — bu yallig'lanish jarayoni rivojlanishida va uni ushlab turishda ishtirok etadigan 3 ta sitokin — IL-1, IL-6 va o'sma nekrozi ?-omili (O'NO-?) sintezining kuchli ingibitoridir. Salitsil kislotasi teri muguz qavatining ko'chishini keltirib chiqaradi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Mahalliy reaktsiyalar: kamdan-kam hollarda - terining ta'sirlanishi va qurishi, achishish hissi, qichishish, follikulit, gipertrixoz, husnbuzar toshmasi, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, ikkilamchi infektsiya qo'shilishi, teri matseratsiyasi, teri atrofiyasi belgilari, striyalar, issiqlik toshmasi; 1% dan kam - papulalar, pustulalar hosil bo'lishi. Sirtqi GKS shakllari uzoq vaqt davomida va/yoki terining katta sohalarini davolash uchun, yoki okklyuzion bog'lamlar bilan qo'llanilganda, ayniqsa bolalar va o'smirlarda, tizimli ta'sirga ega GKSga xos bo'lgan nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan buyrak usti bezi yetishmovchiligi va Kushing sindromi yuzaga kelishi mumkin.
Dozirovkasi
  • 0,1 % 0,1%
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funksiyasining susayishi, shu jumladan ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi. Davolash: simptomatik, zarurat bo‘lganda - elektrolit balansini to‘g‘irlash, preparatni bekor qilish (uzoq muddatli terapiyada - asta-sekin bekor qilish).
Dori shaklining ta'rifi
  • Sirtga qo'llash uchun 0.1% li krem maz Sirtga qo'llash uchun 0.1% li maz Bir xil, oq yoki deyarli oq rangli maz. Bir xil, oq yoki deyarli oq rangli maz. Maz Sirtga qo'llash uchun eritma Sirtga qo'llash uchun 0.1% li eritma rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli. Sirtga qo'llash uchun 0.1% li eritma rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nazariy jihatdan salitsil kislotasi tolbutamid, metotreksat, geparin, pirazinamid, siydik kislotasi chiqarilishiga yordam beruvchi DV, bilvosita antikoagulyantlarni oqsillar bilan bog‘lanishdan siqib chiqarishi ehtimoli mavjud.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ELOKOM

ELOCOM

 

Preparatning savdo nomi: ELOKOM

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mometazon.

Dori shakli: loson.

Tarkibi:

1 g loson quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg mometazon furoati;

yordamchi moddalar: izopropil spirti, propilenglikol, gidroksipropilsellyuloza, natriy digidrofosfat digidrati, fosfat kislotasi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki yengil sarg‘ish rangli, bir xil ko‘rinishdagi loson.

Farmakoterapevtik guruhi: dermatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlar.

ATX kodi: D07AS13.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

ELOKOM (mometazon furoati) yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarini toraytiruvchita‘sirga ega. Ammo kortikosteroidlarning har bir kasalliklardagi ta‘sir etish mexanizmi butunlay aniq emas. Mometazon furoati bu sinf preparatlariga xos mahalliy (dermatologik), tizimli farmakologik va metabolik samaralarga ega.

Farmakokinetikasi

Surtmaning asosi okklyuzion bog‘lam xususiyatiga ega ekanligini hisobga olib, kortikosteroid surtmani teriga surtganda uning teri orqali so‘rilishi kortikosteroidlarni krem yoki loson shaklida mahalliy qo‘llaganga qaraganda har doim yuqori. Shuning uchun mometazon furoatini 0,1% li loson shaklida qo‘llaganda uning so‘rilishi surtma shakldagilarga qaraganda yuqori bo‘lishi mumkin emas.

 

Qo‘llanilishi

ELOKOM (mometazon furoati), 0,1% li loson kortikosteroidlar bilan davolashga sezgir dermatozlarda, masalan, psoriaz va atopik dermatitda yallig‘lanish jarayonini va qichishishni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Elokom losonini bosh terisining sochli qismlariga ham ishlatish mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Elokom losonining bir nechta tomchisini sutkada bir marta terining shikastlangan joyiga, shu jumladan bosh terisining sochli qismlariga surtiladi; losonni yengil harakat bilan to‘liq shimilib ketguncha ishqalanadi.

Okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanilmasin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarning umumlashtirilgan qisqacha ma‘lumoti

ELOKOM, loson 0,1% preparati qo‘llanilganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida kam hollarda xabar berilgan: achishish hissi, follikulit, husnbuzarga o‘xshash reaksiya, qichishish, teri atrofiyasi belgilari. ELOKOM losonini qo‘llagan <1% pasientlarda quyidagi mahalliy reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan: papulalar, pustulalar, sanchish hissi.

