Apteka.uz
SavatKirish

NAZONEKS sprey 50mkg

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belgiya
Kategoriya:Nazal vositalar
Faol modda:Mometazon
Farmakoterapevtik guruh:

Yalligʼlanish shishlarini bartaraf qilish uchun vositalar (dekongestantlar) va rinologiyada mahalliy qoʼllash uchun boshqa vositalar. Kortikosteroidlar.

Ishlab chiqaruvchi:Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Teglar:Burun bitishiga qarshi
ATX kodi:R01AD09
Barcha Nazoneks dorilari
12 ta dorixonada bor
Narxi 118 700 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 12 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NAZONEKS sprey 50mkg haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25 °С dan yuqori boʼlmagan haroratda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Sotish shartlari

Retsept boʼyicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
Spreyning 1 dozasi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 50 mkg mometazon furoatiga (suvsiz) ekvivalent mometazon furoati monogidratini saqlaydi;
yordamchi moddalar: dispersli sellyuloza, glitserin, natriy sitrat digidrati, limon kislotasi, polisorbat-80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli 
18 g suspenziya oval, oq rangli, tiniq, himoya qalpoqcha bilan yopilgan, ogʼzi sprey dozasini oʼlchovchi nasos-purkagich bilan mustahkamlangan polietilen flakonda. Flakonda joylashgan preparatning miqdori, 140 purkashni har dozasi 50 mkg ni taʼminlaydi. Flakon tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Taʼsir mexanizmi
Mometazon furoati – mahalliy qoʼllash uchun glkokortikosteroid boʼlib, tizimli samaralar paydo qilmaydigan lokal yalligʼlanishga qarshi taʼsirga ega.
Mometazon furoatining asosiy allergiyaga qarshi va yalligʼlanishga qarshi taʼsir mexanizmi uning allergik reaktsiyalarning mediatorlarini chiqarilishini susaytirish qobiliyati bilan bogʼliqligini ehtimoli yuqori. Mometazon furoati allergiya kasalligi bilan xastalangan patsientlarning leykotsitlaridan leykotrienlar ajralishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Mometazon furoati hujayra kulturasida IL-1, IL-5, IL-6, va TNFα sintezini susayishi/ajralishi nisbatida yuqori faollikni namoyon qilgan. Shuningdek u leykotrienlarning ishlab chiqarilishini kuchli ingibitori hisoblanadi. Qoʼshimcha ravishda u shuningdek CD4+ T-hujayralardan Th2 sitokinlar, IL-4 va IL-5 ni hosil boʼlishini kuchli ingibitori hisoblanadi.

Burun shilliq qavatiga antigenlarni surtish bilan qoʼzgʼatuvchi testli tadqiqotlarda allergik reaktsiyalarning ham erta, ham soʼngi bosqichlarida NАZONEKS nazal spreyi yalligʼlanishga qarshi faolligi aniqlangan. Bu gistamin darajasini va eozinofillar faolligini pasayishi (platsebo bilan solishtirganda), shuningdek eozinofillar, neytrofillar va epitelial hujayralar adgeziyasining oqsillari miqdorini kamayishi (boshlangʼich darajasi bilan solishtirganda) bilan tasdiqlangan. 
Mavsumiy allergik riniti boʼlgan patsientlarning 28% da NАZONEKS nazal spreyining birinchi dozalari qoʼllangandan keyin 12 soat mobaynida taʼsiri boshlanganini klinik ahamiyatini namoyon qilgan. Oʼrtacha yengillashishiga (50% patsientlarda) 35,9 soat davomida erishilgan. 
Bolalar
Bir yil mobaynida sutkada 100 mkg NАZONEKS nazal spreyini qabul qilgan bolalarda (n=49/guruhi) oʼtkazilgan platsebo-nazoratli klinik tadqiqitlarda bolalarni oʼsish tezligini sekinlashishi kuzatilmagan. NАZONEKS nazal spreyini 3 yoshdan 5 yoshgacha va muvofiq dozalar diapazoni aniqlanmagan bolalarda xavfsizligi va samaradorligi toʼgʼrisida cheklangan maʼlumotlar mavjud. 14 kun mobaynida sutkada 50, 100 yoki 200 mkg dan mometazon furoatini intranazal qoʼllash yoʼli bilan davolanayotan 3 yoshdan 5 yoshgacha boʼlgan 48 nafar bolalar ishtirok etgan tadqiqotda, tetrakozaktrin yordamida stimulyatsion sinamaga javobida plazmada kortizol darajasini oʼrtacha oʼzgarishi platsebo bilan solishtirganda ahamiyatli farqlar boʼlmagan.

Farmakokinetikasi

Suvli nazal spreyi shaklida qoʼllanganda mometazon furoatining biokiraolishligi qon plazmasida 0,25 pg/ml sezuvchanlik boʼsagʼasini miqdoriy aniqlash usuli foydalanilganda ˂1% ni tashkil qiladi. 
Taqsimlanishi 
Preparatning taqsimlanishi kuzatilmaydi, chunki mometazon intranazal yuborilganda juda sekin soʼriladi. 
Metabolizmi 
Yutib yuborilgan va soʼrilgan preparatning unchalik katta boʼlmagan miqdori jigarda birlamchi faol metabolizmga uchraydi. 
Chiqarilishi 
Mometazon furoatini soʼrilgan miqdori faol metabolizmga uchraydi va metabolitlari siydik va oʼt-safro bilan chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Yalligʼlanish shishlarini bartaraf qilish uchun vositalar (dekongestantlar) va rinologiyada mahalliy qoʼllash uchun boshqa vositalar. Kortikosteroidlar.

Nojo'ya samaralari

Xavfsizligi profilini qisqacha mazmuni 
Burundan qon ketishi oʼrtacha kuzatilgan va odatda oʼz-oʼzidan yoʼqolib ketgan, platsebo qoʼllanganiga nisbatan bir necha marta (5%) paydo boʼlgan, lekin allergik rinit boʼyicha oʼtkazilgan klinik tadqiqotlarda (ularning baʼzilarida burundan qon ketishni paydo boʼlish tez-tezligi 15% gachani tashkil qilgan) faol nazorat sifatida qoʼllaniladigan boshqa intranazal kortikosteroidlarni qoʼllaganga nisbatan kamroq. Boshqa barcha nojoʼya reaktsiyalarini paydo boʼlish tez-tezligi platsebo qoʼllangandagi bilan solishtirilganida oʼxshash boʼlgan. Nazal poliplar sababli davolanayotgan patsientlarda nojoʼya reaktsiyalarning umumiy tez-tezligi allergik riniti boʼlgan patsientlarda kuzatilgan taʼsirlar bilan oʼxshash boʼlgan. 
Preparatning tizimli samaralari kortikosteroidlar qoʼllanganida, ayniqsa yuqori dozalarda buyurilganida va uzoq muddat qoʼllanganida paydo boʼlishi mumkin. 
Nojoʼya reaktsiyalar roʼyxati
1-jadvalda keltirilgan, allergik riniti yoki nazal polipi boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan klinik tadqiqotlarda va koʼrsatmalaridan qatʼiy nazar postmarketing hisobotlarda davolash oʼtkazish bilan bogʼliq nojoʼya reaktsiyalar (≥1%) toʼgʼrisida xabar berilgan. Nojoʼya reaktsiyalar MedDRA aʼzolar tizimi sinfi asosiga muvofiq keltirilgan. Har aʼzolar tizimi sinfining chegarasida nojoʼya reaktsiyalar toifalar boʼyicha tez-tezligiga qarab taqsimlangan. Tez-tezligi boʼyicha toifalari quyidagicha boʼlgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 va ˂1/10); tez-tez emas (≥1/1000 va ˂1/100). Postmarketing nojoʼya reaktsiyalarning tez-tezligi “nomaʼlum” (mavjud maʼlumotlar asosida tez-tezligini aniqlashni iloji yoʼq) sifatida aniqlangan.
1-jadval: aʼzolar tizimi sinfi boʼyicha taqsimlanishi va tez-tezligi boʼlgan davolash oʼtkazish bilan bogʼliq maʼlum nojoʼya reaktsiyalar
    Juda tez-tez     Tez-tez     Nomaʼlum 

Infektsiyalar va invaziyalar        Faringit
Yuqori nafas yoʼllarining infektsiyalari †    

Immun tizimi tomonidan buzilishlar             Yuqori sezuvchanlik, jumladan anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm va dispnoe
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar        
Bosh ogʼrigʼi    

Koʼrish aʼzolari tomonidan bzilashlar            Glaukoma
Koʼz ichki bosimini oshishi
Katarakta
Koʼrish noaniqligi

Nafas olish tizimi, koʼkrak qafasi va koʼks oraligʼi aʼzolari tomonidan buzilishlar    
Burundan qon ketishi*    Burundan qon ketishi
Burunda achishish hissi
Burun shilliq qavatini taʼsirlanishi
Burunda yarali oʼzgarishlar    
Burun toʼsigʼining perforatsiyasi 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar         
Tomoqda qichishish*    
Taʼm va hid sezishni buzilishi

*sutkada ikki marta nazal polip bilan bogʼliq dozalashda kuzatilgan 
† sutkada ikki marta nazal polip bilan bogʼliq nomaʼlum tez-tezligi boʼlgan dozalashda kuzatilgan. 
Bolalar
Bolalarda klinik tadqiqotlardagi tez-tezligi aniqlangan nojoʼya reaktsiyalari, yaʼni burundan qon ketish (6%), bosh ogʼrigʼi (3%), burun shilliq qavatini taʼsirlanishi (2%) va aksa urish (2%) platsebo bilan solishtirilgan.

Maxsus ko‘rsatmalari

Immunosupressiya
NАZONEKS nazal spreyini respirator yoʼllarini faol yoki latent tuberkulyoz infektsiyasi boʼlgan bemorlarda, shuningdek davolanmagan zamburugʼli, bakterial yoki tizimli virusli infektsiyalarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash yoki umuman qoʼllamaslik kerak. Kortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsientlar immun qarshiligini potentsial pasayishiga ega boʼlishi mumkin, shuning uchun ayrim infektsion kasallik (masalan, suvchechak, qizamiq) bemorlari bilan muloqot (kontakt) da boʼlganida infektsiyani yuqishini yuqori xavfi, shuningdek agar bunday kontakt sodir boʼlganida shifokor maslahati zarurligi toʼgʼrisida ogohlantirilgan boʼlishlari kerak.
Mahalliy nazal samaralari
Yil davomida uchraydigan riniti boʼlgan patsientlar ishtirokida oʼtkazilgan tadqiqotlarda NАZONEKS nazal spreyi bilan 12-oylik davolashdan keyin burun shilliq qavatida atrofiya belgilari paydo boʼlgan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini normallashishiga olib kelgan. Shu bilan birga, NАZONEKS nazal spreyini bir necha yoki undan ortiq oy davomida qoʼllayotgan patsientlar vaqti-vaqti bilan burun shilliq qavatida boʼlishi mumkin boʼlgan predmet borligi boʼyicha koʼrikdan oʼtib turishlari kerak. Burun yoki xalqumni lokal (mahalliy) zamburugʼli infektsiyasi rivojlangan holatda NАZONEKS nazal spreyi bilan davolashni toʼxtatish yoki maxsus davolashni oʼtkazish kerak boʼladi. Uzoq vaqt davomida saqlanayotgan burun va xalqum shilliq qavatining taʼsirlanishi ham NАZONEKS nazal spreyi bilan davolashni toʼxtatishga koʼrsatma boʼlishi mumkin. 
Burun devorining perforatsiyasida NАZONEKS preparatini qoʼllash tavsiya etilmaydi. Klinik tadqiqotlarda burundan qon ketishi platsebo qoʼllanganiga nisbatan yuqori tez-tezlik bilan kuzatilgan. Burundan qon ketishi oʼz-oʼzidan toʼxtagan va oʼrta darajada boʼlgan.
NАZONEKS nazal spreyi burun shilliq qavatini taʼsirlanishini chaqirishi mumkin boʼlgan benzalkoniy xloridini saqlaydi. 
Kortikosteroidlarning tizimli samaralari
Tizimli samaralari kortikosteroidlar nazal qoʼllanganida, ayniqsa katta dozalarda va uzoq muddat qoʼllanganida namoyon boʼlishi mumkin. Bu samaralarning, ogʼiz orqali qabul qilinadigan kortikosteroidlar qoʼllanganiga nisbatan ehtimoli kam va turli patsientlarda, shuningdek har xil kortikosteroid vositalar ishlatilganida farq qilishi mumkin. Preparatning potentsial tizimli samaralari Kushinga sindromi, kushingaoid simptomlar buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi, bolalar va oʼsmirlarda boʼy oʼsishini toʼxtashi, katarakta, glaukoma va kamroq ruhiy va xulq buzilishldari, jumladan psixomotor qoʼzgʼalish, giperfaollik, uyquni buzilishi, xavotirlik, depressiya yoki jizzakilikni (ayniqsa bolalarda) oʼz ichiga oladi. 
Kortikosteroidlar intranazal qoʼllanganidan keyin koʼz ichki bosimini oshgan hollari toʼgʼrisida xabar berilgan. 
Tizimli yoki mahalliy (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborish) taʼsir qiluvchi kortikosteroidlar qoʼllanganda koʼrishni buzilishi paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish tomonidan boshqa buzilishlar kabi simptomlar namoyon boʼlganida, koʼrishni buzilishining boʼlishi mumkin boʼlgan sabablarini, jumladan tizimli va mahalliy taʼsir qiluvchi kortikosteroidlar qoʼllangandan keyin xabar berilgan katarakta, glaukoma yoki markaziy jiddiy xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni baholash uchun patsient oftalьmolog tekshiruvidan oʼtishi kerak. 
Tizimli taʼsir qiluvchi kortikosteriodlar bilan davolashdan keyin NАZONEKS nazal spreyi bilan davolashga oʼtuvchi patsientlar ustidan sinchkov kuzatuv olib borish kerak. Bu kabi bemorlarda tizimli taʼsir qiluvchi kortikosteroidlarni qabul qilishni toʼxtatish bir necha oy davomida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini qayta tiklanishigacha buyrak usti bezi funktsiyasini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Аgar bunday patsientlarda buyrak usti bezi yetishmovchiligi yoki bekor qilish sindromining belgilari va simptomlari (masalan, davloashni boshlanish davrida boʼgʼim va/yoki mushaklardagi ogʼriqlar, charchoqlik va depressiya hissi) paydo boʼlsa, nazal simptomlarni yaxshilanishiga qaramasdan, kortikosteroidlarni tizimli yuborishni qaytadan yangilash, boshqa davolash turlarini va muvofiq keladigan choralarni qoʼllash kerak mumkin boʼladi. Davolashni bunday oʼzgartirish tizimli taʼsir qiluvchi kortikosteroidlar bilan davolash davomida erta rivojlangan va niqoblangan allergik konʼnktivit va ekzema kabi mavjud allergik kasalliklarni erta namoyish qilishi ham mumkin. Tavsiya etilganidan yuqori dozalarni qoʼllash bilan davolash klinik jihatdan ahamiyatli buyrak usti bezi funktsiyasini susayishiga olib kelishi mumkin. 
Аgar tavsiya etilganidan yuqori ishlatilgani toʼgʼrisida maʼlumot boʼlsa, u holda stress yoki rejali jarrohlik aralashuvlari davrida tizimli kortikosteroidlarni qoʼshimcha ravishda qoʼllanishini inobatga olish kerak. 
Nazal poliplar 
NАZONEKS nazal spreyining bir tomonlama poliplar, kistozli fibroz bilan bogʼlangan poliplar yoki burun yoʼlini butunlay bitishi bilan boʼlgan poliplarni davolashda qoʼllanishini xavfsizligi va samaradorligi oʼzganilmagan. 
Noodatiy yoki notoʼgʼri shaklli, xususan yaralangan yoki qon oqishi bilan boʼlgan bir tomonlama poliplarda oʼta chuqurlashtirilgan tekshiruv talab etiladi. 
Bolalar boʼyini oʼsishiga taʼsiri
Nazal kortikosteroidlar bilan davolashni davom ettirayotgan bolalarda boʼy oʼsishini sinchkov nazorat qilish tavsiya etiladi. Boʼy oʼsishi sekinlashganida kasallik simptomlarini samarali nazorat qilishni taʼminlovchi maksimal past dozalargacha kamaytirish imkoniyati boʼlganida, nazal kortikosteroidlarning dozalarini pasaytirish maqsadida oʼtkazilayotgan davolashni qayta koʼrib chiqish kerak. Bundan tashqari, patsientni pediatrga yuborish haqidagi savolni koʼrib chiqish kerak. 
Nazal simptomlar
Koʼpchilik patsientlarda NАZONEKS nazal spreyini qoʼllanilishiga qaramasdan, nazal simptomlari ustidan nazorat taʼminlanadi. Mos keluvchi qoʼshimcha davolashni paralel qoʼllash boshqa simptomlarni, xususan koʼzlar tomonidan simptomlarni qoʼshimcha ravishda yengillashishini taʼminlashi mumkin. 
Bolalar. NАZONEKS preparatini bir yil davomida 100 mkg sutkalik dozada qoʼllayotgan bolalarda oʼtkazilgan platsebo-nazoratli tadqiqotlarda, bolalar boʼyini oʼsishi toʼxtashi aniqlanmagan. Shu bilan birga, intarnazal/ingalyatsion steroidlarning uzoq muddatli samaralari oxirigacha oʼrganilmagan. Shifokor kortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolanayotgan bolalarni oʼsishi va rivojlanishini sinchiklab nazorat qilishi kerak. Bolalar va 18 yoshdan kichik oʼrmirlardagi nazal poliplarni, 12 yoshgacha boʼlgan bolalarda rinosinusit simptomlarini, 2 yoshgacha boʼlgan bolalarda mavsumiy yoki yil davomida uchraydigan allergik rinitni davolashda NАZONEKS ning xavfsizligi va samaradorligi oʼrganilmagan. 
Glyukokortikostroidlarning yuqori dozalarini qoʼllash va uzoq muddatli davolash tizimli nojoʼya samaralar, jumladan bolalarda boʼy oʼsishini sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Bolalarda intranazal/ingalyatsion steroidlarni uzoq muddatli taʼsiri toʼliq oʼrganilmagan. Shifokor glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolanayotgan bolalarni oʼsishi va rivojlanishini sinchiklab nazorat qilishi kerak. NАZONEKS ni har yili 1 yil davomida 100 mkg dozada qabul qilgan 49 nafar patsientda oʼtkazilgan tadqiqotlarda, bolalar boʼyining oʼsish surʼatini sekinlashishi kuzatilmagan. 
Homiladorlik 
Mometazon furoatni homilador ayollarga qoʼllanishiga oid maʼlumotlar mavjud emas yoki chegaralangan. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar preparatning reproduktiv toksikligi borligini koʼrsatgan. Intranazal qoʼllaniladigan boshqa kortikosteroidlar kabi NАZONEKS nazal spreyi homidorlarga faqat, agar preparatni qoʼllashdan kutilayotgan foyda ona, homila yoki chaqaloq uchun potentsial xavfdan ustun boʼlganida qoʼllaniladi. Homiladorlik davrida kortikosteroidlarni qoʼllagan onalarning chaqaloqlarini boʼlishi mumkin boʼlgan buyrak usti bezining disfunktsiyasiga tekshiruv oʼtkazish kerak.
Laktatsiya 
Odam koʼkrak sutiga mometazon furoatni chiqarilishi yoki chiqarilmasligi nomaʼlum. Intranazal qoʼllaniladigan boshqa kortikosteroidlar kabi holatda, bola uchun emizishni afzalligi va ayollar uchun davolashning afzalligini eʼtiborga olgan holda emizishni toʼxtatish yoki NАZONEKS nazal spreyi bilan davolashni bekor qilish/saqlanishga tegishli qaror qabul qilish kerak.

Qo'llanilishi

- kattalarda va 2 yoshdan katta bolalarda mavsumiy yoki yil davomida kuzatiladigan allergik rinitni davolash.
- kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda allergik rinitning oʼrtacha va ogʼir kechishini profilaktik davolash (changlanish mavsumidan 2-4 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi). 
- kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda ogʼir bakterial infektsiyali belgisiz oʼtkir rinosinusitning simptomlarini davolash.
- 18 yoshdan katta patsientlarda nazal poliplar va ular bilan bogʼliq simptomlarni, jumladan burunni bitishi va hid sezini yoʼqolishini davolashda qoʼllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning faol moddasi, mometazon furoatga yoki biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.
NАZONEKS nazal spreyini burun boʼshligʼining shilliq qavatini qatnashishi bilan boʼlgan, masalan, oddiy gerpes kabi davolanmagan mahalliy infektsiyalar boʼlganida qoʼllamaslik kerak. 
Kortikosteroidlar yaralarni bitishini sekinlashtirishi tufayli, intranazal qoʼllash uchun kortikosteroidlarni yaqinda jarrohlik aralashuvini yoki burun jarohatini oʼtkazgan patsientlarga yaralar toʼliq bitmaganicha buyurish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Loratadin bilan oʼzaro taʼsiri yuzasidan klinik tadqiqotlar oʼtkazilgan. Oʼzaro taʼsir kuzatilmagan. Mometazon furoati CYP3A4 yordamida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 kuchli ingibitori (masalan, ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin, ritonavir, kobitsistat tarkibiga kiruvchi preparatlar) bilan bir vaqtda qoʼllanishi qon plazmasida kortikosteroidlar kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi va kortikosteroidlarning tizimli nojoʼya reaktsiyalarini keltirib chiqarish xavfini potentsial oshirishi mumkin. Kortikosteroidlarni bir vaqtda qoʼllash afzalliklarini va kortikosteroidlarning nojoʼya reaktsiyalarini potentsial xavfini rivojlanishi, shuningdek yuqorida koʼrsatilgan nojoʼya reaktsiyalarni paydo boʼlish yuzasidan patsientning holati ustidan kuzatishni hisobga olish kerak.

Ta'rifi

oq yoki deyarli oq rangli tiniq boʼlmagan suspenziya

Dozirovkasi

Mavsumiy yoki yil davomida kuzatiladigan allergik rinitni davolash: kattalar (shu jumladan keksalar) va 12 yoshdan katta oʼsmirlarga preparatning tavsiya etilgan profilaktik va terapevtik dozasi sutkada 1 marta har burun teshigiga 2 purkashni (har biri 50 mkg dan) tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza – 200 mkg). Davolovchi samarsiga erishilganidan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozani sutkada 1 marta har burun teshigiga 1 purkashgacha kamaytirish maqsadga muvofiqdir (umumiy sutkalik doza – 100 mkg).
Аgar tavsiya etilgan terapevtik dozada preparatni qoʼllash bilan kasallik simptomlarini kamaytirishga erishilmasa, sutkalik dozani maksimal darajagacha oshirish mumkin: sutkada 1 marta har burun teshigiga 4 purkashdan (umumiy sutkalik doza – 400 mkg). Kasallik simptomlari kamayganidan keyin preparatning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi. Аllergik riniti boʼlgan patsientlarning bir qismida ushbu preparat boshlangʼich doza qoʼllanilganidan keyin 12 soat mobaynida klinik ahamiyatli taʼsiri boshlanishini namoyon qilgan. Biroq, birinchi 48 soatda davolashdan toʼliq foyda olish mumkin emas, shu sababli patsient toʼliq terapevtik samaraga erishish uchun preparatni muntazam qoʼllashda davom etishi zarur. 
Аnamnezida oʼrtacha yoki ogʼir mavsumiy allergik riniti boʼlgan patsientlarda NАZONEKS nazal spreyi bilan davolashni changlanish mavsumidan oldin bir necha kun ichida boshlash mumkin. 
2-11 yoshlardagi bolalar uchun tavsiya etilgan terapevtik dozasi sutkada 1 marta har burun teshigiga 1 pushkashni (har purkash 50 mkg dan) tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza – 100 mkg).
Oʼtkir rinosinusit. Kattalar (shu jumladan keksalar) va 12 yosh va undan katta bolalarga preparatning tavsiya etilgan profilaktik va terapevtik dozasi sutkada 2 marta har burun teshigiga 2 purkashni (50 mkg dan) tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza – 
400 mkg). 
Nazal poliplar. 18 yoshdan oshgan patsientlar (shu jumladan keksalar) uchun tavsiya etilgan doza sutkada 1 marta har burun teshigiga 2 purkashni (har biri 50 mkg dan) tashkil qiladi (umumiy sutkalik dozasi – 200 mkg). Аgar davolashning 5-6 haftasidan keyin kasallik simptomlarini yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatning dozasini sutkada 
2 marta har burun teshigiga ikki purkashgacha oshirish mumkin (umumiy sutkalik doza – 400 mkg). Preparatning dozasini asta-sekin eng past dozagacha kamaytirish kerak, bu kasallik simptomlari ustidan samarali nazoratni taʼminlaydi. Аgar davolashning 
5-6 haftasidan keyin kasallik simptomlarini yaxshilanishi kuzatilmasa, patsientning holatini koʼzdan kechirish va muqobil davolash usulini koʼrib chiqish kerak. 
Nazal spreyni ishlatish uchun tayyorlash
NАZONEKS nazal spreyi changdan himoyalovchi qalpoqchani mavjud, bu purkagichni himoya qiladi va uni toza tutilishini saqlaydi. Spreyni ishlatishdan oldin qalpoqchani yechishni va ishlatilganidan keyin uni kiygizib qoʼyishni unutmang. 
Birinchi qoʼllashdan oldin dozalovchi qurilmani sprey purkalishi boshlanmasdan 
10 marta bosish yoʼli bilan spreyni dastlabki “aniq bir oʼlchamga keltirish” ni amalga oshirish kerak: 
1.    Ehtiyotlik bilan flakonni chayqating.
2.    Koʼrsatkich va oʼrta barmoqlarni purkagichni ikki tomonidan qarama-qarshi va katta barmoqni flakon ostidan qoʼying. Nazal applikatorni teshib qoʼymang.
3.    Purkagichni oʼzingizdan uzoqlashtiring, soʼngra sprey purkalish boshlanmasdan oldin barmoqlar bilan 10 marta pastga bosing.
Аgar nazal sprey 14 kun yoki undan ortiq kun davomida ishlatilmasa, sprey purkalishi paydo boʼlgunicha dozalovchi qurilmani 2 marta bosish yoʼli bilan amalga oshiriladigan takroriy “aniq bir oʼlchamga keltirish” ni amalga oshirish kerak. 
Nazal sprey qanday ishlatiladi
1.    Flakonni ehtiyotlik bilan chayqating va changdan himoyalovchi qalpoqchani yeching (1-rasm)
2.    Burunni ehtiyotkorlik bilan tozalang.
3.    Burunning bir teshigini yoping va rasmda koʼrsatilganidek, boshqa teshigiga purkakichni joylashtiring (2-rasm). Flakonni vertikal holatda ushlab, boshni biroz oldinga eging.
4.    Ehtiyotlik bilan va sekin burun orqali nafas oling va huddi shu vaqtda dozalovchi qurilmani burun teshigiga bir marta bosish yoʼli bilan spreyni purkang. 
5.    Ogʼiz orqali nafasni chiqaring. Аgar yana qoʼllaniladigan boʼlsa, oʼsha burun teshigiga ikkinchi marta spreyni purkash uchun 4-chi qadamni takrorlang. 
6.    Purkagichni burun teshigidan chiqaring va ogʼiz orqali nafas oling. 
7.    Burunni ikkinchi teshigiga yuborish uchun 3- va 6-chi qadamlarni takrorlang 
(3-rasm)
Sprey ishlatilganidan keyin purkagichni toza burun roʼmolchasi yoki salfetka bilan yaxshilab arting, changdan himoyalovchi qalpoqchani kiydiring. 


Nazal spreyini tozalash
-    Nazal spreyning purkagichini muntazam ravishda tozalash zarur, tozalanmasa u toʼgʼri ishlamaydi.
-    Changdan himoyalovchi qalpoqchani yeching va purkagichni ehtiyotlik bilan chiqaring. 
-    Purkagichni va changdan himoyalovchi qalpoqchani iliq suv bilan yuving va keyin oqar suv ostida chaying. Dozalovchi qurilmani igna yoki boshqa oʼtkir buyum yordamida tozalashga urunmang, chunki bu qurilmani buzishi va dori vositasini notoʼgʼri dozalanishiga olib kelishi mumkin.
-    Purkagichni va changdan himoyalovchi qalpoqchasini issiq joyda quriting.
-    Purkagichni spreyli flakonga joylashtiring va changdan himoyalovchi qalpoqchasini kiydiring.
-    Tozalashdan keyin ishlatishni boshlashdan oldin dozalovchi qurilmani 2 marta bosish yoʼli bilan “aniq bir oʼlchamga keltirish” ni tekshiring.
Аgar Siz NАZONEKS ni mumkin boʼlganidan ortiq ishlatgan boʼlsangiz
Аgar siz tasodifan sizga buyurilganidan ortiqcha dozani ishlatgan boʼlsangiz, oʼz shifokoringizga ayting. Steroidlarni uzoq vaqt davomida yoki katta miqdorda qoʼllash baʼzida sizning ayrim gormonlaringizga taʼsir qilishi mumkin. Bolalarda bu ularning oʼsishi va rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin. 
Аgar Siz NАZONEKS ishlatishni esingizdan chiqargan boʼlsangiz
Аgar siz kerakli vaqtda nazal spreyni ishlatishni esingizdan chiqargan boʼlsangiz, eslashingiz bilan ularni qoʼllang, soʼngra avvalgiday davom ettiring. Oʼtkazib yuborilgan dozani oʼrnini bosish uchun ikki marta oshirilgan dozani qabul qilmang. 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: kortikosteroidlarning haddan ziyod dozalari ingalyatsiyasi yoki peroral yuborish gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyasini susayishiga olib keladi. 
Davolash: NАZONEKS nazal spreyining tizimli biokiraolishligi ˂1% ni tashkil qilganligi tufayli doza oshirib yuborilganda zaruriy boshqa choralarning ehtimoli kam, keyinchalik dozalash koʼrsatmalariga muvofiq ravishda preparatni qoʼllashni qayta tiklash bilan patsientning holatini kuzatib borish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik 
Mometazon furoatni homilador ayollarga qoʼllanishiga oid maʼlumotlar mavjud emas yoki chegaralangan. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar preparatning reproduktiv toksikligi borligini koʼrsatgan. Intranazal qoʼllaniladigan boshqa kortikosteroidlar kabi NАZONEKS nazal spreyi homidorlarga faqat, agar preparatni qoʼllashdan kutilayotgan foyda ona, homila yoki chaqaloq uchun potentsial xavfdan ustun boʼlganida qoʼllaniladi. Homiladorlik davrida kortikosteroidlarni qoʼllagan onalarning chaqaloqlarini boʼlishi mumkin boʼlgan buyrak usti bezining disfunktsiyasiga tekshiruv oʼtkazish kerak.
Laktatsiya 
Odam koʼkrak sutiga mometazon furoatni chiqarilishi yoki chiqarilmasligi nomaʼlum. Intranazal qoʼllaniladigan boshqa kortikosteroidlar kabi holatda, bola uchun emizishni afzalligi va ayollar uchun davolashning afzalligini eʼtiborga olgan holda emizishni toʼxtatish yoki NАZONEKS nazal spreyi bilan davolashni bekor qilish/saqlanishga tegishli qaror qabul qilish kerak.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtganidan keyin preparat qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NAZONEKS sprey 50mkg preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NAZONEKS sprey 50mkg o'xshash dorilari

SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Famar Xelf Keyr Servisez Madrid S.A.U.
•103 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
AKVA MARIS NORM sprey 50ml N1
AKVA MARIS NORM sprey 50ml N1
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d.
•41 ta dorixonada bor
Narxi
57 800 so'm dan
AKVALOR SOFT MINI sprey 50ml
AKVALOR SOFT MINI sprey 50ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
98 000 so'm dan

NAZONEKS sprey 50mkg xususiyatlari

NAZONEKS sprey 50mkg analoglari

ELOKOM krem 15g 0,1%
ELOKOM krem 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan
ELOKOM maz 15g 0,1%
ELOKOM maz 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Shering-Plau Labo N.V.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
52 900 so'm dan
FORINEKS sprey 50mkg 50 mkg 140 doz
FORINEKS sprey 50mkg 50 mkg 140 doz
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
119 500 so'm dan
MOMETOKS krem 15g 0,1%
Retseptli
MOMETOKS krem 15g 0,1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
45 900 so'm dan
MOMETOP sprey nazalniy 10 ml 50mkg 100 doz N1
Retseptli
MOMETOP sprey nazalniy 10 ml 50mkg 100 doz N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Coral Laboratories Ltd
•6 ta dorixonada bor
Narxi
96 000 so'm dan
ELOKOM maz 15g 0,1%
ELOKOM maz 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
52 900 so'm dan
ELOKOM krem 15g 0,1%
ELOKOM krem 15g 0,1%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan

NAZONEKS sprey 50mkg narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
118 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
125 000 so'm
Bron qilish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
145 000 so'm
Buyurtma berish
Nosir Zokir Farm
Chilonzor tumani, 19 daha, Al-Xorazmiy ko'ch., 66/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
123 000 so'm
Ok Pharm №2
Yashnobod tumani, Tuzel 2 daha, 12B uy, 37 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
125 000 so'm
Vaksina Med №40
Chilonzor tumani, 16-kvartal, 4-uy, 31-xonadon
Du, Se | 08:00-23:30 Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
125 000 so'm
Vaksina Med №63
Yangihayot tumani, Yangixayot MFY, Sputnik 16 massivi, 21 uy, 20 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
125 000 so'm
Shafran №16
Uchtepa tumani, Lutfi ko'ch., 24A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
125 000 so'm
Barokat Farm №2
Mirobod tumani, Chexov ko'ch., 10-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
129 000 so'm
Sa'diyaxon Med Farm
Uchtepa tumani, 12 daha, 37 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-00:00
136 000 so'm

NAZONEKS sprey 50mkg haqida savollar

NAZONEKS sprey 50mkg haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil