ELOKOM maz 15g 0,1%

dermatologiyada mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlar
ELOKOM maz 15g 0,1% haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25оС dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retsept boʼyicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1 mg mometazon furoati;
yordamchi moddalar: geksilenglikolь, tozalangan suv, fosfat kislotasi, propilenglikolь stearati, oq mum, oq vazelin.
Chiqarilish shakli
Tubalar 15 g dan, № 1 karton qutida tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga.
Farmakodinamikasi
Mometazon furoati – yalligʼlanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon tomirlarini toraytiruvchi taʼsirga ega sintetik kortikosteroiddir.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qoʼllanadigan kortikosteroidlarning teri orqali oʼtish darajasi koʼpgina omillar, shu jumladan preparat tarkibiga va epidermal toʼsiqning butunligiga bogʼliqdir. Terida kechayotgan yalligʼlanish va boshqa jarayonlar dori vositasini teri orqali oʼtishini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Terisi shikastlanmagan katta yoshdagi erkak-koʼngillilarda 3N-mometazon furoati bilan radioaktiv nishonlangan surtmani teri orqali soʼrilishini oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilgan. Surtmani 8 soatli (okklyuzion bogʼlamasiz) applikatsiyasidan keyin ahlat va siydik bilan chiqarilgan izotopning miqdoriga asoslanib, surtilgan dozaning taxminan 0,7% tizimli soʼrilishga duchor boʼlgan.
Farmakoterapevtik guruh
dermatologiyada mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlar
Nojo'ya samaralari
Elokom preparati qoʼllanganidan keyin quyidagi mahalliy qoʼshimcha nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan: paresteziya, qichishish, teri atrofiyasi belgilari, achishish, follikulit, husnbuzar toshmalari, papulalar, pustulalar va teleangiektaziyalar (tez- tezligi - juda kam hollarda).
Quyidagi mahalliy nojoʼya reaktsiyalar qayd etilgan boʼlib, boshqa kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidlarni qoʼllaganda ular Elokom preparati ishlatilganda ham yuz berishi mumkin: terini taʼsirlanishi, gipertrixoz, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terining matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, striyalar va koʼp terlash (tez-tezligi – kam xollarda).
Surtma terining katta yuzalariga uzoq vaqt davomida surtilgan hollarda, ayniqsa okklyuzion bogʼlovlardan foydalanilganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar yuz berishi mumkin («Maxsus koʼrsatmalar» boʼlimiga qarang).
Tizimli taʼsirga ega boʼlgan glyukokortikoidlar buyurilganda qayd etilgan barcha nohush holatlar, jumladan gipotalamo-gipofizar tizimi funktsiyasini susayishi kuchli taʼsirga ega glyukokortikoidlar buyurilganda, ayniqsa goʼdaklar va bolalarda rivojlanishi mumkin («Pediatriyada qoʼllanishi» boʼlimiga qarang).
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qoʼllanganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan, masalan koʼrishni noaniqligi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Elokom faqat dermatologiyada qoʼllash uchun moʼljallangan va oftalьmologiyada qoʼllash uchun moʼljallanmagan.
Аgar dori vositasini qoʼllaganda taʼsirlanish yoki yuqori taʼsirchanlik aniqlansa, davolashni toʼxtatish va tegishli davolashni buyurish kerak.
Infektsiya rivojlanganida muvofiq zamburugʼlarga qarshi yoki mikroblarga qarshi vositani qoʼllash kerak. Аgarda qisqa vaqt davomida ijobiy samaraga erishishning iloji boʼlmasa, infektsiya belgilari bartaraf qilinguncha dori vositasini qoʼllashni toʼxtatish kerak.
Glyukokortikosteroidlarning biron-bir nojoʼya samaralari, shu jumladan buyrak usti bezining funktsiyasini susayishi, glyukokortikosteroidlar mahalliy qoʼllanganida, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda aniqlanishi mumkin.
Preparat tananing katta yuzalariga yoki yuqori dozalarda ishlatilganda, qonda va siydikda kortizolning kontsentratsiyasini aniqlashni oʼz ichiga oluvchi buyrak usti bezi funktsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya qilinadi. Psoriazi boʼlgan patsientlarda oʼziga xos ehtiyotkorlik bilan qoʼllash lozim, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qoʼllanishi, tolerantlik, pustulezli psoriazni tarkalishi va terining toʼsiq funktsiyasini buzilishi natijasida mahalliy yoki tizimli toksiklikni rivojlanishida kasallikni qaytalanishi tufayli xavfli boʼlishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlarni tizimli soʼrilishi, ular mahalliy qoʼllanganida, agar davolash tananing katta yuzalarida oʼtkazilsa yoki okklyuzion bogʼlamalar ishlatilganida yuqoriroq boʼlishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek dori vositasi uzoq muddat qoʼllanganida, ayniqsa bolalarda ehtiyotkorlik choralarini koʼrish lozim.
Glyukokortikoidlar asosidagi barcha kuchli taʼsir qiluvchi preparatlari bilan boʼlgani kabi, Elokom preparatini uzoq vaqt davomida, terining katta sohalariga, shuningdek yuzga va teri burmalariga (qoʼltiq va chov sohasiga) okklyuzion bogʼlovlar ostida qoʼllashdan saqlanish kerak.
Preparatni koʼzga (jumladan koʼz qovogʼi sohasiga), yaralarga va shilliq qavatlariga tushishiga yoʼl qoʼymaslik kerak.
Glyukokortikoidlar ayrim teri shikastlanishlarining tashqi koʼrinishini oʼzgartirishi mumkin, bu esa tashxis qoʼyishni qiyinlashtiradi.
Elokom tarkibida propilenglikolь mavjud, u terini taʼsirlanishini chaqirishi mumkin.
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan.
Pediatriyada qoʼllanishi
Bolalarda mahalliy glyukokortikosteroidlarning taʼsiri ostida gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimining funktsiyasini susayish belgilari va Kushing sindromi kattalarga qaraganda koʼproq namoyon boʼladi, bu teri yuzasining maydonini tana vazniga kattaroqligi tufayli, dori vositasining koʼproq soʼrilishi bilan bogʼliq. Shu bilan birga mahalliy glyukokortikosteroidlarni bolalarda qoʼllanishi dori vositasining minimal samarali miqdori bilan cheklangan boʼlishi lozim. Kortikosteroidlar bilan surunkali davolash bolalarni oʼsishi va rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Elokomni tagliklar yoki xoʼllanmaydigan trusiklar ostidagi teri sohalariga surtish mumkin emas, chunki bunday hollarda dori vositasi okklyuzion bogʼlov ostiga tushishi mumkin.
Dori vositasidan 2 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun foydalanish boʼyicha cheklangan maʼlumotlar mavjud.
Elokomni 2 yoshdan katta bolalarda qoʼllash 5 kundan oshmasligi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qoʼllashning xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun bu guruh dori vositalarini homiladorlik davrida buyurish faqat ayol uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun boʼlgan hollardagina tavsiya qilinadi. Homiladorlik davrida bu guruh dori vositalarini katta dozalarda yoki uzoq muddat qoʼllash mumkin emas. Homiladorlarga Elokom buyurilganda glyukokortikoidlar yoʼldosh orqali oʼtishi va homilaga taʼsir qilishi mumkin.
Kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllash oqibatida tizimli soʼrilishi ularni onaning sutida paydo boʼlishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni toʼxtatish yoki dori vositasini bekor qilish toʼgʼrisidagi qarorni dori vositasini onada qoʼllashning zarurligini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Elokom avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Qo'llanilishi
Kortikosteroidlar bilan davolash mumkin boʼlgan teri kasalliklarida, shu jumladan psoriaz va atopik dermatitda yalligʼlanish va qichishish simptomlarini mahalliy davolash uchun qoʼllanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Elokomni preparatning har qanday komponentlariga oʼta yuqori sezuvchanligi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas. Boshqa glyukokortikoidlar kabi, Elokom ham oddiy husnbuzarlari, akne, rozatsea, perioral dermatit, perianal va genital qichishish, terining bakterial, virusli (gerpes, suvchechak, oʼrab oluvchi temiratki) yoki zamburugʼli etiologiyali infektsiyalari boʼlgan patsientlarda, tuberkulez, sifilis, emlashdan keyingi reaktsiyalar boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Oʼzaro taʼsiri aniqlanmagan.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq rangli, yot qoʼshimchalarsiz, tiniq boʼlmagan surtma
Dozirovkasi
Elokom terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib, kuniga 1 marta surtiladi. Davolash davomiyligi kasallikning ogʼirligi, kechishiga qarab, individual ravishda belgilanadi.
Bolalar va kattalarda yuzda mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlarni qoʼllash 5 kundan oshmasligi kerak. Preparatni uzluksiz qoʼllanilishi 2-3 haftadan oshmasligi lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: mahalliy glyukokortikosteroidlarni haddan ziyod va uzoq vaqt qoʼllash gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining funktsiyasini susayishini chaqirishi mumkin, bu ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini rivojlanishiga sabab boʼlishi mumkin.
Davolash: Tegishli simptomatik davolashni oʼtkazish kerak. Giperkortitsizmning oʼtkir simptomlari odatda qaytar boʼladi. Zarurati boʼlganida elektrolit disbalansini tuvofiklashtirish kerak. Uzoq vaqt qoʼllangan hollarda kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
ELOKOM maz 15g 0,1% o'xshash dorilari


ELOKOM maz 15g 0,1% xususiyatlari
Elokom boshqa chiqarish shakllari

ELOKOM maz 15g 0,1% analoglari