Boshqa mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llaganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida kamroq xabar berilgan: ta‘sirlanish, gipertrixoz, gipopigmentasiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, striyalar, teri toshmalari.

Klinik tadqiqotlar davomida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar.

Klinik tadqiqotlar yetarli darajada spesifik sharoitlarda o‘tkazilganligi tufayli, nojo‘ya reaksiyalarning kelib chiqish tez-tezligi amaliyotda kuzatiladigan reaksiyalarning kelib chiqish tez-tezligini ko‘rsatmasligi mumkin va boshqa preparatlarning klinik tadqiqotlardagi tez-tezligi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Klinik tadqiqotlardagi kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi ma‘lumot preparatni qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalarni identifikasiya qilish, shuningdek ularni paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlashga yordam berishi mumkin.

ELOKOM loson preparatini qo‘llanganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan: 457 pasientlar ishtirok etgan klinik tadqiqotlarda achishish hissi (9 ta holat – 2%), qichishish (4 ta holat – 1%), teri atrofiyasi (6 ta holat – 2%) (terini yaltirashi, terini yupqalashishi, striyalar, teleangioektaziyalar); xusnbuzarga o‘xshash reaksiyalar (3 ta holat – <1%).

Tavsiyalarga ko‘ra dermatologiyada qo‘llanilgan boshqa mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llanganda kam hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabarlar berilgan. Bu reaksiyalar paydo bo‘lish tez-tezligining kamayib borishi bo‘yicha sanab o‘tilgan: achishish hissi, qichishish, ta‘sirlanish, terini qurishi, follikulit, gipertrixoz, xusnbuzarga o‘xshash toshmalar, gipopigmentasiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, teri atrofiyasi, striyalar, ko‘p terlash bilan bog‘liq toshmalar. Shuningdek kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash oqibatida buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi to‘g‘risida ham xabarlar berilgan. Tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlarni qo‘llangandan keyin orqa subkapsulyar katarakta rivojlangani haqida xabar berilgan.

Losonni qo‘llagandan keyin kelib chiqqan nojo‘ya reaksiyalarning umumiy kelib chiqish tez-tezligi 5,1% ni tashkil etgan, ya‘ni 613 pasientlardan 31 tasida davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabar bergan. Nojo‘ya reaksiyalar yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lib, mahalliy kortikosteroidlarni 7 kundan ortiq qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan reaksiya sifatida namoyon bo‘lgan.

Preparat qo‘llash bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.

ELOKOM 0,1% li losoni mometazon furoati, boshqa kortikosteroidlar yoki preparatning biron-bir boshqa komponentiga sezgir pasientlarda qo‘llash mumkin emas. (“Tarkibi” bo‘limidagi ro‘yxatga qaralsin).

Mahalliy qo‘llash uchun steroidlar zamburug‘li, bakterial yoki virus etiologiyali (masalan, oddiy gerpes, suvchechak, vaksiniya) ilgari davolanmagan teri infeksiyalarini davolashda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan.

Preparatni ovqat bilan o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan.

Preparatni o‘simliklardan olingan vositalar bilan o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan.

Preparatni laborator tahlillar o‘tkazilayotgandagi o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan. Preparatning yashash sifatiga ta‘siri: aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Umumiy

Agar davolash tana yuzasining katta qismiga yoki okklyuzion bog‘lam qo‘llash orqali amalga oshirilsa, mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi yuqori bo‘ladi. Bunday holatlarda, shuningdek preparat uzoq vaqt qo‘llanilganida ayniqsa bolalarda tegishli ehtiyotkorlik choralariga, amal qilish kerak.

Bolalarda mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi belgilari va Kushing sindromi rivojlanishi kattalarga qaraganda ko‘proq kuzatilishi mumkin; bu holat teri yuzasi maydonining tana vazniga bo‘lgan nisbatining yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega ekanligi bilan bog‘liq. Shuning uchun bolalarda mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llash preparatning eng kam samarali miqdori bilan chegaralanishi kerak. Kortikosteroidlarni doimo qo‘llash bolani o‘sishi va rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Pasient shifokorga murojaat kilganda, ilgari glyukokortikoidlarni qo‘llangani to‘g‘risida xabar berish kerakligini bilishi kerak.

Endokrin tizimi va metabolizm

Kortikosteroidlarni tizimli qo‘llanganda kelib chiqadigan barcha nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan buyrak usti bezini bostirishi, kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanganda ham, ayniqsa bolalarda kelib chiqishi mumkin.

Garchi ELOKOM preparati kuchsiz so‘rilsada, kortikosteroidlarni terining shikastlangan katta maydonida qo‘llash yoki dozani oshirib yuborilishi, giperkortisizmga olib keluvchi tizimli katta miqdordagi so‘rilishi bilan kechishi mumkin, bu buyrak usti bezi faoliyati susayishi, oysimon yuz va o‘sishni sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi.

Immun tizimi

Mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llash vaqtida infeksiyalar rivojlanishi mumkin. Infeksiya rivojlanganda tegishli antibakterial preparatlarni qo‘llash kerak. Agar bir necha kundan 1 hafta davomigacha simptomatik javob kuzatilmasa, mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llashni to‘xtatish va pasient holatini takroran baholash kerak.

Oftalmologiya

ELOKOM oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanganmagan, shuning uchun preparatni ko‘zga va ko‘z atrofdagisohaga ishlatish mumkin emas.

Teri

Loson tarkibida izopropil spirti saqlaydi, shuning uchun terining shilingan yoki quyosh ta‘sirida kuyib shikastlangan joyida achishish/sanchish hissi paydo bo‘lishi mumkin.

ELOKOM preparati qo‘llanilgan vaqtda ta‘sirlanish yoki yuqori sezuvchanlik kuzatilsa, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish kerak.

Kortikosteroidlarni uzoq muddatda qo‘llash terida striyalar yoki teri yoki teri osti to‘qimasini atrofiyasiga olib kelishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlar

Mahalliy glyukokortikoidlarni qon aylanishini buzilishi va yondosh dimlanish bilan bog‘liq dermatitlar va terining boshqa kasalliklari bor pasientlarda qo‘llanganda tegishli ehtiyotkorlik choralariga amal qilish kerak.

Bolalar

Klinik tadqiqotlar natijalari va preparatni qo‘llash tajribasi pediatrik pasientlarda uning havfsizligi va samaradorligi profili boshqalardan farq qilishi taxmin qilinadi. (yuqorida “Maxsus ko‘rsatmalar”- “Umumiy” bo‘limiga qaralsin).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik. Mahalliy kortikosteroidlarning homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu sinf preparatlarini homiladorlik davrida qo‘llash, agar potensial foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Bu sinf preparatlarini homilador ayollarda katta miqdorda, terining katta yuzalarida va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.

Emizish davri. Kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash tizimli so‘rilishga preparatni aniqlash mumkin bo‘lgan miqdorda ajralib chiqishiga olib keluvchi miqdorda ona suti tarkibiga ajralishi noma‘lum. Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar ko‘krak suti bilan ajraladigan miqdorda bolaga noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Lekin, preparatni ona uchun qo‘llashning ahamiyatini hisobga olgan holda, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Spesifik antidoti yo‘q; davolash simptomatik bo‘lishi kerak.

Simptomlari. Mahalliy kortikosteroidlarni xaddan tashqari ko‘p va uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezi faoliyatining ikkilamchi yetishmovchiligiga olib keladi va quyidagi simptomlarning har qanday majmuasi bilan namoyon bo‘lishi mumkin: toliqish, holsizlik, ishtahani pasayishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, teri rangini qorayishi (xususan chandiq joylarda, tirsak, tizza, panja barmoqlari bo‘g‘imlarida, oyoq kafti, lablar, shilliq qavatlarda).

Kortikosteroidlarni teri orqali so‘rilishi kortikosteroidlarni ko‘p miqdorda teriga surtganda kuzatilishi mumkin. Toksik samaralarga teri ekximozi, peptik yaralar, gipertenziya, infeksion kasallikni kechishini yomonlashishi, girsutizm, akne, organizmda oqsillar zahirasi kamaytirish sababli shish va mushak kuchsizligi kiradi.

Davolash. Tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan. O‘tkir giperkostisizmning simptomlari deyarli qaytuvchandir. Zarurati bo‘lgan holatlarda elektrolit disbalansi muvofiqlashtiriladi. Surunkali toksiklik holatlarida kostikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.

Tizimli toksik ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarni davolash nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini, kislorod yordamida o‘pka ventilyasiyasini tutib turish, shuningdek zarurati bo‘lganida yordamchi yoki sun‘iy o‘pka ventilyasiyasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunday choralar ko‘pchilik reaksiyalarni davolashga yetarli hisoblanadi.

Agar qon aylanishi yetishmovchiligi kuzatilsa, efedrin yoki metaraminol kabi qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlardan, shuningdek vena ichiga yuboriladigan eritmalardan foydalanish mumkin. Agar kislorod bilan davolashga qaramasdan tirishishlar saqlanib qolsa, vena ichida juda qisqa vaqtda ta‘sir etuvchi (fenobarbital yoki sekobarbital) barbituratlarni yuborish mumkin. Allergik reaksiyalar terini shikastlanishi, eshakemi, shish yoki anafilaktoid reaksiyalar bilan namoyon bo‘ladi.

 

Chiqarilish shakli

30 ml dan flakon-tomchilagichda.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Elokom narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Elokom barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Elokom haqida savollar

Elokom haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil