Elokom Loson

Elokom Loson o'xshash dorilari



Elokom Loson qo'llanmasi
Elokom® Losyon (sirtga qo'llash uchun 0,1% li eritma) preparatining so'rilishi arzimas darajada. Shikastlanmagan teriga surtilgandan so'ng (okklyuzion bog'lovsiz) 8 soat o'tgach tizimli qon oqimida taxminan 0,7% aniqlanadi.
Kam hollarda - terining ta'sirlanishi va qurishi, achishish hissi, qichishish, follikulit, gipertrixoz, husnbuzar toshmasi, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiyaning qo'shilishi, teri atrofiyasi belgilari, striyalar, issiqlik toshmasi. 1% dan kam hollarda - papulalar, pustulalar hosil bo'lishi.
Sirtqi GKS larni uzoq vaqt davomida va/yoki katta teri sohalarini davolash uchun yoki okklyuzion bog'lovlardan foydalanganda, ayniqsa bolalar va o'smirlarda tizimli ta'sirga ega GKS larga xos bo'lgan nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan buyrak usti bezi yetishmovchiligi va Kushing sindromi paydo bo'lishi mumkin.
Katta teri sohalarini uzoq vaqt davomida davolashda, ayniqsa okklyuzion bog'lamlar qo'llanilganda, GKS tizimli qon oqimiga tushishi va GKS ning tizimli ta'siri rivojlanishi mumkin. Buni hisobga olgan holda, bemorlar gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funksiyasi susayishi va Kushing sindromi rivojlanishi belgilari yuzasidan kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.
Elokom® Losyon preparatini ko'zga tushishidan saqlanish kerak.
Preparat tarkibiga kiruvchi propilenglikol surtilgan joyda ta'sirlanishni, izopropanol esa yallig'langan teriga tushganda achishish hissini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda Elokom® Losyon preparatini qo'llashni to'xtatish va tegishli davolashni tayinlash kerak. Shuni hisobga olish kerakki, GKS terining ba'zi kasalliklari ko'rinishlarini o'zgartirishi mumkin, bu tashxis qo'yishni qiyinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, GKS qo'llash jarohat bitishi kechikishiga sabab bo'lishi mumkin. Uzoq muddatli GKS terapiyasida terapiyani to'satdan to'xtatish terining jadal qizarishi va achishish hissi shaklida namoyon bo'ladigan rikoshet sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddatli davolash kursidan so'ng preparatni bekor qilishni asta-sekin, masalan, to'liq to'xtatishdan oldin intermitlovchi davolash sxemasiga o'tish orqali amalga oshirish kerak.
Pediatriyada qo'llanilishi
Bolalarda yuzalar maydoni va tana vazni nisbati kattalarnikiga qaraganda kattaroq bo'lganligi sababli, bolalar har qanday mahalliy ta'sir etuvchi GKS qo'llanilganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funksiyasi susayishi va Kushing sindromi rivojlanishi xavfiga ko'proq moyil bo'ladilar.
Bolalarni GKS bilan uzoq muddat davolash ularning o'sishi va rivojlanishi buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Bolalar samaraga erishish uchun yetarli bo'lgan minimal preparat dozasini olishlari kerak.
preparatning biron-bir komponentiga yoki GKS ga yuqori sezuvchanlik;
pushtirang husnbuzar;
perioral dermatit;
terining bakterial, virusli (Herpes simplex, suvchechak, Herpes zoster) yoki zamburug'li infektsiyasi;
tuberkulyoz;
zaxm (sifilis);
vaktsinatsiyadan keyingi reaktsiyalar;
2 yoshgacha bo'lgan bolalar;
homiladorlik (terining katta sohalarini davolash, uzoq muddatli davolash);
laktatsiya davri (katta dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qo'llash).
Ehtiyotkorlik bilan:
yuz terisiga va intertriginoz teriga surtish;
okklyuzion bog'lamlarni qo'llash;
terining katta sohalarini davolash va/yoki uzoq muddatli davolash (ayniqsa bolalarda).
Sirtga, terining zararlangan sohalariga kuniga 1 marta bir necha tomchidan surtish kerak. Surtgandan so'ng teri yuzasidan to'liq so'rilguncha yumshoq harakatlar bilan ishqalash kerak. Preparatdan eng samarali va tejamkor foydalanish uchun flakon tumshug'ini terining zararlangan sohasiga yaqinlashtiring va flakonni ozgina siqing.
Davolash kursi davomiyligi uning samaradorligi, shuningdek bemorning o'zlashtira olishi, nojo'ya ta'sirlarning mavjudligi va yaqqolligi bilan belgilanadi.
Elokom boshqa chiqarish shakllari



Elokom Loson analoglari















